BBA | Buxoro
رفتن به کانال در Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi. Telefon: +998956006001
نمایش بیشتر1 046
مشترکین
-324 ساعت
-37 روز
-2730 روز
آرشیو پست ها
1 046
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 23-iyun kuni o‘tkaziladi.
📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
🖋Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko'ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o'zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.
✍️ @BBBABuxoro
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi19-iyun kuni soat 18:17 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 371 429 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
+6
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI😎 Bilim va malakalarni baholash agentligida yosh xodimlarning kasbiy, ilmiy va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Agentlik rahbariyati va jamoasi tomonidan yosh kadrlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish tizimi alohida e’tirof etildi. Bugungi kunda Agentlikda yoshlar uchun zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Uchrashuv davomida ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, sohani yanada rivojlantirish va xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yoshlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. 🏆 “YILNING ENG FAOL YOSH XODIMI” KO‘RIK-TANLOVI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI! Tadbirning eng hayajonli qismi joriy yilning iyun oyi davomida Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ko‘p bosqichli baholash natijalariga ko‘ra, quyidagi xodimlar mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
🥇 1-o‘rin: Xolmirzayev Zohid G‘olib o‘g‘li – Farg‘ona viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi;
🥈 2-o‘rin: G‘ulomov Yusufjon Xikmatovich – Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi;
🥉 3-o‘rin: Raxmonov Izzatulla Shuxrat o‘g‘li – Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi.G‘oliblarga Agentlik rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va eng muhimi, xorij mamlakatlarida malaka oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Rahbariyat tomonidan kelgusida ushbu tanlov qamrovini yanada kengaytirish va g‘oliblik o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 🔬 «ILMIY USTAXONA» TASHKIL ETILADI Tadbirda yoshlarning ilmiy faoliyatini tizimli qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim tashabbus ilgari surildi. Unga ko‘ra, Agentlikda “Ilmiy ustaxona” tashkil etilishi belgilandi. Ushbu loyiha doirasida:
“Ustoz-shogird” an’analari kuchaytiriladi;
Tajribali ustozlar yoshlarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga faol jalb etadi;
Maxsus tashkil etilgan Ilmiy maslahat guruhi yoshlarga doimiy ko‘maklashadi;
Nufuzli xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi.Agentlik yoshlari bunday yuksak ishonch va yaratilayotgan imkoniyatlarga javoban, ta’lim sifatini baholash sohasini yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
#Sertifikat_natija
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✍️ @BBABuxoro
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
+5
#matbuot_anjumani
Test sinovlariga tayyorgarlik bo‘yicha matbuot anjumaniJoriy yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, test sinovlarini adolatli, shaffof va xavfsiz tarzda o‘tkazish maqsadida keng qamrovli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Agentlik vakillari ishtirokida 2026-yil 18-iyun kuni “O‘zbekiston” teleradiokanali hamkorligida “2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlariga tayyorgarlik holati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun test sinovlarini tashkil etish jarayonlari, abituriyentlarga yaratilayotgan qulayliklar, imtihonlarning ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir davomida:
test sinovlarini katta sig‘imga ega binolarda tashkil etish amaliyoti;
abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari raqamlashtirilgani va onlayn xizmatlar kengaytirilgani, statistik ma'lumotlar;
milliy va xalqaro sertifikatlar tizimi;
test materiallarining maxfiyligi va xavfsizligi;
imtihon jarayonlariga videokuzatuv tizimlari;
nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha sharoitlar;
jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqlikni ta’minlash;kabi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi hamda test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. Matbuot anjumani “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali jonli efirga uzatildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida matbuot anjumani
🏢 Matbuot anjumani "O‘zbekiston" teleradio kanali bilan hamkorlikda MTRK binosida tashkil etilmoqda.
🔗 https://clicktv.uz/channels/2/ozbekiston
✍️ @BBABuxoro
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#matbuot_anjumani
Bilim va malakalarni baholash agentligi ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi
📣 2026-yil 18-iyun kuni soat 11:00 da matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
🏢 Matbuot anjumani "O‘zbekiston" teleradio kanali bilan hamkorlikda MTRK binosida tashkil etiladi.
📝 Mavzu: "2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul test sinovlariga tayyorgarlik holati".
👥 Spikerlar:
🎙️ M.Karimov – Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori;
🎙️ F.Mirzayev – Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari;
🎙️ J.Nurmatov – Bilim va malakalarni baholash agentligi, departament boshlig‘i;
🎙️ B.Yusupov -- Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqarma boshlig‘i;
🎙️ H.Nuraliyev -- Bilim va malakalarni baholash agentligi, boshqarma boshlig‘i;
🎙️ N.Lutfiyev -- Ilmiy-o‘quv amaliy markaz rahbari;
🎙️ J.Odilov – Bilim va malakalarni baholash agentligi, bo‘lim boshlig‘i.
👨💻 Jarayon "O‘zbekiston" tele va radio kanallari orqali jonli efirga uzatiladi.
💼 OAV xodimlari va blogerlarni taklif etamiz.
Ishtirok etishni xohlovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi -- @reg_uzanjuman_bot
Savol va murojaatlarni yo‘llash havolasi -- @uzbekistan_murojaat_bot
📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko'chasi, 2-uy.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi16-iyun soat 18:36 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 216 582 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi15-iyun soat 17:57 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 182 443 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Sertifikat_natija
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi🗓 2026-yil 25-27-aprel hamda 2-4-, 11-13- va 25-may kunlari kunlari o‘tkazilishi belgilangan Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari e'lon qilindi. 🆔 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 va undan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. 🏢 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball. 💻 Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq “Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar o‘g‘ishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmyriy reglamenti tasdiqlandi. 📃 Unga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish yo‘lga qo‘yiladi. 📝 Ariza beruvchi har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi. ‼️ Quyidagilar arizani rad etishga asos bo‘ladi:
so‘rovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar to‘liq taqdim etilmaganda;
so‘rovnomada noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganda;
belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshirilmaganda.📝 Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ishchi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgacha ko‘rib chiqiladi hamda arizani qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 🧾 Bu haqda ariza beruvchiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi. 📝 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan so‘ng 1 hafta ichida ariza beruvchiga yuboriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Saida Mirziyoyeva
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.
Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.
—
Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.
Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.
Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.
Я взяла этот вопрос под личный контроль.
В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat
Bilim va malakalarni baholash agentligi joriy yil 12-iyun kuni soat 15:00 da belgilangan ovozli chat Telegramda “Live stream” bilan bog‘liq nosozlik bo‘lganligi sababli, dushanba kuniga qoldirilgan edi. Dushanba kuni ham ushbu sabab bilan ovozli chatni yo‘lga qo‘yish imkoniyati bo‘lmadi.
Shuning uchun qoldirilgan ovozli chat Yotube orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.
Kirish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=JDKzF5rXtPo
Chat soat 17:00 da boshlanadi.
Savollarni avval ochilgan telegram guruhi (“Jonli efir savollari”) orqali yuborish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
DIQQAT, E’LON!
2026-yilning 18-iyun kuni o‘tkazilishi belgilangan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi sanasi o‘zgardi
Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari hajmining keskin oshganligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilganligi sababli, shuningdek, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovida ishtirok etish to‘g‘risidagi murojaatlar soni ortib borayotgani va ushbu murojaat qilayotgan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish maqsadida iyun oyi grafigiga o‘zgartirish kiritildi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 2026-yil 18-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan test sinovlari 2026-yil 23-iyun sanasiga ko‘chirildi.
Talabgorlar mazkur test sinovida ishtirok etish uchun 2026-yil 19-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar belgilangan tartibda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha qayta ariza topshirishlari mumkin. Test sinovlari o‘tkaziladigan sana, hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari haqidagi ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.
✍️ @BBABuxoro
1 046
Repost from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
+5
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
TKT xalqaro imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi
🗓 Joriy yilning 14-iyun sanasida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan TKT (Teaching Knowledge Test) xalqaro imtihoni yuqori saviyada tashkil etildi.
↗️ Mazkur imtihon ishtirokchilarning ingliz tilini o‘qitish metodikasi, pedagogik kompetensiyalari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.
↗️ TKT xalqaro imtihoni natijalari ishtirokchilarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatga ega bo‘lish hamda ta’lim sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
13-iyun soat 18:22 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 138 312 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada).
Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from "Taraqqiyot strategiyasi" markazi
+4
#davlat_dasturi_2025
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida “Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash” yoʻnalishi boʻyicha bajarilgan eng muhim bandlar infografikalarda aks ettirildi.
Jumladan, 2025-yilda:
✔️Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish maqsadida jamoat transporti uchun jami 984 dona avtobuslar xarid qilindi. ✔️Temir yoʻl chiptalarini mobil ilovalar va elektron toʻlov tizimlari orqali sotish hajmi 85 foizga yetkazildi. ✔️Xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrov darajasi 95 foizga yetkazildi. ✔️Shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan koʻchalarda 14 mingdan ortiq xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil etildi. ✔️“Yangi Oʻzbekiston” massivlari hamda talab yuqori boʻlgan boshqa hududlarda jami 97 ming 156 ta xonadonli 1 ming 856 ta uylar foydalanishga topshirildi.➡️Infografikalar bilan batafsil bu yerda tanishing. Markaz rasmiy sahifalari Website | Telegram | Facebook | Youtube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi12-iyun soat 18:04 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 122 446 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
Telegramda “Live stream” bilan bog‘liq nosozlik bo‘lmoqda. Shu sababli ovozli chat dushanba kuniga qoldirildi.
Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
1 046
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi11-iyun soat 18:02 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 99 800 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
