es
Feedback
BBA | Buxoro

BBA | Buxoro

Ir al canal en Telegram

Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi. Telefon: +998956006001

Mostrar más
1 384
Suscriptores
-424 horas
-397 días
-22530 días
Archivo de publicaciones
#Prezident_tashrifi Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berildi Ayni kunlard
+6
#Prezident_tashrifi
Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berildi
Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida boʻlib turibdi. Bugun Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida kengaytirilgan muzokara oʻtkazildi. Muzokara chogʻida Oʻzbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining toʻrtta filiali faoliyat yuritib, pedagogika, AT, muhandislik, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy iqtisodiyotning boshqa ustuvor yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda KOICA koʻmagida tashkil etilgan 5 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar yoshlarimizga kelgusida qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishiga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda. Shuningdek, kadrlar tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba almashishda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi. Batafsil Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Prezident_tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasid
+6
#Prezident_tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Davlatimiz rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qoʻydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan mamlakatnin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan mamlakatning nufuzli nashrlari – “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi. Maqolada O‘zbekiston – Koreya do‘stligining tarixiy asoslari va yuksak ishonchga tayangan alohida strategik sheriklik istiqbollari yoritilgan. Mamlakatlarimiz nafaqat vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlar, balki mushtarak qadriyatlar va insoniy rishtalar bog‘lab turgan yaqin do‘stlar ekani ta’kidlangan. Koreya Respublikasining bir avlod davomida farovon, yuqori texnologiyali davlatga aylanishdek hayratlanarli taraqqiyot yo‘li alohida qayd etilgan. Seulning modernizatsiya va innovatsiyalar borasidagi boy tajribasi Yangi O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo 5 barobar oshdi, Koreya investitsiyalari 8 milliard dollardan ortdi. 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyiha mavjud, KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan dasturlar portfeli 3,5 milliard dollardan oshgan. Yangi bosqichdagi hamkorlik sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transporti, biofarmatsevtika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar”ni qamrab oladi.
“Hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz – alohida sohalardagi muvaffaqiyatli aloqalardan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin”,
- deya ta’kidladi Prezidentimiz. Maqolada 16-sentabr kuni Seulda o‘tadigan ilk “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitiga alohida to‘xtalingan. Davlatimiz rahbari sammitda O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida ekanini ta’kidladi. Ushbu takliflar “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
“Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman”,
- deyiladi maqolada. Facebook|Instagram|X

#Mustaqillikning_35_yilligi “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografik to‘plam “Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida maxsus tayyorlangan infografik to‘plamni keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etdi. Ajoyib infografikalar. Taʼkidlanishicha, to‘plamdan keng jamoatchilik uchun o‘tkaziladigan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Prezident_tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasid
+6
#Prezident_tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Davlatimiz rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qoʻydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚖️ Adolatli baholash - adolatli kelachak poydevozi! 1️⃣ Korrupsiya — imkoniyatlarni buzadi. Nohaq yo‘l bilan olingan natija bilimli va munosib insonning imkoniyatini cheklaydi. 2️⃣ Bilim — asosiy mezon. Bilim va malakalarni baholash jarayonlarida har bir talabgor o‘z bilimiga tayanishi kerak. 3️⃣ Shaffoflik — adolat kafolati. BBA test sinovlarini shaffof va adolatli tashkil etishni korrupsiyaga qarshi kurashning muhim yo‘nalishi sifatida belgilagan. 4️⃣ Halollik — kelajak tanlovi. Bugungi halol natija — ertangi munosib mutaxassis va adolatli jamiyat poydevoridir. 😎 Korrupsiyaga yo‘l yo‘q! 👮 Bilimga tayaning. Halol natijani tanlang. Adolatni qo‘llab-quvvatlang. ⚖️ Bilim baholanadi — kelajak halollik bilan quriladi! ✍️ @BBABuxoro

🔸🔸🔸🔸 💰✍️ 🗓 12-sentabr kuni o‘tkaziladigan SAT imtihoni ishtirokchilari uchun eslatma ⏰ Imtihon kuni talabgorlar soat 07
🔸🔸🔸🔸 💰✍️ 🗓 12-sentabr kuni o‘tkaziladigan SAT imtihoni ishtirokchilari uchun eslatma ⏰ Imtihon kuni talabgorlar soat 07:00 ga qadar imtihon o‘tkaziladigan binoga yetib kelishlari lozim. ✅ Talabgorlar quyidagi buyumlarni olib kelishlari zarur:
🆔 Pasport yoki ID karta 🎫 College Board tomonidan taqdim etilgan Admission Ticket 🔵 Bluebook ilovasi o‘rnatilgan kompyuter (laptop) 🔌 Qurilma uchun zaryadlovchi moslama
🔗 Qurilmaga qo‘yiladigan talablar ⚠️ Muhim: Bluebook dasturi endilikda 🖥 Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan. ✍️ @BBABuxoro

🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri! Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri! Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi. 🤝 Tadbir davomida: ✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari; ✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar; ✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi. 📅 Sana: 12-oktabr, 2026-yil 🕘 Vaqti: 09:00 📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent 📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting:  https://shorturl.at/MFfKM 💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

#OnlaynTest 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi 📆 2026-yil 10-avgust kuni
+6
#OnlaynTest 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi
📆 2026-yil 10-avgust kuni xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. ⛳ Test sinovlari talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash joyiga yaqin bo‘lgan hududlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 🧑‍💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✅ Test sinovida 480 nafar talabgor ishtirok etdi va test topshirganlardan 111 nafari belgilangan talabni bajardi. 🎧 Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin: 🕊@NostrifikatsiyaBBA_bot https://t.me/NostrifikatsiyaBBAAgentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib  kelinmoqda. 📆 2026-yil 10-sentyabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi instituti va Samarqand davlat tibbiyot  universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. 👨‍💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar hamda imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👥 Imtihonda 220 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Xo‘jalik sohalari mutaxassislari imtihondan o‘tdilar 🇺🇿 Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston R
+5
#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢
Xo‘jalik sohalari mutaxassislari imtihondan o‘tdilar
🇺🇿 Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. 📆 Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 9-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilib, ularda 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini bilib oldilar. 📝 Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

📢 Chet tilini bilish darajasining yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi 📚 Ilmiy-o‘quv a
📢 Chet tilini bilish darajasining yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi 📚 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tillarida Yozish va Gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha 36 soatlik malaka oshirish kursi tashkil etiladi. 🌍 Tillar: 🇫🇷 Fransuz | 🇩🇪 Nemis | 🇸🇦 Arab | 🇯🇵 Yapon | 🇰🇷 Koreys | 🇮🇹 Italyan | 🇪🇸 Ispan | 🇹🇷 Turk | 🇮🇷 Fors | 🇵🇰 Urdu | 🇦🇫 Pushtu | Dari | 🇮🇳 Hind 📅 Boshlanishi: 6-oktabr, 14:00 💻 Shakli: Masofaviy ⏱️ Davomiyligi: 36 soat 🗣 Tili: O‘zbek tili 📌 Kursda: baholash mezonlari, zamonaviy baholash yondashuvlari, shuningdek, yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholashning nazariy asoslari hamda amaliy usullari o‘rgatiladi. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 2-oktabr, 09:00 gacha 🔗 registration.ilmiymarkaz.uz 🎓 Muhim: Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan, C1 sertifikat, tegishli diplom va portfolio talablariga javob beruvchi nomzodlar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin. Ekspert sifatida jalb etilish kafolatlanmaydi. 📞 Murojaat uchun: 95 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 👩‍🏫 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI UCHUN MILLIY SERTIFIKAT 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyu
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 👩‍🏫 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI UCHUN MILLIY SERTIFIKAT 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat tizimi joriy etildi. 🏆 Sertifikat darajalari: A+ | A | B+ | B | C+ | CAmal qilish muddati — 3 yil 📝 Imtihon natijalari Rash modeli asosida baholanadi. 🆔 Ro‘yxatdan o‘tish — YIDXP orqali 🖥 Imtihon — 2026-yil 20-noyabr kuni ⏱️ Natijalar — 21 ish kunigacha 📣 Apellyatsiya — natija e’lon qilinganidan keyin 3 kun ichida ✍️ @BBABuxoro

〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Nemis va fransuz tillaridan aprobatsiya boʻlib oʻtdi 📆 Joriy yilning 8-sentyabr sanasida elektron shaklda oʻtka
+3
〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Nemis va fransuz tillaridan aprobatsiya boʻlib oʻtdi
📆 Joriy yilning 8-sentyabr sanasida elektron shaklda oʻtkazilishi belgilangan nemis va fransuz tillaridan sertifikat imtihonlari dasturlarining aprobatsiyasi oʻtkazildi. 📍 Aprobatsiya jarayonlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👨‍💻 Test sinovlari “Onlayn test” axborot tizimi orqali oʻtkazilib, ularda 100 nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelajakda diplomatik vakolatxonalar ochilishi va parlamentlararo forum tashkil etilishi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar hamkorlikning mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Yil boshidan buyon yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirokida qator iqtisodiy tadbirlar muvaffaqiyatli tashkil etildi. Barcha kelishuvlarni sifatli amalga oshirish maqsadida 2026-2028-yillarga moʻljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qilindi. Gumanitar sohada taʼlim, madaniyat, sport va turizm yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tashabbuslar ilgari surildi. Madaniyat kunlari, kino, teatr va musiqa festivallarini birgalikda oʻtkazish hamda sport federatsiyalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi. Uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar, qabul qilingan qaror va bitimlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida keng qamrovli “yoʻl xaritasi” qabul qilinishi ta’kidlandi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Korrupsiya 🚫 KORRUPSIYA — KELAJAKKA QARSHI JINOYAT! 👮 Pora berish ham, pora olish ham qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘
#Korrupsiya 🚫 KORRUPSIYA — KELAJAKKA QARSHI JINOYAT! 👮 Pora berish ham, pora olish ham qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi. ⚖️ Tanlov o‘z qo‘lingizda:
Bir lahzalik foyda va bir umrlik tavqi la’nat... Yoki halol mehnat va yorug‘ yuz!
✍️ @BBABuxoro

📢 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining
📢 BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi test topshiriqlari hamda tashkiliy jarayonini aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 📅 Sana: 2026-yil 9-sentyabr ⏰ Vaqti: 14:00 👩‍🏫 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH: 🔗 registration.ilmiymarkaz.uzRo‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 8-sentyabr, soat 23:00 gacha. ⚠️ MUHIM! Aprobatsiyada ishtirok etish uchun joylar soni cheklangan. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin. 📌 Eslatma: Aprobatsiya sinovida ishtirok etish natijasida sertifikat yoki ma’lumotnoma taqdim etilmaydi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✍️ @BBABuxoro

Hafta voqeliklari dayjesti 🖋️ Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ulkan orzular va katta marralar sari ilk qadam 🖋️ Surxond
Hafta voqeliklari dayjesti
🖋️ Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ulkan orzular va katta marralar sari ilk qadam 🖋️ Surxondaryoda yoshlar bilan uchrashuv: bilim va kitobxonlik sari muhim qadam 🖋️ Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 🖋️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🖋️ Yoshlar — yangilanish va taraqqiyotning asosiy kuchi 🖋️ Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi 🖋️ 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat 🖋️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari 🖋️ Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabulAgentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi 😎 Te
+4
Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi
😎 Test sinovlari 2026-yil 5-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.  ⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Jarayonda 3700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani sababli chetlatildi. 📝 Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi. ✍️ @BBABuxoro

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 🏢 Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TKT (Teach
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 🏢 Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TKT (Teaching Knowledge Test) imtihoni tashkil etilmoqda. Таблица Imtihon o‘tkaziladigan hududlar: 📍 Toshkent shahri 📍 Buxoro viloyati 📍 Farg‘ona viloyati 🔸 Imtihon uchun to'lov miqdori (chegirma asosida har bir modul uchun): 850 000 so‘m ➝ 750 000 so‘m 🔸 Mazkur imtihon ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro darajada o‘z bilim va malakalarini baholash imkoniyatini beradi. Ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 registration.ilmiymarkaz.uz ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✍️ @BBABuxoro