Sinopsis
رفتن به کانال در Telegram
5 914
مشترکین
-424 ساعت
-307 روز
-28530 روز
آرشیو پست ها
5 914
Jonivorlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar qonunan jazolanadi
Toshkent shahar IIBB hayvonlarga ozor berish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi. So‘nggi oylarda O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari jamoatchilikning qattiq e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli bu boradagi nazorat sezilarli darajada kuchaytirilgan.
Aytgancha, rasmiylar ushbu rolikni suratga olish jarayonida hech bir mushuk jabr ko‘rmaganini alohida qayd etishgan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Jahon chempionatidagi hazil qimmatga tushdi
JCH-2026 tribunasida meksikalik Ulises Bernal janubiy koreyalik blogerga nisbatan "qisiq ko‘z" ishorasini qilib, internetda mashhur bo‘lgan edi. Ammo mashhurlik emas, muammolar ichida qoldi.
Bernal keyinchalik omma oldida uzr so‘radi. Lekin bu befoyda edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Bernal geodezist muhandislar uyushmasidagi prezidentlik kursisi bilan xayrlashdi. Jahon chempionati uchun oldindan olingan chiptalar ham bekor qilindi. Endi u mundial o‘yinlarini stadiondan emas, televizor qarshisida ko‘rishga majbur.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Toshkent dunyodagi eng tez o‘zgarayotgan uchinchi shahar deb topildi
Boston Consulting Group (BCG) o‘tkazgan yangi tadqiqotga ko‘ra, Toshkent tez rivojlanish va o‘zgarish borasida dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi. Bizning poytaxtimiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Shenchjen va Ar-Riyod kabi shaharlardan ortda qolgan. Shuningdek, toshkentliklar ish va o‘qishdan tashqari vaqtlarda do‘stlari bilan eng ko‘p uchrashadigan shahar aholisi hisoblanadi.
Bu borada Toshkent Vetnamning Xoshimin shahri bilan birgalikda global reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Bitta kitob oʻqigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqaradi
Bunda talabgor o‘qigan kitobi bo‘yicha test sinovini bir yilda ikki marotaba topshiradi. Har bir adabiyot bo‘yicha 25 tadan iborat test topshirig‘I shakllantiriladi hamda har bir test topshirig‘i uchun ikki daqiqa vaqt ajratiladi. Talabgorning jazo muddati har bir o‘qigan kitobi uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan o‘ttiz kungacha qisqartiriladi.
Maxsus dastur orqali har bir adabiyot bo‘yicha test sinovi jami 100 ballik tizim asosida hisoblanib, har bir test savoli uchun 4 ball beriladi. Talabgor tomonidan har bir adabiyot bo‘yicha 70 va undan yuqori ball to‘plangan taqdirda test sinovi muvaffaqiyatli topshirilgan hisoblanadi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
+2
O‘zbekiston va Albaniya rahbarlari Toshkentda uchrashdi
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Albaniya Prezidenti Bayram Begay o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu ikki davlat tarixida o‘tkazilayotgan ilk oliy darajadagi sammitidir. Uchrashuvda tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, agrosanoat, «yashil» energetika, IT va turizm yo‘nalishlarida kooperatsiya dasturini tayyorlashga kelishib olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston o‘z eksport mahsulotlarini Janubiy Yevropa bozorlariga yetkazishda Albaniyaning Durres portidan yirik logistika xabi sifatida foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
JCh – 2026: Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini qayerda tomosha qilish mumkin
👇Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati:
Bektemir tumani — Rohat mahallasi
Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani — “Central Park” istirohat bog‘i
Olmazor tumani — “G‘alaba bog‘i”
Sergeli tumani — Markaziy xiyobon
Uchtepa tumani — “Seul Eko park”
Chilonzor tumani — “G‘afur G‘ulom” bog‘i
Shayxontohur tumani — “Anhor-Lokomotiv” bog‘i
Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi
Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i
Yangihayot tumani — INDEX park
Yashnobod tumani — “Ashxobod” sayilgohi
🏟 Eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etiladi — bu yerda 10 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📅 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari: (Toshkent vaqti bilan) 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⚽️ 18-iyun | ⚽️ 07:00 🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 23-iyun | ⚽️ 22:00 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 28-iyun | ⚽️ 04:30Telegram / Facebook / Instagram / Site
5 914
Koreyalik erkak hamkasblari bilan onlayn yig‘ilishga ekstremal attraksiondan turib qatnashdi
Yigit past-balandlik va keskin burilishlarga qarshi turgan bir payda hamkasblari o‘zini kulgidan zo‘rg‘a tiyib turishdi.
Rahbarning nega yuziga shamol urayotgani haqidagi savoliga, u oynani yopishni unutgandim, deb javob berdi.
Qaysidir daqiqalarda aloqa yo‘qoldi va xodim buni noutbuk qo‘lidan tushib ketayozgani bilan izohlagan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
O‘zbekistonda muhim minerallarni qayta ishlashga oid 120 ta loyiha amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 2026 – 2030-yillarda muhim minerallarni qazib olish va chuqur qayta ishlashga oid qiymati $4,2 mlrdlik 120 ta loyiha amalga oshiriladi. Shavkat Mirziyoyev mazkur soha bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda qayd etilishicha, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda katta salohiyat mavjud bo‘lsa-da, Texnologik metallar kombinatining faoliyati hozircha asosan volfram va molibden ishlab chiqarish bilan cheklanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi konlarni o‘zlashtirish, boyitish fabrikalari, gidrometallurgiya va pirometallurgiya zavodlarini qurish orqali 28 turdagi muhim minerallarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Rejalashtirilgan loyihalar natijasida tarmoq hajmini 2028-yilgacha $1 mlrdga, 2030-yilgacha esa $2 mlrdga yetkazish ko‘zda tutilgan. Joriy yilning o‘zida qiymati $166 mlnlik 12 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar kabi 21 turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Yangi quvvatlar hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi, eksport salohiyati va budjet tushumlari oshishi kutilmoqda.Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Xitoydagi maktabda dahshatli hodisa oldi olindi
Xitoydagi maktablardan birida ikki nafar o‘quvchi qiz uchinchi qizni bino tomidan itarib yuborishga uringani aytilmoqda. Vaziyatni kuzatgan o‘qituvchi qizlarning tomga chiqayotganidan shubhalanib, darhol ularning ortidan borgan.
O‘qituvchining hushyorligi tufayli fojia sodir bo‘lishidan oldin vaziyat nazoratga olingan va qizning hayoti saqlab qolingan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQSh va Eron o‘rtasida oylab davom etgan urushni yakunlash hamda Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Tinchlik sulhi haqidagi xabarlar ortidan jahon bozorlarida neft narxi darhol 4 foizga arzonlashdi.
Kelishuv doirasida AQSh tomonidan Eronning muzlatilgan $25 mlrd mablag‘i ochib berilishi va Eron o‘zidagi 400 kg boyitilgan uran zaxiralarini yo‘q qilishi ko‘zda tutilgan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
«Real Madrid» «Barselona» tarbiyalanuvchisini sotib oldi
Madridning «Real» klubi «Chelsi»da to‘p surayotgan Mark Kukurelyani 60 mln yevro evaziga sotib olganini e’lon qildi. Shartnoma 2032-yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Kukurelya «Real»ning azaliy raqibi bo‘lmish «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Albaniya prezidenti Bayram Begay 16–17-iyun kunlari Toshkentga keladi
Tashrif davomida ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Albaniya prezidenti V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
+1
Turkiyada «O‘zbekiston mahallasi» ochildi
Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilgan turar-joy majmuasi negizida «O‘zbekiston mahallasi» foydalanishga topshirildi. Shuningdek, hududda Shavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toshkent va Samarqand ko‘chalari ham tantanali ravishda ochildi.
Hatay viloyati hokimi Mustafo Masatli esa 2023-yilda yuz bergan halokatli zilziladan so‘ng o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordam aslo unutilmasligini alohida qayd etdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Joriy yilning 16–19-iyun kunlari kuzatilayotgan yomg'irlar yog'ishi sababli, respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida, jumladan:
🔊Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida; 🔊 Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqo'rg'on, Muzrobot tumanlarida; 🔊 Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida; 🔊 Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; 🔊 Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida; 🔊 Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent, O'rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida; 🔊 Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlarida; 🔊 Farg'ona viloyati: So'x, Shohimardon, Farg'ona, Beshariq tumanlarida; 🔊 Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
O‘qishni ko‘chirish tartibi o‘zgardi
Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026 y.) bilan "Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish"ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi (Agentlik) ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ariza beruvchi har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali ariza beradi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuviga mashhur ingliz hakami tayinlandi
“K” guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun hakamlar brigadasi ma’lum bo’ldi. FIFA qaroriga ko‘ra, mazkur bahsni angliyalik taniqli hakam Entoni Teylor boshqarib boradi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Qizni arqonga mahkamlashni unutib, 40 metr balandlikdan tashlab yuborishdi
Braziliyada 21 yoshli qiz roupjamping vaqtida fojiali tarzda hayotdan ko‘z yumdi. Sakrashdan oldin tashkilotchilar xavfsizlik arqonini mahkamlashmagan. Videoda "Arqon! Arqon!" degan qichqiriqlar eshitiladi, ammo fojianing oldini olishning iloji bo‘lmagan.
Hodisaga aloqador shaxslar voqeadan keyin o‘rmon tomon qochishga uringan, ammo politsiya ularning barchasini vertolyot yordamida topgan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 914
Germaniya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Tashrif davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi mavzusi muhokama qilinishi kutilmoqda.
Xabar qilinishicha, u 5 kunlik safari davomida Indoneziya, Filippin va O‘zbekistonda bo‘lishi rejalashtirilgan. Shtaynmayerga turmush o‘rtog‘i hamda biznes delegatsiyasi hamrohlik qiladi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
