5 913
订阅者
无数据24 小时
-227 天
-23430 天
帖子存档
5 913
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuvni olqishladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Eron o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini mintaqaviy xavfsizlik hamda barqarorlikni tiklash yo‘lidagi muhim diplomatik yutuq deb atadi.
TIV bayonotida AQSh va Eron rahbarlarining uzoqni ko‘zlab qilgan harakatlari va siyosiy irodasi alohida e’tirof etilgan. Shuningdek, ushbu muloqotga zamin yaratgan Pokiston va Qatar, qolaversa, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Misr kabi davlatlarning xizmatlari yuqori baholandi.
O‘zbekiston kelgusidagi muzokaralar ham ijobiy ruhda o‘tishiga va erishilgan kelishuvlar to‘liq amalga oshishiga umid bildirmoqda.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Ertadan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
Qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich — 20-iyundan 31-iyulgacha arizalar bolalarning biriktirilgan mikrohududi doirasida qabul qilinadi. Ikkinchi bosqich — mikrohududdan tashqaridagi qabul maktablarning bo‘sh o‘rinlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ota-onalar "my.maktab.uz" platformasi orqali yashash manzilini kiritib, farzandi qaysi maktabga biriktirilganini aniqlashi mumkin. Ariza topshirish jarayonida yashash manzili haqidagi ma’lumotlar kadastr va Ichki ishlar vazirligi bazalaridan avtomatik ravishda olinadi, bu esa tegishli mikrohududdagi maktabga arizani xatosiz yuborish imkonini beradi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
AQSh Eronning dengiz blokadasini bekor qildi
Bayonotga ko‘ra, Amerika kuchlari endi Fors va Ummon ko‘rfazlari orqali Eron portlariga kirayotgan yoki ulardan chiqayotgan kemalar harakatiga to‘sqinlik qilmaydi. CENTCOM barcha dengiz blokadasi choralari to‘xtatilganini bildirdi.
Shu bilan birga, AQSh harbiy kemalari mintaqada qoladi. Ular erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. 18-iyunga o‘tar kechasi AQSh va Eron mojaroni yakunlashni nazarda tutuvchi memorandumni elektron shaklda imzolagan edi. Hujjat AQSh prezidenti Donald Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon tomonidan tasdiqlangan.
Endi tomonlar yakuniy kelishuvni tayyorlash bo‘yicha muzokaralarga kirishadi. Buning uchun 60 kunlik muddat belgilangan, biroq u o‘zaro kelishuv asosida uzaytirilishi mumkin.
Memorandumning asosiy bandlaridan biri Eronning yadro quroli ishlab chiqish yoki sotib olishdan voz kechish majburiyatidir.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
+1
Abduqodir Husanov Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jabrlangan operator holidan xabar oldi
Kolumbiyaga qarshi uchrashuv vaqtida to‘qnashuv oqibatida jabrlangan translyatsiya operatoriga Abduqodir Husanov imzolagan maxsus futbolka topshirildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra kimoyachi operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tilaklarini yo‘llagan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Jismoniy shaxslar uchun uch baravar yer solig‘i bekor qilindi
Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganlik uchun qo‘llaniladigan uch karra yer solig‘i bekor qilingani haqida ma’lum qilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyungacha bo‘lgan davr uchun avval hisoblangan ortiqcha soliqlar qayta hisob-kitob qilinadi. Shuningdek, yerlarni qonuniylashtirish jarayoni soddalashtirilib, arizalarni ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Pul yirtib, raqsga tushgan erkak 15 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik erkak 2 ming so‘mlik banknotani yirtib, raqsga tushgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng u 2 ming so‘mlik banknotani o‘pib, kechirim so‘ragan videosini e’lon qildi.
Holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilib, ish sudda ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, erkak 15 sutkaga qamaldi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Kelishuv ortidan Hormuz bo‘g‘ozidan ilk neft tankerlari o‘tdi
AQSh va Eron o‘rtasida urushni tugatish bo‘yicha kelishuv imzolangach, Hormuz bo‘g‘ozida kema qatnovi qayta tiklanmoqda. Payshanba kuni jami 6 mln barrel neft ortgan Saudiya Arabistonining 3 ta yirik tankeri bo‘g‘ozdan xavfsiz suzib o‘tdi.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, AQSh Eron portlaridagi qamalni bekor qildi. Bu xabar darhol jahon energiya bozoriga ta’sir qilib, neft narxi 2 foizga arzonlashdi va barreliga $78 dan pastladi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
"Men futbolchilardan faxrlanaman, ular yaxshi o'ynashdi", - O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro
Kannavaro JCH-2026 birinchi turida Kolumbiyaga qarshi 1:3 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yin qiziqarli o'tdi. Ikkinchi bo'limda biz uchrashuv borishini o'zgartirishga muvaffaq bo'ldik. Chap qanot orqali vaziyatlar yaratdik va o'yin nazoratini o'z qo'limizga olishga harakat qildik. Eng avvalo, biz bu yerga O'zbekistonni butun dunyoga ijobiy tomondan ko'rsatish uchun keldik. Men jamoaga har doim butun o'yin davomida faol harakat qilish kerakligini aytaman. Kolumbiyaga o'xshagan jamoaga qarshi o'ynash va to'psiz harakat qilish oson emas.
Umuman olganda, ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo, afsuski, gol o'tkazib yubordik. Biz bu o'yinni eslab qolamiz, chunki u tarixiy ahamiyatga ega. Biz jahon chempionatidamiz. Shuni ayta olamanki, bugungi o'yin biz uchun yaxshi bo'ldi. Xatolar bo'ldi, ular ustida ishlaymiz", — dedi Kannavaro. Mutaxassis o'z futbolchilarining o'yinidan qoniqish hosil qilganini ta'kidladi. "Men o'z futbolchilarimdan faxrlanaman. Ular yaxshi o'ynashdi. Bugun og'ir o'yin bo'ldi. Bunday stadionda, bunday muxlislar qarshisida o'ynash oson emas. Ammo bu qo'shimcha motivatsiya ham berishi mumkin", — deya qo'shimcha qildi Kannavaro.Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Volkswagen rasman O‘zbekiston bozoriga kirib keldi va ishlab chiqarishni boshlaydi.
Narxlar tez orada keskin pasayishi kutilmoqda
Toshkent shahrida Volkswagen dilerlik markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va nemis brendi avtomobilari savdosi rasman boshlandi.
Avtomobillar narxi:
• Volkswagen Lavida XR — 218,75 mln so‘mdan;
• Volkswagen Tharu XR — 296,25 mln so‘mdan;
• Volkswagen Passat Pro — 468,75 mln so‘mdan;
• Volkswagen Tiguan L Pro — 482,5 mln so‘mdan;
• Volkswagen Teramont X — 662,5 mln so‘mdan;
• Volkswagen Teramont Pro — 750 mln so‘mdan;
• Jetta VS5 — 260 mln so‘mdan;
• Jetta VS7 — 292 mln so‘mdan;
Avvalroq O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Toshkentda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasiga start bergan edi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
+1
O‘zbekiston terma jamoasi o‘yindan keyin kiyinish xonasini tozalab ketdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazdi. O‘yindan so‘ng hamyurtlarimiz o‘zlariga ajratilgan kiyinish xonasini to‘liq tozalab, ozoda va saranjom holatda qoldirib ketishdi.
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ushbu uchrashuvga mezbonlik qilgani uchun Meksika va mashhur «Atsteka» stadioniga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Markaziy bank futbolga bag‘ishlangan esdalik tangalari tirajini oshirdi
Aholi tomonidan bildirilgan yuqori qiziqish va ko‘plab murojaatlar sabab Markaziy bank esdalik tangalari qo‘shimcha tirajda chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida xabar berdi.
Unga ko‘ra, dastlab 100 dona oltin va 1000 dona kumush tanga zarb etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, endilikda yana 400 dona oltin hamda 2000 dona kumush tanga ishlab chiqariladi.
colizeumarena.com
REKLAMA
Франшиза кибер арены COLIZEUM. Прибыль от $5000/мес
Avvalroq «Kursiv» nashri futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining «Jahon chempionati – 2026»da ishtirok etishi mamlakat sporti tarixidagi eng muhim voqealardan biri sifatida e’tirof etilib, ushbu natijani tarixga muhrlash maqsadida 999,9 asllikdagi sof oltin va kumush tangalar zarb qilinganini yozgandi.
Esdalik tangalarining avers qismida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi logotipi, klassik futbol to‘pi tasviri hamda «Tarixiy zafar. O‘zbekiston futboli jahon chempionatida – 2026» yozuvi aks ettirilgan. Mazkur dizayn elementlari milliy terma jamoaning ilk mundial yo‘llanmasi va O‘zbekiston futboli tarixidagi yangi bosqichni ifodalaydi.
Tangalar revers qismida esa muxlislar orasida «Oq bo‘rilar» nomi bilan tanilgan milliy terma jamoa ramzi tasvirlangan. Bo‘ri silueti futbolchilarning shijoati, jamoaviy ruhi va matonatini ifodalasa, uning tarkibiga kiritilgan 26 nafar futbolchi silueti tarixiy natija butun jamoaning birdamligi va mehnati samarasi ekanini anglatadi.
Shuningdek, tanga dizaynida terma jamoa libosidagi naqshlardan foydalanilgan bo‘lib, ular O‘zbekistonning tarixiy obidalari bezaklaridan ilhomlangan
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
O‘zbekiston–Germaniya hamkorligi: qaysi sohalarda o‘sish kuzatilmoqda
2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi $411,6 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $20,2 mlnga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari e'lon qilindi.
#yangilik
Telegram / Facebook / Instagram / Site
5 913
O‘zbekistonning ilk o‘yini mag‘lubiyat bilan yakunlandi: Kolumbiya g‘alaba qozondi
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Kolumbiya uchrashuvida «Oq bo‘rilar» 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Kolumbiya 41-daqiqada hisobni ochdi. Luis Diasning uzatmasidan so‘ng Daniel Munos jarima maydonchasiga yorib kirib, O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
+3
O‘zbekiston Xitoy va Buyuk Britaniya bilan yirik sarmoyaviy loyihalarni boshlaydi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy va Buyuk Britaniyaning nufuzli hukumat hamda biznes vakillaridan iborat delegatsiyalarini qabul qildi. Xitoyning yetakchi energetika va moliya korporatsiyalari bilan muloqotda «yashil» energiya, konchilik hamda infratuzilmani moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli bank va kompaniyalari bilan uchrashuvda esa moliyaviy tizimni yangilashga urg‘u berildi. Xususan, Toshkent xalqaro moliya markazi hamda Xalqaro tijorat sudini rivojlantirish ko‘zda tutuldi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston mundialda O‘zbekistonga omad tiladi
Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida Ozarbayjon, Tojikiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari Jahon chempionatida ilk marta ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi.
Jumladan, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov hamda Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev mundialda vakillarimizga zafar tilashdi.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
O‘zbek doirachilari Meksikani yondirmoqda
Meksikada bo‘lib o‘tayotgan "FIFA Fan Festival"da O‘zbekiston paviloni festivalning eng gavjum va eng katta qiziqish uyg‘otayotgan nuqtalaridan biriga aylandi.
Bizning doirachilar o‘zlarining jo‘shqin chiqishlari bilan u yerdagi barcha xorijlik muxlislarni, xususan kolumbiyaliklarni ham o‘zlariga rom etib, haqiqiy o‘zbekona drayvni namoyish etishmoqda!
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
5 913
“Qizaloq va Maymoq” Netflixda
Netflix “Qizaloq va Maymoq” multfilmining ikki yangi mavsumi uchun huquqlarni sotib oldi. Shuningdek, striming platforma serialning oldingi mavsumlarini 100 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan AQSH, Kanada, Fransiya, Portugaliya, Hindiston, Yaponiya va Lotin Amerikasi davlatlarida namoyish etish litsenziyasini ham uzaytirgan.
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
