ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Sinopsis

Sinopsis

الذهاب إلى القناة على Telegram

Sinopsis - har bir voqeaga obyektiv nazar!

إظهار المزيد
5 154
المشتركون
-18524 ساعات
-4197 أيام
-40630 أيام
أرشيف المشاركات
Telegram ikkinchi TikTok’ga aylanishi mumkin Telegramda yangi «Yangiliklar» deb nomlangan tab paydo bo‘ldi. Unda ikkita asosi
Telegram ikkinchi TikTok’ga aylanishi mumkin Telegramda yangi «Yangiliklar» deb nomlangan tab paydo bo‘ldi. Unda ikkita asosiy bo‘lim mavjud: «Qo‘shilganlar» va «Siz uchun» Oxirgi bo‘limdagi postlar xuddi mashhur ijtimoiy tarmoqlardagidek, foydalanuvchining shaxsiy qiziqishlari va odatlariga qarab algoritm tomonidan maxsus tanlab beriladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

"Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q", — Shavkat Mirziyoyev Prezident investorlar bilan muloqotda energetika sohasidagi muammolarni hal qilish, investorlarni ko‘proq eshitish va davlat bilan ular o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Toshkentda 16 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holda topildi 12-oktyabr kuni soat 18:12 da «112» tizimiga Olmazor tumanida yashov
Toshkentda 16 yoshli qiz o‘z uyida osilgan holda topildi 12-oktyabr kuni soat 18:12 da «112» tizimiga Olmazor tumanida yashovchi o‘smir qizning vafot etgani haqida xabar kelib tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eshik qulflangani sababli xonadonga balkon orqali kirgan uka 2010-yilda tug‘ilgan opasini osilgan holatda ko‘rgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari qizning o‘limini qayd etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Yiliga 500 ming dollar topadigan badavlat amerikaliklar ham puli yetmayotganidan nolimoqda Yiliga naqd 500 ming dollar ishlay
Yiliga 500 ming dollar topadigan badavlat amerikaliklar ham puli yetmayotganidan nolimoqda Yiliga naqd 500 ming dollar ishlaydigan badavlat ishchilarning qariyb uchdan bir qismi mablag‘lari faqatgina "uchma-uch" yetishini, ya’ni zo‘rg‘a kun ko‘rayotganini tan olishmoqda. Shtatlardagi ishtirokchilarning fikricha, asosiy sabab — inflyatsiya va bazaviy xizmatlarning to‘xtovsiz qimmatlashib borayotganidir. Oziq-ovqat, tibbiyot, ko‘chmas mulk va yoqilg‘i narxlari osmonga chiqib ketgani yuqori maoshlarni ham yeb qo‘ymoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

+2
Tesla havoda salto otadigan sportkarni rasman taqdim etdi! Ilon Mask o‘zining jamoasi bilan birgalikda shunchaki elektr mashina emas, haqiqiy fantastik koinot apparatini yaratganini isbotladi. Yangi avlod sportkari oddiy motorlar bilan emas, bevosita SpaceX raketasining maxsus dvigatellari bilan jihozlangan! Taqdimot davomida mashina o‘zining g‘ayrioddiy imkoniyatlarini ko‘rsatib, havosida to‘liq salto (aylana) otishga qodir ekani namoyish etildi — bu avtomobillar tarixida mutlaqo ilk bor kuzatilmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentiga yangi rahbar o‘rinbosarlari tayinlandi: — Qurbonova Aziza Abdusa
+1
Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentiga yangi rahbar o‘rinbosarlari tayinlandi: — Qurbonova Aziza Abdusabitovna — boshliqning birinchi o‘rinbosari; — Xudoyberdiyev Xushnud G‘ayratovich — boshliq o‘rinbosari. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Talabalar uchun kontraktini to‘lash vaqti 1-noyabrgacha cho‘zildi Talabalar bazaviy kontrakt summasining kamida 25 foizini, s
Talabalar uchun kontraktini to‘lash vaqti 1-noyabrgacha cho‘zildi Talabalar bazaviy kontrakt summasining kamida 25 foizini, superkontrakt (differensiallashgan kontrakt) asosida o‘qishga kirganlar esa kamida 50 foizini o‘z vaqtida to‘lab ulashlari lozim. Ushbu imkoniyat bakalavriat va magistratura talabalariga, jumladan, o‘qishini ko‘chirayotgan, tiklayotgan va qayta tiklayotgan barcha yoshlarga amal qiladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Bahodir Jalolov 17-oktabr kuni Londonda navbatdagi jangini o‘tkazadi Professional bokschimiz Bahodir Jalolov 17-oktabr kuni L
Bahodir Jalolov 17-oktabr kuni Londonda navbatdagi jangini o‘tkazadi Professional bokschimiz Bahodir Jalolov 17-oktabr kuni London shahrida tashkil etiladigan Dyubua va Uordli o‘rtasidagi boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hamyurtimizga ushbu bahsda britaniyalik Solomon Dakres raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, Jalolov shu kunga qadar prof-ringdagi 17 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan), uning raqibi hisobida esa 10 ta g‘alaba (3 tasi nokaut) va 1 ta mag‘lubiyat bor Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Xitoy va Shimoliy Koreya yangi ko‘prik ochdi Xitoy va Shimoliy Koreya 2 davlat chegarasidan oqib o‘tuvchi Yaluzyan daryosi ustidan yangi transport o‘tish yo‘lini ochgan. Osma konstruksiya asosida qurilgan ko‘prik Xitoyning Dandun hamda Koreyaning Sinyiju shaharlarini o‘zaro tutashtiradi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

O‘zbekistonda tilanchilik qilganlik uchun jarima va qamoq jazosi keskin kuchaytirildi Endi ko‘chada yoki jamoat joylarida pul
O‘zbekistonda tilanchilik qilganlik uchun jarima va qamoq jazosi keskin kuchaytirildi Endi ko‘chada yoki jamoat joylarida pul so‘rab yurish qimmatga tushishi aniq. Tilanchilik qilish bilan qo‘lga tushgan fuqarolarga 1,32 million so‘mdan 2,2 million so‘mgacha miqdorda jarima solinishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi belgilandi. Agar biror shaxs boshqalarni, jumladan voyaga yetmaganlarni tilanchilik qilishga jalb etsa, bu uchun belgilangan jarima miqdori naqd 6,6 million so‘mgacha yetishi mumkin. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

2027-yil 1-iyuldan o‘zbekistonliklar Qozog‘istonga elektron ruxsatnoma bilan kiradi Ruxsatnoma 180 kun amal qiladi. 16 yoshga
2027-yil 1-iyuldan o‘zbekistonliklar Qozog‘istonga elektron ruxsatnoma bilan kiradi Ruxsatnoma 180 kun amal qiladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 65 yoshdan kattalar, diplomatlar va Qozog‘istonda yashash ruxsatnomasi borlar bundan mustasno. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Prezident Xalq qabulxonasi rahbarlarining maqomi oshirildi PF–224-son Farmon bilan Prezident Xalq qabulxonasi rahbarlarining
Prezident Xalq qabulxonasi rahbarlarining maqomi oshirildi PF–224-son Farmon bilan Prezident Xalq qabulxonasi rahbarlarining lavozim maqomi va ijtimoiy ta’minotiga oid o‘zgarishlar kiritildi. Unga ko‘ra, Xalq qabulxonasi boshlig‘i maqomi Prezident Administratsiyasi departamenti boshlig‘i o‘rinbosariga, uning ikki nafar o‘rinbosari esa boshqarma boshlig‘iga tenglashtirildi. O‘zgarishlar tayinlash va lavozimdan ozod etish, ish haqi, rag‘batlantirish hamda ta’minot shartlarini ham qamrab oladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

+1
Turkiyaning Istanbul shahrida suv toshqini yuz bermoqda Kuchli yomg‘ir oqibatida shaharning ayrim ko‘chalari, yo‘l o‘tkazgichlari va binolarni suv bosgani aytilmoqda. Ayrim avtomobillar suv ostida qolgan, yo‘llarda harakatlanish qiyinlashgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Reper Navai Qozog‘iston chegarasida hibsga olindi OAV xabarlariga ko‘ra, 13-oktyabr kuni reper Navai — Navay Bakirov Qozog‘is
+1
Reper Navai Qozog‘iston chegarasida hibsga olindi OAV xabarlariga ko‘ra, 13-oktyabr kuni reper Navai — Navay Bakirov Qozog‘istondagi Qorday chegara punktida avtomobilidan taqiqlangan modda(narkotik) topilganidan so‘ng hibsga olingan. U vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgani aytilmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam berish taklif etilmoqda Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjat lo
Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam berish taklif etilmoqda Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan hujjat loyihasida 2026-yil noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya olish uchun daromad mezonini minimal iste’mol xarajatlarining 2 baravarigacha — oilaning har bir a’zosiga 1 mln 430 ming so‘mgacha kengaytirish taklif qilinmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Toshkent avtobuslari ertalabki pik vaqtda qancha yo‘lovchi tashidi «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil
Toshkent avtobuslari ertalabki pik vaqtda qancha yo‘lovchi tashidi «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 14-oktabr kuni ertalabki pik vaqtda — soat 06:00 dan 10:00 gacha poytaxt avtobuslarida jami 344 592 nafar yo‘lovchi tashildi. Pik soatlarda yo‘lovchilar oqimi eng yuqori bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar:
▪️ 131-yo‘nalish — 5 586 nafar yo‘lovchi; ▪️ 9T-yo‘nalish — 4 399 nafar yo‘lovchi; ▪️ 8-yo‘nalish — 4 345 nafar yo‘lovchi; ▪️ 24-yo‘nalish — 4 135 nafar yo‘lovchi; ▪️ 38-yo‘nalish — 4 054 nafar yo‘lovchi.
Ma’lumot uchun, kecha — 13-oktabr kuni poytaxt avtobuslarida bir kunlik jami yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 1 408 292 nafarni tashkil etgan edi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

1-noyabrdan isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshiriladi O‘zbekistonda markazlashgan isitish va issiq suv tariflarini
1-noyabrdan isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshiriladi O‘zbekistonda markazlashgan isitish va issiq suv tariflarini 1-noyabrdan oshirish taklif qilinmoqda. Loyihaga ko‘ra, Toshkentda isitish narxi 1 kvadrat metr uchun sutkasiga 241,44 so‘mdan 314 so‘mga oshishi mumkin. Hisoblagich orqali hisoblanadigan issiq suv tarifi esa 1 kub metr uchun 8 928,67 so‘mdan 11 607 so‘mgacha ko‘tarilishi taklif etilmoqda. Hozircha bu tariflar tasdiqlanmagan. Qaror loyihasi 28-oktabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Qashqadaryodagi sel oqibatida bir kishi halok bo‘ldi 13-oktyabr kuni kechki payt Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Shaka
Qashqadaryodagi sel oqibatida bir kishi halok bo‘ldi 13-oktyabr kuni kechki payt Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Shakarbuloq qishlog‘idan oqib o‘tuvchi soyda yuzaga kelgan sel sabab, Damas avtoulovidagi yo‘lovchi sel suvlarida avtomobili bilan oqib, chuqurlikka tushib ketish ortidan halok bo‘ldi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Marko Rubio Samarqandga 200 dan ortiq biznes vakili bilan keladi. AQSH Davlat departamenti Marko Rubioning Samarqandga tashri
Marko Rubio Samarqandga 200 dan ortiq biznes vakili bilan keladi. AQSH Davlat departamenti Marko Rubioning Samarqandga tashrifi bo‘yicha yangi tafsilotlarni e’lon qildi. Davlat kotibining 17–22-oktyabrga mo‘ljallangan safari Samarqanddan boshlanadi. Rubio 200 dan ortiq amerikalik biznes vakilidan iborat yirik tijoriy delegatsiyaga boshchilik qiladi. Avvalroq Samarqandga AQSHning 100 dan ziyod kompaniyasi vakillari kelishi ma’lum qilingan edi. Samarqandda C5+1 vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rubio O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yuqori martabali rasmiylari bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. AQSH Davlat departamenti ushbu tarixiy tashrif Amerika va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tijoriy hamkorlikning yangi davrini boshlab berishini ta’kidlamoqda. Ma’lumot uchun, Marko Rubio amerikalik siyosatchi va davlat arbobi, AQSH Davlat kotibi. Sobiq Florida shtati senatori. Respublikachilar partiyasi a’zosi hisoblanadi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook

Bugun kechqurun Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda 14-oktyabr kuni soat 19:00 dan keyin havodagi zararli zarrach
Bugun kechqurun Toshkentda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda 14-oktyabr kuni soat 19:00 dan keyin havodagi zararli zarrachalar miqdori ortishi prognoz qilinmoqda. Soat 20:00–23:00 oralig‘ida havo sifati AQI 100–150 darajaga yetib, sezgir guruhlar uchun zararli bo‘lishi mumkin. Havoning eng yuqori ifloslanishi soat 22:00–23:00 da poytaxtning shimoliy va g‘arbiy hududlarida kutilmoqda Telegram | YouTube | Instagram | Facebook