NSFLA | Rasmiy kanal
NSFLA - National system of foreign language assessment Telefon: 1195 (71) 235-74-85. Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. © 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام NSFLA | Rasmiy kanal
کانال NSFLA | Rasmiy kanal (@nsfla_uz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 14 556 مشترک است و جایگاه 13 779 را در دسته آموزش و رتبه 5 603 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 14 556 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 26 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -790 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -33 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 33.50% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 12.65% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 4 881 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 843 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“NSFLA - National system of foreign language assessment
Telefon:
1195
(71) 235-74-85.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
© 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 27 ژوئیه, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar«Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligi «Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va belgilagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim granti yoki toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan beshta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Maʼlumot uchun: beshtadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar, o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etadi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandiTalabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi: 🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan; 🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan; 🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan; 👨🏻💻 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) https://my.uzbmb.uz/service/41 orqali amalga oshiriladi. ❗️ Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish yo‘lga qo‘yilgan. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga oid statistik ma'lumotlar🖥 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 👨💻 Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. 📕 Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi. ✍️ Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar. 🎼 Abituriyentlarning 36 500 (5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307) alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga; 🤝 10 581 (2025-yilda 10 572) nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. 🧾 Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi (2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi. 📝 Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 (2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 (2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. ✔️ Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 🏘 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me'yorlashtirildi. Hozirda 64 (2025-yilda - 65) ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1 183 (2025-yilda - 1 169) ta guruhda, 35 490 (2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa 70 980 (2025-yilda 70 140) nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi. 📆 Test sinovlari 10 kun muddat davomida o‘tkaziladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan: ✔️1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. ✔️2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 📱 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. ‼️ SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. Batafsil bu yerda tanishing ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. 📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi. ❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshirish tartibi belgilandiVazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYUU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi. Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYuUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. 🗒 Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗SAT sertifikati bilan qoʻshimcha davlat grantiga qabul qilish shartlari belgilandi☑️2026/2027-oʻquv yilida abituriyentlarni oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilishda “College Board” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi. ➡️“Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga (1200 va undan yuqori ball) ega boʻlgan abituriyentlar uchun qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. 📝 Bunda: 🟢 qabul parametrining 50 foizi butun son boʻlmagan holatda ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida qoʻshimcha qabul koʻrsatkichi yuqori songa yaxlitlangan holda belgilanadi; 🟢 roʻyxatdan oʻtishda fanlar majmuasi sifatida “matematika” va “chet tili” fanlarini tanlagan hamda SAT sertifikati 2026-yil 25-iyun kuniga qadar (shu kuni ham) DI kod orqali Bilim va malakalarni baholash agentligiga kelib tushgan abituriyentlarga belgilangan imtiyoz tatbiq etiladi; 🟢 abituriyentlarning SAT sertifikati boʻyicha ballari ularni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qabul qilishda asosiy mezon hisoblanadi; 🟢 abituriyentlar tanlagan beshtagacha oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga SAT sertifikati boʻyicha ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 ajratilgan qoʻshimcha qabul koʻrsatkichining quyi chegarasidagi abituriyentning SAT sertifikati boʻyicha baliga undan keyingi abituriyent(lar)ning bal(lar)i teng boʻlib qolgan taqdirda, ushbu abituriyent(lar) ham ushbu bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga talabalikka tavsiya etiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega abituriyentlarga ushbu imtiyozdan foydalanish yoki imtiyozdan foydalanmasdan test sinovi natijasiga koʻra umumiy tartibda tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi; 🟢 SAT sertifikatiga ega, biroq roʻyxatdan oʻtishda tanlagan beshtagacha yoʻnalishga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylariga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilingan sanadan bir haftadan soʻng bir hafta muddat davomida qayta roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi; 🟢 Bilim va malakalarni baholash agentligining qaydnomalari ushbu abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Saytning “Xizmatlar” bo‘limiga kiring;
“Aprobatsiya” tugmasini bosing;
“Xizmatdan foydalanish” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.Xizmatdan foydalanish mutlaqo tekin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Saytning “Xizmatlar” bo‘limiga kiring;
“Aprobatsiya” tugmasini bosing;
“Xizmatdan foydalanish” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.Xizmatdan foydalanish mutlaqo tekin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
