NSFLA | Rasmiy kanal
NSFLA - National system of foreign language assessment Telefon: 1195 (71) 235-74-85. Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. © 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi
显示更多📈 Telegram 频道 NSFLA | Rasmiy kanal 的分析概览
频道 NSFLA | Rasmiy kanal (@nsfla_uz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 542 名订阅者,在 教育 类别中位列第 15 080,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 5 893 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 542 名订阅者。
根据 24 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -468,过去 24 小时变化为 -21,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 29.39%。内容发布后 24 小时内通常能获得 12.21% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 3 981 次浏览,首日通常累积 1 654 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“NSFLA - National system of foreign language assessment
Telefon:
1195
(71) 235-74-85.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy.
© 2026 Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi”
凭借高频更新(最新数据采集于 25 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi🧾 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 420 ta, shuningdek, Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📆 Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (chorshanba) kuni bo‘lib o‘tadi. 🌎 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda kelishi so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ❗ Talabgorlardan imtihonga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tillaridan navbatdagi sertifikat imtihonlari o‘tkazildi🌎 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan nemis va fransuz tillaridan imtihonlar kompyuterda o‘tkazildi. 📆 Imtihonlar 2026-yil 10-11-oktyabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Ularda salkam 30,900 nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 23 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. 🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi. 📝 Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra: ☑️ imtihonning yozma qismi – 10-11-oktyabr kunlari; 🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi – 12-oktyabrdan 23-oktyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi. 🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin. ⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi. 🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. ⛳️ Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-10-07-2 ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari📆 2026-yil 13-sentabrdan 25-sentabrgacha bo'lib o'tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat📣 Bugun bo‘lib o‘tishi belgilangan OVOZLI CHAT soat 16:00 da boshlanadi va Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) orqali o‘tkaziladi. 🎙️ Unda Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlarga oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi. 📨 Savollaringizni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bu yerda qoldiring. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi📆 Koʻzi ojiz, gapirish va eshitishda nuqsoni bor hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. 🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin. ⏳ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi📆 2026-yil 24-avgustdan 4-sentabrgacha bo‘lib o‘tishi beigilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🧾 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ‼️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tillaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari📆 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari avgust, sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. 🧑💻 Bunda nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi (kompyuterda olinadi). 🆔 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🧑💻 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandiOliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi. 2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 823 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi. 2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi. Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
