Toshkent viloyati hokimligi
Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz Ishonch telefon:(71) 200 88 11 Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Toshkent viloyati hokimligi
El canal Toshkent viloyati hokimligi (@toshvilpressa) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 15 283 suscriptores, ocupando la posición 13 914 en la categoría Noticias y medios y el puesto 5 206 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 15 283 suscriptores.
Según los últimos datos del 05 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 202, y en las últimas 24 horas de -11, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 30.43%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 27.06% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 4 652 visualizaciones. En el primer día suele acumular 4 137 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 0.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Instagram :https://www.instagram.com/toshvilhokimlik?igs
Facebook :https://fb.me/toshvilhokimiyat
Veb-sayt:https://gov.uz/oz/toshvil
Elektron pochta: devonxona@toshvil.uz
Ishonch telefon:(71) 200 88 11
Manzil: Toshkent yo'li ko'chasi,192”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 06 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Noticias y medios.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 06 septiembre | +2 | |||
| 05 septiembre | +7 | |||
| 04 septiembre | +6 | |||
| 03 septiembre | +7 | |||
| 02 septiembre | +9 | |||
| 01 septiembre | +6 |
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyevahttps://t.me/Rasmiy_axborot_official
| 2 | #sana
Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 2 293 |
| 3 | #tafsilot
Eski To‘ytepadan — yangi Nurafshongacha.
Kecha va bugun. Kechagi qiyofa va bugungi o‘zgarishlar. Nurafshonning yangilanish yo‘li — raqamlar va bunyodkorlik bilan emas, avvalo, insonlar hayotidagi o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Tafsilotlar “O'zbekiston 24” telekanalining "Kim edigu, kim bo‘ldik?" ko‘rsatuvida.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 2 477 |
| 4 | #hamkorlik
Serbiya ko‘chatchilik kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Mamajonovning Serbiya Respublikasiga xizmat safari doirasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi xorijiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Serbiyaning ko‘chatchilik sohasida ko‘p yillik tajribaga ega Kalem-Voće Miladinović d.o.o. kompaniyasi direktori D. Miladinovich bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda Toshkent viloyatida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, zamonaviy ko‘chatchilik texnologiyalarini joriy etish, sifatli va serhosil meva ko‘chatlarini yetishtirish borasida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ko‘chatchilikda 70 yildan ko‘proq tajribaga ega mazkur kompaniya meva daraxtlari ko‘chatlari va payvandtaglarini yetishtirish, payvandlash hamda intensiv bog‘larni barpo etish bo‘yicha maslahat xizmatlarini ham ko‘rsatadi. Kompaniya olma, nok, olcha, gilos, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, behi va uzum ko‘chatlari, shuningdek, zamonaviy intensiv bog‘lar uchun M9 T337, MM106, M26, BA29 kabi payvandtaglari bilan mashhur.Uning mahsulotlari xalqaro bozorlarga ham yetkazib beriladi.
Uchrashuvda, ayniqsa, intensiv bog‘lar uchun nav va payvandtaglarni to‘g‘ri tanlash, yuqori zichlikdagi bog‘larni loyihalash, ko‘chatlarni fitosanitar talablar asosida tayyorlash va eksport standartlariga moslashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘rtasidagi muloqot yakunida amaliy hamkorlikni davom ettirish, tajriba almashish va serbiyalik mutaxassislarni Toshkent viloyatiga kelishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Kelgusida kompaniya mutaxassislari bilan Toshkent viloyatining iqlim va tuproq sharoitidan kelib chiqib, intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, istiqbolli navlar va payvandtaglarni tanlash, zamonaviy ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur hamkorlik Toshkent viloyatida meva-sabzavotchilik tarmog‘ining investisiyaviy jozibadorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va yuqori samaradorlikka ega intensiv bog‘larni ko‘paytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 2 506 |
| 5 | #mavsum
Paxta – 2026 mavsumiga ezgu niyatlar bilan start berildi
Qariyb olti oy davomida mashaqqatli mehnat va fidoyilik evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olishning mas’uliyatli pallasi boshlandi.
Bugun erta tongdan viloyat faollari, nuroniylar, jamoat va davlat tashkilotlari mutasaddilari, tuman va shahar hokimlari, fermer va klasterlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari mana shu muhim mavsum munosabati bilan ezgu taomilga muvofiq, Zangiota ziyoratgohida yig‘ildilar.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida muazzam maskan ziyorat qilinib, o‘tganlar ruhi pokiga Qur’on tilovat qilindi.
Tabarruk qadamjoda jonliq so‘yilib, ehson dasturxoni yozildi. Qo‘llar duoga ochilib, barakali hosilni yig‘ib-terib olishda bel bog‘lagan bobodehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, fotiha qilindi.
Darhaqiqat, paxtakorlarimiz oldida yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishdek mas’uliyatli vazifa turibdi.
Joriy yil qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta yetishtirishda sinovli bo‘lishi bilan birga, sermahsul yil bo‘ldi. Viloyatda yangi texnologiyalar asosida paxta yetishtirilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirildi.
Viloyatimizda 1 110 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan 54 ming gektar maydondan 281 ming tonna paxta hosil olish rejalashtirilgan.
Bu yil paxta terimida mexanizatsiyaga alohida e’tibor qaratilib, birinchi marotaba viloyatda 46 ming gektar, ya’ni jami maydonning 85 foizini mashinada terib olish rejalashtirilgan.
Mazkur vazifani samarali tashkil etish maqsadida 50 dan ortiq yangi paxta terish mashinalari xarid qilinib, viloyatdagi paxta terish texnikalari soni 180 taga yetkazildi.
Qolaversa, bu yil paxta terimi jarayonlarini nazorat qilishda zamonaviy GPS tizimidan keng foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, mashinalarning harakatlanishi, ishlagan vaqti, terilgan maydoni va bekor turib qolish holatlari onlayn kuzatib boriladi.
Paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatdan har bir tumanga mas’ullar biriktirildi.
Tadbirda viloyat rahbari so‘z olib, paxta terimida ishtirok etadigan mexanizatorlar, fermerlar, klasterlar rahbarlari va soha vakillariga mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, texnika va resurslardan samarali foydalanish, hosilni talafotsiz yig‘ib olish, yong‘in xavfsizligi va boshqa texnik reglamentlarga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 510 |
| 6 | #Profilaktik_hamkorlik
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda davomat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida profilaktik hamkorlik tashkil etildi.
Tadbirda voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tkazilgan hamkorlik tadbirlari natijasida ta’lim muassasasi, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kuchaytirilib, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning erta oldini olish hamda o‘quvchilarni maktabga ishtirokini yaxshilash bo‘yicha rejali chora-tadbirlar belgilandi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 274 |
| 7 | #muloqot
Toshkent viloyatidagi “Kelajak” markazlari faoliyati muhokama qilindi
Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultanbekov viloyatdagi 22 ta tuman va shahar “Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi 277-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 776-son qarori ijrosini ta’minlash, markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda qo‘shimcha ta’limni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida, “Kelajak” markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish, ularning sonini ko‘paytirish va bugungi kun talablari hamda zamonaviy tendensiyalarga mos yangi yo‘nalishlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 867 |
| 8 | #mavsum_yumushlari
Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Sunnat” fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar asosida olib borilmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 079 |
| 9 | Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
—
Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 225 |
| 10 | #tuhfa
Nurafshon shahrida yana bir zamonaviy sport maskani foydalanishga topshirildi
Nurafshon shahrining Dehqonobod mahallasida yangi zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, faollar, mahalla jamoatchiligi hamda yoshlar ishtirok etdi.
Yangi sport maydonchasi mahalla aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va iqtidorli sportchilarni saralab olish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
Tadbir davomida ushbu maskanda har shanba kuni turli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari, sog‘lomlashtirish tadbirlari va yoshlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazib borilishi belgilandi.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash hamda aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 682 |
| 11 | #hamkorlik
Bugun Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Jahongir Mamajonov boshchiligida Xitoyning yirik kompaniyalari va ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Xitoyning 15 ta kompaniyasi va tashkiloti vakillari ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibida isitish va gaz uskunalari, issiqlik texnologiyalari, sanoat butlovchi qismlari, elektron qurilmalar, gaz sensorlari, sertifikatlash xizmatlari hamda xalqaro ta’minot zanjiri sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlari jam bo‘ldi.
Muloqot davomida Toshkent viloyatining investitsiyaviy salohiyati, sanoat va ishlab chiqarish imkoniyatlari, shuningdek, xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar viloyat hududida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, isitish tizimlari va gaz uskunalarini ishlab chiqarish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni chuqur o‘rganish, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish hamda Toshkent viloyatida qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 340 |
| 12 | #jarayon
Mutasaddilar poytaxtdagi bozor va savdo majmualarini raqamlashtirish tajribasi bilan tanishdilar
Toshkent viloyatida bozorlar faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ularni raqamlashtirish va hududlarda jamoat tartibini saqlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soliq va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tuzilmalari, “Toshvilbozorsavdo” uyushmasi, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi mutasaddilar hamda tuman-shahar hokimlaridan iborat guruh Toshkent shahrida bo‘lib, poytaxtdagi bozor va savdo majmualarida joriy etilgan ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.
Tashrif davomida bozor va savdo majmualarini raqamlashtirish orqali ular faoliyatini yanada shaffof va samarali tashkil etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, bozor hududlarida jamoat tartibini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Ayniqsa, bozorlarda tartib-intizomni mustahkamlash, mavjud muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish, nazorat mexanizmlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha ijobiy tajribalar mutasaddilar e’tiborida bo‘ldi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 864 |
| 13 | #qabul
Har bir murojaat ortida inson va uning taqdiri yotadi – Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi
Xabar qilganimizdek, Nurafshon shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatdagi kengaytirilgan qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank hamda moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita hamda videokonferensaloqa orqali tingladilar.
Ochiq muloqotda 200 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ular asosan, uy-joy, yer munosabatlari, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy himoya hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Qabul vaqtida 30 dan ortiq murojatchining masalasi joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan ishchi guruhlar shakllantirilib, ularga masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash va natijasi bo‘yicha axborot taqdim etish vazifasi yuklatildi.
Har bir muammoning kelib chiqish sabablari va mavjud to‘siqlarini chuqur tahlil qilish, masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda natijaga yo‘naltirilgan aniq yechim ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ayniqsa, murojaatlarning ijrosini nazorat qilish, berilgan topshiriqlarning qog‘ozda qolib ketmasligi va har bir fuqaroning masalasi yakuniy natijaga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida urg‘u berildi.
Zero, xalq bilan ochiq muloqot — mavjud muammolarni aniqlashninggina emas, balki ularga amaliy yechim topish, aholi ishonchini mustahkamlash va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni manzilli hal etishning muhim vositasidir.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 248 |
| 14 | #mavsum_yumushlari
Yuqori Chirchiq tumani So‘rankent hududidagi «Yassaviy field» fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi agrotexnik talablar va ilmiy tavsiyalar asosida olib borilmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 2 866 |
| 15 | Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с Центром современного искусства в Ташкенте.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 2 308 |
| 16 | #qabul
Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning navbatdagi kengaytirilgan qabuli davom etmoqda.
Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, bank va moliya muassasalari mas’ullari ishtirok etmoqda.
Ommaviy qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilanmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 654 |
| 17 | #nazorat
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida ikki nafar fuqaroning qo‘shni davlatga katta miqdordagi naqd xorijiy valyutani noqonuniy olib chiqishga urinishi aniqlandi
Fuqarolar “Navoiy” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga piyoda holda chiqib ketayotgan vaqtida xatti-harakatlarida shubha uyg‘otgani sababli, xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shaxsiy ko‘rik natijasida ikki fuqaroning oyoqlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan jami 240 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 416 |
| 18 | 📢Tadbirkorlar diqqatiga!
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish jarayonini avtomatlashtirish yuzasidan topshiriq berilgan edi.
Bugungi kunda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mazkur yo‘nalishda tegishli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda davlat xaridlarida ishtirok etish jarayonida kiritilgan zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq muammo yoki kechikishlarga duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlari Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.
Kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, shartnoma majburiyatini bajargan tadbirkorlarning zakalat mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
☎️Murojaat uchun: @Icppa_aloqa_bot
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 4 237 |
| 19 | #mavsum_yumushlari
Chinoz tumani "A.Temur" hududidagi "Arslanov Abdumajid" fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar va zamonaviy agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 219 |
| 20 | #e'tibor
Xabar qilganimizdek, qutlug‘ bayram munosabati bilan viloyatimizning bir guruh nuroniylariga "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishonlari topshirildi.
Mavzu tafsilotlari "O‘zbekiston 24" telekanali "Axborot" dasturida.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 3 227 |
