fa
Feedback
alijanov ibrohim

alijanov ibrohim

رفتن به کانال در Telegram

• 🫠 internet shovqiniga qarshi quloqchinlar • 🌅 website: aiblogs.substack.com

نمایش بیشتر
أوزبكستان13 687دسته بندی مشخص نشده است
5 113
مشترکین
+1524 ساعت
+1 1857 روز
+1 48530 روز
آرشیو پست ها
Ichidagilarni yangilab kelyapman — turmusht.uz
Ichidagilarni yangilab kelyapman — turmusht.uz

Miyani jim qilib bo‘lmaydi. Undan kuniga 60 000 dan ziyod fikr o‘tadi. Ba'zan shunday antiqa g‘oyalar keladi-ki, lekin 🚄 shu
Miyani jim qilib bo‘lmaydi. Undan kuniga 60 000 dan ziyod fikr o‘tadi. Ba'zan shunday antiqa g‘oyalar keladi-ki, lekin 🚄 shuv etib o‘tadi-yu, g‘oyib bo‘ladi. Miya-ku hammasini saqlayveradi, undan chiqarib olish muammo. Shu sabab, har safar hammasini 0 dan boshlashimizga to'g'ri keladi. Ammo bunga yechim bor. Rasmdagi amaki, jamiyatshunos Niklas Lumen o'zi uchun ikkinchi "miyya" yaratadi U g‘oyalarini zerikarli papka yoki kategoriyalarga emas, xuddi miyadagi neyronlar kabi bir-biriga ulaydi. 3 yil oldin Obsidian ilovasi bilan buni qanday qilish haqida yopiq guruhimizda gaplashgan edik. Keling, sizga ham buni qanday qilishni ko'rsatsam: youtu.be/2mJRZLINBD0 Iltimos darslikni ko'rib chiqqach, savol va takliflaringizni yozing. Yanada yangiroq va yaxshiroq qo'llanma tayyorlamoqchimiz⚡️

turmusht.uz kerakli odamga yetib borar

Sinovlar bo'yicha kuzatuvlarim qiziq bir xulosaga olib kelmoqda Xohlagan yegulikni, chegaralanmagan miqdorda iste'mol qilish, istalgancha uxlash, faqat majbur bo'lgandagina ishlash, Youtube qariga sho'ng'ish... Qachonki o'zim uchun qulay hayot tarziga intilsam, o'zimni noqulay holatlardan imkon boricha himoya qilsam - Ilohiy bog'lanish sustlashadi va aynan men intilayotgan "komfort" hayot tarzini butunlay izdan chiqarib yuboradigan kutilmagan va keskin sinovlar kelishni boshlaydi. Kasallik, moliyaviy qiyinchilik, do'stlar bilan sinalish, oilaviy muammolar... Mana shu sinov yana o'sha Ilohiy bog'lanishni mustahkamlaydi. Men intilayotgan "qulaylik"dan uzoqlashtiradi. Sport bilan shug'ullanish, faqat belgilangan taomlarni iste'mol qilish, tungi bedorlikdan voz kechish, kitob dofamini bilan cheklanish... Aksincha, qanchalik o'zimni sinovlarga tashlasam, nafsimning xohishlariga qarshi yursam, o'zimni kuchim yetganicha noqulay hayot tarziga moslashtirsam, yuqoridagi eslangan kutilmagan sinovlar kamayadi yoki yo'qoladi. O'rnini yana kuchliroq bog'lanish va ruhiy quvvat egallaydi. Xulosalar shunga olib boryaptiki, biz baribir sinalamiz. Faqat, qisman sinov turini o'zimiz tanlashimiz kerakdir balki. Kutilmagan sinovlarmi yoki o'zimiz xohlab yuz tutadiganlari...

Repost from maktublar.
qiz bola ochiq-sochiq, chiroyini ko'rsatib videoga tushib, instagramga joylayapti. oilali erkak shu videoni tomosha qilib ketyapti. video yana shunaqa 1000 ta erkakdan like oldi. qiz xursand. hayolida eng zo'riman deb o'ylayapti. yettinchi osmonda. yanada ochiqroq, yanada mayin ovozda, yanada ko'proq filterlar bilan avvalgi "kayf" ni olmoqchi. algoritm like bosgan o'sha erkaklar tasmasiga qaytib qizni chiqaryapti. erkak yana tomosha qilyapti. ishxonasidagi boshqa erkaklarga ham ko'rsatyapti "zo'r narsa ekan" deb. videoni ko'rib, ko'zini tiymagan erkak ayolini o'shanga solishtiryapti. ayoli yoqmay qolyapti. ayoli erini begona ayollar videosiga layk bosganini ko'rib qolyapti. ko'ngli sovuyapti. tinchlanish uchun instagramga kiryapti. gullar, mashina, kechki ovqat, chetga sayohat. erini solishtiryapti. foydasiz. o'zi boy bo'lishga, o'zini eplashga harakat qilyapti. bu videoni shu ayolni 15 yoshli qizi ham ko'ryapti. o'zini solishtirib, nuqsonliman deb o'ylayapti. depressiyaga tushyapti. bu tushkunlikdan chiqish uchun botox, filler, qosh, kiprik, qomatini o'zgartiryapti. lekin qiz keyingi kayfni olish uchun eng tubanlikka tushadi. erkak ayolini avvalgidek yaxshi ko'ra olmaydi. ayol avvalgidek shukr qila olmaydi. qizaloq o'zini qabul qila olmaydi.. bitta instagram butun oila halovatini buzyapti. iltimos, instagramga kirmang.

Kichik hisob-kitob Yaqinlarim orasida Insult sabab umrining oxirgi 5 yilini yotoqda qimirlamay o'tkazayotganlar bor. Xudo shifo bersin. 5 yil = 43,800 soat Juda ko'p kasalliklar asosan 3 ta yo'l bilan: asab, jismoniy harakat, ovqatlanish ortidan keladi. Birgina jismoniy harakatning o'zi asabni ham, ovqatlanishni ham tartibga soladi. Kunlik 1 soat sport yuqoridagi kabi kasalliklarning oldini olishga juda katta yordam beradi. Har kuni 1 soat sport 40 yilda = 14,600 soat. 43,800 / 14,600 = 3x. Har kuni 1 soat sport 3 marotaba vaqtingizni tejab beradi. Bu shunchaki vaqt nuqtayi nazaridan qaraganda. Bundan tashqari oyiga $300 dori uchun sarflayotganlarni ko'rdim. 5 yilda = $18,000. 1 ta yaxshi yurish yoki yugurish uchun oyoq kiyim tahminan $100-$150 turadi va 1,5-2 yil xizmat qiladi. Bu oyiga tahminan = 100,000 so'm. Uzog'i 2 ta tushlik puli. Sport = yurish, yugurish, tennis, futbol, sport zal... O'zingizga qulayi. Kuniga 1 soat va 3,300 so'm = sifatli hayot

Yiqilganda shu yerga qayting aiblogs.substack.com/p/yiqilish

Marketingda hech nima bekorga boʻlmaydi, siz buni hammadan yaxshiroq bilasiz Cambridge LC esa gigantlardan, uzoq yillik tajri
Marketingda hech nima bekorga boʻlmaydi, siz buni hammadan yaxshiroq bilasiz Cambridge LC esa gigantlardan, uzoq yillik tajribaga ega boʻlgan loyihalardan. Hammayoqda Update haqida xabarlar tarqalishi bekorgamas. Lekin bir savol qiziq: endi nima kutyapti? 🤔 Shundogʻam stabil yurib turgan loyiha qanday Update haqida reja qilayotgan ekan?! Uzoq muhokamaga hojat yoʻq. 24-yanvarda javobini bilib olamiz. Uchrashuv joyi aniq. Qoʻshilamiz, doʻstlar: https://t.me/+Oa_8SeXWpCM4ZGJi

Repost from N/a
Instagram aybdor Chiroyli hayot tuynugi yurtdoshlarimizga qanday ta'sir qilayotgani – muddatli to'lovlar nega bu qadar oshib borayotgani – nega ba'zi xalqlar bu tuynukning zararidan omon qolayotgani – instagram eng ko'p kimga zarar berishi va odamlar eng ko'p qaysi xarid uchun qarz olayotgani haqida gaplashamiz. parallelmuhit.uz/instagram

Repost from Jasurbek Hasanov
Qaysi birini bosib kirardingiz?
Anonymous voting

Repost from Jasurbek Hasanov
photo content

qay birini bosgan bo'lardingiz?
Anonymous voting

photo content

Repost from Aziz Rahimov
Ijtimoiy tarmoq haqidagi postlarimiz odatda ko'p o'qiladi. Aktual muammo. Shuning uchun ham 20-dekabr kuni smartfon va ijtimoiy tarmoqlarni ishlatish, farzandlarimizni qanday cheklash haqida seminar o'tmoqchiman. Undan tashqari o'sha kunlari kitob festivali ham o'tkazyapmiz. 12 ta nashriyot, 4000 ta kitob va 15% gacha chegirma bilan kelishyapti. O'tgan galgi seminar va festivalimizga boshqa shaharlardan ham kelishgan edi.

Taomni bittada o‘zgartiradigani — salat tuzi, glutamat Sekin, tabiiy olish yo‘li: go‘sht, pishloq, pomidor, tuxum, baliq Tez,
Taomni bittada o‘zgartiradigani — salat tuzi, glutamat Sekin, tabiiy olish yo‘li: go‘sht, pishloq, pomidor, tuxum, baliq Tez, sun’iy olish yo‘li: chips, kolbasa, rolton Birini chaynash kerak. Boshqasini og‘izga solish kifoya, qolganini o‘zi hal qiladi. Shu bois ikkinchisini tanlashimiz oson, o‘rganib qolishimiz oson. Hayotda ham shunday: Osoniga o‘tirib qolib, qiyinini qilmay qo‘yamiz. Savol tug‘iladi: Kam mehnat, zo‘r natijani nimasi yomon? Axir umrimiz oz, o‘tib ketyapti-ku? Eslang: Lift ishlamasa, zinalar qanchalik asabingizni buzishini. Keling, bugun siz bilan qisqa yo‘llar fojiasi va sizda bu o‘xshamasligi qanchalik zo‘rligi haqida gaplashamiz. O'qiymizmi) 🫠 parallelmuhit.uz/qisqayol P.S. Har oy xohlagan 2ta inshoni bepulga o‘qisangiz bo‘ladi

Taomni bittada o‘zgartiradigani — salat tuzi, glutamat Sekin, tabiiy olish yo‘li: go‘sht, pishloq, pomidor, tuxum, baliq Tez,
Taomni bittada o‘zgartiradigani — salat tuzi, glutamat Sekin, tabiiy olish yo‘li: go‘sht, pishloq, pomidor, tuxum, baliq Tez, sun’iy olish yo‘li: chips, kolbasa, rolton Birini chaynash kerak. Boshqasini og‘izga solish kifoya, qolganini o‘zi hal qiladi. Shu bois ikkinchisini tanlashimiz oson, o‘rganib qolishimiz oson. Hayotda ham shunday: Osoniga o‘tirib qolib, qiyinini qilmay qo‘yamiz. Savol tug‘iladi: Kam mehnat, zo‘r natijani nimasi yomon? Axir umrimiz oz, o‘tib ketyapti-ku? Eslang: Lift ishlamasa, zinalar qanchalik asabingizni buzishini. Keling, bugun siz bilan qisqa yo‘llar fojiasi va sizda bu o‘xshamasligi qanchalik zo‘rligi haqida gaplashamiz. 🫠 parallelmuhit.uz/qisqayol P.S. Har oy xohlagan 2ta inshoni bepulga o‘qisangiz bo‘ladi

Taomni bittada o‘zgartiradigani — salat tuzi, glutamat Sekin, tabiiy olish yo‘li: go‘sht, pishloq, pomidor, tuxum, baliq Tez,
Taomni bittada o‘zgartiradigani — salat tuzi, glutamat Sekin, tabiiy olish yo‘li: go‘sht, pishloq, pomidor, tuxum, baliq Tez, sun’iy olish yo‘li: chips, kolbasa, rolton Birini chaynash kerak. Boshqasini og‘izga solish kifoya, qolganini o‘zi hal qiladi. Shu bois ikkinchisini tanlashimiz oson, o‘rganib qolishimiz oson. Hayotda ham shunday: Osoniga o‘tirib qolib, qiyinini qilmay qo‘yamiz. Savol tug‘iladi: Kam mehnat, zo‘r natijani nimasi yomon? Axir umrimiz oz, o‘tib ketyapti-ku? Eslang: Lift ishlamasa, zinalar qanchalik asabingizni buzishini. Keling, bugun siz bilan qisqa yo‘llar fojiasi va sizda bu o‘xshamasligi qanchalik zo‘rligi haqida gaplashamiz. 🫠 parallelmuhit.uz/qisqayol P.S. Har oy xohlagan 2ta inshoni bepulga o‘qisangiz bo‘ladi

Youtube haqida anchadan beri hech narsa yozmadim. To'planib qolgani ko'p, o'tirib yozadigan odam yo'q) Yaxshiyam-ki youtube rivojlantirish yo'lida yolg'iz emasmiz. Shohjahon aka yakshanba kuni youtube haqida seminar formatida suhbat tashkillashtirayogan ekanlar. Borinlar, har qanday savolingizga javob olasizlat⚡️ To'liqroq ma'lumot uchun: @shohijahon_dadaboyev_admin

Tepaga va uzoqqa 📺 Oxiri ukangiz bilan pultga bo'lgan jangda yutdingiz. Endi nazorat sizda, siz endi xo'jayin. Hayot bilan h
Tepaga va uzoqqa 📺 Oxiri ukangiz bilan pultga bo'lgan jangda yutdingiz. Endi nazorat sizda, siz endi xo'jayin. Hayot bilan ham shu — pulti o'zida qolganlargina yutadi. Yutqazganlarni ham yaxshi taniymiz — pultini topshirganlar. O'zidan boshqa hammani, davlatini, ishxonani, hattoki ota-onasini ayblaydiganlar. Bu safar tepaga va uzoqqa yetish haqida gaplashamiz. Tushunganim: uzoqqa boradiganlar ikki narsa olishadi — o'zlariga ma'sulyat, bizdan havotirni. O'qiymizmi) parallelmuhit.uz/uzoqqa

Ma'nosiz yashayapmiz do'slar. Bunday yashash noqulay, bu yerlarda qolib ketish esa oson. Ma'nosizlik yeb yotaverish natijasi:
Ma'nosiz yashayapmiz do'slar. Bunday yashash noqulay, bu yerlarda qolib ketish esa oson. Ma'nosizlik yeb yotaverish natijasi: boshqalar tayyorlagan ovqatni, kontentni, yangilikni. Boshqa tomondan ma'no topish ham qiyin emas. Ovqatingizga berilgan maqtov, postingizga yozilgan izoh benihoya xursand qilganini eslang. Ma'no sotiladi do'stlar, faqat qimmatga, yaratuvchilarga. Bu inshomizda yaratuvchilar qatoriga qo'shilish va bundan bo'shaganda qanday dam olish haqida gaplashamiz. O'qiymizmi) parallelmuhit.uz/quruvchi