“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz ✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com ☏ +998712074012
显示更多📈 Telegram 频道 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi 的分析概览
频道 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi (@ykfoundation) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 28 153 名订阅者,在 教育 类别中位列第 6 861,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 838 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 28 153 名订阅者。
根据 23 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 723,过去 24 小时变化为 -148,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 73.11%。内容发布后 24 小时内通常能获得 70.40% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 20 704 次浏览,首日通常累积 19 937 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 1。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
““Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz
✉️ https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012”
凭借高频更新(最新数据采集于 24 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 教育 类别中的关键影响点。
📰Bolalar farovonligi haqida gapirganda, avvalo, ularning bugungi hayotini nazarda tutamiz. Har bir bola hozirning o‘zida mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va zarur tibbiy yordamga haqli. Uning qadri kelajakda qanday kasb egasi bo‘lishi yoki qancha daromad keltirishi bilan o‘lchanmaydi. Bolaning sog‘lom o‘sishi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan sharoit mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyotiga ham mustahkam asos bo‘ladi. Shu bois bolalikka yo‘naltiriladigan mablag‘lar davlat siyosatida izchil va barqaror o‘rin egallashi zarur. Bola qaysi mamlakatda va qanday oilada tug‘ilishini tanlamaydi. Ammo uning xavfsiz o‘sishi, o‘z qobiliyatini kashf etishi va kelajagini qurishi uchun qanday sharoit yaratish bizning qarorlarimizga bog‘liq. Samarqandda boshlangan hamkorligimiz bolalarning bugungi hayotini yaxshilaydigan aniq ishlar bilan davom etishini tilayman. Barchangizga sihat-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyat, sammit ishiga samarali natijalar tilayman,— deyiladi tabrikda. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
Rotary Yoneyama stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.💬 Stipendiya istalgan soha boʻyicha yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi. Har yili taxminan 10 nafar talabaga stipendiya ajratiladi. ⏺ Dastur imkoniyatlari: 💬 2 yil davomida 875 dollargacha oylik stipendiya. 💬 Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1564 dollargacha yordam puli. ✍️ Arizalar 2026-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Batafsil: Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
Bu haqda Prezidentimiz rahbarligida yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan bo'lib o'tgan ochiq muloqotda ma'lum qilindi.💬 Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi malakali kadrlarga bog‘liq. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda. 💬 Prezidentimiz boshqa investorlarni ham o‘z loyihalari uchun xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashda ishtirok etishga chaqirdi. Bunday tashabbuslar uchun investorlarga joylardagi texnikumlarni boshqaruvga berishga tayyorlik bildirildi. 💬 Kelasi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-oktyabrdagi PQ–378-son qarori bilan Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish belgilandi. Mazkur qaror mamlakatda yengil sanoat, dizayn va kreativ iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, xalqaro talablarga javob beradigan taʼlim tizimini shakllantirish hamda milliy moda sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.💬 Qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi. Akademiya Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi (Achadémie internationale de choupe de Paris) oʻrtasidagi qoʻshma taʼlim dasturi asosida tashkil etiladi. 💬 Akademiyada oʻquv jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Talabalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi. Qoʻshma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda, oʻz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Batafsil: Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.🟡 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha tashkil etildi. 🟡 Test natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin? 🟡 Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin. 🟡 Apellyatsiya berish tartibi Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin. 🟡 Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim. 🟡 Barcha talabgorlardan test natijalari bilan tanishish va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuborish so‘raladi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
17 yosh va undan kichiklar — 37 074 nafar; 18 yosh — 200 578 nafar; 19 yosh — 220 598 nafar; 20 yosh — 207 146 nafar; 21 yosh — 179 230 nafar; 22 yosh — 116 890 nafar; 23 yosh — 81 400 nafar; 24 yosh — 60 409 nafar; 25 yosh — 49 377 nafar; 26–29 yosh — 136 855 nafar; 30–34 yosh — 122 742 nafar; 35–39 yosh — 69 224 nafar; 40 yosh va undan kattalar — 53 483 nafar.Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Sayt
