fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

رفتن به کانال در Telegram

Veb-sayt: www.standart.uz Facebook: www.fb.com/uzstandard Instagram: www.instagram.com/uzstandard Youtube: bit.ly/3kbWQa0 Murojaat uchun: @uzstandartga_savollar_bot 📧 uzst@standart.uz ☎️1880 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A

نمایش بیشتر
5 046
مشترکین
-524 ساعت
-207 روز
-9530 روز

در حال بارگذاری داده‌ها

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26
اکتبر '26
+23
در 11 کانال‌ها
سپتامبر '26
+47
در 5 کانال‌ها
Get PRO
اوت '26
+56
در 13 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '26
+65
در 12 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '26
+69
در 13 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+74
در 12 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+3 454
در 11 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+51
در 9 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+66
در 11 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+89
در 26 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+77
در 10 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+97
در 11 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+77
در 11 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+258
در 94 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+61
در 10 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+37
در 4 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+51
در 5 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+107
در 6 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+185
در 6 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+91
در 7 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+72
در 7 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+69
در 5 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+90
در 8 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+91
در 8 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+116
در 10 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+82
در 9 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+99
در 11 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+136
در 12 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+52
در 4 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+98
در 3 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+58
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+147
در 8 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+105
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+99
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+90
در 9 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+63
در 3 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+61
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+98
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+62
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+50
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+57
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+60
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '23
+102
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '23
+57
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '23
+73
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '23
+89
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+35
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+82
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+98
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+68
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+76
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '22
+71
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '22
+88
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '22
+86
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '22
+89
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '22
+85
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '22
+71
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '22
+76
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '21
+70
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '21
+92
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '21
+63
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '21
+108
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '21
+54
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '21
+47
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '21
+69
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '21
+102
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '21
+136
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '21
+120
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '21
+153
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '21
+187
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '20
+1 075
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
16 اکتبر0
15 اکتبر+2
14 اکتبر0
13 اکتبر+1
12 اکتبر+4
11 اکتبر+2
10 اکتبر+1
09 اکتبر+3
08 اکتبر+4
07 اکتبر+4
06 اکتبر0
05 اکتبر+1
04 اکتبر0
03 اکتبر0
02 اکتبر0
01 اکتبر+1
پست‌های کانال
Repost from Rasmiy axborot
❗️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Investorlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Yangi kengash yer ajratishdan tortib, elektr tarmoqlariga ulanish, texnik shartlarni olish va obyektlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarda investorlar duch kelayotgan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi. Bu tashabbus energetika loyihalaridagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, hamkorlikni yaxshilash va investitsiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

2
⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi O‘zbekistonda energetika sohasi
⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi O‘zbekistonda energetika sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash kengaytiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Shuningdek, dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa investorlarni ham xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashga jalb etish, jumladan, texnikumlarni boshqarishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
207
3
▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari
▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va yangi konlarni o‘zlashtirish uchun xorijiy hamkorlarga taklif etiladigan 128 ta investitsiya bloki tayyorlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu hududlarda 5,8 trillion kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud. Ayni paytda Ozarbayjonning “SOCAR” va Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Yangi loyihalarni o‘zlashtirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon bo‘lishi belgilangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
136
4
🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliy
🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etilayotganini ma’lum qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
114
5
👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8
👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasini qurishda qariyb 200 million dollarlik mahalliy mahsulotlardan foydalandi. O‘tgan yili energetika sohasidagi investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatkichni 3–4 barobar oshirish mumkinligini ta’kidladi. Ayni paytda yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
110
6
⚡Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek
⚡Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligida o‘z salohiyatiga tayanib, yanada faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. Mamlakatimizdagi tabiiy resurslar, sanoat korxonalari, muhandislar va bilimli yoshlar salohiyatini ilg‘or texnologiyalar hamda investitsiyalar bilan uyg‘unlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish mumkin. Energetika loyihalarida mis mahsulotlari, kabellar, transformatorlar, metall konstruksiyalar va qurilish materiallariga talab katta. Davlat rahbari mahalliy korxonalar ushbu mahsulotlarni sifat, narx va xalqaro standartlar bo‘yicha raqobatbardosh ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanini qayd etdi. “O‘Z” g‘oyasining iqtisodiy mazmuni — milliy salohiyatni rivojlantirish, dunyo bilan teng huquqli hamkorlik qilish va umumiy kelajak uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
110
7
❗️Energiya saqlash loyihalari uchun 10 yillik soliq imtiyozlari aniq belgilanadi Energiya saqlash loyihalariga berilgan yer v
❗️Energiya saqlash loyihalari uchun 10 yillik soliq imtiyozlari aniq belgilanadi Energiya saqlash loyihalariga berilgan yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 10 yillik imtiyozlar doirasi Soliq kodeksida aniq ko‘rsatiladi. Bu imtiyozlar nafaqat akkumulyator va quyosh panellari joylashgan maydonlarga, balki zarur podstansiyalar, boshqaruv binolari va yordamchi infratuzilmaga ham tatbiq etilishini belgilaydi. Shuningdek, Samarqandda boshlangan taqsimlash tarmoqlariga xususiy sektorni jalb etish amaliyoti Jizzax va Toshkent viloyatlarida ham davom ettiriladi. Ijtimoiy soha obyektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga ham xususiy sarmoya yo‘naltiriladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlari hisobidan daromad olishi mumkin. ⛔Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Eng arzon energiya — tejalgan energiya”. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
105
8
🇩🇯2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya quriladi So‘nggi besh yilda elektr tarmoqlarini
🇩🇯2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya quriladi So‘nggi besh yilda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga 2 milliard dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Endilikda 2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Loyihalarning katta qismi Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladi. Yangi bosqichda elektr energiyasini ishlab chiqarish, saqlash va uzatishni birgalikda qamrab oladigan kompleks loyihalarga ustuvorlik beriladi. Shuningdek, Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan Kaspiy dengizi orqali “yashil” energiyani Yevropaga yetkazish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda. Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bozorlari ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
109
9
🔴Yangi elektr stansiyalari bilan birga elektr tarmoqlari ham rivojlantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi
🔴Yangi elektr stansiyalari bilan birga elektr tarmoqlari ham rivojlantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va saqlash tizimlarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Hozirda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi elektrga bo‘lgan talabning bir qismi boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan energiya hisobidan qoplanmoqda. Yangi sanoat zonalari va yirik korxonalar ishga tushishi esa tarmoqlarga yuklamani yanada oshiradi. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlarining elektrga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shu bois ular uchun yer maydonlari, elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari va “yashil” energiya manbalari oldindan rejalashtiriladi. Yirik data-markazlarda asosiy va zaxira elektr ta’minoti, energiyani saqlash hamda sovitish tizimlari birgalikda ko‘zda tutiladi. Sarmoyadorlardan elektr va suv resurslaridan samarali foydalanadigan yechimlar kutilmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
112
10
🔵Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda: “Men bugun sizlarni ko‘proq muloqo
🔵Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda: “Men bugun sizlarni ko‘proq muloqotga taklif qilaman. Bir narsani bilishlaring kerakki, investor bilan davlat orasidagi O‘zbekistondagi tizim yangi pog‘onaga chiqishi kerak. Albatta, zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Biz yangi-yangi talablarga butun komandamiz bilan mos bo‘lish uchun bugun sizlarni ko‘proq eshitmoqchiman. Bironta muammo bugun qolmasligi kerak. Hamma masalani hal qilishimiz kerak. Yutug‘imiz bor, lekin kamchiligimiz ham juda ko‘p. Shuning uchun endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Biz bir-birimiz bilan do‘st bo‘lishimiz uchun hamma narsa ochiq bo‘lishi kerak, ayon bo‘lishi kerak, shaffof bo‘lishi kerak. Kelgusi yilga bu yil zamin yaratishimiz kerak”. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
119
11
📈 O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga
📈 O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. 2027-yil 1-martgacha elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulgacha esa to‘liq bosh reja taqdim etiladi. Hujjatlar elektr energiyasiga talab o‘sadigan hududlar, zarur infratuzilma va yangi quvvatlarni joylashtirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalarni belgilashga yordam beradi. Shuningdek, “yashil” energiya ishlab chiqaruvchilar uchun sertifikatlar va karbon kreditlaridan qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu daromadlarni davlat va investorlar o‘rtasida adolatli taqsimlash mexanizmlari joriy etilib, xalqaro ekologik majburiyatlar hamda amaldagi shartnomalar hisobga olinadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
121
12
📃 2 200 MVt quvvatli 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi Prezident Shavkat Mirziyoyev energ
📃 2 200 MVt quvvatli 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi yangi loyihalarni joylashtirish va investorlarni tanlashda yagona, shaffof tizimga o‘tish zarurligini ta’kidladi. Endilikda qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan belgilanadi, tayyor loyihalar esa ochiq tanlovga chiqariladi. Har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, elektr tarmog‘iga ulanish shartlari va muddati, elektr energiyasini xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi. Barcha investorlar uchun teng talablar belgilanadi. Yaqin kunlarda umumiy quvvati 2 200 MVt bo‘lgan 6 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi. Davlat rahbari investorlarni ushbu tanlovlarda ishtirok etishga taklif qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
133
13
📈 2030-yilgacha “yashil” energiya ulushi 54 foizga yetkaziladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha mamlakatda 22 ming
📈 2030-yilgacha “yashil” energiya ulushi 54 foizga yetkaziladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha mamlakatda 22 ming megavatt yangi energetika quvvatlarini yaratish, elektr energiyasi ishlab chiqarishni yiliga 129 milliard kVt·soatdan oshirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish maqsadini belgiladi. Energetika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida investitsiya loyihalari elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qilishi kerak. Loyihalar ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning izchil bajarilishi asosida amalga oshiriladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
146
14
✍️ O‘zbekistonda $4,7 mlrdlik 6 ta energetika loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolandi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-ener
✍️ O‘zbekistonda $4,7 mlrdlik 6 ta energetika loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolandi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda umumiy qiymati 4,7 milliard dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 000 megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda energetika sohasiga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga, “yashil” quvvatlar esa 11,1 gigavattga yetdi. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 300 kilovatt-soatni tashkil etdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
214
15
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yog‘-moy sanoati sohasida hamkorlik kengaymoqda 🫥 Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “MP+2
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yog‘-moy sanoati sohasida hamkorlik kengaymoqda 🫥 Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “MPOC Forum 2026” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yog‘-moy sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🫥 Malayziya Palma yog‘i kengashi (Malaysian Palm Oil Council — MPOC) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari faol ishtirok etdi. Tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Forum doirasida Malayziyaning Plantatsiyalar va tovar xomashyolari vaziri YB Datuk Seri Dr. Noraini binti Ahmad xonim bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida tomonlar: • Palma yog‘i va yog‘-moy sanoatida ilg‘or tajriba almashish; • Sohaga zamonaviy va yuqori samarador texnologiyalarni joriy etish; • O‘zaro manfaatli qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Ta’kidlash joizki, Malayziyaning palma yog‘ini yetishtirish, qayta ishlash, mahsulot sifatini ta’minlash hamda uni xalqaro bozorlarga yetkazib berish borasidagi ko‘p yillik tajribasi mamlakatimiz uchun amaliy ahamiyatga ega. Ushbu tajribani chuqur o‘rganish milliy yog‘-moy sanoatining texnologik salohiyatini oshirishga, mahsulotlar sifatini xalqaro standart va talablarga muvofiqlashtirishga hamda eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. 🫥 Xalqaro forum doirasida kechgan samarali muloqotlar xorijiy hamkorlar bilan amaliy aloqalarni mustahkamlash, sohadagi eng so‘nggi yondashuvlarni o‘rganish va istiqboldagi hamkorlik rejalarini belgilab olishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. 🫥 O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi sohaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish ikki mamlakatning mavjud iqtisodiy va texnologik salohiyatidan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
504
16
“Payshanba — Yoshlar kuni”: talaba qizlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga e’tibor ✅Texnik jihatdan tartibga solish agent+5
“Payshanba — Yoshlar kuni”: talaba qizlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga e’tibor ✅Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Qo‘qon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida talaba qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. ✅ Tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N. Mamadaliyeva, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Matlubaxon Rasulova, universiteti magistranti, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi Feruzaxon Xo‘jayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B. Hasanova ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, kasbiy va shaxsiy rivojlanishning muhim jihatlari xususida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar talaba qizlarga aniq maqsad belgilash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, tashabbuskorlik ko‘rsatish, vaqtdan unumli foydalanish hamda o‘z kuch va imkoniyatlariga ishongan holda harakat qilish yuzasidan tavsiyalar berdilar. Turli sohalarda muvaffaqiyatga erishayotgan xotin-qizlarning tajribasi yoshlar uchun muhim hayotiy saboq va ibrat ekani ta’kidlandi. Ochiq muloqot davomida talaba qizlar kasb tanlash, ta’limni davom ettirish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishga oid savollariga javob oldilar. ✅ Mazkur uchrashuv yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi va kelajakka ishonch bilan intilishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
448
17
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘lida muhim qadam 🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh o‘r+1
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘lida muhim qadam 🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish hamda milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida AQShning nufuzli ANSI National Accreditation Board (ANAB) akkreditatsiya organi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Xususan, 2017–2025 yillar oralig‘ida savdo aylanmasi qariyb 4,7 barobarga oshdi. Ushbu davrda: • O‘zbekistonning AQShga eksporti 9 barobardan ziyod o‘sib, 291,7 million dollarni; • Import hajmi esa 3,9 barobarga ortib, 712,3 million dollarni tashkil etdi. Standartlar instituti laboratoriyasi xalqaro darajada tan olinadi Muzokaralarning markaziy mavzularidan biri — Standartlar instituti laboratoriyasini xalqaro talablar asosida akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi bo‘ldi. Tomonlar laboratoriyaning texnik salohiyatini xalqaro mezonlar asosida baholash, sinov natijalarining ishonchliligini ta’minlash hamda ularning global miqyosda tan olinishini kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. ANAB bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: 🔵Laboratoriya faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; 🔴Muvofiqlikni baholash (sinov) natijalariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash; 🟢Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar uchun tashqi bozorlarda yangi imkoniyatlar yaratish. Mazkur strategik hamkorlik O‘zbekistonning sifat infratuzilmasini xalqaro talablarga to‘liq uyg‘unlashtirish, savdodagi texnik to‘siqlarni qisqartirish va milliy mahsulotlarimizning AQSh hamda global bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
551
18
2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz! ✅ Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida m+1
2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz! ✅ Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan nufuzli «Mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlar uchun MDH mukofoti»ga start berildi. ✅ Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan mazkur tanlov korxonalarning sifatni boshqarish borasidagi yutuqlarini xalqaro miqyosda e’tirof etish, eksport salohiyatini kengaytirish va MDH davlatlari bozorida raqobatbardoshlikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat hisoblanadi. ✅ 2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda mahsulot va xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratadigan, o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan hamda xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega korxonalar ishtirok etishga taklif etiladi. Tanlovda ishtirok etishning asosiy shartlari: Barqaror sifat: Mahsulot yoki xizmat sifati kamida so‘nggi ikki yil davomida barqaror yuqori darajada bo‘lishi lozim. Eksport salohiyati: Ishlab chiqarilayotgan mahsulot kamida bitta MDH davlatiga eksport qilinayotgan bo‘lishi shart. Korxona faoliyati natijalari: Sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion yondashuvlar va iste’molchilar qoniqishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat baholanadi. Tanlov yo‘nalishlari: Ishtirokchilar quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi: Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar; Xalq iste’moli tovarlari; Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; Xizmat ko‘rsatish sohasi. ✅ O‘zbekiston korxonalarini ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Mahsulot va xizmatlaringiz sifati, innovatsion yechimlaringiz hamda erishgan natijalaringizni xalqaro miqyosda namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Murojaat uchun ma’lumotlar: Tanlovda ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin. 📍 Manzil: 100174, Toshkent sh., Farobiy ko‘chasi, 333 «A» ✉️ Elektron pochta: uzst@standart.uz | durdonadaminik@gmail.com 👤 Mas’ul hodim: Durdona Daminova 📞 Telefon / Telegram / WhatsApp: +998 (97) 721-08-83. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
511
19
“Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi ✅ O‘zbekiston texni+9
“Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi ✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tashabbusi bilan "14-oktabr — “Butunjahon standartlar kuni” munosabati bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” o‘tkazildi. ✅ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 552-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki hududida tashkil etildi. Xalqaro tadbirda AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Niderlandiya, Shveysariya va boshqa davlatlardan kelgan ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Joriy yilgi Butunjahon standartlar kuni “Yaxshiroq dunyo uchun umumiy qarash: BRM 7 — Hamyonbop va toza energiya” shiori ostida o‘tkazilib, barqaror rivojlanish va farovon kelajakni ta’minlashda standartlarning muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi. ✅ Ko‘rgazma doirasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy o‘lchash vositalari, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari hamda raqamli yechimlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy va xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish, mahsulotlar sifatini oshirish, ularning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash va eksport salohiyatini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr va tajribalar almashildi. ✅ Tadbirning tantanali qismida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan mutaxassislarni taqdirlash marosimlari o‘tkazildi. Jumladan, “Eng yaxshi standartlashtiruvchi” milliy mukofoti sovrindorlari hamda “Sifat sohasida” milliy tanlovi laureatlari taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilar ko‘rgazma eksponatlari, zamonaviy ishlanmalar va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy standartlarni joriy etish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, milliy standartlar fondining xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashuv darajasi 47,1 foizga yetkazildi. Jahon savdo tashkiloti talablari va GSP+ doirasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilda belgilangan 1 000 ta xalqaro standartni qabul qilish ko‘rsatkichi ortig‘i bilan bajarilib, amalda 1 104 ta xalqaro standart asl tilida qabul qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun 2 575 ta standart yetkazildi, kelib tushgan murojaatlar asosida 1 295 ta standart loyihasi ekspertizadan o‘tkazildi va barcha loyihalar Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan qabul qilindi. O‘tkazilgan ko‘rgazma ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda sifat infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
578
20
#Axborot24 | 14.10.2026 14-oktabr — Butunjahon standartlar kuni mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twit
#Axborot24 | 14.10.2026 14-oktabr — Butunjahon standartlar kuni mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
1