ch
Feedback
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram

Veb-sayt: www.standart.uz Facebook: www.fb.com/uzstandard Instagram: www.instagram.com/uzstandard Youtube: bit.ly/3kbWQa0 Murojaat uchun: @uzstandartga_savollar_bot 📧 uzst@standart.uz ☎️1880 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A

显示更多
5 223
订阅者
-624 小时
-327 天
-13330 天

数据加载中...

标签云
无数据
有任何问题?请刷新页面或联系我们的客服
进出提及
---
---
---
---
---
---
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+5
在3个频道中
八月 '26
+56
在12个频道中
Get PRO
七月 '26
+65
在12个频道中
Get PRO
六月 '26
+69
在12个频道中
Get PRO
五月 '26
+74
在10个频道中
Get PRO
四月 '26
+3 454
在10个频道中
Get PRO
三月 '26
+51
在9个频道中
Get PRO
二月 '26
+66
在11个频道中
Get PRO
一月 '26
+89
在26个频道中
Get PRO
十二月 '25
+77
在9个频道中
Get PRO
十一月 '25
+97
在11个频道中
Get PRO
十月 '25
+77
在11个频道中
Get PRO
九月 '25
+258
在94个频道中
Get PRO
八月 '25
+61
在10个频道中
Get PRO
七月 '25
+37
在4个频道中
Get PRO
六月 '25
+51
在5个频道中
Get PRO
五月 '25
+107
在6个频道中
Get PRO
四月 '25
+185
在6个频道中
Get PRO
三月 '25
+91
在7个频道中
Get PRO
二月 '25
+72
在7个频道中
Get PRO
一月 '25
+69
在5个频道中
Get PRO
十二月 '24
+90
在8个频道中
Get PRO
十一月 '24
+91
在8个频道中
Get PRO
十月 '24
+116
在10个频道中
Get PRO
九月 '24
+82
在9个频道中
Get PRO
八月 '24
+99
在11个频道中
Get PRO
七月 '24
+136
在12个频道中
Get PRO
六月 '24
+52
在4个频道中
Get PRO
五月 '24
+98
在3个频道中
Get PRO
四月 '24
+58
在0个频道中
Get PRO
三月 '24
+147
在8个频道中
Get PRO
二月 '24
+105
在0个频道中
Get PRO
一月 '24
+99
在0个频道中
Get PRO
十二月 '23
+90
在9个频道中
Get PRO
十一月 '23
+63
在3个频道中
Get PRO
十月 '23
+61
在0个频道中
Get PRO
九月 '23
+98
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+62
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+50
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+57
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+60
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+102
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+57
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+73
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+89
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+35
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+82
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+98
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+68
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+76
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+71
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+88
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+86
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+89
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+85
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+71
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+76
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+70
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+92
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+63
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+108
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+54
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+47
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+69
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+102
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+136
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+120
在0个频道中
Get PRO
二月 '21
+153
在0个频道中
Get PRO
一月 '21
+187
在0个频道中
Get PRO
十二月 '20
+1 075
在0个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
06 九月0
05 九月0
04 九月+2
03 九月+2
02 九月+1
01 九月0
频道帖子
🟦🟦🟦 Dr Petr Kren - Chexiya milliy metrologiya instituti (CMI) Uzunlik kvant bo’limi metrologi ▶️Sizning institutga taklif qilinganimdan juda mamnunman. Bu yerda juda ko‘p yangi laboratoriyalar tashkil etilgan va ular zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, ushbu anjuman o‘tkazilayotgan joy kvant metrologiyasiga oid masalalarni samarali muhokama qilish uchun juda qulay va maqsadga muvofiqdir. #UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram  📱Youtube🖥LinkedIn

2
🟦🟦🟦 Dr. Albert Rigosi - AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy etalonlar va texnologiyalar instituti (NIST) kvant o‘lch
🟦🟦🟦 Dr. Albert Rigosi - AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy etalonlar va texnologiyalar instituti (NIST) kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari fikrlari Yozgi maktab haqidagi fikrlarimni bayon etish imkoniyati uchun tashakkur. Mening ismim Albert Rigosi. Men Amerika Qo‘shma Shtatlarining Milliy standartlar va texnologiyalar institutida Kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritaman. Men bugun kvant o‘lchashlariga bag‘ishlangan Yozgi maktabda ishtirok etish, shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti — O‘zMMIga tashrif buyurish uchun taklif etildim. Bugun men ikkita fikrni bildirmoqchiman. ▶️Birinchisi Yozgi maktabning o‘ziga taalluqli. Menimcha, bu juda ajoyib tashabbus bo‘ldi. U kvant o‘lchashlari sohasida, ayniqsa, SI birliklarini uzatish yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab mutaxassislarni bir joyga jamladi. Men ushbu ekspertlarni birlashtirish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda kalibrlash sohasidagi yetakchi markazlardan biriga aylanishiga ko‘maklashish g‘oyasini juda muhim deb hisoblayman. Ayniqsa, bu ishlar BIPMning amaldagi tavsiyalari bilan uyg‘unlashtirilgani alohida ahamiyatga ega. ▶️Ikkinchi fikrim esa O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga amalga oshirgan tashrifim bilan bog‘liq. Bu men uchun haqiqatan ham juda ajoyib taassurot qoldirdi. 💻Institutning infratuzilmasi juda ta’sirli va mutlaqo yangi. Menimcha, kvant texnologiyalari uchun zarur bo‘ladigan maxsus shart-sharoitlarga doimiy ravishda e’tibor qaratib borilsa, ushbu rivojlanish barqaror davom etadi. Umuman olganda, men ushbu ishlar uzluksiz xalqaro hamkorlik orqali nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga, balki boshqa qit’alarga ham manfaat keltirishiga ishonaman. Tashakkur. #UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram  📱Youtube🖥LinkedIn
189
3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
208
4
O‘zbekiston va WRAP: to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ✅ O‘zbekiston Respubl+2
O‘zbekiston va WRAP: to‘qimachilik mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ✅ O‘zbekiston Respublikasining to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash hamda sertifikatlashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv o‘tkazildi. ✅ Unda AQShning WRAP (Worldwide Responsible Accredited Production) tashkiloti vakili Hong Mei xonim ishtirok etdi. Muloqot davomida mahalliy tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining, xususan, AQSh bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistondagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini WRAP sertifikatlashtirish dasturiga keng jalb etish, korxonalarning xalqaro talablar asosida faoliyat yuritishini ta’minlash hamda eksportyor korxonalarning xorijiy hamkorlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. ✅ Uchrashuvda Toshkent shahrida WRAP ofisini tashkil etish, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi mahalliy auditorlar sonini oshirish va ularning malakasini rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari vakillari uchun WRAP talablari, sertifikatlashtirish tartib-taomillari hamda xalqaro amaliyot bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish takliflari ko‘rib chiqildi. ✅ Tomonlar O‘zbekistonda WRAP sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish, mahalliy korxonalarga sertifikatlashtirish jarayonlarida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda sohaga malakali mahalliy mutaxassislarni jalb etish yo‘nalishlarida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. ✅ Mazkur hamkorlik O‘zbekistonning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining xalqaro talablarga muvofiqligini oshirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarga, jumladan, AQSh bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
310
5
Kvant metrologiyasi: ilm-fan va texnologiyalar kelajagi sari 💙 “Kvant metrologiyasi va texnologiyalari” (“Quantum Technologi+6
Kvant metrologiyasi: ilm-fan va texnologiyalar kelajagi sari 💙 “Kvant metrologiyasi va texnologiyalari” (“Quantum Technologies in Measurements”) xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. AQSh Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) ilmiy xodimi, PhD Albert Regossi hamda Chexiya metrologiya instituti (CMI) metrologi Petr Krenning ishtirokida tashkil etilgan tadbir kvant metrologiyasi va zamonaviy o‘lchash texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi. Yozgi maktabning 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan ikkinchi kuni zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar, ilmiy muhokamalar va istiqbolli tadqiqotlar taqdimotiga bag‘ishlandi. Unda amerikalik vatandoshimiz, professor Anvar Zohidov ham ma’ruza bilan ishtirok etib, kvant texnologiyalari va materialshunoslik sohasidagi ilmiy yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Tadbir davomida kvant texnologiyalari va sun’iy intellekt integratsiyasi, kvant metrologiyasi va sensor tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, nanoelektronika, spintronika va kvant nuqtalari kabi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, elektr va vaqt standartlarida kvant yechimlaridan foydalanish, smart-energetika tizimlarida kvant metrologiyasining o‘rni, elektr standartlarida grafen materiallarini qo‘llash hamda UTC(UZ) vaqt shkalasini tarqatish va uzatish usullari yuzasidan fikr almashildi. ⭐ Yozgi maktabning yana bir muhim yo‘nalishi kvant hisoblashlari va standartlashtirish masalalari bo‘ldi. Xususan, kvant uglerod nanostrukturalarini kompyuterda modellashtirish, kubitlar bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar hamda ISO/IEC JTC 3 doirasida kvant texnologiyalarini standartlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🎀 Tadbir yakunida ochiq savol-javob va muhokama o‘tkazilib, O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim xulosalarga kelindi. Shuningdek, O‘zbekistonda kvant texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
323
6
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
250
7
O‘zbekiston va IEC: elektrotexnika sohasida hamkorlikning yangi bosqichi 🤔 O‘zbekistonning Xalqaro elektrotexnika komissiyas+2
O‘zbekiston va IEC: elektrotexnika sohasida hamkorlikning yangi bosqichi 🤔 O‘zbekistonning Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va elektrotexnika sohasida xalqaro standartlarni joriy etish masalalari yuzasidan IECning xalqaro masalalar bo‘yicha direktori Katrina Fraga bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida O‘zbekistonning IECga to‘laqonli a’zo bo‘lganligi munosabati bilan o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, istiqbolda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, IEC texnik qo‘mitalari faoliyatida O‘zbekistonning ishtirokini yanada kengaytirish, mahalliy mutaxassislarning xalqaro ekspertlik salohiyatini oshirish maqsadida trening va seminarlar tashkil etish, shuningdek, IEC xalqaro standartlarini milliy amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🤔 Shu bilan birga, IEC EE muvofiqlikni baholash tizimini joriy etish maqsadida sinov laboratoriyalarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda «yashil» energetika, Smart Grid texnologiyalari, energiyani saqlash tizimlari hamda elektr uzatish tarmoqlarida zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi. Muloqot yakunida tomonlar elektrotexnika sohasida xalqaro standartlarni keng joriy etish, milliy mutaxassislarning kasbiy va ekspertlik salohiyatini oshirish, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
1 071
8
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda+4
📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda 📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir. 📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi. ⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir. 👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi. ❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi. ✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda. ✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
294
9
O‘lchashlarda kvant texnologiyalari: O‘zbekistonda xalqaro yozgi maktab ✅ 3-sentabr kuni Oqtoshdagi «GREEN HILLS» dam olish m+9
O‘lchashlarda kvant texnologiyalari: O‘zbekistonda xalqaro yozgi maktab ✅ 3-sentabr kuni Oqtoshdagi «GREEN HILLS» dam olish maskanida «Quantum Technologies in Measurements» — «O‘lchashlarda kvant texnologiyalari» mavzusida xalqaro yozgi maktab o‘z ishini boshladi. ✅ Mazkur xalqaro tadbir Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan tashkil etildi. ✅ Yozgi maktabdan ko‘zlangan asosiy maqsad kvant metrologiyasi yo‘nalishida ilmiy va amaliy bilimlarni kengaytirish, zamonaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalarini muhokama qilish, shuningdek, sohada xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. ✅ Tadbirda O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan olimlar, metrologiya sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda yosh mutaxassislar ishtirok etmoqda. Yozgi maktabning birinchi kunida kvant metrologiyasi va Xalqaro birliklar tizimining kvant asoslari, optik chastota va gravitatsion o‘lchash standartlari, kvant kompyuterlari, shuningdek, O‘zbekistonda innovatsion metrologik infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. ✅ Xorijiy ekspertlar — AQSh Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) ilmiy xodimi Albert Rigosi hamda Chexiya metrologiya instituti olimi Petr Křen ma’ruzalari bilan ishtirok etib, kvant metrologiyasi va zamonaviy o‘lchash texnologiyalarining ilmiy-amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. ✅ Yozgi maktabning ikkinchi kunida sun’iy intellekt va kvant texnologiyalari, kvant sensorlari, spintronika, smart energetikada kvant metrologiyasi, kvant elektr standartlari, nanotexnologiyalar hamda UTC(O‘Z) vaqt shkalasi kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkaziladi. Qayd etish joizki, kvant texnologiyalarining jadal rivojlanishi metrologiya sohasi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, yuqori aniqlikdagi o‘lchashlarni ta’minlash, yangi avlod etalonlarini shakllantirish va ilg‘or ilmiy ishlanmalarni metrologik amaliyotga joriy etish zamonaviy metrologiyaning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. ✅ «Quantum Technologies in Measurements» xalqaro yozgi maktabi O‘zbekistonda metrologiya sohasini kvant texnologiyalari, ilg‘or ilmiy yondashuvlar va yuqori aniqlikdagi zamonaviy o‘lchashlar bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
451
10
O‘zbekistonda ilk bor “Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. 🔵 Mazkur xalqaro tad+6
O‘zbekistonda ilk bor “Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi. 🔵 Mazkur xalqaro tadbir zamonaviy metrologiya va yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalarini rivojlantirish, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash, milliy etalonlar bazasini takomillashtirish hamda kvant texnologiyalarining o‘lchashlar sohasidagi istiqbollarini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, kvant texnologiyalarini sanoatda qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. 🔴 Xalqaro yozgi maktab dasturidan kvant texnologiyalari va kvant metrologiyasi, yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar, milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish, kvant kompyuterlarini yaratish texnologiyalari hamda kvant texnologiyalarining milliy vaqt shkalasini yaratishdagi o‘rni kabi dolzarb yo‘nalishlar o‘rin olgan. Tadbir davomida mazkur yo‘nalishlarda ilg‘or xalqaro tajriba taqdim etilib, zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni O‘zbekiston milliy metrologiya tizimiga joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilmoqda. Xalqaro yozgi maktabda AQSh, Tailand va Chexiya milliy metrologiya institutlarining ekspertlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda sanoat sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda. 🟢 Dastur doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan yuqori aniqlikdagi o‘lchash ishlari, milliy etalonlarni saqlash va takomillashtirish jarayonlari, shuningdek, institutning zamonaviy metrologik infratuzilmasi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. 🟤 Xalqaro yozgi maktabning o‘tkazilishi O‘zbekistonda kvant metrologiyasi va kvant texnologiyalarini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ilg‘or ilmiy yutuqlarni milliy metrologiya amaliyotiga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
478
11
Rossiyalik ekspertlar bilan qurilish oynasi mahsulotlari xavfsizligi muhokama qilindi ✅ O‘zbekistonda qurilish oynasi mahsulo+2
Rossiyalik ekspertlar bilan qurilish oynasi mahsulotlari xavfsizligi muhokama qilindi ✅ O‘zbekistonda qurilish oynasi mahsulotlarini import qilish jarayonlarini tartibga solish, ularning texnik reglament va standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, mahsulotlar sifati va xavfsizligini oshirish masalalari muhokama qilindi. ✅ Ushbu masalalarga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklidagi davra suhbatida Rossiya Federatsiyasi Federal texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya agentligi (Rosstandart) huzuridagi Rossiya Standartlashtirish instituti, 465-sonli «Qurilish» hamda 144-sonli «Qurilish materiallari va buyumlari» standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida qurilish oynasi mahsulotlariga qo‘yiladigan texnik talablar, ularni sinovdan o‘tkazish, muvofiqligini baholash hamda import jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, qurilish materiallarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, sohada ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash hamda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. ✅ Uchrashuv yakunida sohada mavjud yondashuvlarni takomillashtirish, o‘zaro tajriba almashish va qurilish materiallari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
805
12
O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirishning yangi bosqichi ✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi+3
O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirishning yangi bosqichi ✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida kvant metrologiyasi sohasini rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. ✅ Uchrashuvda AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy etalonlar va texnologiyalar instituti (NIST) Kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari doktor Albert Rigosi hamda Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) Uzunlik va kvant o‘lchashlar bo‘limi metrologi doktor Pit Kren ishtirok etdi. Muloqot davomida kvant metrologiyasi sohasida malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, zamonaviy kvant o‘lchash texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishda Markaziy Osiyodagi ilmiy va texnologik xab sifatidagi salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kvant metrologiyasining iqtisodiyot va sanoat rivojidagi ahamiyati, yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalaridan ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida foydalanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Uchrashuvda O‘zbekistonda ilk bor kvant texnologiyalarida o‘lchashlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilgani xorijiy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi. Mazkur ta’lim dasturlarini izchil davom ettirish, takomillashtirish va qamrovini kengaytirish muhimligi qayd etildi. ✅ Xorijiy ekspertlar O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti laboratoriyalarining mavjud salohiyati, texnik imkoniyatlari va ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yuqori baholadi. Kvant metrologiyasi yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. ✅ Uchrashuv yakunida kvant metrologiyasi sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, laboratoriya salohiyatini mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
956
13
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha i
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения. Facebook|Instagram|X
389
14
Atom energetikasi sohasida texnik jihatdan tartibga solish masalalari muhokama qilindi 🔵 “O‘zatom” agentligi huzuridagi “Ato+3
Atom energetikasi sohasida texnik jihatdan tartibga solish masalalari muhokama qilindi 🔵 “O‘zatom” agentligi huzuridagi “Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat korxonasida Rossiya Federatsiyasining “Atomstroyeksport” va “NIKIMT-Atomstroy” tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔴 Unda O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari ham ishtirok etdi. Muloqotda atom energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologik ta’minot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, atom energetikasi obyektlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida standartlardan samarali foydalanish, o‘lchashlarning birliligini ta’minlash, metrologik ta’minotni takomillashtirish hamda xalqaro va ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🟢 Shuningdek, sohaning normativ-texnik bazasini takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. 🟤 Uchrashuv yakunida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, tajriba va bilim almashinuvini muntazam davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🩷 Mazkur hamkorlik atom energetikasi sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladigan zamonaviy standartlar, texnik talablar va metrologik yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
1 419
15
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr. https:/
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi. 2026-yil 1-sentabr. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
456
16
Birinchi qo‘ng‘iroq — bilim va kelajak sari ilk qadam 🔘 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2026-yil 10-avgust+9
Birinchi qo‘ng‘iroq — bilim va kelajak sari ilk qadam 🔘 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2026-yil 10-avgust kuni Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida vazirlik va idoralar rahbarlarining umumta’lim maktablaridagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etishi belgilangan. 🔘 Mazkur topshiriq ijrosi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N. Mamadalieva Agentlikka biriktirilgan Uchtepa tumanidagi 228-sonli umumta’lim maktabida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. 🔘 Tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlanib, unda maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. Ayniqsa, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan birinchi sinf o‘quvchilarining quvonchi va hayajoni tadbirga alohida fayz bag‘ishladi. Tadbirda N. Mamadalieva o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va kasblarni egallash, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib voyaga yetish yosh avlod oldidagi muhim vazifalardan ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlar mamlakatimizning kelajak “oltin fondi” ekani qayd etilib, bugun maktab partasiga o‘tirgan har bir o‘quvchi kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi. Birinchi sinf o‘quvchilariga ilk qo‘ng‘iroq ilm-fan, yangi kashfiyotlar va katta orzular sari boshlangan muhim qadam ekani haqida ezgu tilaklar bildirildi. 🔘 Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Ilk qo‘ng‘iroq sadolari yangi o‘quv yilining ramziy boshlanishini ifodalab, barcha o‘quvchilarga mustahkam bilim, yuksak marralar va yangi zafarlar tilab qolindi. Birinchi sinfga qadam qo‘ygan aziz bolajonlarning ilk “Birinchi qo‘ng‘irog‘i” muborak bo‘lsin! 🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
571
17
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Бишкекдаги ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишидаги нутқидан асосий фикрлар: 🔵Ўтган 25 йил д
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Бишкекдаги ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгаши йиғилишидаги нутқидан асосий фикрлар: 🔵Ўтган 25 йил давомида ШҲТ тенг ҳуқуқли мулоқотни таъминлади, минтақавий барқарорлик ва мамлакатларимизнинг барқарор ривожланишига кўмаклашди;   🔵Ҳамкорлигимиз марказида ШҲТнинг географик ва стратегик ўзаги бўлган Марказий Осиё турганини алоҳида қадрлаймиз;   🔵Яқин Шарқда мулоқотни қайта тиклаш ва кескинликни юмшатишнинг қатъий тарафдоримиз;   🔵ШҲТ мамлакатларининг улкан инсоний, табиий, ишлаб чиқариш ва интеллектуал ресурслари, энг аввало, халқларимиз фаровонлигини юксалтиришга хизмат қилиши керак;   🔵“ШҲТ – 2040: умумий тараққиёт макони” концептуал қарашини ишлаб чиқишга киришишни таклиф этаман. Унинг асосий мақсади ўзаро боғлиқ ва барқарор маконни шакллантиришдан иборат бўлиши лозим;   🔵Махсус иқтисодий зоналар, ишлаб чиқариш жараёнлари, сотув бозорлари ва логистикани бирлаштирадиган ШҲТ Саноат кооперацияси харитасини ишлаб чиқишни таклиф этамиз;   🔵Ҳозирнинг ўзидаёқ умумий тамойилларни келишиш босқичидан ШҲТ Тараққиёт банкини амалий ишга туширишга ўтишни зарур деб ҳисоблаймиз;   🔵Сунъий интеллект соҳасида ҳамкорлик бўйича Бутунжаҳон ташкилотини ташкил этиш тўғрисидаги ташаббусни олқишлаймиз;   🔵Келгуси йили Тошкент шаҳрида ШҲТнинг сунъий интеллект ва янги рақамли ечимлар бўйича форумини ўтказишга тайёрмиз;   🔵Иқлим ўзгариши билан боғлиқ хавф-хатарлар мамлакатларимизнинг озиқ-овқат, сув ва энергетик хавфсизлигига тобора кўпроқ таъсир кўрсатмоқда. Бу ШҲТ доирасида ушбу масалалар бўйича ягона кун тартибини шакллантириш заруратини тақозо этмоқда;   🔵ШҲТга аъзо давлатларнинг темир йўл маконлари интеграцияси бўйича кенгаш таъсис этишни мақсадга мувофиқ деб ҳисоблайман;   🔵Хавфсизлик ва иқтисодий ҳамкорликнинг кенг кўламли масалаларини муҳокама қилиш учун ШҲТнинг Афғонистон билан мунтазам мулоқотини қайта тиклаш вақти келди. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
443
18
Президент Шавкат Мирзиёев Бишкекда АҚШ Президентининг Жанубий ва Марказий Осиё бўйича махсус вакили Сержио Горни қабул қилди.+2
Президент Шавкат Мирзиёев Бишкекда АҚШ Президентининг Жанубий ва Марказий Осиё бўйича махсус вакили Сержио Горни қабул қилди. Сержио Гор давлат раҳбарига АҚШ Президенти Дональд Трампнинг саломи ва эзгу тилакларини етказди ҳамда Ўзбекистон мустақиллигининг 35 йиллиги билан табриклади. Учрашувда Ўзбекистон ва АҚШ ўртасидаги стратегик шерикликни янада мустаҳкамлаш, энергетика, транспорт, муҳим минераллар, рақамли технологиялар, сунъий интеллект ва қишлоқ хўжалиги соҳаларида қўшма лойиҳаларни илгари суриш масалалари муҳокама қилинди. Шунингдек, “C5+1” форматидаги бўлажак тадбирлар ва Ўзбекистон–Америка ишбилармонлик ва инвестиция кенгашининг навбатдаги йиғилишига тайёргарлик масалалари кўриб чиқилди. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
355
19
Бишкек шаҳрида ўтаётган ШҲТ саммити доирасида Шавкат Мирзиёев Хитой раиси Си Цзиньпин билан музокара ўтказди. Учрашувда страт+1
Бишкек шаҳрида ўтаётган ШҲТ саммити доирасида Шавкат Мирзиёев Хитой раиси Си Цзиньпин билан музокара ўтказди. Учрашувда стратегик шериклик ва кўп қиррали ҳамкорликни янада кенгайтириш масалалари муҳокама қилинди: ➖ Келгуси йилда мамлакатларимиз ўртасида дипломатик алоқалар ўрнатилганига 35 йил тўлади. Ушбу қутлуғ санани кенг нишонлаш бўйича тадбирлар дастурини тайёрлаш таклиф этилди. ➖ Товар айирбошлаш ҳажмини яқин йилларда 30 миллиард долларга етказиш асосий мақсад қилиб белгиланди. ➖ Қўшма лойиҳалар портфели қарийб 60 миллиард долларни ташкил этмоқда. Энергетика, яшил иқтисодиёт, қишлоқ хўжалиги, тоғ-кон саноати ва юқори технологиялар соҳаларида кооперацияни чуқурлаштиришга келишилди. ➖ “Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон” стратегик темир йўлини қуриш ишлари жадал давом эттирилаётгани қайд этилди. ➖ Таълим, туризм, фан ва ёшлар алмашинувини кенгайтириш, жумладан, Хитойда Ўзбекистон маданияти кунларини ўтказиш режалаштирилди. Музокаралар якунида Шавкат Мирзиёев Си Цзиньпинни Ўзбекистонга расмий ташриф билан келишга таклиф этди. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
308
20
Инфографика: Ўзбекистоннинг ШҲТга аъзо давлатлар билан савдо-иқтисодий ва инвестициявий ҳамкорлиги Ўзбекистон Республикаси Пр
Инфографика: Ўзбекистоннинг ШҲТга аъзо давлатлар билан савдо-иқтисодий ва инвестициявий ҳамкорлиги Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев жорий йил 31 август – 1 сентябрь кунлари Қирғизистоннинг Бишкек шаҳрида бўлиб ўтадиган ШҲТ саммитида иштирок этади. 1️⃣Шу муносабат билан, Иқтисодий тадқиқотлар ва ислоҳотлар маркази Ўзбекистоннинг ШҲТга аъзо давлатлар билан савдо-инвестиция ҳамкорлигига оид 9 йиллик ва 2025 йил учун инфографика тайёрлади. 📶 2017–2025 йиллар давомида Ўзбекистоннинг ШҲТ давлатлари билан товар айланмаси 3,1 баробар ошиб, 12,9 млрд. доллардан 40,6 млрд. долларга етди. Экспорт ҳажми 1,8 баробар ўсиб, 5,8 млрд. доллардан 10,65 млрд. долларга кўтарилди, импорт эса 4,2 баробар ошиб, 7,1 млрд. доллардан 29,96 млрд. долларга етди. 2025 йилда ШҲТга аъзо давлатлардан киритилган инвестициялар ҳажми 17,5 млрд долларни ташкил этди.  Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк
345