fa
Feedback
Mabrur | AI & Automation

Mabrur | AI & Automation

کانال بسته

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
765
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+857 روز
+42730 روز
آرشیو پست ها
O'zim uchun videolarni avtomatik montaj qilib beradigan shaxsiy yordamchi tizim yasab oldim. Bu asosan Claudeda ishlaydi. Bu
+2
O'zim uchun videolarni avtomatik montaj qilib beradigan shaxsiy yordamchi tizim yasab oldim. Bu asosan Claudeda ishlaydi. Bu tizimda ikkita asosiy "ishchi" bor:
• 🎬 Fable (Rejissyor): Videoga qanday vizuallar qo'shish, qayerini qirqish va montaj uslubi qanaqa bo'lishini hal qiladi. Qisqasi, videoning chiroyli chiqishiga shu javobgar. • 💻 Opus (Texnik): Rejissyor aytganini orqa fonda kod yozib, amalda bajarib beradi. Hamma qora mehnat shuning bo'ynida.
Bundan tashqari videolarim uchun pinterestni ulab qo'yganman. Men o'zimga saqlab qo'ygan rasmlarni reference sifatida ishlatib, ha demak mana shu vizualda montaj qilishim kerak ekan deydi. Turli skillarni ishlatib, kerakli payt Magnific orqali video, rasm, musiqa yoki soundlar generatsiya qilishi mumkin, remotion bilan turli komponentlarga animatsiyalar qo'shadi. Kecha uxlashga yotishdan oldin yordamchimga: "YouTube kanalimga kirib, menga 5 ta video kesib, montaj qilib tayyorlab qo'y" deb vazifa berib ketgandim. Ertalab kirib qarasam, natijalar umuman yomon emas. Endi bu tayyor videolarni Instagramga "probniy"ga joylab, odamlarni YouTubega yo'naltirishni boshlaymiz. Qani, qanaqa effekt berarkan 🚀

Bu rasmlarda esa biznesdagi qaysi ishlarni AI Agentga topshirgan ma'qulligi ko'rsatilgan. Avtomatlashtirish eng katta samara
+5
Bu rasmlarda esa biznesdagi qaysi ishlarni AI Agentga topshirgan ma'qulligi ko'rsatilgan. Avtomatlashtirish eng katta samara beradigan zo'r keyslar

Bugun bootcampning 4-darsida tadbirkorlar bilan Hermes AI Agentlarini (xalq tilida Jarvis) bevosita biznesga moslab sozlashni
Bugun bootcampning 4-darsida tadbirkorlar bilan Hermes AI Agentlarini (xalq tilida Jarvis) bevosita biznesga moslab sozlashni o'rgandik. Vazifa hammaga bitta: o'z ish jarayonlaridan kelib chiqib, shu AI yordamchiga kerakli dasturlarni ulash va ishni avtomatlashtirish. Bugunning o'zidayoq ishtirokchilar ancha narsani tushunib yetishdi. Ayniqsa, xarajatlarni qisqartirish va texnologiyalardan aqlli foydalanish bo'yicha muhim narsalarni ko'rib chiqdik: • Ortiqcha xarajatlarsiz ishlash: AI va turli dasturlarni tinimsiz ishlatish uchun $1000-$1500 ga qimmat kompyuter (Mac Mini) sotib olish shart emas. Oyiga atigi $6 turadigan ijaradagi virtual kompyuter (VPS) bilan ham xuddi shu ishni bemalol eplasa bo'ladi. • Fayllarga istalgan joydan ulanish: Agar uydagi yoki ofisdagi kompyuteringizdan biror fayl, browser sessiyangiz kerak bo'lib qolsa, qanday qilib oddiy usulda (Tailscale orqali) xavfsiz kira olish sirlarini ko'rsatdim. • Biznesingizning "ikkinchi miyasi" degan hayp: AI sizning biznesingiz haqida ko'proq ma'lumotlarni qanday eslab qolishi kerakligini. Shuningdek, sun'iy intellektdan nimalarni kutish kerak-u, qayerda ortiqcha xomxayolga berilmaslik kerakligini ochiq tushuntirdim. Xullas, bugun axborot juda ko'p bo'ldi. Umid qilaman, hech kimning miyasi ortiqcha ma'lumotdan portlab ketmadi 😅 Va eng asosiysi — bu hali 4-dars, xolos. Bootcamp'ning eng zo'r va bizneslar uchun haqiqiy foyda beradigan qismlari hali oldinda. Darsga shunchalik shong'ib ketganimizdan, jarayon payti rasmga olisham esdan chiqibdi.

Shu postga yana bir qo'shimcha. Ko'pchilik "Qaysi AI kuchliroq? ChatGPTmi yoki Claude?" degan savol bilan ovora. Aslida tadbirkorlar umuman boshqacha savolni berishi kerak: "Biznesimdagi qaysi bilim va jarayonlarni bugundan boshlab AI tushunadigan va ishlata oladigan holatga keltirishim mumkin?" Bu uchun qayerdan boshlash kerak? Hamma narsani birdaniga AIga o'tkazish shart emas. Boshida bitta jarayonni olib shu bilan boshlasangiz bo'ladi. • Sotuv: Eng yaxshi sotuvchilaringiz mijoz bilan qanday gaplashadi? Qaysi e’tirozlarga qanday javob beradi? Bularni yig‘ib, AI uchun baza qiling. • Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash: Mijozlarning 80% savollari bir xil. Javoblar va qoidalarni yozib boring. Keyinchalik AI mijozlarga birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatuvchi operatorga aylanadi. • Kontent: Qaysi postlaringiz zo‘r ishladi? Qaysi mavzular va ohang auditoriyangizga yoqdi? Bularni AI uchun kontekstga aylantiring. • Jamoa: Yangi xodim kelganda doim bir xil narsani qayta-qayta tushuntirasizmi? Jarayonlarni standartlashtirib boring. Keyin AI yangi xodimlarni o'zi o'qitadi. Yangi AI chiqsa nima qilasiz? Hozirdan boshlaganlarning eng katta ustunligi shunda. Ertaga yangi, 10 barobar kuchli model chiqqanda, siz hamma narsani noldan qurmaysiz. Siz shunchaki yangi, aqlli "miya"ni o‘zingizning tayyor tizimingizga (xotirangizga) ulab qo‘yasiz. Model yangi bo‘ladi, lekin unda sizning tayyor biznes kontekstingiz, tarixingiz va tajribangiz bo‘ladi. Kelajakda ustunlik "kimda eng kuchli AI bor?" degan savolda emas. "Kim AI’ga o‘z biznesini yaxshiroq tushuntirib, uning atrofida tizim qurib ulgurgan?" - asosiy farq mana shu yerda bo‘ladi. Shuning uchun, zo‘r model chiqishini kutib o‘tirmang. Bugunoq bitta jarayonni AI yordamida ishlashni boshlang! Nima deb o'ylaysiz, siz hozir biznesingizda qaysi bo'limga AI ni qo'shib, yordamchi qilishingiz mumkin? Sotuvgami, marketingami, mijozlar bilan ishlashmi yoki boshqa joyigami? AI o'rganmoqchi bo'lsangiz, shu kanalga o'ting.

AI’ni hozir ishlatayotgan tadbirkor nega bir yil keyin boshlaydiganlardan ancha oldinda bo‘ladi? Tasavvur qiling: Bir yildan so‘ng juda kuchli, yangi AI modeli chiqdi. Siz ham, raqobatchingiz ham aynan bir xil modeldan foydalanyapsiz. Narx bir xil, imkoniyatlar bir xil. Lekin natijangiz umuman boshqacha bo‘ladi. Nega? Chunki siz AI bilan bir yil ishlagansiz, raqobatchingiz esa endi boshlayapti. Va bu yerda gap shunchaki "men to‘g‘ri prompt yozishni bilaman" degan ustunlik haqida emas. Gap kontekst va baza haqida. O'sha kuchli model chiqishini kutish mumkin, lekin biznesdagi kontekstni, malumotlarni yig‘ib bo‘lmaydi. Ko‘p tadbirkorlarda shunday xato fikr bor:
"Hali erta. O'zim o'rganib nima qilaman. Bir yil kutaman, AI yanada kuchayganda, xatosiz ishlaganida boshlayman." Bu xuddi bo‘m-bo‘sh CRM tizimini sotib olib, mo‘jiza kutishga o‘xshaydi. Ikki kompaniyaga bir xil CRM berdik deylik. Birida bir yillik mijozlar tarixi, yozishmalar va savdolar bazasi bor. Ikkinchisida esa dastur endi o‘rnatilgan, ichi bo‘m-bo‘sh. Qaysi biri ko‘proq foyda keltiradi? Albatta, birinchisi. AI bilan ham xuddi shunday. Agar bugundan AI bilan ishlasangiz, vaqt o‘tishi bilan unda biznesingiz haqida ulkan baza yig‘iladi: Mijozlaringiz aslida nimani xohlaydi? Qaysi takliflar va argumentlar yaxshi ishlaydi? Sotuvdagi asosiy e’tirozlar va ularga eng yaxshi javoblar qanday? Kontentda qaysi uslub sizning auditoriyangizga mos?
Shu uchun siz AI'ga "xotira" berishingiz kerak. Masalan, men agentlarimni faqat vazifani bajaradigan qilib qo‘ymaganman. Ular o'zi qilgan xatolarni, ishlash jarayonini ham yozib boradi: • vazifani qanday bajardik; • qaysi yo‘l ishladi; • qaysi yo‘l ishlamadi; • qayerda xato qildik; • keyingi safar qanday yaxshiroq qilish mumkin. Keyin men agentga mana shunga o'xshash so'rovlar yubora olaman: “Oldingi ishlarimizni ko‘rib chiq. Men senga vazifalarni qanday bersam, yaxshiroq natija olaman?” Vaqt o‘tishi bilan AI meni o‘rganadi, men esa AI bilan qanday ishlashni o‘rganaman. Biz bir-birimizga moslashib boramiz. AI'dan faqat bir martalik vazifa bajarish uchun foydalanmang. Unga feedback (qilgan xatosiga javob va tuzatishlar) bering. "Biz mijoz bilan bunday gaplashmaymiz", "Narxni boshida emas, oxirida ayt" deb o‘rgatib borsangiz, AI oldingi tajribaga tayanadi. U shunchaki internetdagi ma’lumotlarni biladigan robotdan, sizning biznesingiz qanday ishlashini tushunadigan shaxsiy yordamchiga aylanadi. Tadbirkorlar uchun AI & Avtomatizatsiya o'rgatadigan kanal bu yerda

Ayolimni Uzum magazini bor, chatgpt desktop app bilan bir dunyo javob yozilmagan izohlarga javob yozdirishni o'rgatib berdim.
Ayolimni Uzum magazini bor, chatgpt desktop app bilan bir dunyo javob yozilmagan izohlarga javob yozdirishni o'rgatib berdim. Ayolim endi otchotlarni, analitika va raqobatchilari analizlarini chatgpt bilan birga qilishni biladi. Endi bolaga qarab yurgan paytida ovoz bilan gaplashib, ishlarini qildirib o'tiraveradi😅 Haliyam chatgpt desktopini ishlatmayotgan bo'lsanglar, bugunoq o'rnatib ishlatinglar

Tepadagi audioda aytgan caseimni isboti
+1
Tepadagi audioda aytgan caseimni isboti

پیام صوتی02:00

Shaxsiy yoki do‘stlaringiz bilan ochgan Telegram guruhiga har qanday botni qo‘shishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Muhim narsani unutmang: botga berilgan ruxsatlarga qarab, bot guruhdagi xabarlar va yuborilayotgan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Botni yaratgan odam yoki uning tokeniga kirish huquqi bor istalgan kishi, guruhga kelayotgan har qanday ma’lumotlarni texnik jihatdan o‘qishi va saqlashi mumkin. Shuning uchun shaxsiy yozishmalar bor guruhlarga ishonchsiz yoki kim yaratgani noma’lum botlarni qo‘shmagan ma’qul @mabrur_dev

AI Bootcamp darslarimizda endigina 2-darsni o'ttik, lekin o'quvchilar qilayotgan ishlar odamni xursand qilyapti😇 Hali yana 6
+1
AI Bootcamp darslarimizda endigina 2-darsni o'ttik, lekin o'quvchilar qilayotgan ishlar odamni xursand qilyapti😇 Hali yana 6 ta dars bor va nasib qilsa shaxsiy ishlari, biznesi uchun "boom" bo'ladigan natijalar olishadi

پیام ویدیو01:00

Hermes Agent’ga katta update keldi. Yangilab, biroz ishlatib ham ko‘rdim. Juda yaxshi narsalar qo'shilgan va men uchun eng muhim o‘zgarishlar: 🎙 Hermes bilan endi jonli gaplashish mumkin Oldingidek ovoz yuborib, to‘liq javobni kutmaysiz. Hermes javob tayyor bo‘lishi bilan gapira boshlaydi. Gapining o‘rtasida to‘xtatib, yangi topshiriq bersangiz ham darrov sizni eshitadi. Hatto o‘zingiz tanlagan wake word orqali chaqirish mumkin. 🔎 Research ancha ishonchli bo‘ldi Hermes internetdan ma’lumot yig‘ib, har bir muhim fikrga tekshiriladigan manba qo‘shadi. Hatto berilgan ma’lumotni fact-check qilib: — qaysi joyi to‘g‘ri; — qaysi joyi noto‘g‘ri; — qaysi joyini tasdiqlab bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 🧠 Uzoq vazifalarda kamroq to‘xtaydi Oldin agentning tool ishlatish limiti 90 ta edi. Endi 500 tagacha oshirilgan. Tool xato qilsa ham Hermes ko‘p holatda o‘zi sababini topib, boshqa yo‘l bilan davom etishga harakat qiladi. Uzun vazifalarda kontekstni ham yaxshiroq saqlaydi. Ya’ni katta research, kod yozish yoki ko‘p bosqichli ishlar o‘rtada to‘xtab qolishi kamaygan. ✋ Ishlayotgan paytida yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin Hermes noto‘g‘ri tomonga ketayotgan bo‘lsa, endi uni to‘xtatib, hammasini qaytadan tushuntirish shart emas. Ish jarayonida yangi xabar yozasiz — u bajarilgan ishni yo‘qotmasdan yo‘nalishini o‘zgartiradi. 🤝 Agentlar bir-biri bilan yaxshiroq ishlay oladi A2A (agent to agent) protokoli qo‘shildi. Endi Hermes boshqa mos agentlarni topishi, ular bilan gaplashishi va vazifa topshirishi mumkin. Kanban orqali esa Researcher, Developer, Reviewer kabi alohida agentlarga vazifalarni bo‘lib, handoff qilish mumkin. Lekin bu yerda muhim nuqta bor: A2A qo‘shilgani bilan agentlar avtomatik zo‘r jamoaga aylanmaydi. Rollar, vazifalar va tekshiruv jarayonini baribir to‘g‘ri qurish kerak. 🖥 Desktop ilova oddiy chatdan workspace’ga aylanmoqda Hermes yaratgan HTML, mini-app va boshqa artifact’larni chat yonida jonli ko‘rish mumkin. Plugin tizimi ham qo‘shilgan. Birinchi katta pluginlardan biri — agentlar bilan ishlash uchun Kanban. Umuman, bu update’da chiroyli UI’dan ko‘ra agentga uzoqroq vazifa berish, kamroq nazorat qilish va kerakli joyda yo‘nalishini o‘zgartirish tomoni kuchaygan. Agar haliyam yangilamagan bo'lsangiz mana shu command bilan update qilib oling: hermes update AI & Automation bo'yicha tajriba va fikrlarim shu yerda

Umid qilamanki Peter meni hate qilmaydi. Chunki komandamda eng ko'p ter to'kayotgan bu Gwen😅
Umid qilamanki Peter meni hate qilmaydi. Chunki komandamda eng ko'p ter to'kayotgan bu Gwen😅

Kechadan beri o'zimam buzzni bosib ishlatib o'tiribman. Bu narsa openclaw, hermeslardan ko'proq effektivdek tuyulyapti menga. Buzzdagi asosiy ustunliklardan biri huddi Slacknikidaqa interfeysni clone qilishgan va Slack ishlatib ko'rganlar biladi jamoaviy chatlar uchun eng top app, ayniqsa threadlar. Hermesda terminal yoki telegramda ishlatish unchalik practical emas va o'rnatisham oddiy userlarga nisbatan og'irroq. Hatto Hermesni o'ziniyam Buzz ichida ishlash uchun harness qilib ishlatish mumkin. OpenClaw juda kuchli chiqib kelgan, lekin unda jamoaviy ishlash qiyin va jamoaviy kontekst yo'qligi uchunam biroz "tashlandiq" bo'lib qolgandi menimcha. Buzz esa bir nechta AI Agentlar bilan bitta chatda yoki threadda gaplashib, ma'lumot almashish va kontekstni ushlab turish imkonini beradi. Qisqa qilib aytganda, Buzz bu modellarga bevosita raqobatchi emas, Claude, GPT yoki Hermes va OpenClaw kabi vositalarni yagona umumiy muhitda uzluksiz birga ishlashini ta'minlovchi jamoaviy platforma (workspace) vazifasini bajaradi. O'zingiz kompaniyangiz uchunam self-hosted qilib ishlatishingiz mumkin. Shunda bittada sizda jamoangiz uchun telegramdan ancha qulay bo'lgan va o'zingizni serveringizda turadigan chat sistemasi, chatingizda AI agentlar va o'zingiz uchun judayam qulay bo'lgan git strukturalar bo'ladi.

Kontent bilan ishlaydiganlar uchun ajoyib lifehack. Siz bitta AI modelni fikriga ko‘proq ishonasizmi yoki 3 ta eng yaxshi AI
+2
Kontent bilan ishlaydiganlar uchun ajoyib lifehack. Siz bitta AI modelni fikriga ko‘proq ishonasizmi yoki 3 ta eng yaxshi AI modellardan yig'ilgan "kengash" bergan bahogami? O'zimam juda ko'p his qilaman, kontent ustida ishlayotganda eng qiyin bosqich g‘oyalarga xolis baho berish va ularni qaysi biri haqiqatda "portlashi"ni oldindan sezish. Bitta AI’dan "Shu g‘oyam yaxshimi?" deb so‘rasangiz, ko‘pincha xushomad qilib "Ajoyib g‘oya!" deyaveradi. Lekin kompyuteringizda turli Agent CLIlar (masalan, Claude Code, Antigravit-cli va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa, siz ularni bir-biriga raqobatchi va ekspert "Kontent Kengashi" (Content Council) sifatida ishlatishingiz mumkin! Sizdagi asosiy orchestratorga (boshqaruvchi) turli modellarni har xil rollarga tayinlashini topshirasiz. Misol uchun: - ChatGPT Terra yoki Sol - Growth Strategist - Claude Opus 5 - Editorial & Brand Critic - Gemini 3.1 Pro - Audience & Visual Potential Critic Har bir model g'oyalaringizni 1 dan 10 gacha hook, auditoriyaga mosligi, foydalilik darajasi, ulashishga arzidimi va turli boshqa mezonlar bo'yicha baholab beradi. Shu orqali sizda har bir AI modelni alohida xolis fikri bo'ladi, umumiy reytinglar, aniq kamchiliklar va yaxshilash uchun takliflar ko'proq keladi. Eng top g'oyalarni saralash osonlashadi. Mana shu prompt bilan kontentlarimni baholatib, yaxshiroq natijaga erishyabman:
Run a content council for these ideas. Use: - your own GPT perspective as growth strategist - Claude Opus through Claude Code CLI as editorial and brand critic - Gemini 3.1 Pro High through Antigravit CLI as audience, originality and visual-potential critic Have each judge independently score every idea from 1–10 for: hook, audience fit, originality, usefulness, brand fit, shareability, conversion potential and production difficulty. Then show: 1. each judge’s separate opinion 2. major disagreements 3. combined ranking 4. specific improvements 5. rewritten versions of the top 3 ideas Do not let external reviewers modify files or perform actions. bulk-send all the content we generated over the past few days, incorporating all our ideas. Prepare a visual table for each piece of content so I can easily track and review them.