Mabrur | AI & Automation
Закритий канал
Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
977
Підписники
+424 години
+997 днів
+15230 днів
Архів дописів
Prompt engineering kelajak, prompt engineering o'rganib AI ni yorvorasiz deb kurs sotayotganlarni ko'rib turibman haliyam.
Mana shu videoni ko'ring, prompt engineering haliyam muhimmi, yoki yo'qligiga javob olasiz.
Prompt engineering bo'lmasa unda nima kerak degan savolingizgayam javob ber tepada.
+5
Teparoqda Claude yoki GPT bilan ishlatish uchun Superpowers haqida aytgandim.
Yana mana shunga o'xshash skillarni ro'yxatini yozib ketaman, bularni deyarli hammasini o'zim kundalik ishlatib kelaman.
1. claude-mem: Claude'ga xotira. Loyiha va fayllaringizni sessiyadan sessiyaga eslab qoladi.
https://github.com/thedotmack/claude-mem
2. superpowers: avval reja, keyin kod, oxirida o'z ishini tekshiradi.
https://github.com/obra/superpowers
3. Impeccable: Claude'ga dizayn didi. 61 ta tekshiruv bilan UI'dagi AI slop'ni tozalaydi.
https://github.com/pbakaus/impeccable
4. find-skills: loyihangizga kerakli skill'larni topadi va o'zi o'rnatadi.
https://github.com/vercel-labs/skills
5. Task Observer: ishlash uslubingizni kuzatib, skill'laringizni yaxshilashni taklif qiladi.
https://github.com/rebelytics/one-skill-to-rule-them-all
O'rnatish uchun mana shu urllarni claude code yoki codexga beribam o'rnatib berishini so'rashingiz mumkin.
Tepadagi postda o'zim har doim kvartira qidirishimda ishlatadigan eng katta fishkamni ko'rsatib berganman.
2-3 yildan beri shu tarzda qidirib kelaman.
Bu yerda men AI agentim yordamida Telegramdagi postlarni, Telegramdagi kvartiralarni yuklab olib, o'zimda chiroyli qilib filtrlashga oson qilib chiqarib olaman.
Narx bo'yicha, xonalar soni, kvartiralar bo'yicha filtrlashga oson variantda bemalol qidirib o'tirsangiz bo'ladi, xohlasangiz ai bilan chatlashib:
"Menga Mirzo Ulug'bek tumanidan $800 gacha bo'lgan 3 xonali kvartiralarni chiqarib ber.
Yo'q remonti to'g'ri kelmadi, novostroykadan bo'lsin", - deb so'rab, kvartira qidirishingizam mumkin.
Bu narsa menimcha nafaqat kvartira qidirayotganlarga, balki rieltorlargayam juda ham qulay yechim bo'lsa kerak.
Bu avtomatizatsiyam o'zingizam o'tirib sinab ko'ring, qilishga unchalik qiyinmas. Shunchaki Claude Code yoki Codex, Telegram akkaunt va uy e'lonlari qo'yiladigan kanallar bo'lsa yetarli.
AI bizga bergan eng katta qulayliklar biri parallel ishlash va vaqtdan yutish.
Misol uchun, men Claude Codega kirib u bilan gaplashaman, plan qilaman va uzoq ishlaydigan vazifa beraman. Tayyor bo'lgunicha reels yoki kino ko'rish o'rniga, chatgpt yoki o'sha claudeda yana bir boshqa sessiya ochaman, aytaylik shaxsiy brendimda muammolar kuzatilyapti, shu muammolarim ustida ishlash haqida so'rayman, research qilaman, kamchiliklarni to'ldiraman.
Lekin buni eng katta minuslaridan biri, vazifadan vazifaga, yoki ishdan-ishga sakrasangiz miyangizda kontekst ushlash qiyinlashib boraveradi va miya charchashi tezlashadi. Menimcha miyayam bunga vaqt o'tishi bilan o'rganib ketadi...
“Bu hafta AI bozorida tinchlik yo‘q”
O'zi bir o'tirib nimalar chiqyapti, qanaqa modellar paydo bo'lgani haqida uzun post yozmoqchidim, qarasam bular poygaga jiddiy kirishib orqama-ketin bosib yotishibdi. Hozir hafta davomida ro'y bergan muhim yangilanishlarni xronologik tarzda yozib ketaman.
Anthropic bu safar ancha saxiylik qildi. O‘z hisob-kitobiga ko‘ra, Opus 5.5 oldingi Opus’dan javobni 30% dan ortiq tezroq chiqaradi, odatiy vazifalarni bajarish xarajati esa 40% kam. Pro va Max’dagi besh soatlik limitlarni ham oshirishdi. Hatto kerak paytda ishlatadigan limit resetini ham berishdi. Shaxsan men uchun Anthropic yana poygada birinchi raqam bo'lib oldi, ayniqsa Opus 5.5 bilan. Qancha ishlatsamam tugamayapti va gaplarimni yarim so'z bilan tushunyapti.
OpenAI ham qarab turmadi: GPT-6 Sol va Luna chiqdi. Bir haftadan keyin GPT-6.1 Sol ham keldi. OpenAI aytishicha, ayrim murakkab ishlarda Astra’ga yaqin natija beradi, standart API token narxi esa besh baravar arzon. Model tanlashning o‘zi alohida ishga aylanib ketyapti.
Lekin arzonlashgani bilan obuna taraflama qisishni boshlashdi.
OpenAI oyiga $500 lik Pro 500 tarifini ham chiqardi. Astra Ultrafast shu tarifda. Pro 200 esa $200 ligicha qoladi, lekin yangi obunalarda foydalanish limiti avvalgidan past. Shartlarga mos eski obunachilar oldingi limitini 29-oktabrgacha saqlaydi. OpenAI buni modellar tejamkorlashgani bilan izohlayapti.
Benchmarklarni endi tushunib kelayotgandik. Endi tariflarni tushuntirish uchun ham AI kerak bo'ladi.
OpenAI orada yana yangi kompanioni - Dots’ni tanishtirdi. Bu oddiygina yangi model emas: o‘z bulut kompyuteri bor, ulangan ilovalaringiz bilan ishlaydigan, suhbat tugagandan keyin ham vazifani davom ettiradigan agent. Huddi Jarvis, Openclaw, Hermesga o'xshash yechim, lekin ishlatish oson va qulayroq.
Masalan, muntazam tekshiruv, izlanish yoki kalendar bilan ishlash. Qaysi ishni mustaqil qilishi, qaysisida sizdan so‘rashi belgilanadi. Grok Bot bilan birga-bir raqobat qila oladigan mahsulot
Elon Musk bo'lsa oz repurtuarida bunga javob qaytardi.
OpenAI mahsulotining nomi Dots. Lekin dot.com, lekin bratimiz ko'rdim demasdan $20 mlnga dot.com domenini Grok Bot’iga olib boradi. Endi dot deb qidirsangiz Chatpgtni Doti emas, Elon Muskni dotini ko'rasiz.
Shu payt Google ham eshikni ochib kirdi: Gemini 4 Argon. Dasturlash, murakkab ish jarayonlari va kiberxavfsizlikka urg‘u berilgan. Lekin hozircha faqat yopiq dostup bilan tanlangan hamkorlar ishlatib turibdi. Katta ehtimol googleam poygaga qaytishga yaxshigina qadam tashladi.
Xullas hafta mana shunaqa yangiliklar bilan to'lib o'tyapti. Ba'zida nimalar bo'layotganiga ulgurisham qiyin bo'lib qoldiya😅
Ko'pchilik AI ishlatganda haliyam MD filelar berib ishlamaydi.
Agar sizam 50-60 varoqli PDF filelarni Claude yoki GPT ga shunchaki yuklab yuborayotgan bo'lsangiz, katta ehtimol tokenlarizni katta qismi yo'q qilib yuboryapsiz.
Ba'zi PDF filelar bo'ladi, undagi matnlarni modellar shunchaki ajratib ololmaydi, ajratish uchun screenshot qilib chiqishi va vizual ko'rishi kerak bo'ladi. Shu sababdan mana shunday filelarni Markitdown orqali qayta ishlab, berib yuborishga harakat qiling.
Bu PDF, Word, Excel va PowerPoint fayllaridagi matn hamda asosiy tuzilmani Markdown’ga o'tkazib beradi. Bu ayrim hujjatlarda token sarfini kamaytirishi mumkin, lekin har bir faylda bir xil natija bo‘lmaydi
Yana qulayrog‘i: MarkItDown’ni MCP orqali Claude Code yoki Codex’ga ulash mumkin. Mana shu qisqa qo'llanmani AI agentingizga berib, buyruqlarni o'ziga bajartirsangiz bo'ladi. O'zi sozlab beradi.
Claude bir kechada 30% tezroq va 30% gacha arzonroq bo‘lib qoldi.
Anthropic yangi Claude Sonnet 5.5’ni chiqardi.
Yangi model oldingi Sonnet 5’dan 30% dan ko‘proq tezroq ishlaydi.
Eng qiziq joyi — token narxi o‘zgarmagan.
Lekin model vazifalarni tezroq tugatib, kamroq resurs ishlatgani uchun ayrim tasklarda umumiy xarajat 30% gacha kamayishi mumkin.
Coding tarafida ham ancha kuchaygan:
kod yozish, bug fix qilish va AI agent sifatida ishlashda natijalari yaxshilangan.
Bundan tashqari document, slide va spreadsheet bilan ishlash uchun ham chiqarilgan.
Ya’ni qisqasi:
Claude aqlliroq bo‘libgina qolmadi — tezroq ishlayapti va ayrim holatlarda kamroq pul sarflayapti.
Elevenlabs 4-versiyasini chiqardi.
Endi u rasman o'zbekchani qo'llab-quvvatlaydi.
Ovozimni klon qilib ko'ryaban, sinab ko'rib natijalar bilan bo'lishaman
+1
Buyog'i vibe editing bop ketdi😅
O'zimga AI bilan ishlaydigan CapCut yasavolyabman )
Repost from Mabrur | Dasturlash va AI
ChatGPT yangi Pro Max tarifini chiqarmoqchi va obuna oyiga $500 bo‘lishi mumkin.
- Plus — $20/oy
- Pro Lite — $100/oy
- Pro — $200/oy
- Pro Max — $500/oy 👀
$500 ga ular nima bermoqchi o‘zi?
Cheksiz usage? (katta ehtimol yo'q)
Kuchliroq agentlar?
Ko‘proq compute?
Yangi modellarga birinchi dostup?
Chunki oyiga $500 endi oddiy obuna emas, deyarli xodim maoshi bilan teng bo‘lib qolyapti.
Hozircha menda bor mish-mishlarga ko'ra, Bu tarif bilan birga Openai Grok Botga raqib qilib Codex Botam chiqarishmoqchi ekan. Kimda yana qanaqa ma'lumotlar bor bu bo'yicha?
@mabrur_dev
Tepadagi video kimgadir yoqmagan shekili. Dislayk bosganlar uchun mana yana bitta video.
Men faqatgina textni berdim, boshqa hech nima qilmadim.
Bunisi olovmi?)
