Mabrur | AI & Automation
کانال بسته
نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 375
مشترکین
+524 ساعت
+817 روز
+33830 روز
در حال بارگذاری دادهها
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
نوامبر '26نوامبر '26
نوامبر '26
+290
در 3 کانالها
اکتبر '26
+264
در 1 کانالها
Get PRO
سپتامبر '26
+113
در 5 کانالها
Get PRO
اوت '26
+793
در 4 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 15 نوامبر | +6 | |||
| 14 نوامبر | +5 | |||
| 13 نوامبر | +12 | |||
| 12 نوامبر | +22 | |||
| 11 نوامبر | +11 | |||
| 10 نوامبر | +12 | |||
| 09 نوامبر | +11 | |||
| 08 نوامبر | +15 | |||
| 07 نوامبر | +26 | |||
| 06 نوامبر | +16 | |||
| 05 نوامبر | +79 | |||
| 04 نوامبر | +50 | |||
| 03 نوامبر | +16 | |||
| 02 نوامبر | +3 | |||
| 01 نوامبر | +6 |
پستهای کانال
AI insoniyatni ozod qiladimi yoki boylarga yanada qaram qiladimi?
Ko‘pchilik kelajakda AI barcha ishlarni bajaradi, odamlar esa ishlashga majbur bo‘lmaydi, bo‘sh vaqtini o‘zini rivojlantirishga, ijodga va oilasiga bag‘ishlaydi deb tasavvur qiladi.
Lekin bu yerda bitta katta muammo bor.
Ishlashga majbur bo‘lmaslik bilan ishsiz va daromadsiz qolish — umuman boshqa-boshqa narsalar.
Va menimcha, biz AI kelajagi haqida gapirganda aynan shu farqni ko‘pincha unutib qo‘yyapmiz.
Mana shu mavzuda batafsilroq ichki fikrlarimni bo'lishdim.
Rulda, ishda, yo'lda, ko'chada, taksida bo'lsangiz eshitib ketishga qulayroq bo'lsin deb ovozli klonimda qilingan variantini tashlab qo'yyabman.
| 2 | 📊 Endi Claudeni o'zini Exceli bor.
AI allaqachon shunchaki savollarga javob beradigan chatbotdan, ishni siz uchun bajaradigan yordamchiga aylanib bo'lgan.
Anthropic Claude’ga bir nechta yangi funksiyalar qo'shyapti.
1. Claude Sheets — jadvallar bilan ishlash
Tasavvur qiling, Claude’ga:
«Keyingi 3 oy uchun xodimlar yollash budjetini hisoblab ber. Oyliklar, soliqlar va umumiy xarajatlar ham bo‘lsin».
Deb yozasiz. Claude sizga formulalari, alohida sahifalari va avtomatik hisob-kitoblari bor tayyor jadval yaratib beradi.
Keyin «Yana 2 ta xodim qo‘sh, budjetni qayta hisobla» desangiz, jadvalni o‘zi yangilaydi.
2. Claude Whiteboards — g‘oyalarni real rejaga aylantirish
Masalan, biznesingiz uchun yangi loyiha boshlamoqchisiz.
Claude bilan g‘oyalaringizni muhokama qilasiz, u esa ularni vizual doskaga joylashtirib, vazifalar, mas’ullar va deadline’lar bilan reja tuzadi.
Jamoangiz bilan shu doskada birgalikda ishlashingiz, keyin esa uni hujjat yoki prezentatsiyaga aylantirishingiz mumkin.
3. Claude Meetings — tez orada
Claude yig‘ilishlaringizga qo‘shilib, suhbatdan konspekt tayyorlaydi va muhokama qilingan ma’lumotlar asosida jamoa hujjatlarini yangilaydi.
Hozircha Sheets va Whiteboards beta bosqichida pullik tariflarga chiqarilmoqda. Sheets hali Excel’ning barcha imkoniyatlariga ega emas.
💡 Bu yangiliklarning eng qiziq tomoni nima?
Oldin AI’dan «Buni qanday qilishim mumkin?» deb so‘rardik.
Endi esa «Mana shu ishni qilib ber» deyapmiz.
AI sizga qanday ishlashni tushuntirishdan ko‘ra, ishning o‘zini bajarishga yaqinlashmoqda.
Hozir katta inqilob ustida turibmiz: AI bilan chatlashishdan AI bilan birga ishlashga o‘tish.
Albatta, AI yaratgan formula va hisob-kitoblarni tekshirish hali ham o‘zimizning zimmamizda. Lekin aman shuning o'zi aql-bovar qilmas progres. | 709 |
| 3 | 🥳 Sovg‘a olish imkoniyati!
Siz uchun maxsus so‘rovnoma tayyorladik. So‘rovnomani to‘ldirib bergan ishtirokchilarga AI bo‘yicha bepul dars sovg‘a qilinadi! 🎁
So‘rovnomani to‘ldirish 👉🏻
https://forms.gle/jSNi7SJuJFJQXZ3X9 | 737 |
| 4 | ⚙️ Hammaga mos AI agent yo‘q
Ko‘p biznes egasi shunday qiladi: birovga “menga ham AI agent qilib ber” deydi, pul to‘laydi, bot tayyor bo‘ladi.
Bir oydan keyin u botni hech kim ishlatmaydi. 💸
Agent yomonligidan emas. U sizning jarayoningizga emas, umumiy shablonga qurilganidan.
Masalan:
— Klinika → qabulga yozish, eslatma yuborish
— Online do‘kon → buyurtma statusi, Instagram DM’ga javob
— O‘quv markazi → lid yig‘ish, to‘lov eslatmasi
Uchalasi ham “AI agent”. Lekin uchalasi butunlay boshqa tizim.
📌 Shuning uchun eng birinchi bo'lib mana shu savolni o'zingizdan so'rashingiz kerka:
“Biznesimda qaysi ish eng ko‘p vaqt yeyapti?”
Javobini bilmasangiz, agentga pul sarflashga hali erta.
🤖 Oxirgi haftalarda aynan shu muammoni yechadigan loyiha ustida ishlayapman. Menimcha bu narsa har bir tadbirkor uchun foydali bo'ladi.
Qiziq bo‘lsa 🔥 qo‘ying. Birinchi bo‘lib shu kanalda aytaman. | 780 |
| 5 | ⏳ Ishizda vaqtni faqat katta ishlar olmaydiaksincha...
Kerakli keraksiz xabarlarga javob yozish kerak, boshqa joydan hisobot so‘rash kerak, mijozning buyurtmasini tekshirish kerak...
✍️ Bittasi 5 daqiqa, boshqasi 10 daqiqa.
Hammasi qo‘shilib, kunning anchagina qismini olib qo‘yadi.
Qizig‘i, bu ishlarning ayrimlarini odam har kuni bir xil tartibda takrorlaydi.
⚙️ AI Automation haqida ko‘p gapirayotganimning sabablaridan biri ham shu.
Har safar odam qo‘lda bajarishi shart bo‘lmagan ayrim vazifalarni tizimga topshirish mumkin.
💡Avtomatlashtirishni boshlash uchun avval qayerda vaqt yo‘qotayotganingizni bilish kerak. | 731 |
| 6 | Bu yerda kimlar bor. | 747 |
| 7 | AI'ni biznesimga qo‘shganimdan keyin xodimlarni bo‘satsam bo‘ladimi?
🤔 AI haqida gap ketganda, ko‘pchilik birinchi bo‘lib shuni o‘yalarken.
Ammo AI'ni biznesga olib kirish faqat xodimlar sonini kamaytirish degani emas.
👨💻 Masalan, sotuv bo‘limidagi xodimlar mijozlarga javob berishdan tashqari, ma’lumotlarni CRM'ga kiritadi, buyurtmalarni tekshiradi, hisobot tayyorlaydi.
⚙️ Shu ishlarning bir qismini AI bajarib bersa, xodimlar mijozlarga ko‘proq vaqt ajrata oladi.
Buyurtmalar tezroq qayta ishlanadi, qo‘lda bajariladigan ishlar kamayadi.
📈 Ya’ni bir xil jamoa bilan ko‘proq ish qilish mumkin.
Albatta, AI ayrim ko‘p ishlarni o‘zi qila oladi. Lekin uni faqat odamning o‘rnini bosadigan deb tushunish noto‘g‘ri.
📌 Menimcha, tadbirkor avvalo xodimlarimni qanday kamaytiraman deb emas, jamoamning ishini qanday yengillashtiraman deb o‘ylashi kerak.
Siz nima deb o‘ylaysiz? 👇 | 734 |
| 8 | AI — ko’zi ojiz odam uchun yangi “ko’z” 👁️
Bradford va Bryan Manning aka-uka. Ikkalasi ham 5 yoshidan beri Stargardt kasalligi bilan yashaydi. Bu kam uchraydigan irsiy kasallik, u markaziy ko’rishning katta qismini olib qo’yadi.
2016-yil may oyida ular Two Blind Brothers (“Ikki ko’r aka-uka”) brendini ochishgan. Juda yumshoq kiyimlar sotishadi va butun foydani ko’z kasalliklari bo’yicha tadqiqotlarga berishadi.
Tasavvur qiling: menyuni o’qish, ko’chadagi yozuvni ko’rish, email’ga javob yozish, jadvaldan bitta raqam topish. Biz uchun bu 5 soniyalik ish. Ular uchun esa har biri ko’proq vaqt, kuch va birovning yordamini talab qiladi.
Endi ChatGPT nima qilyapti? 👇
📹 Ko’chada. Bradford telefon kamerasini ko’cha belgisiga qaratadi, ChatGPT esa qayerda turganini va qaysi tomonga yurish kerakligini aytib beradi.
👨💻 Ishda. Oldin bitta raqamni topish uchun jadvalni ekranda kattalashtirib, qator va ustunlarni yodlab, katakma-katak yurib chiqardi. Hozir ChatGPT’dan ma’lumotni tahlil qilishni va g’alati joylarni topishni so’raydi.
🏣 Pochtada. ChatGPT’ni email’ga ulab qo’ygan: har bir xatni o’qib chiqish o’rniga, qaysi xatlarga e’tibor berish kerakligini so’raydi.
💡 Nega bu muhim?
Biz AI haqida gapirganda ko’pincha “kod yozadi”, “post yozadi”, “ishni tezlashtiradi” deymiz. Lekin ba’zi odamlar uchun AI shunchaki qulaylik emas, bu mustaqillik. Birovdan so’ramasdan yo’lni topish, hujjatni o’qish, o’z biznesini yuritish.
Dasturchi va founder’lar uchun ham signal bor: accessibility (ya'ni, ko'zi ojizlar yoki eshitish bilan muammosi borlar uchun qulayliklar) “keyinroq qo’shamiz” deb qoldiriladigan narsa emas. Dunyoda ko’rlikka olib keladigan retina kasalliklari bilan 10 milliondan ortiq odam yashaydi. AI ular uchun mahsulot qilishni hech qachon bunchalik oson qilmagan.
Sizningcha, AI yana kimlarning hayotini shunday o’zgartirishi mumkin? 🤔 | 1 173 |
| 9 | Yomon g’oya — muvaffaqiyat kaliti bo'lishi mumkin 💡
IDEO — Silikon vodiysidagi mashhur dizayn kompaniyasi. Apple’ning ilk kompyuter sichqonchasini aynan ularning jamoasi loyihalagan. Ular o’nlab yillar davomida biz har kuni ishlatadigan mahsulotlarni yaratib kelishadi.
Ularning g’oya ishlab chiqish jarayonida bitta oddiy, lekin qat’iy qoida bor:
📌 Har qanday g’oya stikerga yoziladi va devorga yopishtiriladi. U qanchalik g’alati yoki “ahmoqona” ko’rinmasin.
🚫 Hech kim uni tanqid qila olmaydi. Hech kim “devil’s advocate” rolini o’ynamaydi, ya’ni ataylab kamchilik qidirib, qarshi chiqmaydi.
IDEO rahbarlaridan biri Tom Kelley hatto shu mavzuda kitob yozgan. U devil’s advocate’ni innovatsiyaning eng katta dushmanlaridan biri deb hisoblaydi.
Nega tanqid taqiqlangan? Chunki g’oyangni aytishing bilan tanqid eshitsang, ikki holatdan biri bo’ladi:
— qo’rqib qolasan va keyingi g’oyangni umuman aytmaysan;
— yoki bitta g’oya ustida haftalab o’ylanib, hech narsa qilmaysan.
Aslida yomon g’oya ko’pincha yaxshi g’oyaga olib boradigan ko’prik bo’ladi. “Bu ishlamaydi” degan fikrdan “unda mana bunday qilsak-chi?” degan g’oya tug’iladi. IDEO shiori ham shunga o’xshash: tezroq yutish uchun tez-tez yiqil.
🧑💻 AI davrida bu yondashuv yanada muhim
Ilgari bitta g’oyani tekshirish uchun oylar, jamoa va pul kerak edi. Hozir AI bilan prototipni bir kechada qurib, ertalab odamlarga ko’rsatsa bo’ladi.
Shuning uchun o’yin qoidasi o’zgardi. Endi eng “to’g’ri” g’oyani topgan odam emas, eng ko’p g’oyani sinab ko’rgan odam yutadi.
Tasavvur qiling: 100 000 ta g’oyangiz bor. Ulardan atigi 1 000 tasini realizatsiya qilib ko’rsangiz ham, qaysidir biri odamlarga yoqish ehtimoli juda katta. Bu omad emas, bu ehtimollar o’yini.
Xulosa:
✔️ G’oyani yozing, darhol baholamang.
✔️ Tez quring, mukammallikni kutmang.
✔️ Odamlarga ko’rsating, natijani o’lchang, takrorlang.
O'zingizdan so'rab ko'ringchi, siz oxirgi marta qachon “ahmoqona” g’oyangizni sinab ko’rgansiz? | 1 043 |
| 10 | https://youtu.be/LISXexyRnxo
📹 Video tayyor, like va izohlarda fikrlaringizni kutaman | 5 069 |
| 11 | بدون متن... | 953 |
| 12 | بدون متن... | 3 609 |
| 13 | بدون متن... | 960 |
| 14 | پیام ویدیو | 930 |
| 15 | پیام ویدیو | 964 |
| 16 | پیام ویدیو | 47 |
| 17 | Oxirgi paytlarda atrofimdagi odamlar bilan ko'p gaplashyapman. Shunda bir narsani sezyapman: ko'pchilik hali ham AI bilan nimalar qilsa bo'lishini, ayniqsa biznesidagi ishlarni qanchalik yengillashtirishi mumkinligini to'liq tushunib yetmagan.
O'zimda bir odat bor. Kimdir biror ishni qilishga qiynalayotganini yoki keragidan ortiq vaqt sarflayotganini ko'rsam, shu ishni AI bilan qanday osonlashtirish mumkinligini ko'rsatgim keladi.
Eng yoqadigan joyi esa odamning reaksiyasi. Ayniqsa, o'zi sinab ko'rib, avval soatlab qilgan ishini ancha oson bajara olishini tushungan payti. Keyin shu narsadan foydalanib, maza qilib ishlayotganini ko'rish men uchun boshqacha zavq :)
Shu sabab qanaqa suhbat bo'lmasin, tanishlarim mendan AI bo'yicha nimadir o'rganib ketishadi. Ba'zida o'zim ham sezmay qolaman, gapni yana AIga burib yuborgan bo'laman. Lekin odamlar bundan real foyda olayotganini ko'rish menga yoqadi.
Aytgancha, tadbirkorlarga bitta kichik maslahat.
Agar biznesingizda target reklama ishlatsangiz yoki ishlatmoqchi bo'lsangiz, hech bo'lmasa shu jarayonni AI bilan birga qilib ko'ring.
Hozir Meta Ads yoki Google Ads'da auditoriyani o'rganish, reklama g'oyalarini tayyorlash, kampaniyalarni tahlil qilish va optimizatsiya qilishda AI agentlardan bemalol foydalansa bo'ladi.
Bu degani hamma narsani AIga topshirib, reklama budjetini nazoratsiz qoldirish kerak degani emas. Lekin ko'p ishlarni AI bilan birga ancha tezroq va osonroq qilish mumkin.
Hech bo'lmasa bir marta sinab ko'ring. Menimcha, keyin reklama bilan ishlashga qarashingiz ancha o'zgaradi.
Super-muper instrumentlar, shaxsiy jarvis va hklar shartmas bu uchun. $100 lik Claude yoki GPT olasiz, desktop appini o'rnatasiz va boshlaysiz. Qolganlarda bor instrument sizniyam qo'lingizda bor, harakatni boshlash kerak. | 961 |
| 18 | 👽 AI agentlar endi o‘zga sayyoraliklarni qidirayotgan teleskoplarni ham boshqaryapti!
AQShdagi Allen Telescope Array teleskopida olimlar endi oddiy tilda topshiriq berishadi, qolgan ishni AI agentlar bajaradi.
AI agentlar o‘zi:
Teleskoplarni kerakli tomonga yo‘naltiradi
Uskunalarni sozlaydi
Ma’lumotlarni tekshiradi va xatolarni tuzatadi
Natijalarni grafiklarda ko‘rsatadi
Bu tizimni NVIDIA, SETI Institute va Breakthrough Listen birgalikda yaratgan.
NVIDIA aytishicha, avvallari haftalar yoki yillar talab qilgan ayrim ishlarni endi bir necha soatda bajarish mumkin.
Tizim allaqachon AI yordamida real vaqt rejimida pulsarni (tez aylanadigan neytron yulduzni) aniqlashga erishgan.
Keyingi maqsad esa — Oy yuzasining Yerdan ko‘rinmaydigan tomonida ham mustaqil ishlaydigan AI tizimlarini yaratish. 🌕
AI automation endi faqat biznesdagi takroriy ishlarni emas, ilmiy tadqiqotlarni ham avtomatlashtiryapti. | 910 |
| 19 | AI slop dizaynlar yoki referenslardan zerikkanlar uchun qimmatli resurslarni topib keldim.
1. http://motionsites.ai — 800+ websitelar uchun promptlar bor: 1000+ backgroundlar, motionlar. Promptni copy qilib Claudega berib, site yasasangiz bo'ladi.
2. http://land-book.com — landing page yasash uchun referens olishga yaxshi joy.
3. http://recent.design— o'zim eng yoqtirgan saytlardan, judayam didli rasmli va videoli referenslar bor.
4. http://landdding.com — landing sahifalar uchun yana bir resurs
5. http://fontinlogo.com — to'g'ri shrift tanlash uchun mana shu saytni ishlatsangiz bo'ladi.
6. http://godly.website — shunchaki estetik ko'rinishdagi va top dizaynerlar tomonidan yasalgan saytlarni tomosha qilish uchun
7. http://60fps.design — mobile UI uchun animatsiyalar kutubxonasi
8. http://posts.design — yana bir o'zim yoqtirgan motion va turli grafik sahnalar jamlanmasi. | 1 316 |
| 20 | Kimgadir uy sotmoqchisiz va sotuv ofisingizga keldi. Unga bitadigan loyihani rasm qilib ko'rsatgan yaxshimi, yoki mana shunday emotsiyalarni o'ynatib yuboradigan darajadagi meta olamda yurib ko'rgani yaxshimi? 😎️️️️️️
Buni yoniga bitta VR ochki olib qo'ysangiz sotuv konversiyangizni oshirib tashlasa kerak.😄
Endi qanday qilishni aytaman:
Iphoneni qo'lingizga olasiz va bir necha daqiqada kvartirani to'liq aylanib chiqib videoga olasiz. Echo-3 degan 3D olamlar yasaydigan model chiqqan, videoni o'sha modelga berasiz va bir necha daqiqa ichida sizga mana shunday rezultat qilib beradi. Claude Code yoki Codex podpiskez bo'lsa buni Webga o'tkazib olsangizam bo'ladi.
Mana, shunaqa qiymatli narsani o'zimiznikilarga tekinga ko'rsatib beryabman 😅 | 1 119 |
