Mabrur | AI & Automation
关闭频道
显示更多
未指定国家未指定类别
831
订阅者
-124 小时
+127 天
+15830 天
吸引订阅者
九月 '26
九月 '26
+74
在5个频道中
八月 '26
+793
在4个频道中
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 18 九月 | +1 | |||
| 17 九月 | 0 | |||
| 16 九月 | 0 | |||
| 15 九月 | +7 | |||
| 14 九月 | +2 | |||
| 13 九月 | +2 | |||
| 12 九月 | +3 | |||
| 11 九月 | +2 | |||
| 10 九月 | +4 | |||
| 09 九月 | +5 | |||
| 08 九月 | +18 | |||
| 07 九月 | +2 | |||
| 06 九月 | +2 | |||
| 05 九月 | +4 | |||
| 04 九月 | +7 | |||
| 03 九月 | +5 | |||
| 02 九月 | +8 | |||
| 01 九月 | +2 |
频道帖子
Aslida bunday oddiy ko‘ringan “ertalabki gazeta” tagida juda ko‘p integratsiyalar (boshqa ilovalar bilan ulanishlar) yotadi.
Kalendar, email, vazifalar, Notion yoki Google Drive’dagi fayllar, CRM, savdo raqamlari — AI bularni har xil joydan olib, sizga kerakli formatda bitta joyga yig‘ib beradi.
Buning uchun avval bitta savolga aniq javob berish kerak:
“Men har kuni qaysi ma’lumotlarni ochaman va nimani kuzataman?”
Masalan:
• Bugungi uchrashuvlarim
• Javob berishim kerak bo‘lgan xatlar
• Jamoaning kechagi natijalari
• Yangi leadlar
• Mijozlarning muammolari
• Bugungi eng muhim 3 ta vazifa
Shularni ajratib olsangiz, o‘zingiz uchun raqamli “morning brief” yasash mumkin. Hatto biznes egasi bo‘lsangiz, har kuni ertalab savdo, kassadagi pul, yangi zakazlar va kechikayotgan vazifalarni bitta qisqa hisobotda ko‘rishingiz mumkin.
Claude va ChatGPT app’larida bunga o‘xshash tayyor funksiyalar allaqachon bor — ular routines deyiladi. Lekin eng foydali variant — hamma uchun tayyor routine emas, aynan sizning ish tartibingizga moslangan routine bo'ladi.
Routine qanday ishlashini ko'rmoqchi bo'lsangiz allaqachon Youtubedagi videolarimda buni ko'rsatib berganman.
| 2 | Tasavvur qiling, har kuni ertalab uyg‘onasiz va sizga tayyor kunlik gazeta keladi.
Unda bugungi kalendaringiz, emaildagi muhim xatlar, kechagi ochiq qolgan vazifalar va sizga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan qisqa ma’lumotlar bitta joyda bo‘ladi.
Ya’ni ertalab uyg‘onib 10 ta app ochib, “bugun nima qilishim kerak edi?” deb qidirib o‘tirmaysiz. AI siz uyg‘onishingizdan oldin ma’lumotlarni yig‘ib, qisqa va tushunarli qilib tayyorlab qo‘yadi.
Menimcha, ertalab telefonni bekorga titkilamasdan, kunni aniq reja bilan boshlash uchun effektiv yechim.
Siz qog'oz ko'rinishidagi shunday kunlik “morning brief” ishlatgan bo‘larmidingiz? | 377 |
| 3 | Judayam ko‘pchilik haligacha AI o‘zining ishida yoki biznesida qanchalik ko‘p vaqt tejab berishini to‘liq tushunib yetgani yo‘q.
Masalan, bugun tadbirkorlar uchun AI Bootcampda o’qiyotgan o‘quvchim bilan kafeda 4–5 soat o‘tirib, uning tur agentligi uchun ancha katta ishni qilib tashladik.
Oldin u o‘nlab Telegram kanal va guruhlarni, yopiq guruhlarni, har xil tur agentliklari saytlarini bittalab ko‘rib chiqardi. Yangi turlarni qidirib, narxlarini solishtirib, keyin mijozlariga offer berardi.
Tasavvur qiling, bu ishni har kuni qayta-qayta qilish kerak.
Biz esa AI agentni uning Telegram akkauntiga uladik. Endi agent belgilangan vaqtda, kuniga deyarli 5 mahal, kerakli kanal va guruhlardan yangi turlarni yig‘adi. Har xil saytlardan ham ma’lumotlarni olib, hammasini bitta bazaga saqlaydi.
Keyin bu turlarni alohida dashboard orqali ko‘rish mumkin: qayerga, qaysi sanada, necha kunlik va qancha narxda ekanini.
Hali bu birinchi qismi.
Keyingi planda shu bazadagi ma’lumotlar asosida Instagram uchun avtomatik rasmlar tayyorlash, post matnlarini yozish va ularni Instagram’ga joylash tizimini qurmoqchi.
Ya’ni, oldin bir odamning kuniga kamida 3–4 soatini oladigan ishning katta qismini endi AI o‘zi bajaradi.
Bu yerda inson omili deyarli kamayadi. Odam faqat tekshirilishi yoki tasdiqlanishi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘radi va tasdiqlaydi.
Eng qizig‘i, buning ishlaydigan birinchi variantini 4–5 soat ichida qildik.
AI faqat savol berib, javob oladigan narsa emas. To‘g‘ri ishlatilsa, u biznesdagi takroriy ishlarni o‘ziga olib, har kuni bir necha soat vaqtingizni qaytarib beradi.
Endi o’zingizdan so’rab ko’ringchi, sizda mana shunday tartibga solinmagan va avtomatlashtirilmagan qancha holatlar bor? | 697 |
| 4 | GPT Astra 6 yordamida odamlar aqlbovar qilmas narsalarni yasashyapti.
Shubhasiz 3D taraflama bu model ancha ilgarilab ketdi.
GPTni eng oxirgi modeli qilib bergan websitelarni o’zingiz ko’rib baho bering. | 709 |
| 5 | Oldingizga bitta kofechani qo'yib olib ko'rish shart bo'lgan video
https://youtu.be/mFT926A6xUY?si=DDmWvGubz5-05erD | 10 208 |
| 6 | Oldingizga bitta kofechani qo'yib olib ko'rish shart bo'lgan video
https://youtu.be/mFT926A6xUY?si=DDmWvGubz5-05erD | 1 |
| 7 | Bugun o‘zim uchun to‘liq remote development muhitini yig‘ib oldim va laptop resurslariga bo‘lgan bog‘liqlikdan ancha qutuldim.
Oldin bir vaqtning o‘zida bir nechta Docker container, terminallar va AI agentlarni yurgizsam, MacBook qizib, RAM tez to‘lib qolardi. Eng yomoni — macimni yopishim bilan hamma jarayon uzilardi, caffeinate umuman variantmas edi, portlab ketay deyotgandi kompyuterim. Endi esa butun og‘ir yuk VPS’da aylanadi.
Nimalarni sozladim:
• Dokploy va Docker: Serverda containerlarni boshqarish va keyinchalik loyihalarni bir joydan oson deploy qilish uchun qulay boshqaruv paneli tayyor.
• T3 Code: To‘g‘ridan to‘g‘ri VPS’ga o‘rnatildi. Endi AI agentlar mening kompyuterimni qiynamay, serverning o‘zida kod yozadi va buyruqlarni bajaradi.
• Tailscale: MacBook, iPhone va VPS bitta xavfsiz private tarmoqda. Servislarni public internetga ochib o‘tirmay, hamma joydan to‘g‘ridan to‘g‘ri xavfsiz ulanish mumkin.
Eng zo‘r qulayligi — qurilmalar o‘rtasidagi uzluksizlik. Masalan, ko‘chada ketayotganda iPhone orqali T3 Code’ni ochaman:
• Serverdagi tasklar qanday ketayotganini ko‘raman;
• Agent qayerdadir to‘xtab, savol bersa javob beraman;
• Terminal buyrug‘i yoki o‘zgarishlarga ruxsat (approval) kerak bo‘lsa tasdiqlayman;
• Yoki shunchaki yangi task berib, telefonni cho‘ntakka solib qo‘yaman.
@mabrur_dev | 3 |
| 8 | AI bilan ishlashdagi va tizimlar qurishdagi eng katta sirni aytaman.
Claude yoki Chatgpt bilan 2 soatda bot yoki sayt yasab olib, o‘zini Stiv Jobs deb his qilayotganlar judayam ko'p.
Sizga yoqmaydigan haqiqatni aytaymi?
2 kunda yig‘ilgan mahsulotning bozordagi qiymati - 0 so‘m. Agar siz uni tajribasiz holda 48 soatda yasagan bo‘lsangiz, raqobatchingiz ham, mijozingiz ham xuddi shunday narsani 48 soatda yasay oladi. Sizda hech qanday eksklyuzivlik yo‘q.
Kod yozish osonlashgani biznes qurish osonlashdi degani emas. Biznes bu kod emas. Biznes - bu sotuv, mijoz ishonchi, distributsiya va operatsion tizim.
Hozir har ikkinchi odamning noutbugida 80% tayyor, lekin 1 tiyin ham daromad keltirmagan o'nlab loyihalar yotibdi. Zor brending, nom va motivi bor, lekin mijoz yo'q.
AI kuchini o'zingizga umuman begona bo'lgan yangi sohalarda xom ishlatishga sarflamang.
Uni amaldagi biznesingizdagi operatsiyaga yo‘naltiring: sotuv voronkasi, lidlarni saralash, ichki analitika va mijozlar bilan muloqotni avtomatlashtiring.
O‘zingiz tushunmagan sohada AI bilan noldan kompaniya qurishga urinish — vaqt va pulni axlatga tashlash bilan teng. Undan ko'ra, amaldagi biznesingizdagi kuchli tomoningizni 10 barobarga oshiring. | 2 182 |
| 9 | Yangi biznesingiz uchun sayt, CRM yoki mobil ilova boshlamoqchisiz, lekin dasturchi va dizaynerlarga tushuntirish uchun haftalab vaqt ketadimi?
Fikrni vizual ko‘rinishga keltirib, jamoaga ko‘rsatish va tasdiqlash uchun zo‘r yechim bor — pen.dev.
Buni soddaroq qilib aytganda: Figma + AI Agentlar.
Dizayner bo‘lishi shart emas:
Kompyuteringizga dasturni tekinga o‘rnatasiz.
ChatGPT yoki Claude akkauntingizni ulab qo‘yasiz.
Nima kerakligini oddiy so‘zlar bilan yozsangiz, o‘zi kerakli sahifalar va dizaynlarni chizib beradi.
Hosil bo‘lgan dizaynni jamoangizga ko‘rsatib, feedback olasiz va ortiqcha xarajat qilmasdan loyihani tezda sinab ko‘rasiz.
O‘zim deyarli har kuni ishlataman, biznes egalari va startapchilar uchun vaqtni tejashga ayni muddao. Sinab ko‘ring. | 928 |
| 10 | Claude eng kuchli modelini yangi versiyasini chiqardi.
Fable 5.1 benchmarklar bo'yicha Fable 5 dan ancha ustunroq va harajati bo'yicha 45% gacha arzonlashganini aytishyapti.
Claude Max obunasi borlar bo'lsa sinab ko'ringlar | 950 |
| 11 | Kontent yaratishni deyarli 100% avtomatlashtirdim.
Hozir Claude YouTube videolarimni o‘zi tahlil qilib, kerakli joylarini qirqib oladi, 2 xil variantda Reels/Shorts formatida montaj qiladi va Chatplace voronkasi bilan birga Instagram’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri probniyga post qiladi.
Buning ustiga butun ekotizimni (Instagram + YouTube + Telegram bot) yagona analitika dashboardiga bog‘laganman:
• Qaysi kontent ko‘proq ushlab qolyapti?
• Kimlar potensial xaridor (issiq lead)?
• Qaysi segmentga target yoqish kerak?
• Barchasini bitta joyda real-time ko‘rib turaman.
AI chiqargan montaj natijasini ko‘rib, o‘zingiz baho bering. Fikrlaringizni kutaman, videolarga layk esa har doimgidek algoritm uchun foydali:
1-variant: https://www.instagram.com/reel/DcjM-fgDPW_/?igsi=bTN0eTVyMXQxemdv
2-variant: https://www.instagram.com/reel/DcjLXiDk14O/?igsi=MWFpMDA4NGwyY2NxcQ== | 1 112 |
| 12 | O'zim uchun videolarni avtomatik montaj qilib beradigan shaxsiy yordamchi tizim yasab oldim. Bu asosan Claudeda ishlaydi.
Bu tizimda ikkita asosiy "ishchi" bor:
• 🎬 Fable (Rejissyor): Videoga qanday vizuallar qo'shish, qayerini qirqish va montaj uslubi qanaqa bo'lishini hal qiladi. Qisqasi, videoning chiroyli chiqishiga shu javobgar.
• 💻 Opus (Texnik): Rejissyor aytganini orqa fonda kod yozib, amalda bajarib beradi. Hamma qora mehnat shuning bo'ynida.
Bundan tashqari videolarim uchun pinterestni ulab qo'yganman.
Men o'zimga saqlab qo'ygan rasmlarni reference sifatida ishlatib, ha demak mana shu vizualda montaj qilishim kerak ekan deydi. Turli skillarni ishlatib, kerakli payt Magnific orqali video, rasm, musiqa yoki soundlar generatsiya qilishi mumkin, remotion bilan turli komponentlarga animatsiyalar qo'shadi.
Kecha uxlashga yotishdan oldin yordamchimga: "YouTube kanalimga kirib, menga 5 ta video kesib, montaj qilib tayyorlab qo'y" deb vazifa berib ketgandim. Ertalab kirib qarasam, natijalar umuman yomon emas.
Endi bu tayyor videolarni Instagramga "probniy"ga joylab, odamlarni YouTubega yo'naltirishni boshlaymiz. Qani, qanaqa effekt berarkan 🚀 | 1 232 |
| 13 | Bu rasmlarda esa biznesdagi qaysi ishlarni AI Agentga topshirgan ma'qulligi ko'rsatilgan.
Avtomatlashtirish eng katta samara beradigan zo'r keyslar | 1 117 |
| 14 | Bugun bootcampning 4-darsida tadbirkorlar bilan Hermes AI Agentlarini (xalq tilida Jarvis) bevosita biznesga moslab sozlashni o'rgandik.
Vazifa hammaga bitta: o'z ish jarayonlaridan kelib chiqib, shu AI yordamchiga kerakli dasturlarni ulash va ishni avtomatlashtirish.
Bugunning o'zidayoq ishtirokchilar ancha narsani tushunib yetishdi. Ayniqsa, xarajatlarni qisqartirish va texnologiyalardan aqlli foydalanish bo'yicha muhim narsalarni ko'rib chiqdik:
• Ortiqcha xarajatlarsiz ishlash: AI va turli dasturlarni tinimsiz ishlatish uchun $1000-$1500 ga qimmat kompyuter (Mac Mini) sotib olish shart emas. Oyiga atigi $6 turadigan ijaradagi virtual kompyuter (VPS) bilan ham xuddi shu ishni bemalol eplasa bo'ladi.
• Fayllarga istalgan joydan ulanish: Agar uydagi yoki ofisdagi kompyuteringizdan biror fayl, browser sessiyangiz kerak bo'lib qolsa, qanday qilib oddiy usulda (Tailscale orqali) xavfsiz kira olish sirlarini ko'rsatdim.
• Biznesingizning "ikkinchi miyasi" degan hayp: AI sizning biznesingiz haqida ko'proq ma'lumotlarni qanday eslab qolishi kerakligini. Shuningdek, sun'iy intellektdan nimalarni kutish kerak-u, qayerda ortiqcha xomxayolga berilmaslik kerakligini ochiq tushuntirdim.
Xullas, bugun axborot juda ko'p bo'ldi. Umid qilaman, hech kimning miyasi ortiqcha ma'lumotdan portlab ketmadi 😅
Va eng asosiysi — bu hali 4-dars, xolos. Bootcamp'ning eng zo'r va bizneslar uchun haqiqiy foyda beradigan qismlari hali oldinda.
Darsga shunchalik shong'ib ketganimizdan, jarayon payti rasmga olisham esdan chiqibdi. | 750 |
| 15 | Shu postga yana bir qo'shimcha.
Ko'pchilik "Qaysi AI kuchliroq? ChatGPTmi yoki Claude?" degan savol bilan ovora. Aslida tadbirkorlar umuman boshqacha savolni berishi kerak:
"Biznesimdagi qaysi bilim va jarayonlarni bugundan boshlab AI tushunadigan va ishlata oladigan holatga keltirishim mumkin?"
Bu uchun qayerdan boshlash kerak?
Hamma narsani birdaniga AIga o'tkazish shart emas. Boshida bitta jarayonni olib shu bilan boshlasangiz bo'ladi.
• Sotuv: Eng yaxshi sotuvchilaringiz mijoz bilan qanday gaplashadi? Qaysi e’tirozlarga qanday javob beradi? Bularni yig‘ib, AI uchun baza qiling.
• Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash: Mijozlarning 80% savollari bir xil. Javoblar va qoidalarni yozib boring. Keyinchalik AI mijozlarga birinchi bo‘lib xizmat ko‘rsatuvchi operatorga aylanadi.
• Kontent: Qaysi postlaringiz zo‘r ishladi? Qaysi mavzular va ohang auditoriyangizga yoqdi? Bularni AI uchun kontekstga aylantiring.
• Jamoa: Yangi xodim kelganda doim bir xil narsani qayta-qayta tushuntirasizmi? Jarayonlarni standartlashtirib boring. Keyin AI yangi xodimlarni o'zi o'qitadi.
Yangi AI chiqsa nima qilasiz?
Hozirdan boshlaganlarning eng katta ustunligi shunda. Ertaga yangi, 10 barobar kuchli model chiqqanda, siz hamma narsani noldan qurmaysiz. Siz shunchaki yangi, aqlli "miya"ni o‘zingizning tayyor tizimingizga (xotirangizga) ulab qo‘yasiz. Model yangi bo‘ladi, lekin unda sizning tayyor biznes kontekstingiz, tarixingiz va tajribangiz bo‘ladi.
Kelajakda ustunlik "kimda eng kuchli AI bor?" degan savolda emas. "Kim AI’ga o‘z biznesini yaxshiroq tushuntirib, uning atrofida tizim qurib ulgurgan?" - asosiy farq mana shu yerda bo‘ladi.
Shuning uchun, zo‘r model chiqishini kutib o‘tirmang. Bugunoq bitta jarayonni AI yordamida ishlashni boshlang!
Nima deb o'ylaysiz, siz hozir biznesingizda qaysi bo'limga AI ni qo'shib, yordamchi qilishingiz mumkin? Sotuvgami, marketingami, mijozlar bilan ishlashmi yoki boshqa joyigami?
AI o'rganmoqchi bo'lsangiz, shu kanalga o'ting. | 839 |
| 16 | AI’ni hozir ishlatayotgan tadbirkor nega bir yil keyin boshlaydiganlardan ancha oldinda bo‘ladi?
Tasavvur qiling: Bir yildan so‘ng juda kuchli, yangi AI modeli chiqdi. Siz ham, raqobatchingiz ham aynan bir xil modeldan foydalanyapsiz. Narx bir xil, imkoniyatlar bir xil. Lekin natijangiz umuman boshqacha bo‘ladi. Nega?
Chunki siz AI bilan bir yil ishlagansiz, raqobatchingiz esa endi boshlayapti. Va bu yerda gap shunchaki "men to‘g‘ri prompt yozishni bilaman" degan ustunlik haqida emas. Gap kontekst va baza haqida.
O'sha kuchli model chiqishini kutish mumkin, lekin biznesdagi kontekstni, malumotlarni yig‘ib bo‘lmaydi.
Ko‘p tadbirkorlarda shunday xato fikr bor:
"Hali erta. O'zim o'rganib nima qilaman. Bir yil kutaman, AI yanada kuchayganda, xatosiz ishlaganida boshlayman."
Bu xuddi bo‘m-bo‘sh CRM tizimini sotib olib, mo‘jiza kutishga o‘xshaydi. Ikki kompaniyaga bir xil CRM berdik deylik. Birida bir yillik mijozlar tarixi, yozishmalar va savdolar bazasi bor. Ikkinchisida esa dastur endi o‘rnatilgan, ichi bo‘m-bo‘sh. Qaysi biri ko‘proq foyda keltiradi? Albatta, birinchisi. AI bilan ham xuddi shunday.
Agar bugundan AI bilan ishlasangiz, vaqt o‘tishi bilan unda biznesingiz haqida ulkan baza yig‘iladi:
Mijozlaringiz aslida nimani xohlaydi?
Qaysi takliflar va argumentlar yaxshi ishlaydi?
Sotuvdagi asosiy e’tirozlar va ularga eng yaxshi javoblar qanday?
Kontentda qaysi uslub sizning auditoriyangizga mos?
Shu uchun siz AI'ga "xotira" berishingiz kerak.
Masalan, men agentlarimni faqat vazifani bajaradigan qilib qo‘ymaganman. Ular o'zi qilgan xatolarni, ishlash jarayonini ham yozib boradi:
• vazifani qanday bajardik;
• qaysi yo‘l ishladi;
• qaysi yo‘l ishlamadi;
• qayerda xato qildik;
• keyingi safar qanday yaxshiroq qilish mumkin.
Keyin men agentga mana shunga o'xshash so'rovlar yubora olaman:
“Oldingi ishlarimizni ko‘rib chiq. Men senga vazifalarni qanday bersam, yaxshiroq natija olaman?”
Vaqt o‘tishi bilan AI meni o‘rganadi, men esa AI bilan qanday ishlashni o‘rganaman. Biz bir-birimizga moslashib boramiz.
AI'dan faqat bir martalik vazifa bajarish uchun foydalanmang. Unga feedback (qilgan xatosiga javob va tuzatishlar) bering. "Biz mijoz bilan bunday gaplashmaymiz", "Narxni boshida emas, oxirida ayt" deb o‘rgatib borsangiz, AI oldingi tajribaga tayanadi. U shunchaki internetdagi ma’lumotlarni biladigan robotdan, sizning biznesingiz qanday ishlashini tushunadigan shaxsiy yordamchiga aylanadi.
Tadbirkorlar uchun AI & Avtomatizatsiya o'rgatadigan kanal bu yerda | 905 |
| 17 | Ayolimni Uzum magazini bor, chatgpt desktop app bilan bir dunyo javob yozilmagan izohlarga javob yozdirishni o'rgatib berdim.
Ayolim endi otchotlarni, analitika va raqobatchilari analizlarini chatgpt bilan birga qilishni biladi.
Endi bolaga qarab yurgan paytida ovoz bilan gaplashib, ishlarini qildirib o'tiraveradi😅
Haliyam chatgpt desktopini ishlatmayotgan bo'lsanglar, bugunoq o'rnatib ishlatinglar | 4 836 |
| 18 | Tepadagi audioda aytgan caseimni isboti | 1 082 |
| 19 | 语音消息 | 1 034 |
| 20 | Shaxsiy yoki do‘stlaringiz bilan ochgan Telegram guruhiga har qanday botni qo‘shishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
Muhim narsani unutmang: botga berilgan ruxsatlarga qarab, bot guruhdagi xabarlar va yuborilayotgan ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin.
Botni yaratgan odam yoki uning tokeniga kirish huquqi bor istalgan kishi, guruhga kelayotgan har qanday ma’lumotlarni texnik jihatdan o‘qishi va saqlashi mumkin.
Shuning uchun shaxsiy yozishmalar bor guruhlarga ishonchsiz yoki kim yaratgani noma’lum botlarni qo‘shmagan ma’qul
@mabrur_dev | 1 |
