fa
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

رفتن به کانال در Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 702
مشترکین
-624 ساعت
-587 روز
-1 73630 روز
آرشیو پست ها
#ob_havo 📆 Bugun 18-iyun, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from OQ BOʻRI
Президентимиз 18 июнь куни барча давлат ташкилотларида иш вақтини соат 10:00 да бошланишини белгилаб бердилар.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri

👍 “Fayzli” mahallasida transformator mukammal ta’mirlandi 🇺🇿 Yangihayot tumanida aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda. 👆 Xususan, bugun “Fayzli” mahallasida elektr ta’minoti tizimini yanada yaxshilash maqsadida hududdagi transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur ehtiyot qismlar yangilandi hamda uskunalarning barqaror ishlashi ta’minlandi. 🎬 Jarayonlar videomizda 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. — Состоялась встреча с делегацией Китайской Народной Республики. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

💩Toshkentdan olib chiqilayotgan chiqindilarning deyarli yarmi — belgilanmagan joylarga tashlangan chiqindilardir. 📊Tegishli xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, bunday chiqindilar shahardan har kuni olib chiqiladigan umumiy chiqindi hajmining qariyb 40 foizini tashkil etadi. 🚧Bu faqat tozalik masalasi emas. Bu — obodonlashtirish xodimlarining vaqti, kuchi va resurslari degani. Aslida bu kuch ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlar, gulzorlar, ariqlar, ko‘chalar va jamoat joylarini parvarishlashga yo‘naltirilishi kerak edi. 🗑Yo‘l chetiga, hovliga, yo‘lakka yoki konteyner yoniga tashlab ketilgan har bir chiqindi — shaharni toza saqlash uchun har kuni mehnat qilayotgan insonlarga qo‘shimcha yukdir. 🚮Aholimizni Toshkentni asrashga, shahar xizmatlari mehnatini qadrlashga va chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlashga chaqiramiz. ♥️Toza shahar faqat tozalashdan emas, har birimizning munosabatimizdan boshlanadi. — 💩Почти половина отходов, вывозимых из Ташкента, — это мусор, выброшенный в неположенных местах. 📊По данным профильных служб, такие отходы составляют около 40% от общего объёма мусора, который ежедневно убирают и вывозят городские службы. 🚧Это не просто вопрос чистоты. Это время, силы и ресурсы сотрудников благоустройства, которые могли бы быть направлены на озеленение, уход за деревьями, цветниками, арыками, улицами и общественными пространствами. 🗑Каждый пакет, оставленный у дороги, во дворе, на тротуаре или рядом с контейнером, — это дополнительная нагрузка на людей, которые каждый день делают город чище. 🚮Призываем жителей беречь Ташкент, уважать труд городских служб и выбрасывать мусор только в установленных местах. ♥️Чистый город начинается не с уборки. Он начинается с отношения каждого из нас. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz in
Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi tashkil etilayotganini o‘z vaqtida qabul qilingan qaror sifatida baholadi. Bozor qanchalik katta va qoidalar qanchalik uyg‘un bo‘lsa, mintaqa davlatlariga sarmoyalar oqimi shuncha ko‘payadi. Shu ma’noda, bu muhim tashabbus kelgusida umumiy investitsiya makonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.
Biz uchun investitsiya bu faqatgina iqtisodiy resurs emas, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va tajribalar, yangi ish o‘rinlari va davr bilan hamnafas taraqqiyot demakdir. Har qanday buyuk orzu va niyatni hayotga to‘la tatbiq etishda asosiy hamkor, hech shubhasiz, ezgu niyatli investorlar, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois, diyorimizga katta ishonch va g‘oyalar bilan kelayotgan xorijiy sarmoyadorlarga Yangi O‘zbekistonning eshiklari hamisha ochiq. Prezident sifatida shaxsan o‘zim va Hukumatimiz yoningizda yelkadosh bo‘lishga doim tayyormiz. Toshkent investitsiya ruhi barchangizni mamlakatimizga doim chorlab turishiga, umumiy muvaffaqiyat ramziga aylanishiga ishonaman. Yurtimizning go‘zal tabiati, betakror madaniyati va olijanob xalqimizning mehmondo‘st qalbi esa do‘stligimizni mustahkamlash uchun o‘ziga xos investitsiya bo‘lishiga aminman”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida. Facebook|Instagram|X

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xus
So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda. Xususan, o‘tgan besh oyda yurtimizga xorijiy turistlar oqimi 27 foizga o‘sib, 5,5 millionni tashkil etdi. Umuman, O‘zbekistonda har yili 15-20 million chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularga yiliga kamida 15 milliard dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatish salohiyati bor. Prezidentimiz investorlar turizm durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva bilan bir qatorda boshqa hududlarimizda ham sayyohlik sohasiga faol sarmoya kiritishiga umid bildirdi. Shu bilan birga, an’anaviy qishloq xo‘jaligini ilg‘or agrobiznes tarmog‘iga aylantirish bo‘yicha ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston dunyoning 70 dan ortiq davlatiga yiliga 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilib, o‘z brendiga ega bo‘ldi.
“Bugungi anjumanda bizning 14 ta hudud rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Marhamat, ular bilan birgalikda viloyatlarga borib, yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishing. Boy tajribangiz, texnologiya va sarmoyangiz bilan o‘zaro manfaatli loyihalarda faol ishtirok eting. Bu jarayonlarda barcha hokimlar sizlarning yoningizda turib, yaqindan ko‘mak beradi va har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo
Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish. Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo bozorlariga chiqish katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liq va butun jahonga ochiq bo‘lgan katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda. Jumladan, Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda strategik temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, janubiy dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradigan Transafg‘on koridori loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “O‘rta koridor” transport yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda. Ushbu loyihalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish evaziga O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘laydigan transport magistrallar tarmog‘iga qo‘shiladi. O‘zbekistonda transport-logistika yo‘nalishida qator megaloyihalar ham boshlangan. Masalan, saudiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilmoqda. Investorlar forum doirasida taqdim etilayotgan tezyurar avtomobil yo‘llarini barpo etish, ko‘p funksiyali logistika markazlari va “quruq portlar”ni qurish kabi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan
Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi. Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi. Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi. Facebook|Instagram|X

Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro
Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi. Unda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, investitsion mediatsiya tizimi ham rivojlantiriladi. Bu borada O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida. Ushbu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida kafolatlangan xalqaro huquqiy himoyaga ega bo‘ladi. Prezidentimiz barchani bunday shart-sharoitlardan, shakllanayotgan yangi ekotizim imkoniyatlaridan unumli foydalanishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X

Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya fo
Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling. — Скоро в Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума. Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katt
📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katta ekranlarda birgalikda ko‘rishga nima deysiz?! 🏆 Gap shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari “Index Broadway” hududida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. 🏆 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlari quyidagi sana va vaqtlarda bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan): 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⚽️ 18-iyun | 07:00 🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 23-iyun | 22:00 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 28-iyun | 04:30 🪇 Terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Barchangizni “Index Broadway” hududida kutib qolamiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 17-iyun, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katt
📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katta ekranlarda birgalikda ko‘rishga nima deysiz?! 🏆 Gap shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari “Index Broadway” hududida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. 🏆 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlari quyidagi sana va vaqtlarda bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan): 🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴 ⚽️ 18-iyun | 07:00 🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 23-iyun | 22:00 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 28-iyun | 04:30 🪇 Terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Barchangizni “Index Broadway” hududida kutib qolamiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🧠 Toshkent global investitsiyalar markaziga aylandi 📈Bugun poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi – TXIF-2026 o‘z ishini boshladi. 18-iyunga qadar davom etadigan forum kunlarida Toshkent dunyoning yirik investorlari va biznes yetakchilarini qabul qiladi. 🏆 Forumning eng muhim raqamlari: • 100 ta davlatdan 3 423 ta delegat; • 8 000 nafardan ortiq ishtirokchi; • 42 trillion dollar aktivlarni boshqaruvchi kompaniya va investitsiya institutlari vakillari. 🔺Forumda BlackRock, JPMorgan Chase, Citibank, Visa, Meta, BP, Masdar, ACWA Power, Airbus, Mitsubishi Heavy Industries, DP World kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etmoqda. 📈 Uch kun davomida yashil energetika, sun’iy intellekt, transport-logistika, sanoat va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari va hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. ➡️Forumning ilk kunidagi muhit, uchrashuvlar va xalqaro delegatsiyalar ishtirokidagi jarayonlarni videoda tomosha qilishingiz mumkin. ⸻ 🧠 Ташкент стал глобальным инвестиционным центром 📈Сегодня в столице начал работу Ташкентский международный инвестиционный форум — ТМИФ-2026. В дни форума, который продлится до 18 июня, Ташкент принимает крупных инвесторов и бизнес-лидеров со всего мира. 🏆 Ключевые цифры форума: • 3 423 иностранных делегата из 100 стран; • более 8 000 участников; • представители компаний и инвестиционных институтов, управляющих активами на 42 триллиона долларов. 🔺В форуме принимают участие руководители ведущих мировых компаний, таких как BlackRock, JPMorgan Chase, Citibank, Visa, Meta, BP, Masdar, ACWA Power, Airbus, Mitsubishi Heavy Industries, DP World и других. 📈 В течение трёх дней будут обсуждаться крупные инвестиционные проекты и вопросы сотрудничества в сферах зелёной энергетики, искусственного интеллекта, транспортно-логистической отрасли, промышленности и цифровой экономики. ➡️Атмосферу первого дня форума, встречи и процессы с участием международных делегаций смотрите в видео. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi y
⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin. Yangi imkoniyatning asosiy afzalliklari: 🟢Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi; 🟢Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi; 🟢Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi. “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling! 👉 yoshlar.gov.uz

E-auksion.uz savdo platformasidan Yangihayot tumani "Yangi Gulzor" MFY hududidan mulk huquqi asosida chiqarilgan "Yakka tarti
E-auksion.uz savdo platformasidan Yangihayot tumani "Yangi Gulzor" MFY hududidan mulk huquqi asosida chiqarilgan "Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun" mo'ljallangan bo'sh turgan yer uchastkalarini sotib oling! Batafsil: 🔷 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23730919 🔷 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23737667 🔷 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23737668 🔷 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23737669 🔷 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23804587 🔷 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23867629 P.S. 12 oyga bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!!! Izoh: 15 ish kunida qiymati to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma qo'llaniladi!!! Ma'lumot olish uchun: ☎️ (71) 202 21 11 Telegram | Facebook | Instagram |Youtube

🇺🇿 Yangihayotda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi 👆 Bugun Yangihayot tumani hokimi Toshken
+3
🇺🇿 Yangihayotda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi 👆 Bugun Yangihayot tumani hokimi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi hududida “Hong Kong Iceberg Investment Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 👍 Uchrashuv davomida tuman hokimi va kompaniya vakillari o‘rtasida hududda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida zamonaviy korxona tashkil etish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. 👍 Muzokaralar yakunida qiymati 8,4 mln AQSh dollari bo‘lgan qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotda metallni qayta ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi “Yangi Avlod” m
+4
🇺🇿 Yangihayotda metallni qayta ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida “Tashkent Haihong Steel Pipe Industry” kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. 👆 Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, hududda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish hamda sanoat sohasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, Yangihayot tumanining investitsion salohiyati, sanoat zonalarida yaratilgan qulay shart-sharoitlar va xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 📌 Muzokaralar yakunida qiymati 50,0 mln AQSh dollari bo‘lgan metallni qayta ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotda yangi zamonaviy logistika markazi ish boshlaydi 👍 So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Yangihay
+5
🇺🇿 Yangihayotda yangi zamonaviy logistika markazi ish boshlaydi 👍 So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Yangihayot tumani hududida tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonalari hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlar yangi biznes loyihalarining amalga oshishiga va xorijiy investorlar e’tiborining ortishiga xizmat qilmoqda.
👍 Ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi faol hamkorlik va muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Xususan, bugun tuman hokimi Turkiyaning “Aysel Mimarlik Taahhut Sanayi Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👍 Uchrashuv davomida tuman hokimi xorijiy investorlar bilan muloqot qilib, ularga tumanning investitsion salohiyati, sanoat zonalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 👍 Uchrashuv yakunida “Zamonaviy logistika markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site