Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
رفتن به کانال در Telegram
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
4 702
مشترکین
-624 ساعت
-587 روز
-1 73630 روز
آرشیو پست ها
+3
🇺🇿 Yangihayotda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
👆 Bugun Yangihayot tumani hokimi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi hududida “Hong Kong Iceberg Investment Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
👍 Uchrashuv davomida tuman hokimi va kompaniya vakillari o‘rtasida hududda qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida zamonaviy korxona tashkil etish, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
👍 Muzokaralar yakunida qiymati 8,4 mln AQSh dollari bo‘lgan qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+4
🇺🇿 Yangihayotda metallni qayta ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi
📍 Bugun Yangihayot tumani hokimi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida “Tashkent Haihong Steel Pipe Industry” kompaniyasi vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
👆 Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, hududda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish hamda sanoat sohasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, Yangihayot tumanining investitsion salohiyati, sanoat zonalarida yaratilgan qulay shart-sharoitlar va xorijiy investorlar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
📌 Muzokaralar yakunida qiymati 50,0 mln AQSh dollari bo‘lgan metallni qayta ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+5
🇺🇿 Yangihayotda yangi zamonaviy logistika markazi ish boshlaydi
👍 So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Yangihayot tumani hududida tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonalari hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlar yangi biznes loyihalarining amalga oshishiga va xorijiy investorlar e’tiborining ortishiga xizmat qilmoqda.
👍 Ayni kunlarda Yangihayot tumanidagi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasi faol hamkorlik va muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Xususan, bugun tuman hokimi Turkiyaning “Aysel Mimarlik Taahhut Sanayi Ticaret Limited Şirketi” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.👍 Uchrashuv davomida tuman hokimi xorijiy investorlar bilan muloqot qilib, ularga tumanning investitsion salohiyati, sanoat zonalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 👍 Uchrashuv yakunida “Zamonaviy logistika markazini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston va Albaniya Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Президенты Узбекистана и Албании провели переговоры.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#OʻsishNuqtasi
#ТочкаРоста
🇺🇿 “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi soni — “Broko” korxonasi haqida!
👍 Yaqinda faoliyatini boshlagan “Broko” korxonasi bugungi kunda 20 ga yaqin turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarib, qisqa fursatda o‘z o‘rnini topib bormoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorda, balki bir qator xorijiy davlatlarda ham xaridorgir.
👍 Videoni tomosha qilib, korxonaning bugungi faoliyati, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va yangi imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi
_______
🇺🇿 Очередной выпуск проекта "Точка роста" посвящен предприятию "Броко"!
👍 Предприятие "Броко," недавно начавшее свою деятельность, в настоящее время производит около 20 видов кондитерских изделий и за короткий срок успешно занимает свою нишу на рынке. Продукция, выпускаемая предприятием, пользуется спросом не только на внутреннем рынке, но и в ряде зарубежных стран.
👍 Посмотрев видео, вы сможете получить подробную информацию о текущей деятельности предприятия, его целях и новых возможностях.
👍 Янгихаётский район - точка роста высокотехнологичной промышленности и логистики
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+5
🇺🇿 Xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
👍 Bugun Yangihayot tumani hokimi “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida bir guruh xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
📌 Uchrashuv davomida tuman hokimi "Greenland Hong Kong" kompaniyasi vakillari bilan muloqot qilib, ularga tumanning investitsion salohiyati, sanoat zonalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
👆 Shuningdek, tomonlar hududda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari hamda sanoat zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Bir jamoa — bir yurt — bir maqsad!
Bugun O‘zbekiston terma jamoasini har kuni Toshkentni yanada obod, yorug‘, xavfsiz va qulay qilishga xizmat qilayotgan insonlar qo‘llab-quvvatlamoqda.
—
Одна команда — одна страна — одна цель!
Сегодня сборную Узбекистана поддерживают те, кто каждый день делает Ташкент чище, светлее, безопаснее и удобнее для жителей.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat uchun muhim minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам развития сырьевой базы критически важных для промышленности минералов и производства продукции с высокой добавленной стоимостью.
#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #muhimminerallar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ish_qidiryapsizmi
🇺🇿 Tumanimizda joylashgan tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishing.
👍 Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tumani bo‘limi:
👍 Lavozim: "Charogʻon" mahallasi yoshlar etakchisi
Ariza topshirish
👍 Yangihayot tumani hokimligi:
👍 Lavozim: Yangihayot tumani hokimligi uy-joy-kommunal xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i
Ariza topshirish
👍 Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo’mitasi Toshkent shahar Yangihayot tumani boʻlimi:
👍 Lavozim: Xo'jalik mudiri
Ariza topshirish
👍 Lavozim: Sanitariya vrachi
Ariza topshirish
👍 Lavozim: Epidemiolog vrach
Ariza topshirish
👍 72-sonli oilaviy poliklinika:
👍 Lavozim: Pediatr shifokori
Ariza topshirish
👍 Lavozim: Terapevt shifokori
Ariza topshirish
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🔔 Hurmatli tumandoshlar!
🌧 Havo haroratining oʻzgarishi natijasida kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Buning natijasida daraxt va shoxlar sinishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi mumkin.
❗️Barchangizdan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmasligingizni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishlaringizni soʻraymiz. Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.
☎️ Favqulodda holatlarda 1050 va 1055 raqamlariga qoʻngʻiroq qiling.
***
🔔 Уважаемые жители района!
🌧 В ближайшие дни в столице ожидаются сильный ветер, а также, изменение температуры воздуха. В результате чего могут сломаться ветки и деревья, а неустойчивые конструкции могут не выдержать напора ветра.
❗️ Просим вас в условиях сильного ветры не покидать помещения, парковать автомобили вт безопасные места, подальше от деревьев и неустойчивых конструкций. Берегите себя и своё имущество от несчастных случаев.
☎️ В случае возникновения чрезвычайных ситуаций звоните по номерам 1050 и 1055.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#OʻsishNuqtasi
🇺🇿 “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi soni — “Perfect Leader Electrical” MCHJ haqida!
🎹 Yangihayot tumanida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat zonalari bugun yirik investitsion loyihalarni hayotga tatbiq etish bilan birga, korxonalar rivoji uchun ham mustahkam zamin yaratmoqda.
👍 “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi sonida sizni jadal rivojlanib borayotgan “Perfect Leader Electrical” MCHJ faoliyati bilan tanishtiramiz. Bugungi kunda mazkur korxona “Dusel” brendi ostida nafaqat ichki, balki xorijiy bozorlarga ham raqobatbardosh elektr texnika mahsulotlarini taklif etmoqda.
👍 Ushbu videoda korxonaga yo‘naltirilgan investitsiyalar, ishlab chiqarish hajmi, yaratilgan yangi ish o‘rinlari hamda eksport yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.
👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi
______
#ТочкаРоста
🇺🇿 Очередной выпуск проекта "Точка роста" посвящен ООО "Perfect Leader Electrical"!
🎹 Промышленные зоны, созданные по инициативе главы нашего государства в Янгихаётском районе, сегодня не только реализуют крупные инвестиционные проекты, но и создают прочную основу для развития предприятий.
👍 В следующем выпуске проекта "Точка роста" мы познакомим вас с деятельностью быстро развивающегося ООО "Perfect Leader Electrical." Сегодня это предприятие под брендом "Dusel" предлагает конкурентоспособную электротехническую продукцию не только на внутреннем, но и на внешних рынках.
👍 В этом видео мы предоставим подробную информацию об инвестициях, направленных на предприятие, объемах производства, созданных новых рабочих местах и направлениях экспорта.
👍 Янгихаётский район - точка роста высокотехнологичной промышленности и логистики
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🇺🇿 Yangihayotda “Food Fest” festivali bo‘lib o‘tdi
🖼 Festival davomida tashrif buyuruvchilar turli milliy va zamonaviy taomlar bilan yaqindan tanishdi. Tadbir maydonidagi xilma-xil taomlar, bayramona muhit va ko‘ngilochar dasturlar yig‘ilganlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
🖼 Shuningdek, ushbu tadbir aholi uchun mazmunli hordiq chiqarish, gastronomik madaniyatni targ‘ib etish hamda bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qildi.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
🤩 Ajoyib oqshom, sahnada porlagan yulduz san’atkorlar, ularning ijrosiga jo‘r bo‘layotgan yangihayotliklar, yuqoridan zavq bilan tomosha qilayotgan bolajonlar hamda bayramdan olgan iliq taassurotlarini o‘rtoqlashayotgan aholi — bularning barchasi Yangihayotda o‘zgacha ruhda o‘tgan yulduzli kechaning betakror muhitini yorqin ifodalaydi.
😎 Agar ushbu konsert dasturida ishtirok eta olmagan bo‘lsangiz, hech xavotir olmang — ushbu videoni tomosha qilib, kechaning qaynoq muhitini o‘zingiz ham his etishingiz mumkin.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿🇺🇸Donald Tramp O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan taklif etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampni tavallud kuni munosabati bilan tabriklab, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollariga alohida to‘xtaldi.
Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida AQSH bilan o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
“Bugun O‘zbekiston – AQSH aloqalari har qachongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etayotgani ayni haqiqatdir”, – deyiladi maktubda.Prezidentimiz O‘zbekiston ochiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida AQSH bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Donald Trampning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarini yuksak baholab, xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik bundan buyon ham yangi amaliy natijalar bilan boyib borishiga ishonch bildirdi.✅ Strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida Prezidentimiz amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🥳 Yangihayotda “DXX kubogi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
🇺🇿 Kuni kecha Yangihayot tumanida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sport musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
👍 Tantanali tadbirda tuman hokimi va mas’ul rahbarlar ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarni qutladi. G‘olib jamoalarga medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan jamoalarga kubok topshirilib, ularga musobaqaning keyingi bosqichlarida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
🇺🇿 Tadbir davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Olg‘a, O‘zbekiston!” shiori ostida aksiya ham tashkil etildi.
🎬 Videoni tomosha qiling va taqdirlash marosimidagi unutilmas lahzalarni siz ham his eting.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
