ch
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

前往频道在 Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

显示更多
未指定国家未指定类别
4 704
订阅者
-824 小时
-217 天
-1 69330 天
帖子存档
✊🏻Olg‘a, Oq bo‘rilar! 🇺🇿 Bugun Yangihayotliklar milliy terma jamoamizni oxirigacha qo‘llab-quvvatladi. Futbolchilarimiz ma
+6
✊🏻Olg‘a, Oq bo‘rilar! 🇺🇿 Bugun Yangihayotliklar milliy terma jamoamizni oxirigacha qo‘llab-quvvatladi. Futbolchilarimiz maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga soldi. ⚽️ Biz jamoamizga ishonamiz va keyingi uchrashuvlarda ularga omad tilaymiz. Ishonamizki, O‘zbekiston terma jamoasi hali ko‘plab yorqin g‘alabalar va unutilmas lahzalarni xalqimizga tuhfa etadi. ⚽️ Keyingi o‘yinlarda omad yor bo‘lsin, Pley-off sari olg‘a! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotliklar siz bilan! ⚽️ Bugun terma jamoamiz Jahon chempionatining eng kuchli jamoalaridan biri — Portugaliyaga q
🇺🇿 Yangihayotliklar siz bilan! ⚽️ Bugun terma jamoamiz Jahon chempionatining eng kuchli jamoalaridan biri — Portugaliyaga qarshi maydonga tushdi. ✔️ Natija og‘ir bo‘ldi. Ammo futbol faqat hisobdan iborat emas. Bu o‘yin futbolchilarimiz uchun katta tajriba, kelajakdagi yutuqlar sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. 🇺🇿 Milliy terma jamoamiz futbolchilariga shuni aytmoqchimiz: boshingizni egmang! Sizlar tarixiy natijaga erishib, O‘zbekistonni Jahon chempionati maydoniga olib chiqqan avlodsiz. ✊🏻 Bugungi mag’lubiyat ertangi g‘alabalar uchun saboq bo‘ladi. Biz sizlarga ishonamiz, sizlar bilan faxrlanamiz va har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlaymiz. 🇺🇿 Yangihayot tumani hokimligi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Bugun natija emas, tajriba gapirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi uchrashuvda 0:5 hisobida imkon
🇺🇿 Bugun natija emas, tajriba gapirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga qarshi uchrashuvda 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu oson o‘yin bo‘lmadi. Maydonda jahon futbolining eng kuchli jamoalaridan biri, katta turnirlar tajribasiga ega Portugaliya terma jamoasi bor edi. Bunday raqib bilan o‘yin har bir xato qanchalik qimmatga tushishini, yuqori darajadagi futbol qanday tezlik va aniqlik talab qilishini ko‘rsatadi. Bugungi hisob og‘ir. Buni yashirish kerak emas. Ammo Jahon chempionati shunday maydonki, unda faqat g‘alaba emas, saboq ham katta ahamiyatga ega. Muhimi, bu yo‘l davom etadi. Bizning futbolchilarimiz bunday uchrashuvlardan kuchliroq, tajribaliroq va yanada tayyor bo‘lib chiqadi. Bugun stadionda, ekran qarshisida, har bir mahallada jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat. O‘zbekiston terma jamoasi — bizning jamoamiz. Natijadan qat’i nazar, biz birgamiz. 🇺🇿 — 🇺🇿 Сегодня был тяжёлый вечер для всех, кто болеет за Узбекистан. Матч с Португалией завершился поражением нашей сборной — 0:5. Это тот случай, когда счёт говорит многое, но не всё. На поле была команда мирового уровня — с огромным опытом, высоким темпом и игроками, которые годами выступают на крупнейших футбольных аренах. Для нашей сборной это болезненный, но важный опыт. Такие матчи показывают, где мы находимся, над чем нужно работать и какой уровень ждёт команду на чемпионате мира. Проигрывать неприятно. Особенно с таким счётом. Но путь национальной команды не измеряется одним матчем. Он складывается из побед, ошибок, тяжёлых вечеров и выводов, которые нужно сделать после них. Спасибо футболистам за борьбу. Спасибо болельщикам — за поддержку, которая сегодня была особенно нужна. Мы гордимся тем, что Узбекистан играет на этом уровне. И остаёмся рядом с нашей сборной — не только когда легко, но и когда тяжело. 🇺🇿 YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#FutbolVaqti 🤩 Jarayonni yangihayotliklar katta hayajon bilan kuzatishmoqda. ⚽️ Gol urilishiga deyarli bir qadam qolgandi. ✊🏻 Bo’sh kelama, Oq bo’rilar, hali o’yin oldinda! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#FutbolVaqti 🤩 O’yin boshlanmoqda ⚽️ Olg’a O’zbekiston! 😎 Olg’a Oq bo’rilar! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#FutbolVaqti Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi tarixiy uchrashuvi — 🇺🇿O‘zbekiston-Portugaliya 🇵🇹 o‘yinini qayerda tomosha qilasiz?
Anonymous voting

Repost from OQ BOʻRI
Президент Шавкат Мирзиёев футболчиларимизга омад тилади.
✈️Бизни кузатинг
🫥Oq boʻri

🇺🇿 Soliq tizimidagi yangilanishlar tadbirkorlarga qulaylik yaratmoqda ✔️ Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi rahbariyati t
+3
🇺🇿 Soliq tizimidagi yangilanishlar tadbirkorlarga qulaylik yaratmoqda ✔️ Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi rahbariyati tomonidan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot va savol-javob uchrashuvi tashkil etildi. ✅ Tadbir davomida Prezidentimizning 100-sonli Farmonida belgilangan yo‘nalishlar, soliq ma’murchiligini yanada soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 👍 Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davlat organlari hamda tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#XalqFikri 🤩 Bugun millionlab muxlislar uchun tarixiy kun. ⚽️ Bir tomonda — jahon futbolining mashxurlaridan biri Portugaliya, ikkinchi tomonda esa ilk bor Jahon chempionati maydoniga chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasi. 🤓 Ko‘pchilikni bir savol qiziqtirmoqda: futbolchilarimiz sensatsiya yaratishadimi? ❓ Shahrimiz aholisi va mehmonlari ushbu muhim bahs oldidan qanday kayfiyatda? Ular terma jamoamizning imkoniyatlarini qanday baholamoqda? O‘yinni qayerda tomosha qilishni rejalashtirishgan? Va eng muhimi, tarixiy Jahon chempionatidagi ishtirokimiz ularda qanday faxr va hayajon uyg‘otmoqda? 👍 Ushbu so‘rovnomamiz orqali muxlislarning bugungi o‘yin haqidagi eng qiziqarli fikrlari, dadil taxminlari va O‘zbekiston futboli tarixidagi unutilmas sahifaga munosabatlarini bilib olamiz. ______ #МнениеНарода 🤩 Сегодня исторический день для миллионов болельщиков. ⚽️ С одной стороны — Португалия, один из титанов мирового футбола, а с другой — национальная сборная Узбекистана, впервые вышедшая на поле чемпионата мира. 🤓 Многих интересует один вопрос: сотворят ли наши футболисты сенсацию? ❓ Какое настроение у жителей и гостей нашего города перед этим важным матчем? Как они оценивают шансы нашей сборной? Где они планируют смотреть игру? И самое главное, какую гордость и волнение вызывает в них наше участие в историческом чемпионате мира? 👍 В этом опросе мы узнаем самые интересные мнения болельщиков о сегодняшней игре, их смелые прогнозы и отношение к этой незабываемой странице в истории узбекского футбола. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

⛔️ "Пенсиянгизни ошириб бераман", деган гап ҳар доим ҳам яхшиликка олиб келмайди. ❌ Воситачиларга ишонманг! 📞 Шубҳали ҳолатларда 1271 ишонч телефонига мурожаат қилинг. 🛡 Пенсия масаласида бегона одамларнинг ваъдаларига эмас, расмий манбаларга ишонинг. Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katt
📣 Hurmatli yangihayotliklar va futbol ixlosmandlari! ⚽️ Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi uchrashuvlarini katta ekranlarda birgalikda ko‘rishga nima deysiz?! 🏆 Gap shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari “Index Broadway” hududida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi. 🏆 Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchrashuvlari quyidagi sana va vaqtlarda bo‘lib o‘tadi (Toshkent vaqti bilan): 🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 23-iyun | 22:00 🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿 ⚽️ 28-iyun | 04:30 🪇 Terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik! Barchangizni “Index Broadway” hududida kutib qolamiz! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Qadrli yoshlar! ⚡️30-iyun kuni soat 19:00 da sizlarni Toshkent shahri, Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar kuni” galakonsertiga taklif etamiz. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va yutuqli sovrinlarni qo‘lga kiriting. ✔️ Ro‘yxatdan o‘tish Ishtirokchilar uchun quyidagi manzillarda bepul avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi: Barcha yoshlarni kutamiz. Kirish bepul!

🚀 Tadbirkorlar va investorlar uchun ajoyib imkoniyat! 🇺🇿 Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Endi Yangihay
🚀 Tadbirkorlar va investorlar uchun ajoyib imkoniyat! 🇺🇿 Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqmoqchimisiz? Endi Yangihayot tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish uchun yer uchastkalarini yanada qulay shartlarda xarid qilishingiz mumkin! ✅ Atigi 35% dastlabki to‘lov ✔️ Qolgan mablag‘ni 1 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash ✅ To‘liq to‘lov amalga oshirilganda 20% chegirma 👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF–135-son Farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk yoki ijara huquqi asosida xarid qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 📍 Yangihayot tumani — poytaxtning jadal rivojlanayotgan hududlaridan biri. Kelajagingizga bugundan sarmoya kiriting, biznesingiz uchun eng qulay manzilni tanlang! 🔗 Elektron onlayn savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing: 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24005511 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23938002 🗺https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23867503 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23890360 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23935411 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23915868 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23916390 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23915865 🗺 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=23920907 🏗 Bugun yer xarid qiling — ertaga muvaffaqiyatli biznes egasiga aylaning! 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

📍 Bir paytlar chang ko‘chalaru bo‘sh maydonlardan iborat bo‘lgan hududlar bugun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. ⚫️ Bir qarashda bu shunchaki yangi imoratlar, keng ko‘chalar yoki zamonaviy saylgohlardek tuyulishi mumkin. Ammo bu manzaralar ortida minglab insonlarning fidokorona mehnati, kechayu kunduz davom etgan bunyodkorlik ishlari va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan ulkan islohotlar mujassam. ⭕️ Har bir qad rostlagan bino, har bir obod maskan, har bir yashil hudud — ertangi kun uchun qo‘yilgan mustahkam poydevordir. 🇺🇿 Bugun tumanimizning zamonaviy qiyofasi shunchaki qurilishlar emas, balki taraqqiyot, yangilanish va inson qadri yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning amaliy natijasidir. 👍 Eng muhimi, bu o‘zgarishlar to‘xtab qolmaydi. Oldinda tumanimizning har bir go‘shasi yanada obod, yanada ko‘rkam va yashash uchun yanada qulay maskanga aylanishi sari yangi marralar kutmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 23-iyun, haftaning seshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Infografika 👍 "NURONIY" JAMG'ARMASI YANGIHAYOT TUMAN BO'LIMI TOMONIDAN 2026-YILNING 5 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
#Infografika 👍 "NURONIY" JAMG'ARMASI YANGIHAYOT TUMAN BO'LIMI TOMONIDAN 2026-YILNING 5 OYI DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

​❗️ Diqqat: Buni har bir fuqaro bilishi shart! Quruq o‘tlar va chiqindilarni yoqish nafaqat yirik yong‘inlarni keltirib chiqaradi, balki atrof-muhitga tuzatib bo'lmas zarar yetkazadi. Mazkur videoda muhim statistik ma'lumotlar keltirilgan Hurmatli fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling, ekologiyani asrang 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱 @ToshkentFVBB 📱 Instagram 📱ToshkentFVBB.uz

🇺🇿 Mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi 👍 330-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi
+3
🇺🇿 Mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi 👍 330-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi o‘rinbosari, tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tumani bo‘limi mas’ul rahbarlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat yoxud ma’naviy tahdidlar — sog‘lom e’tiqod kushandasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. ✔️ Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bugungi kunda yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan g‘oyaviy va ma’naviy tahdidlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noto‘g‘ri axborotlar, turli yot g‘oyalar hamda ekstremistik oqimlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi. ✨ Shuningdek, seminarda yoshlarning bilimli, ma’naviy yetuk va Vatanga sadoqatli bo‘lib ulg‘ayishida oila, ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligi muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

“Xalq manfaati uchun samarali davlat xizmati” Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi — xalq manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Samarali davlat xizmati — bu har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, aholining muammolariga tezkor yechim topish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish demakdir. Davlat organlari faoliyatining markazida inson qadri, uning huquq va manfaatlari turishi bugungi taraqqiyotning eng muhim mezoniga aylandi. Har bir davlat xizmatchisi o‘z faoliyatida fidoyilik, halollik va mas’uliyatni ustuvor vazifa sifatida belgilab, xalq ishonchini oqlash yo‘lida xizmat qilmoqda. Zero, xalq roziligi — amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichidir. Xalq manfaati uchun xizmat qilish — eng oliy burchimizdir!

Repost from Rasmiy axborot
🦋 Media haftalik poytaxt sari yo‘l oladi Respublikaning barcha hududlarida to‘plangan tajriba, bilim va ko‘nikmalar endi Med
🦋 Media haftalik poytaxt sari yo‘l oladi Respublikaning barcha hududlarida to‘plangan tajriba, bilim va ko‘nikmalar endi Media haftalikning yakuniy bosqichlarida jamlanadi. Bir necha oy davomida minglab jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, kontent yaratuvchilar va yoshlar ishtirok etgan yirik media loyihaning navbatdagi manzili — Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
👍 22-25-iyun kunlari Media haftalik ikki hududda parallel ravishda tashkil etiladi. Mashg‘ulotlar Toshkent viloyatida “Cyber University” davlat universiteti bazasida, Toshkent shahrida esa OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkaziladi.
🕘Trening va seminarlar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Dastur doirasida media va kommunikatsiya sohasining eng dolzarb mavzulari muhokama qilinadi. Ishtirokchilar kontent yaratishning zamonaviy yondashuvlari, sun’iy intellekt imkoniyatlari, faktcheking, raqamli gigiyena, ijtimoiy tarmoqlarda samarali ishlash, axborot xavfsizligi, strategik kommunikatsiyalar va auditoriya bilan muloqotning yangi usullari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. https://t.me/Rasmiy_axborot_official