Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
رفتن به کانال در Telegram
https://www.facebook.com/share/p/1BcoEVGtAH/ https://www.instagram.com/p/DbGFnt-Cgvk/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA== https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=xzYLGHTzsEPsp5Bx Murojaat uchun: @gulomuzoqov
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
195
مشترکین
-124 ساعت
-27 روز
-330 روز
آرشیو پست ها
+1
TUMAN OZIQ-OVQAT BOZORIDAGI NARX-NAVO HOLATI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri Gʻ. Uzoqov hamda kotibiyat mutaxassislari J. Ergashev va O. Nosirov tomonidan tuman markaziy oziq-ovqat bozorida sotilayotgan birinchi ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning barqarorligi atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida asosan quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
— Oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, yogʻ, un, shakar, sabzavot va poliz mahsulotlari) narxlarining sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish;
— Bozor rasta va rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi hamda ularning sifat darajasini koʻzdan kechirish;
— Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.
Monitoring yakunida sotuvchilar va bozor maʼmuriyati bilan suhbat oʻtkazilib, narxlarni asossiz oshirmaslik, aholiga sifatli mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib berish boʻyicha tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.
Aholi manfaatlari va bozorlardagi narxlar barqarorligi doimiy nazoratda boʻladi.
#24_tavsiya
#ish_reja_ijrosi
#KitobTumani #Kotibiyat #NarxNavo #Monitoring #Bozor #AholiManfaati
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI: VARGANZA MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR NAZORATDA
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Radjabova Zulayxo Narziqulovna tomonidan 13-Varganza saylov okrugiga qarashli “Varganza” mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va mavjud infratuzilma muammolarini oʻrganish maqsadida navbatdagi atroflicha oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar va hududiy koʻrik natijalariga koʻra, mahallada zudlik bilan yechimini kutayotgan jiddiy masalalar aniqlanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tuman hokimligiga rasmiy deputatlik soʻrovi kiritildi.
1-masala yuzasidan: Mahalla hududidagi elektr taʼminoti sifatini yaxshilash, aholi xonadonlariga xavfsiz va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni taʼminlash hamda maʼnan uzilgan simyogʻochlarni almashtirish maqsadida 35 dona yangi beton simyogʻochlar oʻrnatish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
2-masala yuzasidan: Mahalla turgʻunlari va transport vositalari harakati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan, biroq yillar davomida yemirilib, yaroqsiz holatga kelib qolgan eski koʻprikni qayta taʼmirlash hamda uning mustahkamligini taʼminlash uchun 5 tonna sement ajratish boʻyicha amaliy yordam soʻraldi.
Ushbu ikkala masala ham aholining kundalik turmush farovonligi va xavfsizligi bilan bevosita bogʻliq boʻlganligi sababli, ularning ijrosi deputat tomonidan toʻliq nazoratga olindi. Mutasaddi tashkilotlardan tez fursatda ijobiy yechim kutib qolamiz.
#KitobTumani #DeputatSoʻrovi #Varganza #Obodonlashtirish #Infratuzilma #ZulayxoRadjabova #XalqManfaati
“KITOB OVOZI” GAZETASIDA YANGI MAQOLA: RAQAMLASHAYOTGAN DAVLATCHILIK VA RASHAMLI IQTISODIYOT
Boʻgʻbon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovnaning navbatdagi tahliliy maqolasi “Kitob ovozi” gazetasida chop etildi.
Maqolaning bosh mavzusi: “Raqamli iqtisodiyotda IT-platformalarining oʻrni va ahamiyati”
Maqolada nimalar haqida soʻz boradi?
— Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda raqamli texnologiyalar va IT-platformalarning jamiyat hayotidagi oʻrni;
— Zamonaviy platformalarning iqtisodiy oʻsish, tadbirkorlik va davlat xizmatlarini qulaylashtirishdagi afzalliklari;
— Aholi va yoshlar uchun raqamli koʻnikmalarni rivojlantirishning bugungi kundagi dolzarbligi.
Gʻoya va takliflar bilan batafsil tanishish uchun “Kitob ovozi” gazetasining yangi sonini oʻqishni tavsiya etamiz!
#KitobOvozi #DeputatMaqolasi #RaqamliIqtisodiyot #ITPlatformalar #LobarNosirova #Tahlil
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI: TOLZOR QISHLOGʻI YOʻLI TAʼMIRLANADIMI?
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tomonidan navbatdagi deputatlik soʻrovi tuman Obodonlashtirish boʻlimiga yuborildi.
Muammo nimada? “Istiqbol” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Tolzor qishlogʻini tuman markazi bilan bogʻlovchi ichki yoʻl bugungi kunda oʻta yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Sabablar: Ushbu yoʻnalishda bir nechta karyer va ishlab chiqarish sexlari (melsexlar) faoliyat yuritadi. Natijada, katta hajmdagi yuk tashuvchi transport vositalarining tinimsiz qatnovi yoʻl qoplamasini butunlay ishdan chiqargan. Bu holat aholi va yengil avtomobillar harakati uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.
Deputat oʻz soʻrovida mazkur yoʻlni taʼmirlash va yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishni soʻradi.
Masalaning yechimi yuzasidan mutasaddilarning javobini kutib qolamiz.
#Deputat #Saylovchi #Kitob #Istiqbol #YoʻlMuammosi #Obodonlashtirish #XalqManfaati
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
2026 йилнинг II чорагида Китоб туманидаги маҳаллаларда Жамғарма маблағлари ҳисобидан амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилинди
Ўзбекистон Маҳаллалари уюшмаси Китоб тумани бўлими томонидан Маҳалланинг ижтимоий-иқтисодий муаммоларини ҳал этиш жамғармаси маблағларининг сарфланиши бўйича ҳисобот тақдим этилди.
Асосий молиявий кўрсаткичлар:
Тушган маблағ: 1 млрд 499 млн 636,8 минг сўм (мол-мулк ва ер солиғи ажратмалари ҳисобидан);
Сарфланган маблағ: 55 та маҳаллада 1 млрд 026 млн 425,6 минг сўмлик ишлар бажарилди;
Кўчирилган қолдиқ: 1 млрд 072 млн 565,4 минг сўм кейинги давр учун сақланди.
Амалга оширилган манзилли ишлар:
Инфратузилма ва электр таъминоти: 17 та маҳаллага 235 дона бетон устун (305,5 млн сўм), 4 та маҳаллага 136 дона кўча чироқлари ҳамда "Панжи" МФЙга 1 200 метр электр кабели харид қилинди.
Ижтимоий қўллаб-қувватлаш ва яшил энергия: Муҳтож оилалар ва маҳалла биноларига ўрнатилган қуёш панеллари тўлови учун 122 млн сўмдан ортиқ маблағ йўналтирилди.
Ахборот ва хавфсизлик: 12 та маҳаллага 24 та интеллектуал камера ўрнатилди (102,8 млн сўм), МФЙлар учун 10 та компьютер ва 18 та рангли принтер харид қилинди.
Ободонлаштириш: 55 та маҳаллага 87 млн сўмлик меҳнат қуроллари ва 5 та маҳаллада 2 000 метр ички йўл ҳамда пиёдалар йўлаклари таъмирланди.
Аниқланган камчиликлар юзасидан маблағларни мақсадли ва самарали сарфлаш, ҳужжатлаштириш сифатини ошириш ҳамда жамоатчилик назоратини кучайтириш бўйича тегишли вазифалар белгилаб олинди.
Xalqlar Doʻstligi MFYda obodonlashtirish ishlari yangi bosqichda
Xalqlar Doʻstligi saylov okrugi deputati Uzoqov Gʻulom Baxronovich tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida navbatdagi deputatlik soʻrovi yuborildi.
Ushbu soʻrov Xalqlar Doʻstligi mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Doʻstlik koʻchasining 180 metr qismiga sifatli beton qoplamasi yotqizish ishlarini tashkil etishga qaratilgan. Mahalla drayveri va aholining koʻp yillik murojaatlarini eʼtiborga olgan holda, mazkur koʻchani taʼmirlash uchun tuman hokimligidan 15 tonna sement ajratish soʻralgan.
Yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ushbu amaliy tashabbus natijasida hududdagi qatnov qulaylashadi va fuqarolarning harakatlanishi uchun xavfsiz sharoit yaratiladi. Deputatlik soʻrovi boʻyicha amaliy ishlar va qurilish jarayonlari tez orada boshlanishi kutilmoqda.
#DeputatSoʻrovi #Obodonlashtirish #XalqlarDoʻstligi #MahallaInfratuzilmasi #XalqManfaati
+2
Saylovchilar murojaati e’tiborda: Chiqindilarni olib ketish bo‘yicha muammo deputat nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining "Xalqlar do‘stligi" saylov okrugi deputati G‘. Uzoqov tomonidan "Xalqlar do‘stligi" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi muloqot o‘tkazildi va aholidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi.
Muammoning kelib chiqishi va o‘rganish natijalari
O‘rganishlar davomida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketmaslik hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan shartnoma shartlarining buzilishi holatlari aniqlandi. Bu holat mahalla hududida sanitariya-higiyena talablarining buzilishiga va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.
Tezkor choralar va shaxsiy nazorat
Ushbu muammoni zudlik bilan bartaraf etish hamda hududdagi tozalikni ta’minlash maqsadida deputat tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi "BI-SAY" MCHJ mas’ullariga og‘zaki murojaat qilindi hamda amaldagi majburiyatlarni to‘liq bajarish talabi qo‘yildi.
Hozirgi kunda bildirilgan murojaat va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida hududdan maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida va o‘z vaqtida olib ketilishi tashkil etilmoqda. Mazkur masalaning to‘liq va ijobiy hal etilishi, shuningdek, shartnoma talablariga qat’iy rioya qilinishi deputat tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
#24_tavsiya
#Muammolarni #o'#rganish
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
+3
Aholi e’tibor va g‘amxo‘rlikda: Deputat hamda “Yettilik” ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Viloyat Kengashi deputati J. Rahmonov, "Madad" nodavlat tijorat bo'lmagan tashkiloti mutaxassisi S. Usmonov, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi S. Qodirov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Uzoqov hamda kotibiyat mutaxassislari J. Ergashev va O. Nosirovlar birgalikda Charmgar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
Hududiy o'rganish davomida mas’ullar mahalladagi “Yettilik” a’zolari, kayvoni nuroniylar va ko‘cha oqsoqollari bilan birga hududda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlariga birma-bir kirib, ularning yashash sharoitlari hamda hol-ahvolidan xabar olindi.
Qonunchilikdagi yangiliklar va ijtimoiy ko‘mak tushuntirildi
Xonadonma-xonadon yurish va o‘tkazilgan samimiy muloqotlar davomida fuqarolarga davlatimiz tomonidan ijtimoiy hifoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berildi.
Xususan, "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan imtiyozlar, moddiy hamda ma’naviy yordam olish tartib-taomillari va yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
Muammolar tinglandi va choralar belgilandi
Uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa turli ijtimoiy-maishiy masalalar, salomatlikni tiklash va infratuzilmaga oid murojaatlar ham birma-bir tinglandi. Aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, tuman Kengashi deputatlari nazoratiga olindi.
#24_tavsiya
#ish_reja_ijrosi
#Kengash_rahbaryati
#Qonun_ijrosi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Kommunal va infratuzilma muammolarini aniqlash
Deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining 18-Yakkatut saylov okrugi deputati Egamberdiyev Baxriddin Boltayevich tomonidan Yakkatut mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganishlar jarayonida mahalla hududidagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar bevosita joyida, ko‘chama-ko‘cha yurgan holda atroflicha o‘rganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, hududga yangi elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish hamda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullariga tegishli tartibda deputatlik so‘rovlari yuborildi.
Ushbu so‘rovlarda ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi deputat tomonidan doimiy nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
+2
Aholi murojaatlari e’tiborda hamda qonun ijrosi nazoratda: Kitob tumanida ko‘chama-ko‘cha o‘rganishlar o‘tkazildi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi S. Qodirov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Uzoqov, kotibiyat mutaxassisi J. Ergashev, O‘zbekiston "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N. Turayev, Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O. Nosirov hamda "Madad" NTT mutaxassisi S. Usmonovlar Yakkatut MFY raisi hamda ko‘chaboshi N. Hoshimov hamrohligida hududda atroflicha o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Ishchi guruh a'zolari birgalikda ko‘chama-ko‘cha hamda xonadonma-xonadon yurib, aholi vakillarining mavjud muammolarini bevosita joyida o‘rgandilar. Jarayonda saylovchilar bilan samimiy va ochiq muloqot hamda uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muammolar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari yuborildi
Xonadonma-xonadon yurish va ochiq muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tezkor choralar ko‘rildi. Jumladan, ko‘chalarga yangi elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish, obodonlashtirish hamda hududiy masalalarga yechim topish maqsadida tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamda tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli tartibda deputatlik so‘rovlari yuborildi.
"Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
Uchrashuv va muloqotlar davomida "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining joylardagi ijrosi yuzasidan maxsus tuzilgan savolnoma asosida aholi o‘rtasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida va tuzilgan savolnomada quyidagi dolzarb masalalar to‘liqligicha qamrab olindi:
Tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati qay darajada ekanligi va fuqarolar ushbu ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan qay darajada rozi ekanligi;
Aholi uchun kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish amalda qanday yo‘lga qo‘yilganligi va ulardan foydalanish sharoitlari;
Qishloq va olis hududlarda yashovchi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda qanday muammolar hamda to‘siqlar borligi;
Aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, profilaktika va tibbiy ko‘rik ishlarining qay darajada tashkil etilganligi.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha takliflar, fikrlar hamda aniqlangan masalalar to‘liq belgilab olindi.
O‘rganish natijalari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiya yig‘ilishlarida muhokama etilishi hamda Kengash nazoratiga olinishi belgilandi.
#24_tavsiya
#Kengash_rahbaryati
#Ish_reja_ijrosi
#Partiya #Bilan #Hamkorlik
#Yoshlar #Maslahat #Guruhi
#Madad #NTT
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Siz yashayotgan mahalla yoki qishloqda bugungi kunda qaysi masala eng birinchi navbatda hal etilishi kerak?
Siz yashayotgan mahalla yoki qishloqda bugungi kunda qaysi masala eng birinchi navbatda hal etilishi kerak?
Siz yashayotgan mahalla yoki qishloqda bugungi kunda qaysi masala eng birinchi navbatda hal etilishi kerak?
+7
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi va deputatlar istirohat bog‘idagi yirik bunyodkorlik loyihasi bilan tanishishdi
Aholi uchun qulay, zamonaviy hamda ekologik toza hordiq chiqarish maskanlarini barpo etish, hududlarning yashil hududlar ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmani rivojlantirish O‘zbekiston Ekologik partiyasining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi I. Ashurov, tuman Kengashi deputati G. Kenjayeva hamda tuman Kengashi deputati Z. Radjabova tuman istirohat bog‘ida olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
Mazkur yirik loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-47-sonli qarori hamda Osiyo taraqqiyot bankining «O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish» loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 13 milliard 181 million so‘mni tashkil etadi.
O‘rganish va joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish jarayonida deputatlar va partiya vakillari quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratishdi:
Qurilish sifat va sur’ati: Qurilish-montaj ishlarining belgilangan reja va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga mos ravishda olib borilishi;
Ekologik talablar va yashillashtirish: Istirohat bog‘i hududidagi mavjud daraxt va o‘simliklarni saqlab qolish, yangi manzarali daraxtlar va yashil maydonlar barpo etish holati;
Aholi uchun sharoitlar: Bolalar va kattalar uchun zamonaviy hordiq chiqarish zonalari, amfiteatr, yo‘laklar hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining to‘g‘ri joylashtirilayotgani.
Muloqotlar davomida deputatlar mas’ul pudratchi va quruvchilarga ishlarni o‘z vaqtida, sifatli va ekologik me’yorlarga qat’iy rioya etgan holda yakunlash bo‘yicha tegishli taklif hamda tavsiyalarni berishdi.
Tuman istirohat bog‘ining foydalanishga topshirilishi hudud aholisi uchun zamonaviy, shinam va ekologik xavfsiz madaniy hordiq chiqarish maskaniga aylanadi.
Loyihaning borishi tuman Kengashi va deputatlarning doimiy nazoratida bo‘ladi.
#24_tavsiya
#ish_reja
+9
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazildi
Aholi salomatligini muhofaza qilish, hududda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashi va tegishli soha mutasaddilarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Shu maqsadda tuzilgan ishchi guruh tarkibida Viloyat Kengashi deputati J.Raxmonov, tuman Kengashi raisi S.Qodirov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, tuman Kengashi mutaxassisi J.Ergashev, hamkor tashkilot sifatida tuman tibbiyot birlashmasi rahbari A.Xasanov hamda Ekspert guruhi a’zosi A.Mirzayevlar ishtirok etishdi.
O‘rganish tadbirlari «Xalqlar Do‘stligi» MFY markaziy ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik subyektlari, savdo dokonlari va maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlarida davom ettirildi. Ishchi guruh a’zolari nafaqat obyektlar faoliyatini ko‘zdan kechirishdi, balki hudud aholisining haqiqiy ehtiyojlari va muammolarini yaqindan bilish maqsadida bevosita xonadonma-xonadon saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib, fuqarolar bilan samimiy muloqot o‘tkazishdi.
O‘rganishlar davomida «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
Muloqotlar va joylardagi nazorat tadbirlarida quyidagi ustuvor masalalar atroflicha tahlil qilindi:
Epidemiologik barqarorlik va hududiy dinamika: Tumandagi umumiy sanitariya-epidemiologik holatning hozirgi darajasi, mavsumiy kasalliklarning oldini olish choralarining samaradorligi hamda oxirgi vaqtlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar va ko‘rsatkichlar tahlil qilindi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va laboratoriya nazorati: Aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini tekshirish mexanizmlari, belgilangan standartlarga mosligi hamda aniqlanayogani qonunbuzilish holatlariga nisbatan ko‘rilayotgan ta’sirchan choralar ko‘rib chiqildi.
Jamoat maskanlari va ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya nazorati: Aholi gavjum bo‘ladigan maskanlar — bozorlar, oshxonalar, kafelar va umumiy ovqatlanish joylarida gigiyena talablariga, saqlash va tayyorlash sharoitlariga rioya etilishi ahvoli joyida o‘rganildi.
Tibbiy xizmat sifati va bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi: Tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan birinchi bo‘g‘in tibbiy xizmatlarining sifati, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar paketi amaliyotda qanday yo‘lga qo‘yilgani hamda fuqarolarning ushbu xizmatlardan qanchalik rozi ekanligi bo‘yicha aholi fikri tinglandi.
Murojaat va shikoyatlar bilan ishlash tizimi: Sanitariya va tibbiyot sohasiga oid fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, takliflar va e’tirozlar qay darajada tezkor, adolatli va xolis hal etilayotgani qat’iy nazoratga olindi.
Uchrashuvlar va muloqotlar yakunida bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, takliflar va aniqlangan kamchiliklar umumlashtirilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalarning ijro etilishi tuman Kengashining doimiy nazoratida qoladi.
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Aholi xavfsizligi va hudud infratuzilmasini yaxshilash: Deputat soʻroviga javob berildi
◼️ Muammo va dolzarb masalalar: Hamid Olimjon MFY Beruniy koʻchasida joylashgan 84-sonli umumtaʼlim maktabi oldida piyodalar va maktab oʻquvchilarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash, shuningdek, mahallaning Beruniy 2- va 3-tor koʻchalarini betonlashtirish orqali aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zudlik bilan yechimini kutayotgan masalalardan edi.
◼️ Deputat soʻrovi: Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining Bogʻbon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna tomonidan ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida 17-avgust kuni Tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamda Tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborilgan edi.
◼️ Natija va belgilangan choralar: Yuborilgan deputatlik soʻroviga masʼul tashkilotlar tomonidan javob berildi. Unga koʻra, 84-sonli maktab oldida oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash uchun “Diqqat, maktab!” hamda “Yuqori tezlik cheklangan — 30” yoʻl belgilarini oʻrnatish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, ichki yoʻllarni betonlashtirish masalasi va belgilangan chora-tadbirlar ijrosi deputat tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
Denov MFYda “Namunali koʻcha” loyihasi: Deputat soʻroviga ijobiy javob berildi
◼️ Muammo va tashabbus: Denov mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Gulgunpusht qishlogʻining 2 kilometrlik ichki yoʻli aholi va transport vositalari harakatlanishi uchun noqulay holatga kelib qolgan edi. Ushbu masalani bartaraf etish maqsadida deputat va qishloq aholisi hamkorligida mazkur koʻcha “Namunali koʻcha” sifatida tanlab olindi.
◼️ Obodonlashtirish ishlari: Hozirgi kunda ushbu hududda koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Yoʻl yoqalaridagi daraxtlar oqlanib, zamonaviy uzum voishlari (ishkomlar) barpo etilmoqda.
◼️ Deputat soʻrovi: Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining Guliston saylov okrugi deputati Xudoyqulov Qobiljon Abdumajidovich tomonidan ushbu hududdagi ichki ko'chalarni toʻliq asfaltlashtirish va zarur amaliy yordam koʻrsatish masalasida tegishli masʼul tashkilotlarga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborilgan edi.
◼️ Natija (Ijobiy javob): Yuborilgan deputatlik soʻroviga tegishli tashkilotlar tomonidan ijobiy javob berildi. Belgilangan amaliy chora-tadbirlarga muvofiq, koʻchani asfaltlashtirish va obodonlashtirish ishlari reja asosida toʻliq amalga oshirilishi taʼminlanadi.
Ushbu xayrli loyihaning yakunlanishi qishloq yoʻllari ravonligini taʼminlash bilan birga, hudud koʻrkiga koʻrk qoʻshadi va aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratadi.
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube
