ar
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

الذهاب إلى القناة على Telegram

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
203
المشتركون
+224 ساعات
-27 أيام
-930 أيام
أرشيف المشاركات
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida Tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabida yangi qo‘shimcha
+5
82-sonli maktabdagi qurilish ishlari mas’ullar va deputat nazoratida
Tumandagi 82-sonli umumta’lim maktabida yangi qo‘shimcha bino hamda sport zali qurilishi jarayoni mas’ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev tuman hokimi o‘rinbosari F.Usmonov, hududiy deputat M.Ismoilov hamda Ekspert guruhi a’zosi O.Nosirovlar bilan hamkorlikda Adolat SDP raisi N.Turayev ishtirok etdi.
E’tiborli jihati, ushbu qurilish ishlari hududiy deputat M.Ismoilov tomonidan aholi farovonligini ta’minlash maqsadida tuman mas’ullariga yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida obyektning bino-korpuslari, qurilish sifati va ish hajmi ko‘zdan kechirilib, ishni sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan pudrat tashkiloti rahbarlariga tegishli tavsiyalar berildi.
#24_tavsiya_asosida #kotibiyat_mudirining_ish_rejasi #haftalik_ish_reja_ijrosi #partiya_hamkorligi #so'rov_ijrosi DEPUTAT_FAOLIYATI

Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Erg
+3
Sariosyo MFYda jinoyatchilik profilaktikasi va qonunchilik targ‘iboti o‘rganildi
Kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev hamda Ekspert guruhi a‘zosi O.Nosirov Adolat SDP raisi N.Turayev bilan hamkorlikda Sariosyo MFY hududidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatga imkon berayotgan sabab va omillarni aniqlash hamda bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, mahalla faollari va mas'ullarga hudud barqarorligini ta'minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. #kotibiyat_mudirining_ish_rejasi #24_tavsiya_nomaga_asosan| #partiya_hakorligi Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻 KENGASH

22–26-IYUN KUNLARI E'LON QILINGAN ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI 🗓 22-IYUN 🔹 DMTT faoliyati deputatlar va partiya faollari
22–26-IYUN KUNLARI E'LON QILINGAN ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI
🗓 22-IYUN
🔹 DMTT faoliyati deputatlar va partiya faollari e’tiborida
🔹 Deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi
🗓 23-IYUN
🔹 Bozorlardagi narx-navo barqarorligi va mahsulotlar sifati deputatlar e’tiborida
🗓 24-IYUN
🔹 Hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda
🔹 "Bir oyda – bir kitob" ko‘rik-tanlovi: yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda
🗓 25-IYUN
🔹 Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
🔹 Yoshlarning yozgi ta’tili qanday o‘tmoqda
🔹 Deputatlik so‘roviga beparvo bo‘lgan rahbarlar ogohlantirildi
🗓 26-IYUN
🔹 Mahallalardagi ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda
🔹 Tuman markaziy shifoxonasida qonun targ‘iboti olib borildi
🔹 Oyoqchi MFYda tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda
🔹 O‘zLiDeP faollari hududdagi namunali tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi
📢 ANONS
29-iyun – 3-iyul kunlari davomida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida hududlarda o'rganish ishlari olib boriladi
DEPUTAT

📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI 🗓 29-iyun – 3-iyul kunlari davomida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida hudu
📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI
🗓 29-iyun – 3-iyul kunlari davomida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘rganishlar va jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkaziladi
📌 Hafta davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:
🚧 29-iyun – Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tungi yoritish, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar.
👩‍💼 30-iyun – Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi.
💊 1-iyul – Aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati.
🛒 2-iyul – Bozorlarda aholi iste’moli uchun zarur mahsulotlar narx-navosi hamda mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi.
🛡 3-iyul – Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, ayniqsa qizil va sariq toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
KENGASH

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonida
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Sobir Xakimovich tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga Kitob tumani Markaziy shifoxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

O‘zLiDeP faollari hududdagi namunali tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi O‘zLiDeP raisi V.Parmonova, kotibiyat
+9
O‘zLiDeP faollari hududdagi namunali tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi
O‘zLiDeP raisi V.Parmonova, kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev hamda deputat Z.Norova hamkorligida "Iskana" MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkor va fermerning ish jarayonlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu namunali fermer xo‘jaligi tomonidan bugungi kunda samarali ishlar tashkil etilgan bo‘lib, Jumladan:
3 gektar maydonda zamonaviy giloszor;
5 gektar maydonda serhosil tokzor barpo etilgan.
Shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni nobud qilmay sifatli saqlash va ichki hamda tashqi bozorga yetkazib berish maqsadida 300 tonna sig‘imga ega bo‘lgan zamonaviy muzlatkichli omborxona ishga tushirilgan.
Ushbu loyihalar hisobiga bugungi kunda 10 nafar fuqaro doimiy, 40 nafardan ziyod aholi esa mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.
O‘rganish davomida partiya vakillari va deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish hamda hududda yangi ish o‘rinlarini ko'paytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zLiDeP faollari hududdagi namunali tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi O‘zLiDeP raisi V.Parmonova, kotibiyat
+2
O‘zLiDeP faollari hududdagi namunali tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi
O‘zLiDeP raisi V.Parmonova, kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev hamda deputat Z.Norova hamkorligida "Iskana" MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkor va fermerning ish jarayonlari yaqindan o‘rganildi. Ushbu namunali fermer xo‘jaligi tomonidan bugungi kunda samarali ishlar tashkil etilgan bo‘lib, Jumladan:
3 gektar maydonda zamonaviy giloszor;
5 gektar maydonda serhosil tokzor barpo etilgan.
Shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni nobud qilmay sifatli saqlash va ichki hamda tashqi bozorga yetkazib berish maqsadida 300 tonna sig‘imga ega bo‘lgan zamonaviy muzlatkichli omborxona ishga tushirilgan.
Ushbu loyihalar hisobiga bugungi kunda 10 nafar fuqaro doimiy, 40 nafardan ziyod aholi esa mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.
O‘rganish davomida partiya vakillari va deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish hamda hududda yangi ish o‘rinlarini ko'paytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oyoqchi MFYda tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda Hududlarda tadbirkorlikni qollab-quvvatlash va aholi bandligin
+3
Oyoqchi MFYda tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda
Hududlarda tadbirkorlikni qollab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida, Oyoqchi MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkor M.Axadovga qarashli kefir mahsulotlari ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida zavodning ishlab chiqarish quvvati va texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Quvonarlisi, ushbu korxona bugungi kunda 8 nafar qishloqdoshimizni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlab kelmoqda. O‘rganish davomida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi va korxonaning kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish rejalari muhokama qilindi. KENGASH

+3
Oyoqchi MFYda tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganilmoqda
Hududlarda tadbirkorlikni qollab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida, Oyoqchi MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkor M.Axadovga qarashli kefir mahsulotlari ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida zavodning ishlab chiqarish quvvati va texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Quvonarlisi, ushbu korxona bugungi kunda 8 nafar qishloqdoshimizni doimiy ish o‘rni bilan ta’minlab kelmoqda. O‘rganish davomida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi va korxonaning kelgusida faoliyatini yanada kengaytirish rejalari muhokama qilindi. KENGASH

#24_tavsiya #ish_reja_ijrosi Kitob tumani bandlik bo‘limida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganil
+3
#24_tavsiya #ish_reja_ijrosi Kitob tumani bandlik bo‘limida aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati (28-Nurafshon saylov okrugi) A.Baykaraev tomonidan Kitob tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga borgan holda aholi bandligi masalalari, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining ijrosi atroflicha o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish va tahlil tadbirlarida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i F.Uzoqov, Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi J.Ergashevlar ishtirok etdilar. Bandlik bo‘limida o‘tkazilgan tahlillar davomida, tumanda 2026 yilda yangicha yondashuvlar asosida 35 985 nafar aholining daromadini oshirish bo‘yicha belgilangan dasturning dastlabki 5 oylik (yanvar-may) natijalari ko‘rib chiqildi. Bo‘lim ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida quyidagi ko‘rsatkichlarga erishilgan: Doimiy bandlik: Aholini doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha 1 833 nafarlik reja amalda 2 503 nafarga bajarilib, prognoz 137 foizga uddalangan. Yashirin iqtisodiyotdan chiqarish: Mehnat bozorini sog‘lomlashtirish va fuqarolarni «soyadan chiqarish» yo‘nalishida 1 814 nafarlik reja o‘rniga 4 352 nafar fuqaroning bandligi qonuniylashtirilgan. Daromadlarni oshirish: Aholi daromadlarini oshirish tizimi doirasida 10 457 nafarlik reja amalda 13 420 nafarga (128 %) bajarilgan. O‘zini o‘zi band qilish: Joriy yilning o‘tgan 5 oyida 7 301 nafar fuqaro o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, bandlik bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida «Sayxunobod tajribasi» asosida ishga tushirilgan 485 ta mikroloyiha (qishloq xo‘jaligida 295 ta, xizmat ko‘rsatishda 101 ta, sanoatda 89 ta) orqali yaratilgan 1 119 ta yangi ish o‘rnining hisoboti va bazasi tahlil qilindi. Xizmat ko‘rsatish sohasida yangidan ishga tushirilgan 95 ta ob’ekt va ularda tashkil etilgan 178 ta ish o‘rnining haqqoniyligi ko‘rib chiqildi. Eslatma: May oyida yaratilgan yangi ish o‘rinlarini maxsus elektron platformaga kiritish va verifikatsiya qilish ishlari joriy yilning 15 iyuniga qadar davom ettiriladi.
Bandlik bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra, deputat A.Baykaraev va Kengash mas’ullari tomonidan bazaga kiritilayotgan ish o‘rinlarining shaffofligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish samaradorligini oshirish hamda mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan bo‘lim mutasaddilariga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Kengashning doimiy nazoratida qolishi ta’kidlandi. ❗️Tadbirlarni tashkil etishga mas’ul: Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi F.Siddiqov 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube 💬 Fikr bildirish

Tuman markaziy shifoxonasida qonun targʻiboti va oʻrganish ishlari olib borildi Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gʻ.Uzoqov, Q
+1
Tuman markaziy shifoxonasida qonun targʻiboti va oʻrganish ishlari olib borildi
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gʻ.Uzoqov, Qaynar saylov okrugi deputati A.Usmonov hamda mutaxassis J.Ergashevlar tumandagi markaziy shifoxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Oʻrganish davomida mas’ullar shifoxonada bemorlarga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va dori-darmon ta’minoti holatiga alohida e’tibor qaratishdi.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari va fuqarolar ishtirokida uchrashuv oʻtkazilib, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Muloqotda qonun doirasida fuqarolarga berilgan tibbiy huquq va kafolatlar, shuningdek, sohadagi soʻnggi yangiliklar alohida ta’kidlab oʻtildi.
#24_tavsiya KENGASH

Mahallalardagi ishlar samaradorligi oʻrganilmoqda Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Z.Norova hamda tuman Kengash
+2
Mahallalardagi ishlar samaradorligi oʻrganilmoqda
Xalq demokratik partiyasi tuman kengashi raisi Z.Norova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gʻ.Uzoqov hamda xodimlar J.Ergashev va O.Nosirovlar hamkorligida navbatdagi ishchi oʻrganishlar tashkil etildi.
Mas’ullar 14-Sariosiyo saylov okrugi hududida joylashgan “Sevaz” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla yettiligining bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Oʻrganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Muloqot davomida mahalla yettiligi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi va oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha fikr almashildi.
#24_talik_tavsiyaga_asosan DEPUTATLAR_FAOLIYATI

🏛 Deputat so‘rovi “Xalqlar do‘stligi” MFYdagi Nasaf ko‘chasi namunali ko‘chaga aylantiriladi Xalq deputatlari Kitob tuman Ke
🏛 Deputat so‘rovi
“Xalqlar do‘stligi” MFYdagi Nasaf ko‘chasi namunali ko‘chaga aylantiriladi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G‘ulom Baxronovich tomonidan hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur deputatlik so‘rovida “Ulug'bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Paxtakor “Namunali ko‘cha”ga aylantirish masalasi ilgari surilgan.
Ko‘chaning 400 metr qismini betonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan 14 tonna sement ajratilishi so‘rab rasmiy murojaat yo‘llandi.
Mahallalar obodligi va yo‘llar ravonligi — aholi farovonligining bosh mezonidir. Ushbu tashabbus ijrosi deputat nazoratida bo‘ladi. |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|

Tuman Kengashi deputati M.Djalilova tomonidan Beshariq mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi aholini qiynayotgan ikki yirik m
Tuman Kengashi deputati M.Djalilova tomonidan Beshariq mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi aholini qiynayotgan ikki yirik muammoni hal etish maqsadida tegishli tashkilot rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilgan edi
Mazkur deputatlik so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi

📢 JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILDI Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari! Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashini
📢 JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA QO‘YILDI
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari! Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining “Kitob tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘yidagi tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari tariflarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori loyihasi Jamoatchilik muhokamasi portaliga 15 kun muddatga joylashtirildi.
🔹 Muhokama davomida fuqarolar, tadbirkorlar va barcha manfaatdor shaxslar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.
📋 Loyiha bo‘yicha taklif etilayotgan tariflar: 👤 Aholi uchun (1 kishi oyiga): QQSsiz – 6 192 so‘m QQS bilan – 6 935 so‘m 🏢 Yuridik shaxslar uchun (1 m³): QQSsiz – 86 275 so‘m QQS bilan – 96 628 so‘m
Muhokama muddati: 15 kun
💬 Taklif va mulohazalaringizni Jamoatchilik muhokamasi portali orqali qoldirishingiz mumkin.
Sizning fikringiz muhim! #KitobTumani #JamoatchilikMuhokamasi #Obodonlashtirish DEPUTAT

YOSHLARNING YOZGI TA’TILI QANDAY O‘TMOQDA? Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev, Yoshlar maslaha
+2
YOSHLARNING YOZGI TA’TILI QANDAY O‘TMOQDA?
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev, Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirov hamda "Adolat" SDP raisi N.Turayevlar ishtirokida 32-maktabda yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mas'ullar maktabda tashkil etilgan sport, kitobxonlik va kasb-hunar to‘garaklari faoliyati bilan tanishdilar. Shu bilan birga, yig'ilgan o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, ularning huquq va majburiyatlari sodda tilda tushuntirib o‘tildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, to‘garaklar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha maktab ma’muriyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
#24_talik_tavsiyaga_asosan #Kitob_tumani #Xalq_deputatlari #Ijro_intizomi #Yoshlar_siyosati DEPUTAT

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA BEPARVO BO‘LGAN RAHBARLAR OGOHLANTIRILDI Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyo
+2
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA BEPARVO BO‘LGAN RAHBARLAR OGOHLANTIRILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Z.Norova, kotibiyat mutaxassisi O.Nosirov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy maslahat byurosi mutaxassis S.Usmonovlar ishtirokida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi asosiy masala — tuman miqyosidagi ayrim tashkilot va idora rahbarlari tomonidan deputatlik so‘rovlariga qonunda belgilangan muddatlarda javob qaytarilmaganligi hamda ijro intizomining buzilishi holatlari bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan aholi muammolarini hal etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida yuborilgan, biroq hamon javobsiz qolayotgan so‘rovlar birma-bir tahlil qilindi.
Qonunchilikka ko‘ra: Deputatlik so‘roviga taqdim etiladigan javob xati qat'iy belgilangan muddatlardan kechikmasligi shart.
DEPUTAT

Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev
+7
Tumanimizda tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganilib, qonun targ‘iboti o‘tkazildi
"Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev boshchiligida kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zosi O.Nosirovlar tumandagi 2-oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar zaxirasi va ularning taqsimoti holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot maskanida O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
KENGASH_FAOLIYATI

📚 “Bir oyda – bir kitob” ko‘rik-tanlovi: yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda Yozgi ta’til davrini mazmunli
+6
📚 “Bir oyda – bir kitob” ko‘rik-tanlovi: yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda
Yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash hamda ularning iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida yosh kitobxonlar o‘rtasida “Bir oyda – bir kitob” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning intellektual salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Unda kitobsevar yoshlar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishdi.
Tadbirda xalq vakillari — viloyat Kengashi deputati G.Sattorova hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov faol ishtirok etib, yoshlarning intilishlarini munosib e’tirof etishdi hamda ularga kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.
Yozgi ta’til davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etishga qaratilgan bu kabi loyihalar tizimli ravishda davom ettiriladi.
#Kitobxonlik #YozgiTa’til #YoshlarKelajagimiz #DeputatFaoliyati KENGASH