Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
رفتن به کانال در Telegram
https://www.facebook.com/share/p/1BcoEVGtAH/ https://www.instagram.com/p/DbGFnt-Cgvk/?utm_source=ig_web_copy_link&igsh=MzRlODBiNWFlZA== https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=xzYLGHTzsEPsp5Bx Murojaat uchun: @gulomuzoqov
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
197
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
-130 روز
تعداد پستها
در حال بارگیری داده...
واکنشها
نظرات
ستارههای تلگرام
بهترین پستها بر اساس
در حال بارگیری داده...
تجزیه و تحلیل انتشار
پست ها | ديناميک بازديد ها | |||||
"Hurmatli saylovchilar! Bu hafta qaysi mahalladagi muammoni bevosita joyiga chiqib oʻrganaylik?" | 76 | 2 | 0 | 0 | Loading... | |
"Hurmatli saylovchilar! Bu hafta qaysi mahalladagi muammoni bevosita joyiga chiqib oʻrganaylik?" | 1 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
"Hurmatli saylovchilar! Bu hafta qaysi mahalladagi muammoni bevosita joyiga chiqib oʻrganaylik?" | 1 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
#Qonun_ijrosi
"Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-937-son Qonun boʻyicha tayyorlangan 5 ta muhim savol-javobli test.
😎 O'zingizni sinab ko'ring!
✅ Testni boshlash | 34 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining QARORI bilan tasdiqlandi
KITOB TUMANI EKOLOGIYA VA IQLIM O'ZGARISHI BO'LIMI: 2026 YILNING 6 OYI MOBAYNIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI TO'G'RISIDA HISOBOT
Kitob tumani Ekologiya boʻlimi: 2026-yilning 6 oylik sarmoyasi va natijalari
Kitob tumani Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻlimi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligida atrof-muhitni muhofaza qilish borasida koʻplab amaliy ishlar bajarildi.
Yashillik: "Yashil makon" loyihasi doirasida 554,88 ming dona koʻchat ekilib, reja 116,8 foizga bajarildi hamda Navroʻz MFYda 1,6 gektarli yangi jamoat parki barpo etildi.
Nazorat: Oʻtkazilgan 108 ta reyd davomida 257 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1,1 mlrd soʻmdan ortiq jarima va kompensatsiyalar belgilandi, 8 ta korxona faoliyati sud orqali toʻxtatildi.
Natija: EDO.IJRO.UZ orqali kelib tushgan 48 ta fuqaro murojaatining barchasi (100%) ijobiy yechimini topdi.
Kitob tumanida tabiatni muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari izchil davom etadi.
#Kengash #Qarori #Tasdiqlandi | 59 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
بدون متن... | 50 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Maktabga olib boruvchi yaroqsiz yoʻl taʼmirlanadimi? Deputat soʻrov kiritdi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi Qorabuloq saylov okrugi deputati Doʻstov Akmaljon Fazliddinovich tomonidan "Qorabuloq" mahalla fuqarolar yigʻinidagi dolzarb muammo yuzasidan tegishli masʼullarga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Oʻrganishlar davomida maʼlum boʻlishicha, mazkur mahalladagi maktabga olib boruvchi asosiy yoʻlning 900 metr qismi yaroqsiz holga kelib qolgan. Ushbu qisqa, ammo strategik ahamiyatga ega boʻlgan yoʻldagi nosozlik sababli yogʻingarchilik kunlarida katta koʻlmaklar va loy hosil boʻlmoqda. Bu holat har kuni ushbu yoʻldan foydalanuvchi yuzlab oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda ota-onalarning harakatlanishi uchun jiddiy noqulayliklar tugʻdirmoqda.
Shu munosabat bilan, deputat Akmaljon Doʻstov tomonidan oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida "Qorabuloq" MFYdagi maktabga olib boruvchi 900 metr nosoz yoʻl qismini qisqa muddatlarda asfaltlashtirish (taʼmirlash) choralarini koʻrish boʻyicha masʼul tashkilotlarga deputatlik soʻrovi kiritildi.
Masala yechimi deputat nazoratiga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 49 | 4 | 0 | 0 | Loading... | |
Aholi murojaati deputat eʼtiborida: Yoʻl va elektr taʼminotidagi muammolar yechim kutmoqda
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi Panji saylov okrugi deputati Ismoilov Maxmud Siddiqovich tomonidan Panji mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovlari yuborildi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar va joylardagi oʻrganishlar davomida fuqarolar tomonidan infratuzilma bilan bogʻliq muhim masalalar koʻtarilgan edi.
Soʻrovlarda quyidagi masalalar aks etgan:
Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash: Panji MFY Bogʻichorbogʻ koʻchasi va Chigʻatoy qishlogʻini bogʻlovchi 1 km uzunlikdagi yoʻlni shagʻallashtirish boʻyicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Elektr taʼminotini barqarorlashtirish: Bogʻichorbogʻ koʻchasida elektr taʼminoti sifatini oshirish, eskirgan va yaroqsiz ustunlarni almashtirish maqsadida 35 dona yangi beton simyogʻoch (ustun) ajratish va oʻrnatish yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Ushbu soʻrovlar ijrosi va koʻtarilgan muammolarning amaliy yechimi deputat Maxmud Ismoilov tomonidan toʻliq nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 76 | 2 | 0 | 0 | Loading... | |
Olis tog‘li hududdagi maktab muammosi deputat eʼborida: 88-sonli maktabda qanday kamchiliklar aniqlandi?
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi Koʻhsor saylov okrugi deputati Qodirov Odiljon Sohirovich tomonidan tumanning olis va togʻli hududida joylashgan 88-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati hamda undagi mavjud sharoitlar joyiga chiqqan holda atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida taʼlim muassasasida oʻquv jarayonini koʻngildagidek tashkil etishga toʻsqinlik qilayotgan hamda taʼlim sifatiga bevosita salbiy taʼsir koʻrsatayotgan bir qator jiddiy infratuzilma muammolari yuzaga chiqdi.
Asosiy muammolar va raqamlar:
Sigʻim va oʻquvchilar soni mutanosib emas: Maktabning yangi binosi 2010-yilda 160 oʻquvchiga moʻljallab barpo etilgan. Biroq bugungi kunda bu yerda 325 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda (binoning amaldagi quvvatiga nisbatan 2 barobar koʻp).
Eski binoning yaroqsizligi: Maktabning avvalgi eski binosi soʻnggi 10 yil davomida eskirib qolgani sababli, barcha oʻquvchilar majburan faqatgina bitta binoga sigʻishtirilgan.
Sinf xonalari yetishmovchiligi va noqulayliklar: Oʻquvchilar meʼyordan ortiqligi tufayli darslar nafaqat 2 smenada tashkil etilmoqda, balki dars oʻtish uchun mutlaqo moʻljallanmagan oʻqituvchilar (oʻqituvchilar xonasi) va laboratoriya xonalarida ham mashgʻulotlar oʻtkazishga majbur boʻlinmoqda.
Amaliy mashgʻulotlarning cheklanishi: Laboratoriya va yordamchi xonalarning majburan darsxonaga aylantirilgani bois, oʻquvchilarning laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni toʻliq oʻtash imkoniyati cheklanmoqda. Bu esa oʻz navbatida taʼlim sifati va samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Yuqoridagi xavotirli holatlarni eʼtiborga olib, olis togʻli hudud farzandlarining munosib va xavfsiz sharoitlarda taʼlim olishlarini taʼminlash, maktab uchun qoʻshimcha bino qurish yoki mavjud infratuzilmani yaxshilash choralarini koʻrish maqsadida deputat Odiljon Qodirov tomonidan Kitob tuman hokimligiga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi.
Masala ijrosi va beriladigan javob deputat tomonidan nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 55 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — farovon mahalla bilan!
Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son Qarorlari ijrosi yuzasidan Kitob tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, tumandagi “og‘ir toifali” mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan “Alaqo‘yliq” MFYda davlat dasturi asosida 3,5 kilometr uzunlikdagi yo‘lga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Eng quvonarlisi, ushbu bunyodkorlik ishlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgani yurtdoshlarimizga o‘zgacha bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda.👏👏👏
🔍Quyidagi havolani bosing va Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/kitob_tuman_Kengashi
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 68 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi qarori ijrosi nazoratda
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 17-iyundagi VII-19-48-4-62-K/26-sonli qaroriga muvofiq, tumandagi hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Navbahor, Oqsuv, Katlos, Toshkent va Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻinlarida yangi mahalla binolarini barpo etish hamda zarur qurilish materiallarini sotib olish uchun 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ ajratilgan edi.
Mazkur ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, bunyod etilayotgan obʼyektlardagi qurilish ishlarining borishi hamda ularning sifati nazoratdan oʻtkazildi.
Oʻrganish jarayonida tuman Kengashi Kotibiyati mudiri Gʻ.Uzoqov hamda Kitob tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari I.Raxmonov ishtirok etib, mahallalarda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining holatini sinchiklab koʻzdan kechirishdi.
Oʻrganishlar davomida qurilish materiallarining belgilangan standart va sifat talablariga mosligi, ishlarning jadvallarga rioya etilgan holda olib borilayotganligiga alohida eʼtibor qaratildi hamda masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
#deputatlarga #tavsiyalar
#ish_reja_ijrosi
#sessiya #qarori #nazorati
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 70 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
TUMAN OZIQ-OVQAT BOZORIDAGI NARX-NAVO HOLATI OʻRGANILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyat mudiri Gʻ. Uzoqov hamda kotibiyat mutaxassislari J. Ergashev va O. Nosirov tomonidan tuman markaziy oziq-ovqat bozorida sotilayotgan birinchi ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning barqarorligi atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida asosan quyidagilarga eʼtibor qaratildi:
— Oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, yogʻ, un, shakar, sabzavot va poliz mahsulotlari) narxlarining sunʼiy ravishda oshib ketishining oldini olish;
— Bozor rasta va rastalaridagi mahsulotlar zaxirasi hamda ularning sifat darajasini koʻzdan kechirish;
— Sotuvchilar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.
Monitoring yakunida sotuvchilar va bozor maʼmuriyati bilan suhbat oʻtkazilib, narxlarni asossiz oshirmaslik, aholiga sifatli mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib berish boʻyicha tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.
Aholi manfaatlari va bozorlardagi narxlar barqarorligi doimiy nazoratda boʻladi.
#24_tavsiya
#ish_reja_ijrosi
#KitobTumani #Kotibiyat #NarxNavo #Monitoring #Bozor #AholiManfaati
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 73 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI: VARGANZA MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR NAZORATDA
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Radjabova Zulayxo Narziqulovna tomonidan 13-Varganza saylov okrugiga qarashli “Varganza” mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va mavjud infratuzilma muammolarini oʻrganish maqsadida navbatdagi atroflicha oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar va hududiy koʻrik natijalariga koʻra, mahallada zudlik bilan yechimini kutayotgan jiddiy masalalar aniqlanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tuman hokimligiga rasmiy deputatlik soʻrovi kiritildi.
1-masala yuzasidan: Mahalla hududidagi elektr taʼminoti sifatini yaxshilash, aholi xonadonlariga xavfsiz va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni taʼminlash hamda maʼnan uzilgan simyogʻochlarni almashtirish maqsadida 35 dona yangi beton simyogʻochlar oʻrnatish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
2-masala yuzasidan: Mahalla turgʻunlari va transport vositalari harakati uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan, biroq yillar davomida yemirilib, yaroqsiz holatga kelib qolgan eski koʻprikni qayta taʼmirlash hamda uning mustahkamligini taʼminlash uchun 5 tonna sement ajratish boʻyicha amaliy yordam soʻraldi.
Ushbu ikkala masala ham aholining kundalik turmush farovonligi va xavfsizligi bilan bevosita bogʻliq boʻlganligi sababli, ularning ijrosi deputat tomonidan toʻliq nazoratga olindi. Mutasaddi tashkilotlardan tez fursatda ijobiy yechim kutib qolamiz.
#KitobTumani #DeputatSoʻrovi #Varganza #Obodonlashtirish #Infratuzilma #ZulayxoRadjabova #XalqManfaati | 64 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
“KITOB OVOZI” GAZETASIDA YANGI MAQOLA: RAQAMLASHAYOTGAN DAVLATCHILIK VA RASHAMLI IQTISODIYOT
Boʻgʻbon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovnaning navbatdagi tahliliy maqolasi “Kitob ovozi” gazetasida chop etildi.
Maqolaning bosh mavzusi: “Raqamli iqtisodiyotda IT-platformalarining oʻrni va ahamiyati”
Maqolada nimalar haqida soʻz boradi?
— Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda raqamli texnologiyalar va IT-platformalarning jamiyat hayotidagi oʻrni;
— Zamonaviy platformalarning iqtisodiy oʻsish, tadbirkorlik va davlat xizmatlarini qulaylashtirishdagi afzalliklari;
— Aholi va yoshlar uchun raqamli koʻnikmalarni rivojlantirishning bugungi kundagi dolzarbligi.
Gʻoya va takliflar bilan batafsil tanishish uchun “Kitob ovozi” gazetasining yangi sonini oʻqishni tavsiya etamiz!
#KitobOvozi #DeputatMaqolasi #RaqamliIqtisodiyot #ITPlatformalar #LobarNosirova #Tahlil
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 55 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI: TOLZOR QISHLOGʻI YOʻLI TAʼMIRLANADIMI?
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tomonidan navbatdagi deputatlik soʻrovi tuman Obodonlashtirish boʻlimiga yuborildi.
Muammo nimada? “Istiqbol” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli Tolzor qishlogʻini tuman markazi bilan bogʻlovchi ichki yoʻl bugungi kunda oʻta yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Sabablar: Ushbu yoʻnalishda bir nechta karyer va ishlab chiqarish sexlari (melsexlar) faoliyat yuritadi. Natijada, katta hajmdagi yuk tashuvchi transport vositalarining tinimsiz qatnovi yoʻl qoplamasini butunlay ishdan chiqargan. Bu holat aholi va yengil avtomobillar harakati uchun jiddiy qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.
Deputat oʻz soʻrovida mazkur yoʻlni taʼmirlash va yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishni soʻradi.
Masalaning yechimi yuzasidan mutasaddilarning javobini kutib qolamiz.
#Deputat #Saylovchi #Kitob #Istiqbol #YoʻlMuammosi #Obodonlashtirish #XalqManfaati
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 84 | 2 | 0 | 0 | Loading... | |
2026 йилнинг II чорагида Китоб туманидаги маҳаллаларда Жамғарма маблағлари ҳисобидан амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилинди
Ўзбекистон Маҳаллалари уюшмаси Китоб тумани бўлими томонидан Маҳалланинг ижтимоий-иқтисодий муаммоларини ҳал этиш жамғармаси маблағларининг сарфланиши бўйича ҳисобот тақдим этилди.
Асосий молиявий кўрсаткичлар:
Тушган маблағ: 1 млрд 499 млн 636,8 минг сўм (мол-мулк ва ер солиғи ажратмалари ҳисобидан);
Сарфланган маблағ: 55 та маҳаллада 1 млрд 026 млн 425,6 минг сўмлик ишлар бажарилди;
Кўчирилган қолдиқ: 1 млрд 072 млн 565,4 минг сўм кейинги давр учун сақланди.
Амалга оширилган манзилли ишлар:
Инфратузилма ва электр таъминоти: 17 та маҳаллага 235 дона бетон устун (305,5 млн сўм), 4 та маҳаллага 136 дона кўча чироқлари ҳамда "Панжи" МФЙга 1 200 метр электр кабели харид қилинди.
Ижтимоий қўллаб-қувватлаш ва яшил энергия: Муҳтож оилалар ва маҳалла биноларига ўрнатилган қуёш панеллари тўлови учун 122 млн сўмдан ортиқ маблағ йўналтирилди.
Ахборот ва хавфсизлик: 12 та маҳаллага 24 та интеллектуал камера ўрнатилди (102,8 млн сўм), МФЙлар учун 10 та компьютер ва 18 та рангли принтер харид қилинди.
Ободонлаштириш: 55 та маҳаллага 87 млн сўмлик меҳнат қуроллари ва 5 та маҳаллада 2 000 метр ички йўл ҳамда пиёдалар йўлаклари таъмирланди.
Аниқланган камчиликлар юзасидан маблағларни мақсадли ва самарали сарфлаш, ҳужжатлаштириш сифатини ошириш ҳамда жамоатчилик назоратини кучайтириш бўйича тегишли вазифалар белгилаб олинди. | 57 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Xalqlar Doʻstligi MFYda obodonlashtirish ishlari yangi bosqichda
Xalqlar Doʻstligi saylov okrugi deputati Uzoqov Gʻulom Baxronovich tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida navbatdagi deputatlik soʻrovi yuborildi.
Ushbu soʻrov Xalqlar Doʻstligi mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Doʻstlik koʻchasining 180 metr qismiga sifatli beton qoplamasi yotqizish ishlarini tashkil etishga qaratilgan. Mahalla drayveri va aholining koʻp yillik murojaatlarini eʼtiborga olgan holda, mazkur koʻchani taʼmirlash uchun tuman hokimligidan 15 tonna sement ajratish soʻralgan.
Yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ushbu amaliy tashabbus natijasida hududdagi qatnov qulaylashadi va fuqarolarning harakatlanishi uchun xavfsiz sharoit yaratiladi. Deputatlik soʻrovi boʻyicha amaliy ishlar va qurilish jarayonlari tez orada boshlanishi kutilmoqda.
#DeputatSoʻrovi #Obodonlashtirish #XalqlarDoʻstligi #MahallaInfratuzilmasi #XalqManfaati | 55 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Saylovchilar murojaati e’tiborda: Chiqindilarni olib ketish bo‘yicha muammo deputat nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining "Xalqlar do‘stligi" saylov okrugi deputati G‘. Uzoqov tomonidan "Xalqlar do‘stligi" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi muloqot o‘tkazildi va aholidan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi.
Muammoning kelib chiqishi va o‘rganish natijalari
O‘rganishlar davomida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketmaslik hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan shartnoma shartlarining buzilishi holatlari aniqlandi. Bu holat mahalla hududida sanitariya-higiyena talablarining buzilishiga va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.
Tezkor choralar va shaxsiy nazorat
Ushbu muammoni zudlik bilan bartaraf etish hamda hududdagi tozalikni ta’minlash maqsadida deputat tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi "BI-SAY" MCHJ mas’ullariga og‘zaki murojaat qilindi hamda amaldagi majburiyatlarni to‘liq bajarish talabi qo‘yildi.
Hozirgi kunda bildirilgan murojaat va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida hududdan maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida va o‘z vaqtida olib ketilishi tashkil etilmoqda. Mazkur masalaning to‘liq va ijobiy hal etilishi, shuningdek, shartnoma talablariga qat’iy rioya qilinishi deputat tomonidan shaxsan nazoratga olingan.
#24_tavsiya
#Muammolarni #o'#rganish
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 60 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Aholi e’tibor va g‘amxo‘rlikda: Deputat hamda “Yettilik” ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Viloyat Kengashi deputati J. Rahmonov, "Madad" nodavlat tijorat bo'lmagan tashkiloti mutaxassisi S. Usmonov, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi S. Qodirov, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Uzoqov hamda kotibiyat mutaxassislari J. Ergashev va O. Nosirovlar birgalikda Charmgar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
Hududiy o'rganish davomida mas’ullar mahalladagi “Yettilik” a’zolari, kayvoni nuroniylar va ko‘cha oqsoqollari bilan birga hududda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlariga birma-bir kirib, ularning yashash sharoitlari hamda hol-ahvolidan xabar olindi.
Qonunchilikdagi yangiliklar va ijtimoiy ko‘mak tushuntirildi
Xonadonma-xonadon yurish va o‘tkazilgan samimiy muloqotlar davomida fuqarolarga davlatimiz tomonidan ijtimoiy hifoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berildi.
Xususan, "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, unda belgilangan imtiyozlar, moddiy hamda ma’naviy yordam olish tartib-taomillari va yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.
Muammolar tinglandi va choralar belgilandi
Uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa turli ijtimoiy-maishiy masalalar, salomatlikni tiklash va infratuzilmaga oid murojaatlar ham birma-bir tinglandi. Aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, tuman Kengashi deputatlari nazoratiga olindi.
#24_tavsiya
#ish_reja_ijrosi
#Kengash_rahbaryati
#Qonun_ijrosi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | 📹YouTube | 63 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
Kommunal va infratuzilma muammolarini aniqlash | 52 | 1 | 0 | 0 | Loading... |

