fa
Feedback
Vatandoş KOREYA

Vatandoş KOREYA

رفتن به کانال در Telegram

🇰🇷Koreyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_koreya 🔴Reklama: @migrantreklama

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
470
مشترکین
+924 ساعت
+577 روز
+7030 روز
آرشیو پست ها
🇰🇷 Iksanda 21 yoshli o‘zbekistonlik YTHda odam oʻldirdi Janubiy Koreyaning Jeonbuk provinsiyasi Iksan shahrida 21 yoshli O‘
🇰🇷 Iksanda 21 yoshli o‘zbekistonlik YTHda odam oʻldirdi Janubiy Koreyaning Jeonbuk provinsiyasi Iksan shahrida 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 80 yoshdan oshgan erkakning o‘limiga sabab bo‘lganlik va voqea joyini tark etganlik gumoni bilan ushlandi.
Yonhap agentligining Iksan politsiyasiga tayanib xabar berishicha, hodisa 5-sentyabr kuni soat 01:42 atrofida Iksan shahrining Wanggung-myeon hududidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik talaba boshqaruvidagi yengil avtomobil velosipedda ketayotgan 80 yoshdan oshgan erkak bilan to‘qnashgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Politsiya 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini o‘lim bilan yakunlangan YTHdan keyin voqea joyini tark etish bilan bog‘liq modda bo‘yicha tezkor ravishda hibsga olib, tergovni boshlagan. Mahalliy OAVning qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, yigit hodisadan keyin avtomobilni voqea joyida qoldirib ketgan, biroq hamrohlarining tavsiyasidan so‘ng taxminan uch soat o‘tib politsiyaga o‘zi kelgan. U tergovda hodisa sodir bo‘lganini anglamaganini bildirgan. Politsiya unga nisbatan qamoqqa olish orderi so‘rash masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Tekshiruv natijasida hodisa vaqtida haydovchi alkogol yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lmagani aniqlangan. Shuningdek, u Jeonbuk provinsiyasidagi oliygohlardan birida tahsil olayotgan talaba bo‘lib, Koreyada qonuniy maqomda yashayotgani ma’lum qilingan. Hozirda politsiya hodisaning aniq sabab va tafsilotlarini o‘rganmoqda. Yigitga nisbatan hozircha yakuniy sud hukmi chiqarilmagan. Manba: Yonhap, Jeonju MBC va Janubiy Koreya mahalliy OAVlari.
 @vatandosh_koreya

🇰🇷 Koreyadagi yirik kuzgi chegirmalarda xorijliklar uchun alohida aksiyalar oʻtkaziladi Janubiy Koreyada yilning eng yirik
🇰🇷 Koreyadagi yirik kuzgi chegirmalarda xorijliklar uchun alohida aksiyalar oʻtkaziladi Janubiy Koreyada yilning eng yirik savdo tadbirlaridan biri — Korea Grand Festival doirasidagi K-Sale Festaga tayyorgarlik boshlandi. 🗓 29-oktyabrdan 15-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan festivalda oziq-ovqat, kiyim-kechak, kosmetika, avtomobillar va elektronika kabi ko‘plab mahsulotlarga chet elliklar uchun alohida chegirmalar berish koʻzda tutilgan. @vatandosh_koreya

🇰🇷 Koreyadagi xorijlik ishchilar bir yilda uyiga qariyb 5 trillion von jo‘natdi Janubiy Koreyada ishlayotgan xorijliklarnin
🇰🇷 Koreyadagi xorijlik ishchilar bir yilda uyiga qariyb 5 trillion von jo‘natdi Janubiy Koreyada ishlayotgan xorijliklarning o‘z mamlakatlariga bank orqali yuborgan pul o‘tkazmalari 2025-yilda 3,557 milliard dollar — qariyb 4,82 trillion vonni tashkil etdi. Koreya banki (Bank of Korea) deputat Kim Sang-hun ofisiga taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yildagi 3,091 milliard dollarga nisbatan 15 foizga oshgan. 2021-yildan 2026-yil avgustigacha xorijlik ishchilar Koreyadan chet elga jami 19,995 milliard dollar — qariyb 26,7 trillion von jo‘natgan. Ushbu davrda pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchilar: 🇹🇭 Tailand — 35,4% (6,966 mlrd dollar) 🇻🇳 Vyetnam — 21,6% (4,249 mlrd dollar) 2025-yilning o‘zida Vyetnamga 1,069 milliard dollar, Tailandga esa 1,016 milliard dollar yuborilgan. @vatandosh_koreya

🇰🇷 Vonning dollarga nisbatan kursi 14 oy ichidagi eng yuqori darajagacha mustahkamlandi 4-sentyabr kuni Janubiy Koreya voni
🇰🇷 Vonning dollarga nisbatan kursi 14 oy ichidagi eng yuqori darajagacha mustahkamlandi 4-sentyabr kuni Janubiy Koreya voni AQSH dollariga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanib, savdolar davomida 1 dollar uchun 1 350 vondan ham pastga — 1 340 von oralig‘igacha tushdi. Bu taxminan so‘nggi 14 oydagi eng kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi.
Asosiy kunduzgi savdolar 1 dollar = 1 350,4 von darajasida yakunlandi. Bu avvalgi savdo kunidagi yopilish kursidan 8,9 vonga past. So‘nggi uch savdo kuni davomida dollar von oldida qariyb 20 von arzonlashgan. Vonning mustahkamlanishiga xalqaro bozorda dollar kursining keskin pasayishi, xususan, Yaponiya hukumati valyuta bozoriga intervensiya qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida iyenaning kuchayishi ham ta’sir ko‘rsatgan. 💱 Bu Koreyada ishlab, daromadini O‘zbekistonga yuboradigan fuqarolarimiz uchun ham muhim: vonning dollarga nisbatan mustahkamlanishi, boshqa omillar o‘zgarmasa, vondagi daromadning dollar ekvivalentini oshiradi.
@vatandosh_koreya

🔻 Jonli efir 📝 Mavzu: Musayev ketdi. Jarima bekor bo‘ldi 📇 Qatnashadi: Huququshunos Botirjon Shermuhammad va jurnalist Mus
🔻 Jonli efir 📝 Mavzu: Musayev ketdi. Jarima bekor bo‘ldi 📇 Qatnashadi: Huququshunos  Botirjon Shermuhammad va jurnalist Muslim Mirzajonov ❓ Savollar yuboring, fikr-mulohazalaringizni yo‘llang! ▶️ YouTube - https://youtube.com/live/v_hsUx0VuvQ?feature=share @vatandosh_koreya

📰 Seulda xorijliklar va multikultural oilalar uchun oilaviy festival o‘tkaziladi 12-sentyabr kuni Seulning Jung-gu tumanida,
📰 Seulda xorijliklar va multikultural oilalar uchun oilaviy festival o‘tkaziladi 12-sentyabr kuni Seulning Jung-gu tumanida, Hyundai City Outlet Dongdaemun yaqinida Multicultural Family Happy Gathering oilaviy festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir, avvalo, turli millat va madaniyat vakillaridan iborat oilalarga mo‘ljallangan. Festival 13:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Dasturdan mahorat darslari, ekologik maydonchalar, turli mamlakatlar an’analari bilan tanishtiruvchi dasturlar hamda oilaviy tadbirlar o‘rin olgan. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, festival nafaqat ko‘ngilochar tadbir, balki xorijliklar va mahalliy aholi o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni mustahkamlashga ham qaratilgan. 📅 12-sentyabr ⏰ 13:00–17:00 📍 Hyundai City Outlet Dongdaemun yaqinida, Seul @vatandosh_koreya

❓ Migratsiya agentligining yangi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov kim? Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov 1974-yil 14
Migratsiya agentligining yangi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov kim? Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov 1974-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda AQShdagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan. Yaponiyaning Otaru kommersiya universitetida magistraturani, Xokkaydo universitetida doktoranturani tamomlagan. Abdurahmonovning mehnat faoliyati xususiy sektor, investitsiya, tashqi savdo va diplomatiya sohalarini qamrab olgan. U Coca-Cola kompaniyasida menejer, Yaponiyadagi MTRUSTCo. Ltd kompaniyasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2021-yildan O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ta’limiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan edi. M.Abdurahmonov yapon, ingliz, rus, tojik va arab tillarini mukammal biladi. Endi u xorijda mehnat qilayotgan va ishlash uchun chet elga chiqishni rejalashtirayotgan yuz minglab vatandoshlar bilan bog‘liq muhim yo‘nalishga rahbarlik qiladi. @vatandosh_rossiya

📌 Endi Koreyada ish joyini almashtirish uchun Agentlik roziligi talab qilinmaydi Migratsiya agentligi Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida ishlash uchun borayotgan fuqarolar bilan tuziladigan uch tomonlama shartnomaning ayrim bandlarini qayta ko‘rib chiqdi. Avvalgi shartnomada fuqaro ish joyini o‘zgartirishdan oldin Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi roziligini olishi kerak edi. Bu talabga rioya qilinmasa, jarima qo‘llash ham nazarda tutilgan. Endilikda ushbu ikki talab shartnomadan chiqarib tashlandi. Ya’ni, E-9 vizasi bilan ishlayotgan fuqarolar ish joyini o‘zgartirish uchun Migratsiya agentligining alohida roziligini olishi shart emas.
Fuqarolar Koreya qonunchiligida belgilangan tartib asosida amaldagi ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilib, yangi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirishishi mumkin. ❗️Biroq bu o‘zgarish Koreyaning E-9 vizasi bo‘yicha amaldagi qonunchiligini o‘zgartirmaydi. Shartnomada Koreyada noqonuniy maqomda qolganlik uchun jarima qo‘llash bandi saqlab qolingan. E-9 vizasi asosida ishlayotgan fuqaro mehnat shartnomasi bekor qilingach: • 1 oy ichida ish izlovchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi; • 90 kun ichida yangi ish topishi kerak. Aks holda, Koreya hududini tark etish talab qilinadi. Belgilangan muddatda ishga joylashmagan va mamlakatdan chiqib ketmagan fuqaro noqonuniy maqomga o‘tishi mumkin. Bunday holatda jarima, deportatsiya va Koreyaga qayta kirishga taqiq qo‘llanishi ehtimoli bor. 📌 Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, o‘zgarishlar Koreyadagi ish beruvchilar va NNTlar bilan muzokaralar, shuningdek fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida kiritilgan.
@vatandosh_koreya

🔴 Migratsiya agentligiga yangi direktor tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan Muxsinxo
🔴 Migratsiya agentligiga yangi direktor tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu paytgacha agentlikka rahbarlik qilib kelgan Behzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. 📌 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi — rasmiy xabar @vatandosh_koreya

Mol-mulk va majburiyatlar yangi agentlikka o‘tdi, xodimlar-chi? 🤩 2024-yil 17-oktyabrda Prezidentning PF-162-son Farmoni bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, uning o‘rnida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Yangi agentlik tugatilgan tashkilotning huquqiy vorisi bo‘ldi: uning mol-mulki, mablag‘lari, huquq va majburiyatlari yangi tuzilmaga o‘tdi. Ammo yillar davomida shu tizimda ishlagan xodimlarning bir qismi nega ishdan bo‘shatildi? Tashkilotning nomi va maqomi o‘zgarganda, uning mol-mulki va majburiyatlari saqlanib qolib, xodimlari ishsiz qolishi qonuniymi? Huquqiy vorislik xodimlarning mehnat huquqlariga ham taalluqli bo‘lishi kerakmidi?
Vatandosh nashri ushbu masalada ishdan bo‘shatilgan va o‘zini jabrlanuvchi deb hisoblayotgan sobiq xodimlar, ularning advokati hamda Migratsiya agentligi vakilining fikrini o‘rgandi. 📱 YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/X6RsLd5PhcI 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net

🇰🇷 Janubiy Koreya xorijliklar uchun pensiya qoidalarini kuchaytirmoqda: bu o‘zbekistonliklarga qanday ta’sir qilishi mumkin
🇰🇷 Janubiy Koreya xorijliklar uchun pensiya qoidalarini kuchaytirmoqda: bu o‘zbekistonliklarga qanday ta’sir qilishi mumkin? Janubiy Koreya hukumati xorijliklarning Milliy pensiya tizimida (국민연금) avval to‘lanmagan badallarni keyinchalik to‘ldirish — 추후납부 tartibidan foydalanish qoidalarini kuchaytirdi.
The Korea Times xabariga ko‘ra, bunga ayrim xorijliklar tizimdagi bo‘shliqdan foydalanib, qisqa muddat badal to‘laganidan keyin oldingi davrlar uchun to‘lovlarni birdaniga amalga oshirib, umrbod pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi bahslar sabab bo‘lgan. 📌 Nima o‘zgardi? 31-avgustdan boshlab xorijliklar oldingi davr uchun pensiya badallarini to‘lamoqchi bo‘lsa, ularning Koreyada haqiqatan yashagan davri tekshiriladi. Avval yashash maqomi mavjud bo‘lgan davr hisobga olinishi mumkin edi. Endilikda xorijlik Koreyada bo‘lmagan oylar uchun bunday to‘lovni amalga oshira olmaydi. Bir oy hisobga olinishi uchun o‘sha oy davomida Koreyada kamida 15 kun bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bu ma’lumot kirish-chiqish qaydlari orqali tekshiriladi. ⚠️ Yana bir muhim o‘zgarish tayyorlanmoqda Koreya hukumati ushbu imkoniyatga o‘zaro tenglik (reciprocity) tamoyilini joriy etmoqchi. Ya’ni kelajakda faqat koreyaliklarga ham xuddi shunday imkoniyat beradigan davlatlar fuqarolariga oldingi davr uchun pensiya badallarini to‘ldirishga ruxsat berilishi mumkin. Hozircha qonun o‘zgarishi yakunlanmagan va aynan qaysi davlatlar fuqarolariga cheklov qo‘llanishi rasman e’lon qilinmagan. 🇺🇿 O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim jihat O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ijtimoiy ta’minot bo‘yicha kelishuv mavjud. NPS ma’lumotiga ko‘ra, Employment Permit System (EPS) orqali Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari Koreya Milliy pensiya tizimiga badal to‘lashdan 60 oygacha ozod etiladi. Shu sababli yangi tartibning Koreyada ishlayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolariga bir xil ta’sir qilishi haqida gapirish to‘g‘ri emas. Uning amaliy ta’siri fuqaroning viza turi, NPS tizimidagi maqomi va badal to‘lagan davriga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, hukumat hozircha aynan qaysi davlatlarga yangi «o‘zaro tenglik» talabi tatbiq etilishini e’lon qilmagan. Demak, O‘zbekiston fuqarolari 추후납부 imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, degan xulosaga kelishga hali erta. 📊 Koreyada Milliy pensiya tizimiga ulangan xorijliklar soni qariyb 490 ming nafar. Oldingi davr uchun badal to‘lash imkoniyatidan foydalangan xorijliklar soni 2023-yildagi 530 nafardan 2025-yilda 1 517 nafarga yetgan. 2026-yilning birinchi yarmida esa 994 ta shunday murojaat qayd etilgan. 📌 Manba: The Korea Times, Janubiy Koreya Milliy pensiya xizmati (NPS)
@vatandosh_koreya

🇰🇷 Janubiy Koreya sanoatida o‘zbekistonlik ishchilarning roli ortib bormoqda — Yonhap Janubiy Koreyaning yirik axborot agen
🇰🇷 Janubiy Koreya sanoatida o‘zbekistonlik ishchilarning roli ortib bormoqda — Yonhap Janubiy Koreyaning yirik  axborot agentligi bugun, 3-sentyabr kuni Markaziy Osiyodan kelgan mehnat migrantlarining Koreya sanoatidagi o‘rni haqida katta maqola e’lon qildi. Jurnalistlar iyun oyidan buyon Ulsan, Gimxe va Ansan kabi sanoat hududlarida migrantlarning mehnati va hayotini o‘rgangan. 🇺🇿 Maqolada o‘zbekistonlik ishchilarga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, Ulsandagi kemasozlik korxonalaridan birida ishlayotgan 32 yoshli o‘zbekistonlik Mavroni Payorjon haqida hikoya qilinadi. U 2023-yil mayidan buyon kemalarda ishchilar xavfsiz harakatlanishi uchun vaqtinchalik metall maydonchalarni o‘rnatish va demontaj qilish bilan shug‘ullanadi. U ishlaydigan olti kishilik jamoaning to‘rt nafari O‘zbekiston fuqarosi, ikki nafari koreyalik. Payorjon bir kunda o‘rtacha 18–20 ta konstruksiyani o‘rnatadi. Korxona vakili uning ishini yuqori baholab, malakasi koreyalik ishchilarnikidan qolishmasligini ta’kidlagan. 🏭 Yonhap'ga ko‘ra, Ulsandagi mazkur kemasozlik korxonasida xorijliklar pudratchi tashkilotlar bilan birga jami ishchilarning qariyb 20 foizini, Markaziy Osiyo vakillari esa 10 foizini tashkil qilmoqda. Ular endilikda faqat yordamchi va oddiy ishlarni emas, malaka talab qiladigan vazifalarni ham bajarmoqda. 👨‍👩‍👦 Maqolada o‘zbekistonliklar orasida Koreyani faqat vaqtincha ishlab pul topadigan mamlakat emas, balki uzoq muddat yashash joyi sifatida ko‘rayotganlar ko‘payayotgani ham qayd etilgan. Masalan, Gimxedagi avtomobil ehtiyot qismlari korxonasida ishlaydigan 36 yoshli o‘zbekistonlik Hasanbek E-9 vizasini oila a’zolarini Koreyaga olib kelish imkonini beruvchi E-7 vizasiga almashtirgan. U O‘zbekistondagi turmush o‘rtog‘i hamda 8 va 6 yoshli farzandlarini Koreyaga olib kelish uchun pul yig‘ayotganini aytgan. Ulsandagi Payorjon ham E-7 vizasiga o‘tib, 5 va 2 yoshli o‘g‘illarini Koreyada o‘qitishni maqsad qilgan. ⚠️ Shu bilan birga, Yonhap migrantlar uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nisbatan past ish haqi va ish joyini almashtirishdagi cheklovlar hanuz jiddiy muammo bo‘lib qolayotganini yozgan. Agentlik bunga misol sifatida joriy yil iyul oyida Ulsandagi kemasozlik korxonasida 20 yoshlardagi O‘zbekiston fuqarosining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lganini ham eslatgan.
@vatandosh_koreya

🇰🇷 Koreya banklarida xorijlik mutaxassislarga talab oshmoqda Janubiy Koreya banklari va fintech kompaniyalari xorijlik xodi
🇰🇷 Koreya banklarida xorijlik mutaxassislarga talab oshmoqda Janubiy Koreya banklari va fintech kompaniyalari xorijlik xodimlarni endilikda faqat chet ellik mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun emas, balki muhim va strategik lavozimlarga ham faol jalb qilmoqda. Xorijlik mutaxassislar strategik rejalashtirish, ma’lumotlar tahlili, raqamli mahsulotlar yaratish, dasturlash hamda pul yuvishga qarshi kurash kabi yo‘nalishlarda ishlamoqda. 🏦 JB Financialda hozir 17 nafar xorijlik mutaxassis faoliyat yuritadi. Hana Bankda esa 15 mamlakatdan 52 nafar xorijlik xodim ishlaydi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Bank faqat joriy yilning birinchi yarmida yana 13 nafar xorijlikni ishga qabul qilgan. Xorijlik mutaxassislar rahbarlik lavozimlariga ham tayinlanmoqda. Masalan, rossiyalik Oleg Smagin JB Financial’ning AX Strategy Division bo‘limida katta menejer sifatida raqamli aktivlar strategiyasi bilan shug‘ullanadi. 📱 Koreyaning yirik fintech xizmatlaridan biri — Toss ham xorijlik mutaxassislarni asosiy mahsulot va texnik jamoalariga jalb qilmoqda. Bu tendensiya Janubiy Koreya moliya sektorida xorijliklar uchun ish imkoniyatlari mijozlarga xizmat ko‘rsatish doirasidan chiqib, yuqori malaka talab qiladigan sohalarga kengayayotganini ko‘rsatmoqda. @vatandosh_koreya

🇰🇷 Seulda xorijliklar uchun yagona “MY SEOUL+” portali ishga tushirildi Seul shahri xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan Seoul Foreign Resident Portalni to‘liq yangilab, 1-sentyabrdan “MY SEOUL+” nomi ostida qayta ishga tushirdi. 📌Portaldan xorijliklar immigratsiya va yashash tartiblari, uy-joy, ishga joylashish, tibbiyot, ta’lim, kundalik hayot hamda shahar tomonidan taqdim etiladigan turli qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Avval bu ma’lumotlar turli shahar idoralari sahifalarida tarqoq holda joylashgan bo‘lsa, endi ular yagona platformaga jamlangan. 👥 Shuningdek, foydalanuvchilar uchun alohida moslashtirilgan bo‘limlar tashkil etilgan. Unda talabalar, xorijiy ishchilar, nikoh orqali Koreyaga kelgan migrantlar, xorijdagi koreys diasporasi vakillari hamda migrant oilalardagi yoshlar o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni alohida ko‘rishlari mumkin. 🌐 Asosiy ma’lumotlar koreys, ingliz, xitoy va vyetnam tillarida taqdim etiladi. Boshqa tillar uchun esa avtomatik tarjima funksiyasi mavjud. Portalga sun’iy intellekt asosidagi chatbot ham qo‘shilgan. 🗺 Bundan tashqari, Seul Global Center va xorijiy rezidentlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini xarita orqali topish mumkin. Ularning manzili, aloqa ma’lumotlari, xizmatlari, tadbirlar jadvali va ayrim binolardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rsatiladi. 📱 MY SEOUL+ uchun alohida ilova o‘rnatish shart emas. Portalga kompyuter yoki smartfon brauzeri orqali kirish mumkin.
@vatandosh_koreya

🇰🇷 Koreyada E-9 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni tarixiy rekordga yetdi Janubiy Koreyada Mehnatga ruxsat berish ti
🇰🇷 Koreyada E-9 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni tarixiy rekordga yetdi Janubiy Koreyada Mehnatga ruxsat berish tizimi (EPS) orqali E-9 vizasi bilan ishlayotgan xorijliklar soni 287 424 nafarga yetib, tizim joriy etilganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Yonhap agentligining Koreya Mehnat va bandlik vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, bu ko‘rsatkich 2026-yil iyul oyi holatiga tegishli. Ma’lumotlar deputat Kim Vi Sanga taqdim etilgan.
📊 E-9 ishchilari soni yildan yilga oshgan: 2021-yil — 159 463 nafar 2022-yil — 203 121 nafar 2023-yil — 247 191 nafar 2024-yil — 271 925 nafar 2025-yil — 282 839 nafar 2026-yil iyul — 287 424 nafar. 🏭 Ularning 229 844 nafari yoki qariyb 80 foizi ishlab chiqarish sohasida mehnat qilmoqda. 🌾 Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik — 33 878 nafar (11,8%) 🎣 Baliqchilik — 15 441 nafar (5,4%) 🏗 Qurilish — 6 724 nafar (2,3%) 🛎 Xizmat ko‘rsatish — 1 410 nafar (0,5%). Shu bilan birga, Koreya hukumati E-9 ishchilari uchun yillik kvotani 2022-yildagi 69 mingdan 2024-yilda 165 minggacha oshirgan edi. Keyinchalik kvota 2025-yilda 130 mingga, 2026-yilda esa 80 mingga tushirildi. Bunga iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va korxonalarning xorijlik ishchilarga talabi kamayishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
@vatandosh_koreya

🇰🇷 Koreyada 4 o‘zbekistonlik nega ushlandi? Koreya politsiyasi to‘rt nafar o‘zbekistonlikni Suriya bilan bog‘liq ekstremistik tashkilotga moddiy yordam ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi gumoni bilan tergov qilmoqda. Tergovga ko‘ra, asosiy gumonlanuvchi kriptovalyuta orqali pul o‘tkazgan, Koreyada 11 ta ishlatilgan avtomobil va 2 ta ekskavator sotib olinib, 2025-yilda Suriyaga jo‘natilgan. To‘rt nafar erkak 13-aprel kuni qo‘lga olingan. Asosiy gumonlanuvchi hibsda, qolgan uch nafari hibsga olinmagan holda tergov qilinmoqda. Asosiy gumonlanuvchi ayblovlarni rad etib, qarindoshiga pul yuborgani va avtomobil savdosi bilan shug‘ullanganini bildirgan. ⚠️ Hozircha bu — tergov versiyasi. Gumonlanuvchilarning aybdor yoki aybsizligi bo‘yicha yakuniy qarorni sud chiqaradi. @vatandosh_koreya

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak! Bugun — xalqimiz uchun eng aziz va qadrli sanalardan biri. 35 yil avval O‘zbekis
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak! Bugun — xalqimiz uchun eng aziz va qadrli sanalardan biri. 35 yil avval O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanladi. Mustaqillik — o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, ona tilimiz, qadriyatlarimiz va milliy o‘zligimizni asrab-avaylash, kelajak sari ishonch bilan qadam tashlash imkonidir. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin. Har bir xonadonda fayz-u baraka, mehr-oqibat va xotirjamlik hukm sursin. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿 @vatandosh_koreya

🇰🇷 109-TOPIK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish 1-sentyabrda boshlanadi Janubiy Koreyada 109-Koreys tilini bilish darajasi imtiho
🇰🇷 109-TOPIK imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish 1-sentyabrda boshlanadi Janubiy Koreyada 109-Koreys tilini bilish darajasi imtihoni (TOPIK I va TOPIK II) uchun ro‘yxatdan o‘tish 1-sentyabrdan boshlanadi. Koreya Ta’lim vazirligi va TOPIK rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 109-TOPIK uchun umumiy ro‘yxatdan o‘tish davri 1–7-sentyabr etib belgilangan. Imtihon esa 15-noyabr 2026-yil kuni o‘tkaziladi. Natijalar 22-dekabr kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hududlar kesimidagi sanalarni rasmiy saytda tekshirish tavsiya etiladi. ⚠️ TOPIK rasmiy tizimi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida telefon va planshetlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Ariza kompyuter yoki oddiy noutbuk orqali topshirilishi kerak. 🔗 TOPIK rasmiy sayti @vatandosh_koreya

🇰🇷 Koreyada ish joyini o‘zgartirish uchun O‘zbekiston vakolatxonasidan yozma ruxsat shartmi? Koreya qonunchiligida E-9 ishc
🇰🇷 Koreyada ish joyini o‘zgartirish uchun O‘zbekiston vakolatxonasidan yozma ruxsat shartmi? Koreya qonunchiligida E-9 ishchisi qaysi holatlarda va qanday tartibda ish joyini o‘zgartirishi mumkinligi aniq belgilangan. Ariza Koreyaning vakolatli bandlik organiga beriladi. Ammo o‘zbekistonlik ishchilardan bunga qo‘shimcha ravishda Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi bilan yozma kelishish talab qilinmoqda. ❗️Koreya qonunchiligida O‘zbekiston vakolatxonasidan bunday ruxsat olish talabi yo‘q. O‘zbekiston tomonida esa bu talab uch tomonlama shartnomaga bog‘langan, biroq uning bevosita normativ-huquqiy asosi, ruxsat berish va rad etish mezonlari ochiq va aniq belgilanganmi? Agar mezonlar aniq bo‘lmasa, qarorlar inson omili va subyektiv yondashuvga bog‘liq bo‘lib qolishi xavfi mavjud. 📌 «Vatandosh» ushbu masalaning huquqiy asoslarini tahlil qildi. 👉 Batafsil o‘qish: https://vatandosh.net/oz/news/1018 @vatandosh_koreya

❗️ Ochiq qolayotgan savollar Migratsiya agentligi vakillari avvalroq Ulsandagi o‘zbekistonlik ishchilar bilan uchrashuvda uch tomonlama shartnomadagi jarima undirishga oid band bekor qilinganini ma’lum qilgan edi. Biroq Agentlikning rasmiy bayonotida shartnoma bandlari muhokama qilingani va tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha tavsiyalar berilgani haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan cheklanilgan. Unda adolatsiz deb baholanayotgan bandning olib tashlangani ochiq va aniq aytilmagan. Shuningdek, quyidagi savollar ham javobsiz qolmoqda: 🔹 Jarimaning bekor qilinishi aynan kimlarga tatbiq etiladi? 🔹 Shu paytgacha hisoblangan va undirilgan jarimalar taqdiri nima bo‘ladi? 🔹 Sudga kiritilgan da’volar qayta ko‘rib chiqiladimi? 🔹 To‘lovni amalga oshirgan fuqarolarning mablag‘lari qaytariladimi? 🇰🇷 Koreyadagi yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan ushbu savollar yuzasidan “Vatandosh” nashri Migratsiya agentligidan ochiq va aniq javob kutib qoladi. @vatandosh_koreya