Vatandoş KOREYA
الذهاب إلى القناة على Telegram
🇰🇷Koreyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_koreya 🔴Reklama: @migrantreklama
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
477
المشتركون
+124 ساعات
+467 أيام
+7430 أيام
أرشيف المشاركات
🇰🇷 Vanjuda xorijliklarga ham 300 ming vondan beriladi
Cholla-Pukto provinsiyasidagi Vanju okrugi har bir kishi uchun 300 ming von miqdorida bir martalik yordam puli to‘lashni boshladi.
Vanjuning rasmiy internet nashri xabariga ko‘ra, to‘lovni Koreya fuqarolari bilan birga nikoh migrantlari va F-5 vizasiga ega xorijliklar ham olishi mumkin.
Buning uchun ular 2026-yil 31-iyul holatiga ko‘ra Vanjuda ro‘yxatdan o‘tgan va ariza beriladigan kungacha shu hududda yashayotgan bo‘lishi kerak. Dastur jami 100 877 kishini qamrab oladi.
Yordam puli oldindan mablag‘ yuklangan karta orqali beriladi. Arizalar 30-oktyabrgacha yashash manzili bo‘yicha ma’muriy markazlarda qabul qilinadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Kartadagi pulni 31-dekabrgacha faqat Vanju hududida ishlatish mumkin. Dastur oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy kichik biznes savdosini rag‘batlantirishga qaratilgan.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 E-9 bo‘yicha O‘zbekistonga qo‘yilgan shartlar sabab Koreya tanqid ostida
Koreyaning Pressian nashri O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida 2019-yilda imzolangan Employment Permit System (EPS) bo‘yicha memorandumni o‘rganib, undagi ayrim shartlar migrant ishchilar huquqlari nuqtayi nazaridan bahsli ekanini yozdi.
Maqolada asosiy e’tibor memorandumning 15-moddasiga qaratilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan kelgan ishchilar orasida ish joyini ruxsatsiz tark etish yoki Koreyada noqonuniy qolish darajasi boshqa ishchi yuboruvchi davlatlar uchun belgilangan o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshsa, Koreya Mehnat vazirligi O‘zbekiston tomoni bilan oldindan kelishgan holda O‘zbekiston uchun kvotani qisqartirish, ishchilarni ishga joylashtirish jarayonini vaqtincha to‘xtatish yoki memorandumni bekor qilish choralarini ko‘rishi mumkin. Pressian suhbatlashgan migrantlar huquqlari bo‘yicha ekspertlar aynan shu tizimni tanqid qilmoqda. Ularning fikricha, xorijlik ishchining korxonani tark etishiga ish beruvchining noqonuniy xatti-harakati, ish haqining to‘lanmasligi yoki og‘ir mehnat sharoitlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ishchilar korxonalarni ruxsatsiz tark etishi yoki noqonuniy qolishi ko‘payganda buning oqibatlari butun yuboruvchi davlat va Koreyaga borishni kutayotgan boshqa fuqarolarga ham ta’sir qilishi mumkin. Ekspertlar memorandumda majburiyat va javobgarlik asosan ishchi yuboruvchi davlat zimmasiga yuklanganini ham tanqid qilgan. Ularning fikricha, bunday bosim yuboruvchi davlatlarni ishchilarning ish joyini almashtirishiga to‘sqinlik qiluvchi jarima yoki moliyaviy kafolat kabi choralarni qo‘llashga undashi mumkin. ❗️Muhim jihati, bu Koreya hukumatining yangi qarori yoki O‘zbekiston bilan yangi tuzilgan kelishuv emas. Gap 2019-yil 19-aprelda Toshkentda imzolangan EPS memorandumi va undagi shartlarning Koreyada ekspertlar tomonidan tanqid qilinayotgani haqida ketmoqda. Shuningdek, memorandumning 14-moddasida E-9 ishchisi Koreyaning xorijiy ishchilar to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq ish joyini o‘zgartirishi mumkinligi belgilangan. Bu mavzu yaqinda O‘zbekiston Migratsiya agentligi E-9 vizasi bilan Koreyada ishlayotgan fuqarolar uchun uch tomonlama shartnomadan ish joyini almashtirishdan oldin Agentlik roziligini olish talabi va unga bog‘liq jarima bandini olib tashlagani fonida yanada dolzarb bo‘lib turibdi. Manba: Pressian, 8-sentyabr 2026-yil.@vatandosh_koreya
🚨 Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvda
Koreya Milliy politsiya agentligining 12-avgust holatiga ko‘ra ma’lum qilishicha, mamlakatda xorijda sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvga berilgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinmoqda.
Ular orasida:
🇨🇳 Xitoy — 40 kishi
🇺🇿 O‘zbekiston — 19 kishi
🇲🇳 Mongoliya — 17 kishi
🇻🇳 Vyetnam — 13 kishi
🇰🇿 Qozog‘iston — 8 kishi
🇷🇺 Rossiya — 7 kishi
🇰🇬 Qirg‘iziston — 2 kishi
Shu tariqa, O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Sobiq ittifoq mamlakatlarining to‘rttasiga jami 36 kishi to‘g‘ri keladi — bu umumiy ko‘rsatkichning qariyb uchdan bir qismi. Qidiruvdagi 110 kishining 47 nafari firibgarlik ishlari bo‘yicha gumon qilinmoqda. Shuningdek, ular orasida giyohvand moddalar, o‘g‘rilik, hujum, tan jarohati yetkazish, odam o‘g‘irlash va noqonuniy ushlab turish kabi jinoyatlar bo‘yicha qidirilayotganlar ham bor. Koreya politsiyasi xalqaro qidiruv ishlarini kuchaytirib, bu yo‘nalishdagi xodimlar sonini 22 nafardan 64 nafarga oshirdi. O‘tgan yil davomida Koreyadan boshqa davlatlarga 13 nafar qidiruvdagi shaxs topshirilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida bu ko‘rsatkich 24 nafarga yetgan. Shaxs qo‘lga olingach, uni boshqa davlatga topshirish masalasi amaldagi xalqaro kelishuvlar asosida hal qilinadi.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyadagi kemasozlik zavodida o‘zbekistonlik ayolga tegajog‘lik qilingan
⚠️ Koreyada E-9 vizasi bilan kemasozlik zavodida payvandchi bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik ayol rahbari tomonidan muntazam haqorat, kamsitish va jinsiy tegajog‘likka uchraganini ma’lum qildi.
🔴 Ayolning aytishicha, rahbar uning ko‘kragiga tegishga uringan, boshqa ishchilar oldida haqorat qilib, so‘kingan.
🏥 Keyinchalik ushbu voqealar tufayli unda yuzaga kelgan ruhiy buzilish Koreyada ish bilan bog‘liq kasallik sifatida tan olindi.
💰 Bu esa unga kasb kasalliklari sug‘urtasi doirasida davolanish xarajatlarini qoplatish, shuningdek, ishlay olmagan davri uchun tegishli to‘lovlarni olish imkonini beradi.
📌 Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/1027
🇺🇿 @vatandosh_koreya
🇰🇷 8-sentyabrdan yashash manzillari tekshiriladi: nimaga e’tibor berish kerak?
8-sentyabrdan Janubiy Koreyada har yili o‘tkaziladigan yashash joyi ro‘yxatini tekshirish (주민등록 사실조사)ning bevosita, ya’ni uyma-uy tekshiruv bosqichi boshlanadi.
Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat vakillari 8-sentyabrdan 9-noyabrgacha manzillarga borib, rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan manzil bilan fuqaroning amalda yashayotgan joyi bir-biriga mos kelishini tekshiradi.
❗️Bu barcha xorijliklarni ommaviy tekshirish kampaniyasi emas. Mazkur tekshiruv, avvalo, Koreyaning 주민등록 tizimida ro‘yxatdan o‘tgan aholiga qaratilgan. Shuning uchun 8-sentyabrdan boshlab barcha xorijliklarning uylariga migratsiya xodimlari boradi, degan xulosa noto‘g‘ri. Shunga qaramay, Koreyada yashayotgan xorijliklar uchun ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili amaldagi manzilga mos bo‘lishi muhim. Agar yaqinda boshqa uyga ko‘chgan bo‘lsangiz, rezident kartangiz (ARC) bilan bog‘langan migratsiya tizimidagi yashash manzilingizni tekshirib qo‘ygan ma’qul. Manzil o‘zgargan bo‘lsa, uni belgilangan muddatda rasmiylashtirish talab etiladi. Ya’ni, yangi manzilda anchadan beri yashayotgan bo‘lsangiz ham, viza uzaytirish yoki boshqa tekshiruvni kutib yurmasdan ma’lumotlarni oldindan to‘g‘rilab qo‘yish tavsiya etiladi.@vatandosh_koreya
🇰🇷 E-9 vizasi bilan ishlayotgan quruvchilar uchun yengillik
Janubiy Koreya E-9 vizasi asosida qurilish sohasida ishlayotgan xorijlik ishchilarni bir obyektдан boshqasiga o‘tkazish tartibini yengillashtirmoqda.
Hozirgi tartibga ko‘ra, E-9 vizasi bilan qurilishda ishlayotgan xorijlik ishchi muayyan qurilish obyektiga biriktiriladi. Uni boshqa obyektga o‘tkazishga, asosan, qurilish ishlari tugagan yoki to‘xtatilgan kabi cheklangan holatlarda ruxsat beriladi.
Yangi tartib bo‘yicha esa, agar yangi obyekt ham E-9 bo‘yicha xorijlik ishchilarni ishga qabul qilish talablariga javob bersa, xodimni aynan bir kompaniya — bir ish beruvchiga qarashli boshqa qurilish obyektiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
O‘zgarish 2026-yilgi to‘rtinchi bosqich E-9 ishga qabul qilish ruxsatnomalariga oid arizalardan boshlab qo‘llanilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bosqich uchun arizalar 14–29-sentyabr kunlari qabul qilinadi va qurilish sohasi ham qamrab olinadi.
❗️Muhim jihati: bu o‘zgarish E-9 vizasidagi ishchiga boshqa kompaniyaga yoki boshqa ish beruvchiga erkin o‘tish huquqini bermaydi. Yangi imkoniyat faqat bir ish beruvchining turli qurilish obyektlari o‘rtasida ishchini o‘tkazishga taalluqli.
🔗 Manba: Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi
@vatandosh_koreya
🇰🇷 E-9 jarimalari boʻyicha advokat fikri: avval imzolangan shartnomalar nima bo‘ladi?
Koreyaga E-9 vizasi bilan ishlash uchun ketayotgan fuqarolar bilan tuziladigan uch tomonlama shartnomadan ish joyini almashtirish uchun Migratsiya agentligi roziligini olish talabi va bu talab buzilganda jarima qo‘llash bandi olib tashlandi.
Ammo bu avvalgi shartnomalar bo‘yicha jarimalar ham avtomatik bekor bo‘ldi, degani emas.
Advokat Elyor Nosirovning tushuntirishicha, Agentlik e’lonida yangi tartibning avval imzolangan shartnomalar yoki sudda ko‘rilayotgan va ko‘rib bo‘lingan ishlarga tatbiq etilishi alohida ko‘rsatilmagan.
Bunda ikki xil vaziyat bo‘lishi mumkin:
1️⃣ Sud jarima undirish haqida qaror chiqargan bo‘lsa
Agar ish apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rilayotgan bo‘lsa yoxud Majburiy ijro byurosiga o‘tgan bo‘lsa, advokat Migratsiya agentligi bilan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzishni eng maqbul yo‘l sifatida ko‘rsatmoqda.
Bunday kelishuv orqali Agentlik suddagi da’vo talabidan yoki sud qarori asosida undirilishi kerak bo‘lgan jarimadan voz kechishi mumkin.
2️⃣ Shartnoma imzolangan, ammo Agentlik hali sudga murojaat qilmagan bo‘lsa
Fuqaro Migratsiya agentligiga rasmiy murojaat qilib, eski shartnomani yangi tartibga moslashtirishni taklif qilishi mumkin.
Ya’ni ish joyini almashtirish uchun Agentlik roziligini olish va talab buzilganda jarima qo‘llash haqidagi bandni shartnomadan chiqarishni so‘rashi mumkin.
Agar Agentlik bunga rozi bo‘lsa, qo‘shimcha kelishuv tuzilib, nizoli band olib tashlanishi mumkin.
📌 Xulosa: yangi shartnomadan jarima bandining olib tashlanishi eski shartnomalar bo‘yicha jarimalar avtomatik bekor bo‘lganini anglatmaydi. Ammo bu o‘zgarish eski shartnomalar bo‘yicha muammolarni Agentlik bilan kelishuv orqali hal qilish uchun muhim asos bo‘lishi mumkin.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyada xorijlik ishchilar olmagan sug‘urta pullari rekord darajaga yetdi
2026-yil iyun oyi oxiriga kelib Koreyada xorijlik ishchilarga tegishli, ammo talab qilib olinmagan 54 572 ta sug‘urta to‘lovi yig‘ilib qolgan. Ularning umumiy miqdori qariyb 32,36 mlrd vonni tashkil etmoqda.
Gap, jumladan, E-9 va H-2 vizalari bilan ishlaydigan xorijliklar uchun majburiy sug‘urtalar — Koreyadan ketishda to‘lanadigan mablag‘lar va vatanga qaytish xarajatlari uchun sug‘urta pullari haqida ketmoqda.
📌 Sug‘urta pulini kimlar va qanday olishi mumkin? E-9 yoki H-2 vizasi bilan Koreyada ishlagan xorijliklar o‘zlariga tegishli sug‘urta puli bor-yo‘qligini tekshirishi mumkin. Masalan, 귀국비용보험 (vatanga qaytish xarajatlari sug‘urtasi) bo‘yicha Koreyadan butunlay chiqib ketayotgan ishchi avval bandlik markaziga ketishi haqida xabar beradi va 출국예정사실 확인서 — chiqib ketish rejalashtirilganini tasdiqlovchi hujjatni oladi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasiga ariza, o‘z nomidagi bank hisob raqami va pasport yoki xorijlik kartasi nusxasi taqdim etiladi. 출국만기보험 esa asosan kamida bir yil ishlagan xorijlikka Koreyadan chiqib ketish yoki ayrim boshqa qonuniy asoslar yuzaga kelganda to‘lanadi. Ishchi vafot etgan bo‘lsa, tegishli sug‘urta mablag‘ini uning merosxo‘rlari ham talab qilishi mumkin. O‘zbekistondan E-9 vizasi bilan Koreyada ishlab qaytganlar ham o‘z nomida olinmay qolgan sug‘urta puli mavjudligini tekshirib ko‘rishlari maqsadga muvofiq.@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreya universitetlarida 2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi
7-sentyabrdan Janubiy Koreya universitetlariga 2027-o‘quv yili uchun erta qabul (수시) doirasida hujjat topshirishning asosiy bosqichi boshlandi.
📚 Rejaga ko‘ra, 2027-yilda universitetlarga qabul qilinadigan yangi talabalarning 80,3 foizi aynan erta qabul tizimi orqali saralab olinadi.
Bu yilgi qabulning yana bir muhim jihati — u maktablardagi amaldagi 9 pog‘onali baholash tizimi hamda hozirgi CSAT (수능) imtihoni tartibi asosida o‘tkaziladigan so‘nggi qabul bo‘ladi.
Shuningdek, bu yil tibbiyot yo‘nalishlariga talabalarni hududlar bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan yangi tizim ilk bor qo‘llanadi.
📌 Koreyada o‘qishni rejalashtirayotgan xorijliklar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun esa qabul muddati va talablari universitet hamda qabul turiga qarab alohida belgilanadi.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Iksanda 21 yoshli o‘zbekistonlik YTHda odam oʻldirdi
Janubiy Koreyaning Jeonbuk provinsiyasi Iksan shahrida 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 80 yoshdan oshgan erkakning o‘limiga sabab bo‘lganlik va voqea joyini tark etganlik gumoni bilan ushlandi.
Yonhap agentligining Iksan politsiyasiga tayanib xabar berishicha, hodisa 5-sentyabr kuni soat 01:42 atrofida Iksan shahrining Wanggung-myeon hududidagi yo‘lda sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik talaba boshqaruvidagi yengil avtomobil velosipedda ketayotgan 80 yoshdan oshgan erkak bilan to‘qnashgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Politsiya 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini o‘lim bilan yakunlangan YTHdan keyin voqea joyini tark etish bilan bog‘liq modda bo‘yicha tezkor ravishda hibsga olib, tergovni boshlagan. Mahalliy OAVning qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, yigit hodisadan keyin avtomobilni voqea joyida qoldirib ketgan, biroq hamrohlarining tavsiyasidan so‘ng taxminan uch soat o‘tib politsiyaga o‘zi kelgan. U tergovda hodisa sodir bo‘lganini anglamaganini bildirgan. Politsiya unga nisbatan qamoqqa olish orderi so‘rash masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Tekshiruv natijasida hodisa vaqtida haydovchi alkogol yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lmagani aniqlangan. Shuningdek, u Jeonbuk provinsiyasidagi oliygohlardan birida tahsil olayotgan talaba bo‘lib, Koreyada qonuniy maqomda yashayotgani ma’lum qilingan. Hozirda politsiya hodisaning aniq sabab va tafsilotlarini o‘rganmoqda. Yigitga nisbatan hozircha yakuniy sud hukmi chiqarilmagan. Manba: Yonhap, Jeonju MBC va Janubiy Koreya mahalliy OAVlari. @vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyadagi yirik kuzgi chegirmalarda xorijliklar uchun alohida aksiyalar oʻtkaziladi
Janubiy Koreyada yilning eng yirik savdo tadbirlaridan biri — Korea Grand Festival doirasidagi K-Sale Festaga tayyorgarlik boshlandi.
🗓 29-oktyabrdan 15-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan festivalda oziq-ovqat, kiyim-kechak, kosmetika, avtomobillar va elektronika kabi ko‘plab mahsulotlarga chet elliklar uchun alohida chegirmalar berish koʻzda tutilgan.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Koreyadagi xorijlik ishchilar bir yilda uyiga qariyb 5 trillion von jo‘natdi
Janubiy Koreyada ishlayotgan xorijliklarning o‘z mamlakatlariga bank orqali yuborgan pul o‘tkazmalari 2025-yilda 3,557 milliard dollar — qariyb 4,82 trillion vonni tashkil etdi.
Koreya banki (Bank of Korea) deputat Kim Sang-hun ofisiga taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yildagi 3,091 milliard dollarga nisbatan 15 foizga oshgan.
2021-yildan 2026-yil avgustigacha xorijlik ishchilar Koreyadan chet elga jami 19,995 milliard dollar — qariyb 26,7 trillion von jo‘natgan.
Ushbu davrda pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchilar:
🇹🇭 Tailand — 35,4% (6,966 mlrd dollar)
🇻🇳 Vyetnam — 21,6% (4,249 mlrd dollar)
2025-yilning o‘zida Vyetnamga 1,069 milliard dollar, Tailandga esa 1,016 milliard dollar yuborilgan.
@vatandosh_koreya
🇰🇷 Vonning dollarga nisbatan kursi 14 oy ichidagi eng yuqori darajagacha mustahkamlandi
4-sentyabr kuni Janubiy Koreya voni AQSH dollariga nisbatan sezilarli darajada mustahkamlanib, savdolar davomida 1 dollar uchun 1 350 vondan ham pastga — 1 340 von oralig‘igacha tushdi. Bu taxminan so‘nggi 14 oydagi eng kuchli ko‘rsatkich hisoblanadi.
Asosiy kunduzgi savdolar 1 dollar = 1 350,4 von darajasida yakunlandi. Bu avvalgi savdo kunidagi yopilish kursidan 8,9 vonga past. So‘nggi uch savdo kuni davomida dollar von oldida qariyb 20 von arzonlashgan. Vonning mustahkamlanishiga xalqaro bozorda dollar kursining keskin pasayishi, xususan, Yaponiya hukumati valyuta bozoriga intervensiya qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida iyenaning kuchayishi ham ta’sir ko‘rsatgan. 💱 Bu Koreyada ishlab, daromadini O‘zbekistonga yuboradigan fuqarolarimiz uchun ham muhim: vonning dollarga nisbatan mustahkamlanishi, boshqa omillar o‘zgarmasa, vondagi daromadning dollar ekvivalentini oshiradi.@vatandosh_koreya
🔻 Jonli efir
📝 Mavzu: Musayev ketdi. Jarima bekor bo‘ldi
📇 Qatnashadi: Huququshunos Botirjon Shermuhammad va jurnalist Muslim Mirzajonov
❓ Savollar yuboring, fikr-mulohazalaringizni yo‘llang!
▶️ YouTube - https://youtube.com/live/v_hsUx0VuvQ?feature=share
@vatandosh_koreya
📰 Seulda xorijliklar va multikultural oilalar uchun oilaviy festival o‘tkaziladi
12-sentyabr kuni Seulning Jung-gu tumanida, Hyundai City Outlet Dongdaemun yaqinida Multicultural Family Happy Gathering oilaviy festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbir, avvalo, turli millat va madaniyat vakillaridan iborat oilalarga mo‘ljallangan. Festival 13:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
Dasturdan mahorat darslari, ekologik maydonchalar, turli mamlakatlar an’analari bilan tanishtiruvchi dasturlar hamda oilaviy tadbirlar o‘rin olgan.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, festival nafaqat ko‘ngilochar tadbir, balki xorijliklar va mahalliy aholi o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni mustahkamlashga ham qaratilgan.
📅 12-sentyabr
⏰ 13:00–17:00
📍 Hyundai City Outlet Dongdaemun yaqinida, Seul
@vatandosh_koreya
Repost from Vatandoş ROSSIYA (Migrant.uz)
❓ Migratsiya agentligining yangi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov kim?
Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov 1974-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda AQShdagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan. Yaponiyaning Otaru kommersiya universitetida magistraturani, Xokkaydo universitetida doktoranturani tamomlagan.
Abdurahmonovning mehnat faoliyati xususiy sektor, investitsiya, tashqi savdo va diplomatiya sohalarini qamrab olgan. U Coca-Cola kompaniyasida menejer, Yaponiyadagi MTRUSTCo. Ltd kompaniyasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2021-yildan O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ta’limiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan edi.
M.Abdurahmonov yapon, ingliz, rus, tojik va arab tillarini mukammal biladi.
Endi u xorijda mehnat qilayotgan va ishlash uchun chet elga chiqishni rejalashtirayotgan yuz minglab vatandoshlar bilan bog‘liq muhim yo‘nalishga rahbarlik qiladi.
@vatandosh_rossiya
📌 Endi Koreyada ish joyini almashtirish uchun Agentlik roziligi talab qilinmaydi
Migratsiya agentligi Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida ishlash uchun borayotgan fuqarolar bilan tuziladigan uch tomonlama shartnomaning ayrim bandlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Avvalgi shartnomada fuqaro ish joyini o‘zgartirishdan oldin Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi roziligini olishi kerak edi. Bu talabga rioya qilinmasa, jarima qo‘llash ham nazarda tutilgan.
Endilikda ushbu ikki talab shartnomadan chiqarib tashlandi. Ya’ni, E-9 vizasi bilan ishlayotgan fuqarolar ish joyini o‘zgartirish uchun Migratsiya agentligining alohida roziligini olishi shart emas.
Fuqarolar Koreya qonunchiligida belgilangan tartib asosida amaldagi ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilib, yangi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirishishi mumkin. ❗️Biroq bu o‘zgarish Koreyaning E-9 vizasi bo‘yicha amaldagi qonunchiligini o‘zgartirmaydi. Shartnomada Koreyada noqonuniy maqomda qolganlik uchun jarima qo‘llash bandi saqlab qolingan. E-9 vizasi asosida ishlayotgan fuqaro mehnat shartnomasi bekor qilingach: • 1 oy ichida ish izlovchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishi; • 90 kun ichida yangi ish topishi kerak. Aks holda, Koreya hududini tark etish talab qilinadi. Belgilangan muddatda ishga joylashmagan va mamlakatdan chiqib ketmagan fuqaro noqonuniy maqomga o‘tishi mumkin. Bunday holatda jarima, deportatsiya va Koreyaga qayta kirishga taqiq qo‘llanishi ehtimoli bor. 📌 Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, o‘zgarishlar Koreyadagi ish beruvchilar va NNTlar bilan muzokaralar, shuningdek fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida kiritilgan.@vatandosh_koreya
🔴 Migratsiya agentligiga yangi direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu paytgacha agentlikka rahbarlik qilib kelgan Behzod Anvarovich Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
📌 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi — rasmiy xabar
@vatandosh_koreya
Repost from Vatandoş axborot portali
Mol-mulk va majburiyatlar yangi agentlikka o‘tdi, xodimlar-chi?
🤩 2024-yil 17-oktyabrda Prezidentning PF-162-son Farmoni bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, uning o‘rnida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.
Yangi agentlik tugatilgan tashkilotning huquqiy vorisi bo‘ldi: uning mol-mulki, mablag‘lari, huquq va majburiyatlari yangi tuzilmaga o‘tdi. Ammo yillar davomida shu tizimda ishlagan xodimlarning bir qismi nega ishdan bo‘shatildi? Tashkilotning nomi va maqomi o‘zgarganda, uning mol-mulki va majburiyatlari saqlanib qolib, xodimlari ishsiz qolishi qonuniymi? Huquqiy vorislik xodimlarning mehnat huquqlariga ham taalluqli bo‘lishi kerakmidi?Vatandosh nashri ushbu masalada ishdan bo‘shatilgan va o‘zini jabrlanuvchi deb hisoblayotgan sobiq xodimlar, ularning advokati hamda Migratsiya agentligi vakilining fikrini o‘rgandi. 📱 YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/X6RsLd5PhcI 😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosh_net
🇰🇷 Janubiy Koreya xorijliklar uchun pensiya qoidalarini kuchaytirmoqda: bu o‘zbekistonliklarga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Janubiy Koreya hukumati xorijliklarning Milliy pensiya tizimida (국민연금) avval to‘lanmagan badallarni keyinchalik to‘ldirish — 추후납부 tartibidan foydalanish qoidalarini kuchaytirdi.
The Korea Times xabariga ko‘ra, bunga ayrim xorijliklar tizimdagi bo‘shliqdan foydalanib, qisqa muddat badal to‘laganidan keyin oldingi davrlar uchun to‘lovlarni birdaniga amalga oshirib, umrbod pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi bahslar sabab bo‘lgan. 📌 Nima o‘zgardi? 31-avgustdan boshlab xorijliklar oldingi davr uchun pensiya badallarini to‘lamoqchi bo‘lsa, ularning Koreyada haqiqatan yashagan davri tekshiriladi. Avval yashash maqomi mavjud bo‘lgan davr hisobga olinishi mumkin edi. Endilikda xorijlik Koreyada bo‘lmagan oylar uchun bunday to‘lovni amalga oshira olmaydi. Bir oy hisobga olinishi uchun o‘sha oy davomida Koreyada kamida 15 kun bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bu ma’lumot kirish-chiqish qaydlari orqali tekshiriladi. ⚠️ Yana bir muhim o‘zgarish tayyorlanmoqda Koreya hukumati ushbu imkoniyatga o‘zaro tenglik (reciprocity) tamoyilini joriy etmoqchi. Ya’ni kelajakda faqat koreyaliklarga ham xuddi shunday imkoniyat beradigan davlatlar fuqarolariga oldingi davr uchun pensiya badallarini to‘ldirishga ruxsat berilishi mumkin. Hozircha qonun o‘zgarishi yakunlanmagan va aynan qaysi davlatlar fuqarolariga cheklov qo‘llanishi rasman e’lon qilinmagan. 🇺🇿 O‘zbekiston fuqarolari uchun muhim jihat O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ijtimoiy ta’minot bo‘yicha kelishuv mavjud. NPS ma’lumotiga ko‘ra, Employment Permit System (EPS) orqali Koreyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari Koreya Milliy pensiya tizimiga badal to‘lashdan 60 oygacha ozod etiladi. Shu sababli yangi tartibning Koreyada ishlayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolariga bir xil ta’sir qilishi haqida gapirish to‘g‘ri emas. Uning amaliy ta’siri fuqaroning viza turi, NPS tizimidagi maqomi va badal to‘lagan davriga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, hukumat hozircha aynan qaysi davlatlarga yangi «o‘zaro tenglik» talabi tatbiq etilishini e’lon qilmagan. Demak, O‘zbekiston fuqarolari 추후납부 imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, degan xulosaga kelishga hali erta. 📊 Koreyada Milliy pensiya tizimiga ulangan xorijliklar soni qariyb 490 ming nafar. Oldingi davr uchun badal to‘lash imkoniyatidan foydalangan xorijliklar soni 2023-yildagi 530 nafardan 2025-yilda 1 517 nafarga yetgan. 2026-yilning birinchi yarmida esa 994 ta shunday murojaat qayd etilgan. 📌 Manba: The Korea Times, Janubiy Koreya Milliy pensiya xizmati (NPS)@vatandosh_koreya
