Vatandosh KOREYA
رفتن به کانال در Telegram
🇰🇷Koreyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵Vatandosh.net 🔴youtube.com/@vatandosh_koreya 🔴Reklama: @migrantreklama
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
472
مشترکین
+924 ساعت
+577 روز
+7030 روز
در حال بارگیری داده...
کانالهای مشابه
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
سپتامبر '26
سپتامبر '26
+73
در 7 کانالها
اوت '26
+289
در 11 کانالها
Get PRO
ژوئیه '260
در 11 کانالها
Get PRO
ژوئن '260
در 1 کانالها
Get PRO
مه '26
+2
در 1 کانالها
Get PRO
آوریل '260
در 1 کانالها
Get PRO
مارس '26
+108
در 5 کانالها
Get PRO
فوریه '260
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '26
+7
در 2 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 11 سپتامبر | 0 | |||
| 10 سپتامبر | +10 | |||
| 09 سپتامبر | +14 | |||
| 08 سپتامبر | +12 | |||
| 07 سپتامبر | +7 | |||
| 06 سپتامبر | +1 | |||
| 05 سپتامبر | +3 | |||
| 04 سپتامبر | +13 | |||
| 03 سپتامبر | +10 | |||
| 02 سپتامبر | +2 | |||
| 01 سپتامبر | +1 |
پستهای کانال
🇰🇷 Koreyaga bir yilda 500 mingdan ortiq xorijlik öqiş uçun kelgan
2025-yilda Janubiy Koreyaga 505 410 nafar xorijlik öqiş yoki stajirovka ötaş maqsadida kelgan. Bu mamlakatga kelgan jami xorijliklarning 2,7 foizini taşkil etadi.
Koreya Milliy turizm tashkilotining 10-sentyabr kuni ma’lum qilişiça, ötgan yili mamlakatga jami 18 936 562 nafar xorijlik taşrif buyurgan.
✈️ Ularning 15 821 073 nafari yoki 83,5 foizi turistik maqsadda kelgan.
👥 Koreyaga kelgan xorijliklarning 46,3 foizini 20–39 yoşdagilar taşkil etgan.
@vatandosh_koreya
| 2 | 💰 Qaytgan mehnat migrantlariga biznes uçun 60 mln sömgaça grant beriladi
Xorijda işlab, Özbekistonga qaytgan fuqarolar öz biznesini yo‘lga qöyiş yoki mavjud biznesini kengaytiriş uçun 60 mln sömgaça grant olişi mumkin. Mablag‘lar tanlov asosida ajratiladi.
🤝 Dastur Migratsiya agentligi va Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) tomonidan Şvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.
📌 Tanlovda:
— biznes ğoyasining asoslanganligi;
— yangi iş örinlari yaratiş imkoniyati;
— loyihaning barqarorligi va samaradorligi baholanadi.
👥 Unda 2025–2026-yillarda xorijda işlagan va Özbekistonga qaytgan fuqarolar qatnaşa oladi. Ayollar taşabbuslariga alohida e’tibor qaratiladi.
📅 Arizalar 21-sentyabrgaça onlayn qabul qilinadi.
📲 Qoşimça ma’lumot uçun Telegram orqali: +998 90 021 50 38
❗️Muhimi, bu kredit emas — qaytarilmaydigan grant. Biroq 60 mln söm har bir murojaat qiluvçiga avtomatik tarzda berilmaydi, loyihalar tanlov asosida saralanadi.
🔗 Ariza topshirish
@vatandosh_koreya | 94 |
| 3 | Migrant bolalar uçun 100 mln von xayriya qilindi
Gyeonggi provinsiyasi Siheung şahrida migrant oilalar farzandlari uçun möljallangan “Hamma uçun uy” (모두의집) markazi kapital ta’mirdan söng yangidan iş boshladi.
Koreyaning Newsis naşri xabariga köra, Super Junior guruhi a’zosi Eunhyuk markazni yangilaş uçun 100 million von öz mablağidan xayriya qilgan. Uşbu mablağ markazdagi yangi makonni tashkil etişga sarflangan.
Markaz Siheungdagi bolalar markazi qoşida faoliyat yuritadi. U migrant oilalar farzandlarining dam olişi, turli madaniy tadbirlarda qatnaşişi hamda köp madaniyatli almaşinuv dasturlarida iştirök etişi uçun möljallangan.
Loyiha Siheung şahri ma’muriyati va Green Umbrella (초록우산) bolalar xayriya tashkiloti hamkorligida amalga oşirilgan.
@vatandosh_koreya | 117 |
| 4 | 🇰🇷 Koreyada E-9 böyiça yangi qabul: 12 357 ta örin ajratiladi
Janubiy Koreyada 14–29-sentyabr kunlari E-9 vizasi böyiça xorijlik işçilarni yollaş uçun arizalar qabul qilinadi. Bu haqda mamlakat Bandlik va mehnat vazirligiga tayanib, Newsis xabar berdi.
Bu — 2026-yildagi törtinçi qabul bölib, jami 12 357 ta işga yollaş ruxsatnomasi ajratilişi rejalaştirilgan.
📊 Örinlar sohalar böyiça quyidagiça taqsimlanadi:
🏭 İşlab çiqariş — 9 020 ta
🌾 Qişloq xöjaligi va çorvaçilik — 1 906 ta
🎣 Baliqçilik — 897 ta
🏗 Quriliş — 394 ta
🛎 Xizmat körsatiş — 140 ta
Talab ajratilgan örinlardan oşib ketsa, 10 mingta örindan iborat qöşimça zaxira ham işga solinişi mumkin.
📝 Arizani kim topşiradi?
Arizalarni Koreyadagi iş beruvçilar topşiradi. Ular avval kamida yetti kun davomida mahalliy işçi izlagan bölişi kerak. Şundan söng hududiy bandlik va mehnat idorasiga yoki Work24 portali orqali murojaat qilişlari mumkin.
📅 Natijalar va ruxsatnoma beriş muddatlari:
• Natijalar — 16-oktyabrda eʼlon qilinadi.
• İşlab çiqariş va toğ-kon sanoati uçun ruxsatnomalar — 19–23-oktyabrda beriladi.
• Qişloq xöjaligi, çorvaçilik, baliqçilik, örmon xöjaligi, quriliş va xizmat körsatiş sohalari uçun — 26–30-oktyabrda beriladi.
Navbatdagi, beşinçi qabul noyabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan.
📌 Bu işçilarning imtihonga röyxatdan ötişi emas, iş beruvçilarning xorijlik xodim yollaş uçun ruxsatnoma söraş bosqiçidir.
@vatandosh_koreya | 332 |
| 5 | 🇰🇷 Koreyada bor oyda 184 mingta yangi ish o‘rni yaratildi
Janubiy Koreyada avgust oyida ish bilan band aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 184 ming kishiga ko‘payib, 29,15 million nafarga yetdi. Bu so‘nggi besh oy ichidagi eng yuqori o‘sishdir.
📊 Mart oyida 206 mingta yangi ish o‘rni yaratilganidan keyin avgustda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
Ish o‘rinlari soni ketma-ket uchinchi oy o‘smoqda. May oyida bandlik 40 ming kishiga qisqarib, 17 oy ichida ilk bor pasaygan, iyundan esa yana o‘sish boshlangan.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish sohasidagi sustlik davom etmoqda va yoshlar uchun mehnat bozoridagi vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda.
Ma’lumotlar Janubiy Koreya Statistika vazirligi tomonidan e’lon qilindi.
@vatandosh_koreya | 223 |
| 6 | 🇰🇷 Koreya mehnat vaziri xorijiy ishchilar ishlaydigan korxonani ogohlantirmasdan tekshirdi
Janubiy Koreya Bandlik va mehnat vazirligining 9-sentyabrdagi rasmiy xabariga ko‘ra, vazir Kim Yon Hun Ansan shahridagi xorijliklar ko‘p ishlaydigan ishlab chiqarish korxonasiga oldindan ogohlantirmasdan tashrif buyurdi.
Korxona aprel oyida ham tekshirilgan va rahbariyat aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganini ma’lum qilgan edi. Biroq takroriy tekshiruvda ayrim xavfsizlik choralari amalda saqlanmagani aniqlandi.
Shuningdek, xorijlik ishchilarga xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar asosan koreys tilida berilgani, ularning mazmunni tushungan-tushunmagani yetarlicha tekshirilmagani hamda xavfli uskunalar va hududlarda tasviriy ogohlantirish belgilari o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi.
Vazir xorijlik ishchilarga xavfsizlik qoidalarini tushunarli til va tasvirlar orqali yetkazish zarurligini ta’kidladi.
@vatandosh_koreya | 454 |
| 7 | “Germaniya sifatli hayot uchun, boyish uchun emas”
🇩🇪 Germaniyaga 2011-yil o‘qish maqsadida kelgan samarqandlik Sherzodbek Boxumdagi Rur universitetini tamomlagan. Sotsial pedagog.
U 15 yildan beri Hamm shahrida oilasi bilan istiqomat qilib keladi. Yevropa safari chog‘ida vatandoshimiz bilan Germaniyadagi hayot, ijtimoiy himoya tizimi va migratsiya singari muhim mavzularda suhbatlashdik.
📱YouTube'da tomosha qiling: https://youtu.be/tAyEBg6YSaM
😎 Bizga obuna bo‘ling: @vatandosheu | 193 |
| 8 | 🇰🇷 Toshkentdagi «Seoul Mun» darvozasi Janubiy Koreyada bahslarga sabab bo‘ldi
Toshkentdagi «Seoul Mun» majmuasiga o‘rnatilgan darvoza Janubiy Koreyada tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Songshin ayollar universiteti professori So Kyong-duk ijtimoiy tarmoqlarda darvozaning shakli Yaponiyadagi sinto ibodatxonalari kirishiga o‘rnatiladigan «torii»ni eslatishi, undagi qizil chiroqlar esa Xitoy madaniyatiga xos ekani haqida yozgan.
Professorning fikricha, Koreya nomi bilan atalgan majmuada Yaponiya va Xitoyga xos unsurlarning qo‘llanishi xorijliklarda Koreya madaniyati haqida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin. U darvozani almashtirishga chaqirgan. Shundan so‘ng masala Janubiy Koreyaning qator nashrlarida yoritilgan.
Qariyb ikki oy davomida shu yerda turgan darvoza Janubiy Koreya mediasidagi tanqidiy chiqishlardan so‘ng majmua ma’muriyati tomonidan olib tashlangan.
@vatandosh_koreya | 627 |
| 9 | 🇰🇷 Janubiy Koreya ko‘chib yashash uchun eng yaxshi davlatlar reytingida 30-o‘rinni egalladi
Janubiy Koreya Global Relocation Index 2026 reytingida 192 ta davlat va hudud orasida 30-o‘rinni egallab, 100 balldan 67,9 ball oldi. Bu haqda reytingni tuzgan xususiy xalqaro Rumavi kompaniyasi ma’lum qildi.
Koreyaning kuchli jihatlari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
🟢 xavfsizlik va barqarorlik — 75,4 ball;
🟢 tibbiyot sifati — 83 ball;
🟢 raqamli infratuzilma — 88 ball;
🟢 ta’lim — 84 ball;
🟢 biznes imkoniyatlari — 84 ball;
🟢 startap muhiti — 90 ball.
Mamlakat tadbirkorlar uchun tuzilgan reytingda 16-o‘rin, oilalar uchun 22-o‘rin, raqamli ko‘chmanchilar uchun 36-o‘rin, pensionerlar uchun esa 57-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston ushbu reytingda 110-o‘rinda qayd etilgan.
Reyting BMT yoki biror davlat idorasi tomonidan emas, ko‘chib o‘tish, rezidentlik va investitsiya masalalariga ixtisoslashgan xususiy kompaniya tomonidan tuzilgan. Tadqiqotda 24 ta ko‘rsatkich hisobga olingan.
@vatandosh_koreya | 510 |
| 10 | 🇺🇿🇰🇷 Seulda ilk bor O‘zbekiston va Koreya hududlararo forumi o‘tkaziladi
11-sentyabr kuni Seul shahrida birinchi «O‘zbekiston — Koreya» hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi ma’lum qildi.
Unda ikki mamlakat davlat idoralari va hududlari vakillari, investorlar hamda tadbirkorlar ishtirok etadi.
Forumning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 sanoat kooperatsiyasi va investitsiyalar;
🔹 professional ta’lim va kadrlar tayyorlash;
🔹 raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va IT;
🔹 madaniyat va sport.
Tadbir ikki mamlakat hududlari va kompaniyalari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
@vatandosh_koreya | 236 |
| 11 | 🇰🇷 Vanjuda xorijliklarga ham 300 ming vondan beriladi
Cholla-Pukto provinsiyasidagi Vanju okrugi har bir kishi uchun 300 ming von miqdorida bir martalik yordam puli to‘lashni boshladi.
Vanjuning rasmiy internet nashri xabariga ko‘ra, to‘lovni Koreya fuqarolari bilan birga nikoh migrantlari va F-5 vizasiga ega xorijliklar ham olishi mumkin.
Buning uchun ular 2026-yil 31-iyul holatiga ko‘ra Vanjuda ro‘yxatdan o‘tgan va ariza beriladigan kungacha shu hududda yashayotgan bo‘lishi kerak. Dastur jami 100 877 kishini qamrab oladi.
Yordam puli oldindan mablag‘ yuklangan karta orqali beriladi. Arizalar 30-oktyabrgacha yashash manzili bo‘yicha ma’muriy markazlarda qabul qilinadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Kartadagi pulni 31-dekabrgacha faqat Vanju hududida ishlatish mumkin. Dastur oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy kichik biznes savdosini rag‘batlantirishga qaratilgan.
@vatandosh_koreya | 312 |
| 12 | 🇰🇷 E-9 bo‘yicha O‘zbekistonga qo‘yilgan shartlar sabab Koreya tanqid ostida
Koreyaning Pressian nashri O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida 2019-yilda imzolangan Employment Permit System (EPS) bo‘yicha memorandumni o‘rganib, undagi ayrim shartlar migrant ishchilar huquqlari nuqtayi nazaridan bahsli ekanini yozdi.
Maqolada asosiy e’tibor memorandumning 15-moddasiga qaratilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan kelgan ishchilar orasida ish joyini ruxsatsiz tark etish yoki Koreyada noqonuniy qolish darajasi boshqa ishchi yuboruvchi davlatlar uchun belgilangan o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshsa, Koreya Mehnat vazirligi O‘zbekiston tomoni bilan oldindan kelishgan holda O‘zbekiston uchun kvotani qisqartirish, ishchilarni ishga joylashtirish jarayonini vaqtincha to‘xtatish yoki memorandumni bekor qilish choralarini ko‘rishi mumkin.
Pressian suhbatlashgan migrantlar huquqlari bo‘yicha ekspertlar aynan shu tizimni tanqid qilmoqda. Ularning fikricha, xorijlik ishchining korxonani tark etishiga ish beruvchining noqonuniy xatti-harakati, ish haqining to‘lanmasligi yoki og‘ir mehnat sharoitlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, ishchilar korxonalarni ruxsatsiz tark etishi yoki noqonuniy qolishi ko‘payganda buning oqibatlari butun yuboruvchi davlat va Koreyaga borishni kutayotgan boshqa fuqarolarga ham ta’sir qilishi mumkin.
Ekspertlar memorandumda majburiyat va javobgarlik asosan ishchi yuboruvchi davlat zimmasiga yuklanganini ham tanqid qilgan.
Ularning fikricha, bunday bosim yuboruvchi davlatlarni ishchilarning ish joyini almashtirishiga to‘sqinlik qiluvchi jarima yoki moliyaviy kafolat kabi choralarni qo‘llashga undashi mumkin.
❗️Muhim jihati, bu Koreya hukumatining yangi qarori yoki O‘zbekiston bilan yangi tuzilgan kelishuv emas. Gap 2019-yil 19-aprelda Toshkentda imzolangan EPS memorandumi va undagi shartlarning Koreyada ekspertlar tomonidan tanqid qilinayotgani haqida ketmoqda.
Shuningdek, memorandumning 14-moddasida E-9 ishchisi Koreyaning xorijiy ishchilar to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq ish joyini o‘zgartirishi mumkinligi belgilangan.
Bu mavzu yaqinda O‘zbekiston Migratsiya agentligi E-9 vizasi bilan Koreyada ishlayotgan fuqarolar uchun uch tomonlama shartnomadan ish joyini almashtirishdan oldin Agentlik roziligini olish talabi va unga bog‘liq jarima bandini olib tashlagani fonida yanada dolzarb bo‘lib turibdi.
Manba: Pressian, 8-sentyabr 2026-yil.
@vatandosh_koreya | 267 |
| 13 | 🚨 Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvda
Koreya Milliy politsiya agentligining 12-avgust holatiga ko‘ra ma’lum qilishicha, mamlakatda xorijda sodir etilgan jinoyatlar uchun qidiruvga berilgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinmoqda.
Ular orasida:
🇨🇳 Xitoy — 40 kishi
🇺🇿 O‘zbekiston — 19 kishi
🇲🇳 Mongoliya — 17 kishi
🇻🇳 Vyetnam — 13 kishi
🇰🇿 Qozog‘iston — 8 kishi
🇷🇺 Rossiya — 7 kishi
🇰🇬 Qirg‘iziston — 2 kishi
Shu tariqa, O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.
Sobiq ittifoq mamlakatlarining to‘rttasiga jami 36 kishi to‘g‘ri keladi — bu umumiy ko‘rsatkichning qariyb uchdan bir qismi.
Qidiruvdagi 110 kishining 47 nafari firibgarlik ishlari bo‘yicha gumon qilinmoqda. Shuningdek, ular orasida giyohvand moddalar, o‘g‘rilik, hujum, tan jarohati yetkazish, odam o‘g‘irlash va noqonuniy ushlab turish kabi jinoyatlar bo‘yicha qidirilayotganlar ham bor.
Koreya politsiyasi xalqaro qidiruv ishlarini kuchaytirib, bu yo‘nalishdagi xodimlar sonini 22 nafardan 64 nafarga oshirdi.
O‘tgan yil davomida Koreyadan boshqa davlatlarga 13 nafar qidiruvdagi shaxs topshirilgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida bu ko‘rsatkich 24 nafarga yetgan.
Shaxs qo‘lga olingach, uni boshqa davlatga topshirish masalasi amaldagi xalqaro kelishuvlar asosida hal qilinadi.
@vatandosh_koreya | 578 |
| 14 | 🇰🇷 Koreyadagi kemasozlik zavodida o‘zbekistonlik ayolga tegajog‘lik qilingan
⚠️ Koreyada E-9 vizasi bilan kemasozlik zavodida payvandchi bo‘lib ishlagan o‘zbekistonlik ayol rahbari tomonidan muntazam haqorat, kamsitish va jinsiy tegajog‘likka uchraganini ma’lum qildi.
🔴 Ayolning aytishicha, rahbar uning ko‘kragiga tegishga uringan, boshqa ishchilar oldida haqorat qilib, so‘kingan.
🏥 Keyinchalik ushbu voqealar tufayli unda yuzaga kelgan ruhiy buzilish Koreyada ish bilan bog‘liq kasallik sifatida tan olindi.
💰 Bu esa unga kasb kasalliklari sug‘urtasi doirasida davolanish xarajatlarini qoplatish, shuningdek, ishlay olmagan davri uchun tegishli to‘lovlarni olish imkonini beradi.
📌 Batafsil: https://vatandosh.net/oz/news/1027
🇺🇿 @vatandosh_koreya | 311 |
| 15 | 🇰🇷 8-sentyabrdan yashash manzillari tekshiriladi: nimaga e’tibor berish kerak?
8-sentyabrdan Janubiy Koreyada har yili o‘tkaziladigan yashash joyi ro‘yxatini tekshirish (주민등록 사실조사)ning bevosita, ya’ni uyma-uy tekshiruv bosqichi boshlanadi.
Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat vakillari 8-sentyabrdan 9-noyabrgacha manzillarga borib, rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan manzil bilan fuqaroning amalda yashayotgan joyi bir-biriga mos kelishini tekshiradi.
❗️Bu barcha xorijliklarni ommaviy tekshirish kampaniyasi emas.
Mazkur tekshiruv, avvalo, Koreyaning 주민등록 tizimida ro‘yxatdan o‘tgan aholiga qaratilgan. Shuning uchun 8-sentyabrdan boshlab barcha xorijliklarning uylariga migratsiya xodimlari boradi, degan xulosa noto‘g‘ri.
Shunga qaramay, Koreyada yashayotgan xorijliklar uchun ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili amaldagi manzilga mos bo‘lishi muhim.
Agar yaqinda boshqa uyga ko‘chgan bo‘lsangiz, rezident kartangiz (ARC) bilan bog‘langan migratsiya tizimidagi yashash manzilingizni tekshirib qo‘ygan ma’qul. Manzil o‘zgargan bo‘lsa, uni belgilangan muddatda rasmiylashtirish talab etiladi.
Ya’ni, yangi manzilda anchadan beri yashayotgan bo‘lsangiz ham, viza uzaytirish yoki boshqa tekshiruvni kutib yurmasdan ma’lumotlarni oldindan to‘g‘rilab qo‘yish tavsiya etiladi.
@vatandosh_koreya | 324 |
| 16 | 🇰🇷 E-9 vizasi bilan ishlayotgan quruvchilar uchun yengillik
Janubiy Koreya E-9 vizasi asosida qurilish sohasida ishlayotgan xorijlik ishchilarni bir obyektдан boshqasiga o‘tkazish tartibini yengillashtirmoqda.
Hozirgi tartibga ko‘ra, E-9 vizasi bilan qurilishda ishlayotgan xorijlik ishchi muayyan qurilish obyektiga biriktiriladi. Uni boshqa obyektga o‘tkazishga, asosan, qurilish ishlari tugagan yoki to‘xtatilgan kabi cheklangan holatlarda ruxsat beriladi.
Yangi tartib bo‘yicha esa, agar yangi obyekt ham E-9 bo‘yicha xorijlik ishchilarni ishga qabul qilish talablariga javob bersa, xodimni aynan bir kompaniya — bir ish beruvchiga qarashli boshqa qurilish obyektiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
O‘zgarish 2026-yilgi to‘rtinchi bosqich E-9 ishga qabul qilish ruxsatnomalariga oid arizalardan boshlab qo‘llanilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bosqich uchun arizalar 14–29-sentyabr kunlari qabul qilinadi va qurilish sohasi ham qamrab olinadi.
❗️Muhim jihati: bu o‘zgarish E-9 vizasidagi ishchiga boshqa kompaniyaga yoki boshqa ish beruvchiga erkin o‘tish huquqini bermaydi. Yangi imkoniyat faqat bir ish beruvchining turli qurilish obyektlari o‘rtasida ishchini o‘tkazishga taalluqli.
🔗 Manba: Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi
@vatandosh_koreya | 321 |
| 17 | 🇰🇷 E-9 jarimalari boʻyicha advokat fikri: avval imzolangan shartnomalar nima bo‘ladi?
Koreyaga E-9 vizasi bilan ishlash uchun ketayotgan fuqarolar bilan tuziladigan uch tomonlama shartnomadan ish joyini almashtirish uchun Migratsiya agentligi roziligini olish talabi va bu talab buzilganda jarima qo‘llash bandi olib tashlandi.
Ammo bu avvalgi shartnomalar bo‘yicha jarimalar ham avtomatik bekor bo‘ldi, degani emas.
Advokat Elyor Nosirovning tushuntirishicha, Agentlik e’lonida yangi tartibning avval imzolangan shartnomalar yoki sudda ko‘rilayotgan va ko‘rib bo‘lingan ishlarga tatbiq etilishi alohida ko‘rsatilmagan.
Bunda ikki xil vaziyat bo‘lishi mumkin:
1️⃣ Sud jarima undirish haqida qaror chiqargan bo‘lsa
Agar ish apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rilayotgan bo‘lsa yoxud Majburiy ijro byurosiga o‘tgan bo‘lsa, advokat Migratsiya agentligi bilan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzishni eng maqbul yo‘l sifatida ko‘rsatmoqda.
Bunday kelishuv orqali Agentlik suddagi da’vo talabidan yoki sud qarori asosida undirilishi kerak bo‘lgan jarimadan voz kechishi mumkin.
2️⃣ Shartnoma imzolangan, ammo Agentlik hali sudga murojaat qilmagan bo‘lsa
Fuqaro Migratsiya agentligiga rasmiy murojaat qilib, eski shartnomani yangi tartibga moslashtirishni taklif qilishi mumkin.
Ya’ni ish joyini almashtirish uchun Agentlik roziligini olish va talab buzilganda jarima qo‘llash haqidagi bandni shartnomadan chiqarishni so‘rashi mumkin.
Agar Agentlik bunga rozi bo‘lsa, qo‘shimcha kelishuv tuzilib, nizoli band olib tashlanishi mumkin.
📌 Xulosa: yangi shartnomadan jarima bandining olib tashlanishi eski shartnomalar bo‘yicha jarimalar avtomatik bekor bo‘lganini anglatmaydi. Ammo bu o‘zgarish eski shartnomalar bo‘yicha muammolarni Agentlik bilan kelishuv orqali hal qilish uchun muhim asos bo‘lishi mumkin.
@vatandosh_koreya | 703 |
| 18 | 🇰🇷 Koreyada xorijlik ishchilar olmagan sug‘urta pullari rekord darajaga yetdi
2026-yil iyun oyi oxiriga kelib Koreyada xorijlik ishchilarga tegishli, ammo talab qilib olinmagan 54 572 ta sug‘urta to‘lovi yig‘ilib qolgan. Ularning umumiy miqdori qariyb 32,36 mlrd vonni tashkil etmoqda.
Gap, jumladan, E-9 va H-2 vizalari bilan ishlaydigan xorijliklar uchun majburiy sug‘urtalar — Koreyadan ketishda to‘lanadigan mablag‘lar va vatanga qaytish xarajatlari uchun sug‘urta pullari haqida ketmoqda.
📌 Sug‘urta pulini kimlar va qanday olishi mumkin?
E-9 yoki H-2 vizasi bilan Koreyada ishlagan xorijliklar o‘zlariga tegishli sug‘urta puli bor-yo‘qligini tekshirishi mumkin.
Masalan, 귀국비용보험 (vatanga qaytish xarajatlari sug‘urtasi) bo‘yicha Koreyadan butunlay chiqib ketayotgan ishchi avval bandlik markaziga ketishi haqida xabar beradi va 출국예정사실 확인서 — chiqib ketish rejalashtirilganini tasdiqlovchi hujjatni oladi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasiga ariza, o‘z nomidagi bank hisob raqami va pasport yoki xorijlik kartasi nusxasi taqdim etiladi.
출국만기보험 esa asosan kamida bir yil ishlagan xorijlikka Koreyadan chiqib ketish yoki ayrim boshqa qonuniy asoslar yuzaga kelganda to‘lanadi. Ishchi vafot etgan bo‘lsa, tegishli sug‘urta mablag‘ini uning merosxo‘rlari ham talab qilishi mumkin.
O‘zbekistondan E-9 vizasi bilan Koreyada ishlab qaytganlar ham o‘z nomida olinmay qolgan sug‘urta puli mavjudligini tekshirib ko‘rishlari maqsadga muvofiq.
@vatandosh_koreya | 653 |
| 19 | 🇰🇷 Koreya universitetlarida 2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi
7-sentyabrdan Janubiy Koreya universitetlariga 2027-o‘quv yili uchun erta qabul (수시) doirasida hujjat topshirishning asosiy bosqichi boshlandi.
📚 Rejaga ko‘ra, 2027-yilda universitetlarga qabul qilinadigan yangi talabalarning 80,3 foizi aynan erta qabul tizimi orqali saralab olinadi.
Bu yilgi qabulning yana bir muhim jihati — u maktablardagi amaldagi 9 pog‘onali baholash tizimi hamda hozirgi CSAT (수능) imtihoni tartibi asosida o‘tkaziladigan so‘nggi qabul bo‘ladi.
Shuningdek, bu yil tibbiyot yo‘nalishlariga talabalarni hududlar bo‘yicha tayyorlashga qaratilgan yangi tizim ilk bor qo‘llanadi.
📌 Koreyada o‘qishni rejalashtirayotgan xorijliklar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun esa qabul muddati va talablari universitet hamda qabul turiga qarab alohida belgilanadi.
@vatandosh_koreya | 282 |
| 20 | 🇰🇷 Iksanda 21 yoshli o‘zbekistonlik YTHda odam oʻldirdi
Janubiy Koreyaning Jeonbuk provinsiyasi Iksan shahrida 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 80 yoshdan oshgan erkakning o‘limiga sabab bo‘lganlik va voqea joyini tark etganlik gumoni bilan ushlandi.
Yonhap agentligining Iksan politsiyasiga tayanib xabar berishicha, hodisa 5-sentyabr kuni soat 01:42 atrofida Iksan shahrining Wanggung-myeon hududidagi yo‘lda sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonlik talaba boshqaruvidagi yengil avtomobil velosipedda ketayotgan 80 yoshdan oshgan erkak bilan to‘qnashgan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Politsiya 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini o‘lim bilan yakunlangan YTHdan keyin voqea joyini tark etish bilan bog‘liq modda bo‘yicha tezkor ravishda hibsga olib, tergovni boshlagan.
Mahalliy OAVning qo‘shimcha ma’lumotiga ko‘ra, yigit hodisadan keyin avtomobilni voqea joyida qoldirib ketgan, biroq hamrohlarining tavsiyasidan so‘ng taxminan uch soat o‘tib politsiyaga o‘zi kelgan.
U tergovda hodisa sodir bo‘lganini anglamaganini bildirgan. Politsiya unga nisbatan qamoqqa olish orderi so‘rash masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.
Tekshiruv natijasida hodisa vaqtida haydovchi alkogol yoki giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lmagani aniqlangan. Shuningdek, u Jeonbuk provinsiyasidagi oliygohlardan birida tahsil olayotgan talaba bo‘lib, Koreyada qonuniy maqomda yashayotgani ma’lum qilingan.
Hozirda politsiya hodisaning aniq sabab va tafsilotlarini o‘rganmoqda. Yigitga nisbatan hozircha yakuniy sud hukmi chiqarilmagan.
Manba: Yonhap, Jeonju MBC va Janubiy Koreya mahalliy OAVlari.
@vatandosh_koreya | 297 |
