fa
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

رفتن به کانال در Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 362
مشترکین
+124 ساعت
+1627 روز
-15 99630 روز
آرشیو پست ها
*** yaxshilab o'ylab ko'rganimizda hammasi yaxshi bo'lardi va birga bo'lardik. biz o'ylab ko'rmadik. @ahmadali_writer

*** men qachondir sen haqingda yozishni bas qilaman. keyin yozishni to'xtatsam kerak. @ahmadali_writer

*** uylarga begonalar kirishi mumkin emas, deb yozilsa ko'pchilik kirmasdi o'z uyiga. @ahmadali_writer

*** sen haqingda esimda qolgani: sen kulgularing orasida yig'lab olarding. @ahmadali_writer

*** uyimga ketyapman, deb o'ylab boshqa ko'chaga kirib qolibman. keyin qaytib chiqdim, ko'changdan. @ahmadali_writer

*** men senga tushuntirishdan charchab keyin seni sevishni boshladim. @ahmadali_writer

*** yaxshi bo'lishga urinmay qo'yaver. men seni baribir yaxshi edi, deb eslayman. @ahmadali_writer

*** yo'q sen buncha go'zal bo'lishing mumkin emas men ko'zlarimni rad etaman! @ahmadali_writer

*** seni quchib, aytdim: biz hali baxtli bo'lamiz. sen esa yig'lading nega yig'laganingni keyin bildim. @ahmadali_writer

*** sen ko'p gaplaringni yig'lab yubormay deb aytmasding. @ahmadali_writer

*** yaxshimisan? desam, yaxshiman, dema. men balki, sendan rost so'rayotgandirman. @ahmadali_writer

*** baxtli bo'lishimizga juda oz qolgandi. biz buni baxt haqidagi suhbatlarda maqtanib yurdik. @ahmadali_writer

*** ertaga yomg'ir yog'adi deyishmoqda. ertaga seni sog'insam kerak. @ahmadali_writer

*** meni baxtli qil mendan so’rama. salom ber menga, menga alik oldir, choyga taklif qil, choy quyib ber menga - quyilgan choyga, - oling, de menga choy ichir meni baxtli qil mendan so’rama. vaqtim yo’q meni nimani so’raysan? shu joy bor, de mana shu joy, de mana, mana, de joyga olib borib keyin ayt meni sayohat qildir meni aylantir mening boshimni aylantir mendan so’rama meni baxtli qil mendan so’rama. nimani so’raysan? endi nimani so’raysan? mendan nima so’raysan? mendan yana nimani so’raysan? bilsam… xullas, meni baxtli qil, alik oldir menga. xullas, meni baxtli qil, mendan so’rama. 2026 @ahmadali_writer

*** ismingni bilganlari uchun seni boshqa ism bilan chaqirgim keladi. @ahmadali_writer

*** tarixni bir tomondan o’chiraman tarixni bir tomondan o’chiraman tarix - faqat mendan o’chadi, “men istagan narsamni yozishni istayman” “men istagan o’yimni yozishni istayman” “men istagan narsamni…” bugun bir qator, bugun bir-ikki qatorda, bugun tepada, bugun pastda, qator-qator, bugun… nega men yozayotgan payti menga xalaqit berasiz? nega men yozayotgan payti? nega men sevayotgan payti? xullas, tarixni bir tomondan o’chiraman, tarix siz tomonda qoladi… tarix baribir qoladi-ku tarix baribir qoladi-ku “nima deb tugatishni unutdim” “yozuvimni nima deb tugatishni unutdim” “sevgimni nima deb tugatishni unutdim” xullas, tarixni bir tomondan o’chiraman. 2026 @ahmadali_writer

*** xotiramdagi yomon qismlar o'chib ketmoqda. yaxshilari qoldi, deyarli. faqat yaxshilari qoldi. sen haqingdagi hamma xotira qoldi. @ahmadali_writer

*** seni sevib qolganimni kulib eslagim keladi naqadar jinni bo'lganman-a g'alati narsalar yozganman deb kulib eslagim keladi boshqa qiz qurib qolganmidi kelib-kelib seni sevibman-a deb kulib eslagim keladi dunyo to'la qiz! balo bormidi seni sevib deb kulib eslagim keladi o'zi tayinli bir go'zal ham emassan deb kulib eslagim keladi seni sevib qolganimni. ammo hozir yig'lagim kelyapti eslasam. 2022 @ahmadali_writer

*** kulgim keladi insonlarni o'ylab - g'alatimiz biz. yig'lagim keladi insonlarni o'ylab - g'alatimiz biz. insonlarni o'ylab - jimib qolaman. 2022 @ahmadali_writer

*** ketmoqchi bo'lganlarga "xayr" deyish mumkin. ketmoqchi bo'lganlarga "qol" ham deyish mumkindir. ketmoqchi bo'lganlarga "to'xta, birga ketamiz" deyish mumkin. ketmoqchi bo'lganlarga "qayerga ketyapsan, men ortingdan boraman, sen ketib tur" deyish mumkindir. ketmoqchi bo'lganlarga "bekor ketyapsan" deyish mumkin. ketmoqchi bo'lganlarga "qolsang bo'lardi" deyish ham mumkindir. ketmoqchi bo'lganlarga "qayerga ham borarding" deyish mumkin. ketmoqchi bo'lganlarga "baribir, qaytib kelasan" deyish mumkindir. ammo, men ketmoqchi bo'lsam indamaysan... ko'zlarimga qarab indamay turaverasan! men esa indamaganing uchun ketolmayman. 2022 @ahmadali_writer