Ahmad Ali Dilmurod
رفتن به کانال در Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 362
مشترکین
-524 ساعت
+1577 روز
-17 33230 روز
آرشیو پست ها
6 362
***
hammayoq odam
qo’rqitadi.
hammayoq odam
xursand qiladi.
hammayoq odam
g’alati.
hammayoq odam
yoqmaydi.
hammayoq odam
inson o’zini nochor sezadi.
hammayoq odam
gapirging kelmaydi.
hammayoq odam
jim yo’lga qarab ketasan.
hammayoq odam
kulging keladi.
hammayoq odam
hammayoq odam.
shularni ichida yo’qligingni qara.
yaxshiyam yo’qsan.
yaxshiyam borsan.
hammayoq odam
qo’rqitadi.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
sen tavsiya qilgan narsa menga yoqadi
sen bilib tavsiya qilasan
sen dunyoni tavsiya qilasan
sen yuragimni aksini tavsiya qilasan
sen yurakni tavsiya qilasan
sen tavsiya qilasan
sen tavsiya qilgan narsalar
menga yoqadi
sen yig’lash uchun tavsiya qilasanmi?
sen yig’lab tavsiya qilasanmi
sen tavsiya qilasanmi?
sen tavsiya qilgan narsalar…
men jimib qolaman
men jimman
men ikkita tomonga har xil qarab turaman
men ikkita tomonga
men ikki xil tomonga
o’ylasa bo’ladimi qaytib
o’ylasa bo’ladimi qaytib
yig’lasa bo’ladimi qaytib
sen faqat o’zingni tavsiya qilmaysan menga
shundan boshqa
sen tavsiya qilgan narsalar
menga yoqadi.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
oyna tushib ketdi.
oyna parchalarini
sipirayotib
yodimga tushdi
o'tgan hayotim.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
sen gapiraver
mabodo,
eshitmay qolsam ham
ko'zlaringga qarab
tushunib olaman barini.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
sizni yaxshi ko’raman.
bu xabar
avtojavob sifatida yuborildi…
unga javob berishingiz shart emas!
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
e’tibor bering, suhbatimiz yuragimga yozilmoqda
bilishingiz uchun, suhbatimiz yuragimga yozilmoqda
e’tibor bering,
suhbatimiz yuragimga yozilmoqda…
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
"yaxshimisan?"
shu savolni
kim o'ylab topgan ekan-a.
"yaxshimisan?"
birinchi bo'lib
kim shu savolni bergan
kimga berishgan bu savolni
keyin nima deb javob olgan ekan
birinchi marta...
"yaxshimisan?"
nima degani bu o'zi?
yaxshi bo'lmasamchi?
men aytishim kerakmi
yaxshi emasman, deb
yoki, ha yaxshiman
deyishim kerakmi?
nima deyishim kerak bu savolga?
o'zi nega beriladi bu savol?
"yaxshimisan?"
yo'q, masalan
yaxshi emasman!
unda nega so'radingiz?
so'ramang.
"yaxshimisan?"
o'zi kim o'ylab topgan bu savolni.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
hammasi yaxshi
men "hammasi" deganda
o'zimni nazarda tutmayman doim
"hammasi" - bu sizlar
"hammasi" bu siz haqingizda
men haqimda emas
men "hammasi" deganda
o'zimni nazarda tutmayman doim.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
yozib qo’yibman gaplarimni
yuqoriga yozib qo’yibman
“pin” qilib qo’yibman gapimni
salom berib qo’yibman
tushunmaysanmi?
tushunasan,
sen ham menga o’xshab
sen ham
menga o’xshab.
bo’ldi, sen ham -
menga o’xshab.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
aytasanmi deb gaplarimni
navbatga qo’yaman
aytasanmi, deb.
shaxmatga o’xshaydi
gaplar
oq-qoraga o’xshaydi gaplar
yovuz donaga o’xshaydi gaplar
yovuz mot bo’lishga o’xshaydi gaplar
vaqt tugashiga o’xshaydi gaplar
“yurish kerak”
“yurish kerak”
aytasanmi deb gaplarimni
navbatga qo’yaman
“sen aytmaysan”
gapim navbatda qoladi keyin.
ertaga aytaman.
ertaga aytaman.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
xayrlashadigan gaplardan
aytmaysanmi menga?
xayrlashib ketsam.
men bilan xayrlashyapti, deb
o’ylab…
ketsam, tushunsam.
xayrlashadigan gaplardan
aytmaysanmi menga?
salom aralash xayrlashaman,
“bo’pti” deyman,
kulaman,
bu tabassum bo’ladi
tabassum qilishim uchun
xayrlashadigan gaplardan
aytmaysanmi menga?
yana ko’rishishim uchun
sen bilan
xayrlashadigan gaplardan
aytmaysanmi menga?
yana salom berishim uchun
xayrlashadigan gaplardan
aytmaysanmi menga?
quyosh bor ekanini bilishim uchun
yana…
xayrlashadigan gaplardan
aytmaysanmi menga?
“bo’pti”…
senga tag’in salom beraman.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
"xabar keladi..."
ochmayman.
kutib turaman,
nimanidir kutaman,
o'ylayman,
nima deb yozgan,
doim kutaman,
darrov ochmayman,
ocholmayman,
jim qarab turaman,
"xabar" kelgani haqida,
o'ylayman...
biror daqiqa o'tadi,
keyin o'qiyman, zo'rg'a...
yo'q, u yerda men kutgan gap bo'lmaydi
keyin o'ylamay, javob yozaman yana.
yana
"xabar keladi..."
ochmayman.
kutib turaman,
nimanidir kutaman...
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
seni tashlab ketgunlaricha
yig'lab ol.
ertaga baribir -
seni tashlab ketishadi.
sen avvaldan
yig'lab ol
hozir vaqting bormi?
hozir ham yig'lab olsang bo'ladi
otang
erkak yig'lamaydi
degan bo'lsa ham
yig'lab ol
nega bo'lmas ekan
bo'ladi
juda yaxshi bo'ladi
tashlab ketish
sodir bo'lar ekan
ko'z yosh ham bo'ladi
ko'z yosh -
ko'zning haqqi
xafa bo'lish -
qalbning haqqi
sen shunga
hozir yig'lab ol
ertaga tashlab ketish payti
sen unga qarab
indamay
yig'lamay tur
sen ayt
men avvaldan yig'lab qo'ygan edim, de.
uning ketishiga qarab
indamay
yig'lamay
qarab tur.
seni tashlab ketgunlaricha
yig'lab ol baribir
ketayotganida yig'lama
shunda balki -
uni qaytarishga
yig'ing xalaqit bermay
unga bir-ikki og'iz so'z aytarsan.
keyin balki u qaytar
balki qaytmas
ammo, yig'lab ol
masalan, hozir
seni tashlab ketgunlaricha.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
insonni bilish uchun
u bilan
gaplashib ko'rish kerak
so'zlarini
tinglab
ko'rish kerak.
nimalar deyapti
yaxshilab eshitish kerak, uni bilish uchun.
orzu-istaklariga qiziqish kerak
ko'proq
dardlariga
kechirgan umriga
o'tgan vaqtiga..
insonni bilish uchun
uni yig'latib ko'rish kerak
qancha vaqt yig'larkin.
kuldirib
tabassumini
ko'rish kerak
chin dildan
kularmikin.
insonni bilish uchun
uning ijodini ko'rish kerak
agar, ijodkor bo'lsa.
kitobini bitta o'qib ko'rish kerak
agar, kitob chiqargan bo'lsa.
ertaga nima qilmoqchi
ekanini so'rash kerak.
u bilan
yomg'irda yurib ko'rish kerak
yomg'irdan qocharmikin.
qor yoqqanda
ko'rish kerak
uni
jilmayib
osmonga qarab
qor parchalarini
tomosha qilarmikin.
insonni bilish uchun
och qolganini ko'rish kerak
to'yib qolganda ham
uning so'zlari o'zgararmikin
ahamiyat berish kerak.
insonni bilish uchun
biroz
jim bo'lib
ko'zlariga qarab turish kerak
ana shundan keyin,
insonni bilganingdan keyin
sevib qolasan...
2022
@ahmadali_writer
