Ahmad Ali Dilmurod
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 362
Obunachilar
+124 soatlar
+1627 kun
-15 99630 kun
Postlar arxiv
6 362
***
yaxshilab o'ylab ko'rganimizda
hammasi
yaxshi bo'lardi
va birga bo'lardik.
biz o'ylab ko'rmadik.
@ahmadali_writer
6 362
***
men qachondir
sen haqingda yozishni
bas qilaman.
keyin
yozishni to'xtatsam kerak.
@ahmadali_writer
6 362
***
uylarga
begonalar kirishi
mumkin emas, deb yozilsa
ko'pchilik kirmasdi
o'z uyiga.
@ahmadali_writer
6 362
***
uyimga ketyapman, deb o'ylab
boshqa ko'chaga
kirib qolibman.
keyin qaytib chiqdim,
ko'changdan.
@ahmadali_writer
6 362
***
yaxshi bo'lishga
urinmay qo'yaver.
men seni
baribir
yaxshi edi, deb eslayman.
@ahmadali_writer
6 362
***
seni quchib, aytdim:
biz hali baxtli bo'lamiz.
sen esa yig'lading
nega yig'laganingni
keyin bildim.
@ahmadali_writer
6 362
***
yaxshimisan? desam,
yaxshiman, dema.
men balki,
sendan
rost so'rayotgandirman.
@ahmadali_writer
6 362
***
baxtli bo'lishimizga
juda oz qolgandi.
biz buni
baxt haqidagi suhbatlarda
maqtanib yurdik.
@ahmadali_writer
6 362
***
meni baxtli qil
mendan so’rama.
salom ber menga,
menga alik oldir,
choyga taklif qil,
choy quyib ber
menga -
quyilgan choyga, - oling, de
menga choy ichir
meni baxtli qil
mendan so’rama.
vaqtim yo’q meni
nimani so’raysan?
shu joy bor, de
mana shu joy, de
mana, mana, de
joyga olib borib keyin ayt
meni sayohat qildir
meni aylantir
mening boshimni aylantir
mendan so’rama
meni baxtli qil
mendan so’rama.
nimani so’raysan?
endi nimani so’raysan?
mendan nima so’raysan?
mendan yana nimani so’raysan?
bilsam…
xullas,
meni baxtli qil,
alik oldir menga.
xullas, meni baxtli qil,
mendan so’rama.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
tarixni bir tomondan o’chiraman
tarixni bir tomondan o’chiraman
tarix - faqat mendan o’chadi,
“men istagan narsamni yozishni istayman”
“men istagan o’yimni yozishni istayman”
“men istagan narsamni…”
bugun bir qator,
bugun bir-ikki qatorda,
bugun tepada,
bugun pastda,
qator-qator, bugun…
nega men yozayotgan payti menga xalaqit berasiz?
nega men yozayotgan payti?
nega men sevayotgan payti?
xullas,
tarixni bir tomondan o’chiraman,
tarix siz tomonda qoladi…
tarix baribir qoladi-ku
tarix baribir qoladi-ku
“nima deb tugatishni unutdim”
“yozuvimni nima deb tugatishni unutdim”
“sevgimni nima deb tugatishni unutdim”
xullas,
tarixni bir tomondan o’chiraman.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
xotiramdagi yomon qismlar
o'chib ketmoqda.
yaxshilari qoldi, deyarli.
faqat yaxshilari qoldi.
sen haqingdagi hamma xotira qoldi.
@ahmadali_writer
6 362
***
seni sevib qolganimni
kulib eslagim keladi
naqadar jinni bo'lganman-a
g'alati narsalar yozganman
deb
kulib eslagim keladi
boshqa qiz qurib qolganmidi
kelib-kelib
seni sevibman-a
deb kulib eslagim keladi
dunyo to'la qiz!
balo bormidi seni sevib
deb kulib eslagim keladi
o'zi tayinli bir go'zal ham emassan
deb kulib eslagim keladi
seni sevib qolganimni.
ammo
hozir yig'lagim kelyapti
eslasam.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
kulgim keladi
insonlarni o'ylab -
g'alatimiz biz.
yig'lagim keladi
insonlarni o'ylab -
g'alatimiz biz.
insonlarni o'ylab -
jimib qolaman.
2022
@ahmadali_writer
6 362
***
ketmoqchi bo'lganlarga
"xayr" deyish mumkin.
ketmoqchi bo'lganlarga
"qol" ham deyish mumkindir.
ketmoqchi bo'lganlarga
"to'xta, birga ketamiz"
deyish mumkin.
ketmoqchi bo'lganlarga
"qayerga ketyapsan,
men ortingdan boraman,
sen ketib tur"
deyish mumkindir.
ketmoqchi bo'lganlarga
"bekor ketyapsan"
deyish mumkin.
ketmoqchi bo'lganlarga
"qolsang bo'lardi"
deyish ham mumkindir.
ketmoqchi bo'lganlarga
"qayerga ham borarding"
deyish mumkin.
ketmoqchi bo'lganlarga
"baribir, qaytib kelasan"
deyish mumkindir.
ammo,
men
ketmoqchi bo'lsam
indamaysan...
ko'zlarimga qarab
indamay turaverasan!
men esa
indamaganing uchun
ketolmayman.
2022
@ahmadali_writer
