Ahmad Ali Dilmurod
رفتن به کانال در Telegram
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
نمایش بیشترکشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
6 362
مشترکین
+124 ساعت
+1627 روز
-15 99630 روز
آرشیو پست ها
6 362
***
o'zim haqimda fristayl
men kim -
dilmurod
keyinchalik muhammad
bilmayman...
nega shunday bo'lgan
endi nima bo'ladi?
bilmayman...
umuman, hissiyotlarda
bilmaslik kerak
hissiyotlar
sodir bo'ladi faqat
ular tahlil qilinmaydi
mana masalan
sizni sevaman
negaligini bilmayman...
sizni yaxshi ko'raman
nega?
bilmayman...
meni yaxshi ko'rishadimi?
bilmayman.
yaxshi ko'rishsa
nega yaxshi ko'rishadi?
bilmayman.
meni yomon ko'rishadimi?
bilmayman.
yomon ko'rishsa, nega yomon ko'rishadi?
yomon bo'lsam kerak-da.
men bilmaslikni xohlayman.
men o'zim haqimda
bilmayman ochig'i.
siz haqingizda esa
bilish menga qiziq emas
chunki sizni baribir
sevaman.
hayotim haqidami?
men
barchasi
nega bunchalik rasvo
bo'lganini
bilmayman.
endi nima bo'ladi?
bilmayman.
menga javobini bilmaydigan
savollarni bering.
men shunda mazza qilib
bilmayman, deyman.
men bilib qolgan
javoblarim savolini
aytmang menga.
xohlamayman.
men o'zi umuman
men tilim borligi uchun
qalamim borligi uchun
yozyapman.
ammo, nega tilim bor?
bilmayman.
men endi
nimalar bo'lishini
bilmayman.
hissiyotlar
tahlil qilinmaydi
hissiyot -
sodir bo'ladi faqat.
hissiyotlar
voqe bo'ladi.
meni
bilmang.
meni
tahlil qilmang.
men sodir bo'laman, xolos.
qisqacha men haqimda
ushbular:
hammasi
nega
bunchalik rasvo bo'lganini
bilmayman.
endi nima bo'ladi?
bilmayman.
@ahmadali_writer
6 362
***
yig'lamoqchi bo'lsang
quchib olgim keladi seni
ular
sening yig'laganingni
ko'rmasin deb.
@ahmadali_writer
6 362
***
men tug'ilguncha
yashab o'tib ketsang
bo'lardi-ku
nega men tug'ilgan
vaqtda tug'ilding?
@ahmadali_writer
6 362
***
bugun sendan maktub kelmadi
mavzusi yo’q
“yangi xabar” bo’lib kelmagan
“biror nima” yozilmagan
oq
oq rangda
nimadir oq rangda
qog’ozmi, rangmi
bugun sendan maktub kelmadi
men o’zimga o’zim aytib yurdim gapingni
men o’zimga o’zim
ey xudo, men o’zimga o’zim…
bugun sendan maktub kelmadi
“salomi” yozilgan
“yaxshimisan” yozilgan
“qalaysan” yozilgan…
ey xudo, men salomni nima qilaman?
bugun sendan “salomi” yozilmagan maktub kelmadi
men salomni nima qilaman?
men yana sahifani yangiladim -
bugun sendan maktub kelmadi.
kecha ham.
men maktubni nima qilaman…
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
biz avvaldan
bir-birimizga o'xshardik.
hozir ham o'xshaymiz
bizda
bir-birimiz yo'q.
@ahmadali_writer
6 362
***
sen
o'zingni boshqalarga
va boshqalarni
o'zingga o'xshatarding.
men unday qilolmasdim.
@ahmadali_writer
6 362
***
quyoshga
uzoq tikilib turolmayman
oyga ham
senga qarab turardim ko'p vaqt
agar yonimda bo'lsang.
@ahmadali_writer
6 362
***
xabarimni “o’zgaribdi”
demasliging uchun
o’zgartirmadim, xato bo’lsa ham.
ismim o’zgargan, nima deysan
sevgim o’zgarmagan faqat, sevgim o’zgarmagan.
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
seni dunyoda qaysi rangda ko’raman?
seni ko’ramanmi?
seni dunyoda?
“meni kuldirma”
“meni yig’latma”
men ko’rib bo’lganman…
seni dunyoda qaysi rangda ko’raman?
men yana nusxa ko’chirib oldim
men endi yozaveraman
seni dunyoda qaysi rangda ko’raman? deb
“meni kuldirma”
“meni yig’latma”
men dunyoni ko’rib bo’lganman
seni qaysi rangda ko’raman?
men borsam
men masalan borsam
men seni ko’rgani borsam
men masalan seni ko’rgani borsam
“men bormayman”
“meni kuldirma”
men kimman sendan rang so’ragani?
men buni boshqa shaklda yozmoqchi edim
meni kechir
meni kuldirma…
seni dunyoda qaysi rangda ko’raman?
“men seni ko’rdim”
“meni kuldirma”
“meni yig’latma”
men rang ko’rmadim,
men kimman sendan rang so’ragani?
men sening yoningdan jim o’tib ketaman
men borsam
men masalan borsam
men seni ko’rgani borsam
men masalan seni ko’rgani borsam
men sening yoningdan jim o’tib ketaman.
men kimman senga gapirgani?
“meni yig’latma”
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
hech bo'lmasa bitta
kitob chop etsam kerak
meni sog'inganingda
kitobimni quchib
yig'lashingga.
@ahmadali_writer
