fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Samarqand | Toyloq tuman 2-son IM

Samarqand | Toyloq tuman 2-son IM

رفتن به کانال در Telegram

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
460
مشترکین
-424 ساعت
-67 روز
+7930 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni! _______________________ 🇺🇿 October 21 — Uzbek Language Day! ✅ Telegram 📹 YouTube ✅ Instagram ✅Facebook 💼 Veb-sayt 🎤 Direktor

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni! Bugun, 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi. Prezi
🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Bugun, 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana "O‘zbek tili bayrami" kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Dunyoda yetti mingga yaqin til va lahjalar bor. Ularning faqat ikki yuzga yaqini Davlat tili maqomiga ega. Ana shu tillar orasida "O‘zbek tili" ham borligidan haqli ravishda faxrlanamiz. Til buyuk ajdodlarimizdan meros milliy qadriyat, tafakkur qurolidir. Tafakkurimiz mahsulini namoyon etish til vositasida amalga oshiriladi. Quvonch-u shodligimizni ham, g‘am-tashvishimizni, reja-yu muammolarimizni ham ifoda etadigan vosita tilimiz hisoblanadi. Mehrimizni, qahrimizni, xayrixohligimiz yo nafratimizni til yordamida bayon etamiz. Tilimizning bebaho ne’mat ekanligi avvalo ana shunda. Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
_________________________ 🇺🇿 October 21 — Uzbek Language Day!
Today, October 21, marks the 37th anniversary of granting the Uzbek language the status of the State Language. On the initiative of our President, this date was designated by Law as "Uzbek Language Day". Among nearly seven thousand languages and dialects in the world, only about two hundred have State language status. We are rightfully proud that the Uzbek language is among these languages. Language is a national value inherited from our great ancestors and a tool of intellect. The product of our intellect is expressed through language. Our language is the means to express our joy and happiness, our grief and worries, as well as our plans and problems. We express our affection, anger, goodwill, or hatred through language. It is first and foremost in this that our language is an invaluable blessing. Language — as an invaluable treasure and a huge wealth of national intellect, plays an important role in social life. The team of the Agency for Specialized Educational Institutions sincerely congratulates all our compatriots on October 21 — Uzbek Language Day!
✅ Telegram 📹 YouTube ✅ Instagram ✅Facebook 💼 Veb-sayt 🎤 Direktor

Repost from Saida Mirziyoyeva
Samarqand | oktabr, 2026 — Самарканд | октябрь, 2026

Repost from Saida Mirziyoyeva
Hurmatli investorlar, O‘zbekistonga xush kelibsiz! Mamlakatimiz hamkorlik uchun doimo ochiq, yurtimizda biznesingiz muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitni yaratishga tayyormiz. — Уважаемые инвесторы, добро пожаловать в Узбекистан! Мы открыты к сотрудничеству и готовы создавать все необходимые условия для процветания вашего бизнеса в нашей стране.

#Toyloq_tuman_2_son_IM #21_oktyabr “ONA TILIM — MANGU BO‘L, OMON!” 📚 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan
+5
#Toyloq_tuman_2_son_IM #21_oktyabr “ONA TILIM — MANGU BO‘L, OMON!” 📚 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida “Ona tilim — mangu bo‘l, omon!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. 📗 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan turli sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar va so‘z o‘yinlari namoyish etildi. Chiqishlarda ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizdagi beqiyos o‘rni aks ettirildi. ✨ Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, quvonch va unutilmas taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarda ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada mustahkamladi. 🔰Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho ma’naviy boyligimiz! Bizni kuzatib boring👇👇👇https://t.me/Toyloq_2_son_IM

Repost from Ta’lim24.uz
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-f
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Repost from Ta’lim24.uz
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan v
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Repost from Ta’lim24.uz
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovl
#Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Repost from Ta’lim24.uz
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Samarqand jahon sammiti: ikki kun, beshta ustuvor yo‘nalish
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026 Samarqand jahon sammiti: ikki kun, beshta ustuvor yo‘nalish va bolalar kelajagi uchun muhim qarorlar 21–22-oktabr kunlari Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda yetakchi ekspertlarni bolalar farovonligi bilan bog‘liq beshta ustuvor yo‘nalish atrofida birlashtiradi: ✅ Bolalarga investitsiya — ularning farovon kelajagi uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish. ✅ Ijtimoiy himoya — bolalar manfaatlarini hisobga oluvchi yangi avlod ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish. ✅ Bolalarni himoya qilish — integratsiyalashgan himoya tizimlarini mustahkamlash. ✅ Sog‘liqni saqlash — bolalar salomatligini ta’minlovchi adolatli va barqaror tizimlarga investitsiya kiritish. ✅ Ta’lim va erta rivojlanish — sifatli, inklyuziv ta’lim hamda teng imkoniyatlarni kengaytirish. ❗️ 21-oktabr — sammitning birinchi kuni. Rasmiy ochilish marosimi, yuqori darajadagi yalpi yig‘ilishlar, bolalarga keng ko‘lamli investitsiyalar, ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qilishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkaziladi. ❗️ 22-oktabr — sammitning ikkinchi kuni. Bolalar salomatligi, erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilinadi. Yakuniy yalpi yig‘ilishda bolalar farovonligiga investitsiyalar to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, sammit doirasida II Xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi, mavzuli muhokamalar, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etiladi. Samarqand ikki kun davomida bolalar kelajagiga investitsiya kiritish, xalqaro tajriba almashish va amaliy yechimlarni ilgari surish bo‘yicha muhim muloqot maydoniga aylanadi. Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

🚀 “Raqamli Avlod IT Haftaligi” start olmoqda! 💻 IT, robototexnika, sun’iy intellekt va yangi g‘oyalarga qiziqasizmi? Unda b
🚀 “Raqamli Avlod IT Haftaligi” start olmoqda! 💻 IT, robototexnika, sun’iy intellekt va yangi g‘oyalarga qiziqasizmi? Unda bu hafta aynan siz uchun! 🔥 Sizni musobaqalar, texnologik bellashuvlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda!
🗓 27-oktyabr 🟡DG Contest — saralash bosqichi Bilim va dasturlash bo‘yicha bellashuv
🗓
4-noyabr
🟡
Robo Futbol
— robotlar maydonda to‘qnashadi 🟡
Foydali ixtirolar
— kreativ g‘oyalar va innovatsion yechimlar
🗓
5-noyabr
🟡
Robo Sumo va Robo War Mini
— robotlarning kuch sinashuvi
🏆
DG Contest — FINAL
🗓
6-noyabr
🔴
AI DAY
— sun’iy intellekt va promptlar olamiga sayohat
🎁 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda! ⏳Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang, joylar soni cheklangan! 🌐 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: itweek.raqamliavlod.uz 📍 Manzil: Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Xaritada ko'rish uchun bosing. __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

#Toyloq_tuman_2_son_IM #ONA_TILIM_FAXRIM ⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan 21-oktyabr-O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" mavzusida tayyorlangan videorolik. Bizni kuzatib boring👇👇👇 https://t.me/Toyloq_2_son_IM

#Toyloq _IMI 🇺🇿 Kelajak soatlari 🇺🇿 🏢 Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan navbatdagi “Kelajak soati”
+4
#Toyloq _IMI 🇺🇿 Kelajak soatlari 🇺🇿 🏢 Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari “Ustoz — taraqqiyotning buyuk bunyodkori” mavzusiga bag‘ishlandi. 📚 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar ustozlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi fidokorona mehnati hamda mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi haqida suhbatlashdilar. ✨ Ustoz — qalblarga ilm nurini olib kiruvchi, ezgu maqsadlar sari yo‘llovchi va kelajak bunyodkorlarini tarbiyalovchi buyuk insondir. Ularning mashaqqatli mehnati, sabr-toqati va fidoyiligi tufayli yurtimizning bilimli, ma’rifatli va barkamol avlodi voyaga yetadi. 🌟 Ustozni qadrlash — ilmni, ma’rifatni va kelajakni qadrlashdir! https://t.me/Toyloq_2_son_IM

Toyloq ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning birinchi kuni ertalabki saflanish tashkil etildi Toyloq tuman ixtisoslashtiril
+2
Toyloq ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning birinchi kuni ertalabki saflanish tashkil etildi Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning birinchi kuni o‘quvchilar ishtirokida an’anaviy ertalabki saflanish tadbiri tashkil etildi. Saflanish davomida o‘quvchilarga yangi haftada belgilangan vazifalar, darslarga o‘z vaqtida qatnashish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish hamda odob-axloq me’yorlariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda intizom, mas’uliyat va bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. https://t.me/Toyloq_2_son_IM

#Toyloq_tuman_2_son_IM #Prokuror_va_yoshlar_uchrashuvi ✔️Joriy yilning 15-oktyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar
+4
#Toyloq_tuman_2_son_IM #Prokuror_va_yoshlar_uchrashuvi ✔️Joriy yilning 15-oktyabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. ⚡️Tuman prokurori Ulug‘bek Oqboʻtayev yoshlar bilan uchrashib, mamlakatimizda huquq-tartibot sohalarida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, yoshlarning sohaga doir qiziqqan savollariga javob berdi. 🔼Shuningdek, prokuror ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari salohiyatini yuqori baholab, o‘g‘il-qizlarimiz o‘z bilim va iqtodorlari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.   Bizni kuzatib boring👇👇👇 https://t.me/Toyloq_2_son_IM

TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI 🎓 Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova Navoiy shahridagi Muhandislik mak
+6
TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI 🎓 Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova Navoiy shahridagi Muhandislik maktabi hamda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Navoiy filiali faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarni kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 🔅Xususan, Muhandislik maktabida 10-sinf o‘quvchilarining oliy ta’lim fanlarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirishi, jumladan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tashrif doirasida Muhandislik maktabi direktori lavozimiga tayinlangan Dilyara Tuxfatullina maktab rahbari sifatidagi asosiy vazifalari, xizmat majburiyatlari va vakolatlari bilan tanishtirildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi. Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi. — Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области. Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения. Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения. Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву. Facebook|Instagram|X

Repost from Ta’lim24.uz
#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi
#RASMIY_XABAR Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi. E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Toyloq_tuman_2_son_IM #ERTALABKI_SAFLANISH ✔️Bugun Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarda Vatanga sa
+5
#Toyloq_tuman_2_son_IM #ERTALABKI_SAFLANISH ✔️Bugun Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish hamda tanlovlarda faol o’quvchilarni rag’batlantirish maqsadida "Ertalabki saflanish" tashkil etildi. ♻️O'quvchilarga maktabning ichki-tartib odob- axloq qoidalari, mobil telefondan foydalanish , kiyinish madaniyati , yo'l-harakat qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlalari olib borildi. 🔼Shundan so'ng ''Kelajak soati' darslari o'tkazildi.'' OILAMDAGI USTOZLAR TARIXI '' MUHOKAMASI va ''ZIYO TARQATUVCHI- KASB SOHIBLARI mavzularida navbatdagi ''Kelajak soati '' bo'lib o'tdi.

Repost from Ta’lim24.uz
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni Taʼlim va ilm-fan vazirligi quyidagi sohalarda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi hamda ularni rivojlantirish va tartibga solish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi: ✅ maktabgacha taʼlim va tarbiya; ✅ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim; ✅ kasbiy taʼlim; ✅ oliy taʼlim; ✅ oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; ✅ kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ✅qoʻshimcha va norasmiy taʼlim. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#OAV_biz_haqimizda 📚 ILK KITOB — KATTA IJOD SARI ILK QADAM ✍️ O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlarga ehtirom” kitobi hamda ijod maktablari o‘quvchilarining “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida nashr etilgan ilk mualliflik kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 📖 Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 54 nafar yosh ijodkorning ilk mualliflik kitobi chop etildi. Shuningdek, ijod maktablarida taniqli adib va shoirlar ishtirokidagi mahorat darslari tashkil etilib, an’anaviy “Zomin seminari”da 135 nafar yosh ijodkor ishtirok etdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor