fa
Feedback
Meros Ta’lim

Meros Ta’lim

رفتن به کانال در Telegram

Biz bilan arab tili va adabiyotini chuqurlashtirgan darslar orqali o'rganing!

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
295
مشترکین
+424 ساعت
+37 روز
+330 روز
آرشیو پست ها
photo content
+3

Ustozimiz Xattot Islom Mamatov va u kishining shogirdlari koʻrgazmasidan

photo content

photo content
+2

photo content
+1

Repost from Orif Tolib
Matndagi mantiqiy koʻpriklar Tili va imlosi benuqson matnlar ham baʼzan tarqoq, oʻqishga noqulay tuyuladi. Professional tahri
Matndagi mantiqiy koʻpriklar   Tili va imlosi benuqson matnlar ham baʼzan tarqoq, oʻqishga noqulay tuyuladi. Professional tahrirda buning oldini olish uchun xatboshilar orasidagi mantiqiy bogʻliqlikka eʼtibor qaratiladi.   Bir xatboshidan ikkinchisiga toʻsatdan sakrash oʻquvchini chalgʻitadi. Fikrlar ravon oqishi uchun ular orasida mantiqiy koʻprik boʻlishi kerak. Koʻprik – oldingi fikrni keyingisiga silliq ulaydigan oraliq gapdir.   Keling, bunday mantiqiy koʻprik bor va yoʻq holatni solishtiramiz.   ❌ Sakrash:   Muvaffaqiyatli kanal yuritish uchun sifatli matnlar yozish kerak. Telegram algoritmlari yaqinda yana yangilandi.   ✅ Bogʻliqlik:   Muvaffaqiyatli kanal yuritish uchun sifatli matnlar yozish kerak. Biroq eng yaxshi matn ham oʻz oʻquvchisini topmasa, foydasiz. Buning uchun esa Telegram algoritmlarini tushunish zarur.   Ajratib koʻrsatilgan oraliq gap bir-biridan uzoq ikki fikrni mantiqan birlashtirib, matnni yaxlit zanjirga aylantiradi.   Siz ham matn yozayotganda xatboshilar bogʻliqligiga eʼtibor berasizmi?   😎 – ha, doim tekshiraman   🤔 – endi eʼtibor beraman   @oriftolib | Sahifalarimiz

Kel ey tolib, koʻzing ibrat bilan och, Muhabbatsiz kishidin qush boʻlib qoch, Muhabbat ahlining joʻyoni* boʻlgʻil, Oʻshal kim uchradi, qurboni boʻlgʻil. Soʻfi Allohyor. * Joʻyon- izlovchi, qidiruvchi

photo content
+2

پیام صوتی13:09

XX asr Misr adabiyoti Abbos Mahmud Aqqod Falsafa, adabiyot Yangi soʻzlar: ضجر - zerikish, malollanish مهموم - gʻamgin إنفطر -
XX asr Misr adabiyoti Abbos Mahmud Aqqod Falsafa, adabiyot Yangi soʻzlar: ضجر - zerikish, malollanish مهموم - gʻamgin إنفطر - ezilmoq بهر - yarqiramoq, porlamoq منهزم - magʻlub منتصر - gʻolib لهف - sabrsizlik, intizorlik فتر - boʻshashmoq خصم - raqib, dushman حار - hayron qolmoq حيّر - hayron qoldirmoq

❗Vazifa: 1. Nutqimizdagi barcha xabariy jumlalarni kun davomida tahlil qilib borish. 2. Xabariy jumlani keltirishdan asl maqsad boʻlgan 2 holatni mulohaza qilish. 3. Asldan chiqish sodir boʻlganda uni toʻgʻri qoʻllash. 4. Eng muhimi har bir gapimizni oʻylab, agar u biror foyda ifodalasa keyin soʻylash lozim. Zero balogʻatli gapirish degani koʻp gapirish degani emas, oʻsha vaziyat uchun eng mos gapira olish demakdir.

xabariy jumla shakllari - أضرب الخبر 🔎 @merostalim

📌Eslatma:Bugun 21:00 da Balog'atdan dars bor!

پیام صوتی01:59

Yoʻl yamonu yaxshisidin yema gʻam, Bismilloh degilu qoʻygil qadam.

photo content
+1

پیام صوتی09:09

photo content

Repost from AkromMalik.Uz
Ibrohim G'afurov... Jahon adabiyoti asarlarini o'zbekchada komil shaklda aks ettirgan zot. U kishining tarjimasini o'qigan od
Ibrohim G'afurov... Jahon adabiyoti asarlarini o'zbekchada komil shaklda aks ettirgan zot. U kishining tarjimasini o'qigan odam bu matn ayni o'zbekcha yozilgan deb o'ylaydi va so'z omonatdorligi qarshisida lol qoladi. Xudoyim gunohlarini kechirsin, yaxshi amallarini hamroh aylasin, rahmatiga olsin, iymonini salomat qilgan bo'lsin! O'lim — haq. Ibrohim G'afurovdek inson vafotida, baribir, g'ussaga botdik. Qolganlarga sabr bersin, o'rinlarini Allohim yaxshilik ila to'ldirsin.

xabariy jumla