Meros Ta’lim
Відкрити в Telegram
Biz bilan arab tili va adabiyotini chuqurlashtirgan darslar orqali o'rganing!
Показати більшеКраїна не вказанаКатегорія не вказана
295
Підписники
+424 години
+37 днів
+330 день
Архів дописів
295
Repost from Orif Tolib
Matndagi mantiqiy koʻpriklar
Tili va imlosi benuqson matnlar ham baʼzan tarqoq, oʻqishga noqulay tuyuladi. Professional tahrirda buning oldini olish uchun xatboshilar orasidagi mantiqiy bogʻliqlikka eʼtibor qaratiladi.
Bir xatboshidan ikkinchisiga toʻsatdan sakrash oʻquvchini chalgʻitadi. Fikrlar ravon oqishi uchun ular orasida mantiqiy koʻprik boʻlishi kerak. Koʻprik – oldingi fikrni keyingisiga silliq ulaydigan oraliq gapdir.
Keling, bunday mantiqiy koʻprik bor va yoʻq holatni solishtiramiz.
❌ Sakrash:
Muvaffaqiyatli kanal yuritish uchun sifatli matnlar yozish kerak. Telegram algoritmlari yaqinda yana yangilandi.
✅ Bogʻliqlik:
Muvaffaqiyatli kanal yuritish uchun sifatli matnlar yozish kerak. Biroq eng yaxshi matn ham oʻz oʻquvchisini topmasa, foydasiz. Buning uchun esa Telegram algoritmlarini tushunish zarur.
Ajratib koʻrsatilgan oraliq gap bir-biridan uzoq ikki fikrni mantiqan birlashtirib, matnni yaxlit zanjirga aylantiradi.
Siz ham matn yozayotganda xatboshilar bogʻliqligiga eʼtibor berasizmi?
😎 – ha, doim tekshiraman
🤔 – endi eʼtibor beraman
@oriftolib | Sahifalarimiz
295
Kel ey tolib, koʻzing ibrat bilan och,
Muhabbatsiz kishidin qush boʻlib qoch,
Muhabbat ahlining joʻyoni* boʻlgʻil,
Oʻshal kim uchradi, qurboni boʻlgʻil.
Soʻfi Allohyor.
* Joʻyon- izlovchi, qidiruvchi
295
XX asr Misr adabiyoti
Abbos Mahmud Aqqod
Falsafa, adabiyot
Yangi soʻzlar:
ضجر - zerikish, malollanish
مهموم - gʻamgin
إنفطر - ezilmoq
بهر - yarqiramoq, porlamoq
منهزم - magʻlub
منتصر - gʻolib
لهف - sabrsizlik, intizorlik
فتر - boʻshashmoq
خصم - raqib, dushman
حار - hayron qolmoq
حيّر - hayron qoldirmoq
295
❗Vazifa:
1. Nutqimizdagi barcha xabariy jumlalarni kun davomida tahlil qilib borish.
2. Xabariy jumlani keltirishdan asl maqsad boʻlgan 2 holatni mulohaza qilish.
3. Asldan chiqish sodir boʻlganda uni toʻgʻri qoʻllash.
4. Eng muhimi har bir gapimizni oʻylab, agar u biror foyda ifodalasa keyin soʻylash lozim.
Zero balogʻatli gapirish degani koʻp gapirish degani emas, oʻsha vaziyat uchun eng mos gapira olish demakdir.
295
Repost from AkromMalik.Uz
Ibrohim G'afurov...
Jahon adabiyoti asarlarini o'zbekchada komil shaklda aks ettirgan zot. U kishining tarjimasini o'qigan odam bu matn ayni o'zbekcha yozilgan deb o'ylaydi va so'z omonatdorligi qarshisida lol qoladi.
Xudoyim gunohlarini kechirsin, yaxshi amallarini hamroh aylasin, rahmatiga olsin, iymonini salomat qilgan bo'lsin!
O'lim — haq. Ibrohim G'afurovdek inson vafotida, baribir, g'ussaga botdik. Qolganlarga sabr bersin, o'rinlarini Allohim yaxshilik ila to'ldirsin.
