fa
Feedback
PolicyLab.UZ

PolicyLab.UZ

رفتن به کانال در Telegram

Jahon siyosati va iqtisodiyoti tahlili

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
487
مشترکین
+924 ساعت
+517 روز
+11730 روز
آرشیو پست ها
Foreign Affairs: Eron urushi natijasida Yaqin Sharqda ikki yirik blok shakllanmoqda Ian Bremmer fikricha, AQSh va Eron o'rtasidagi urush Tramp davridagi eng katta tashqi siyosiy muvaffaqiyatsizliklardan biri bo'ldi. Urushdan keyin Yaqin Sharqda AQShga bo‘lgan ishonch sezilarli darajada kamaydi. Mintaqa davlatlari Vashingtonni barqarorlikning yagona kafolatchisi sifatida ko‘rmay qo‘ydi. Shu sababli ular yangi ittifoqlar va koalitsiyalar tuzishga kirishmoqda. Bremmer ta'kidlashicha, gugun mintaqada ikki yirik blok shakllanmoqda. Birinchi blok"Ibrohim koalitsiyasi" bo‘lib, uning markazida Isroil va BAA turadi. Ushbu guruh AQSh bilan yaqin hamkorlik qiladi va Eronni asosiy tahdid deb hisoblaydi. Koalitsiya tarkibida ayrim masalalarda Gretsiya va Hindiston ham ishtirok etmoqda. Ikkinchi blok esa "Islomiy koalitsiya" bo‘lib, unga Saudiya Arabistoni, Turkiya, Pokiston va tobora faolroq rol o‘ynayotgan Misr kiradi. Bu davlatlar ham AQSh bilan aloqalarni saqlab qolmoqda, biroq Isroilning G‘azo, Livan va Suriyadagi harakatlaridan xavotirda va mintaqada mustaqilroq siyosat yuritishga intilmoqda. Urush davomida Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi qarashlar tafovuti ham yanada chuqurlashdi. Riyod Isroilning harbiy faoliyatini mintaqaviy xavf deb baholayotgan bo‘lsa, Abu-Dabi Isroilni eng ishonchli xavfsizlik hamkori sifatida ko‘rmoqda. Natijada BAA Isroil bilan mudofaa va razvedka hamkorligini kuchaytirmoqda, Saudiya esa Turkiya va Pokiston bilan yaqinlashmoqda. Urushning eng katta geosiyosiy g‘oliblaridan biri Xitoy bo‘lishi mumkin. Pekin mintaqada harbiy majburiyatlar olmasdan turib, savdo, investitsiya, texnologiya va diplomatiya orqali ta’sirini kengaytirmoqda. Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi 2023 yilgi yarashuvda ham Xitoy vositachilik qilgan edi. Endilikda Pekin Fors ko‘rfazi davlatlari va Eron o‘rtasida yangi xavfsizlik mexanizmlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

The Economist: Eron iqtisodiyoti urush oqibatlaridan tez tiklana olmaydi AQSh va Eron o‘rtasida 17 iyun kuni imzolangan memorandum urushni vaqtincha to‘xtatgan bo‘lsa-da, Eron iqtisodiyoti urushdan ko‘rgan zararlarni bartaraf etish uchun bir necha yilga muhtoj bo‘ladi. Hattoki sanksiyalar yumshatilsa va xorijiy investitsiyalar kirib kelsa ham, tiklanish jarayoni uzoq davom etadi.
Urush va blokada natijasida Eron aholisi jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi. 2026 yil may oyida mamlakatda yillik inflyatsiya 84 foizga, oziq-ovqat inflyatsiyasi esa 131 foizga yetdi. Natijada ko‘plab oilalar go‘sht va nonni ham bo‘lib-bo‘lib to‘lashga majbur bo‘lmoqda. Urush davrida 2 millionga yaqin odam ishini yo‘qotgan.
Blokada tashqi savdoga ham kuchli zarba berdi. Aprel oyidan buyon Pokiston portlarida Eron uchun mo‘ljallangan 3 mingdan ortiq konteyner yig‘ilib qolgan. Urush davomida AQSh va Isroil zarbalari natijasida neftni qayta ishlash zavodlari, metallurgiya korxonalari va yirik neft-kimyo majmualari zarar ko‘rdi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, faqat energetika obyektlarini tiklashning o‘zi 19 milliard dollarga tushishi mumkin. Ayrim baholashlarga ko‘ra, urush oqibatida yetkazilgan umumiy zarar 144 milliard dollarga teng bo‘lib, bu Eron yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmiga tengdir.
Kelishuvning eng katta iqtisodiy rag‘batlantiruvchi qismi sifatida Eron iqtisodiyotini tiklash uchun 300 milliard dollargacha investitsiya jalb etilishi mumkinligi haqida gapirilmoqda. Bu summa Eronning bir yillik YAIMiga deyarli teng. Biroq ekspertlar optimizmga ehtiyotkorlik bilan qarash kerakligini ta’kidlamoqda. AQSh prezidenti Donald Trampning o‘zi ham Vashington ushbu mablag‘larni bevosita ajratmasligini bildirgan. Bundan tashqari, Eron iqtisodiyotining katta qismi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) nazoratida bo‘lgani sababli, sanksiyalarni yumshatish AQSh ichida ham kuchli qarshiliklarga uchrashi mumkin.
Shunday qilib, sulh Eron iqtisodiyotiga nafas rostlash imkoniyatini beradi, biroq urush natijasida yuzaga kelgan yuqori inflyatsiya, ishsizlik, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va infratuzilma talafotlarini qisqa muddatda bartaraf etish qiyin. Shu sababli hatto kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda ham oddiy eronliklar uning ijobiy natijalarini tez orada his qilishi ehtimoli past.

Abbbbooooossss🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Prezidentimiz 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Ertaga O’zbekiston-Kolumbiya o’yini soat 07:00 da boshlanadi. Xalqimiz Vatan jamoasiga o’z uyida, yaqinlari bilan muxlislik qilishi uchun qo’shimcha qulaylik berilmoqda. Sherzod Ikromovichning ma’lum qilishicha, “Prezidentimiz ertangi matchni uyda, oila davrasida, nabiralari bilan tomosha qiladilar. 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10 da boshlanishini belgilab berdilar”. Shuningdek, davlatimiz rahbari xalqimizga o’z minnatdorligini izhor qildi. Sherzod Asadov: “…Alohida ta’kidlab o‘tmoqchimanki, xorijiy delegatsiyalar vakillari bilan muloqotlar davomida ular bir fikrni qayta-qayta tilga olishmoqda — Toshkent va boshqa shaharlarimizning bugungi qiyofasi ularda katta taassurot qoldirmoqda. Nufuzli xalqaro tahlillarga ko‘ra, Toshkent bugungi kunda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan uchinchi shahar sifatida e’tirof etilmoqda. Bu ko‘rsatkichda u Shenzhen va Ar-Riyoddan keyingi o‘rinni egallagan. Mehmonlarimiz alohida qayd etayotgan yana bir jihat — poytaxtimizning ozodaligi va xalqimizning yuksak madaniyati. Ayni paytda O‘zbekistonda 102 davlatdan delegatsiyalar hamda 3 mingga yaqin xalqaro tashkilot vakillari mehmon bo‘lib turibdi. Shubhasiz, bunday yirik xalqaro tadbirlar kunlarida shahar yo‘llarida muayyan noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. Xalqimiz mana shu tadbirning ahamiyatini tushungan holda, ayniqsa, haydovchilarimiz va shaharimiz ahli juda yuksak madaniyatini ko‘rsatishmoqda. Shu fursatdan foydalangan holda, barcha obodonlashtirishdagi opa-singillarimiz, barcha haydovchilarga, Toshkent ahli va mehmonlarga hurmatli Prezidentimiz minnatdorliklarni yetkazmoqchiman.“ Shuningdek, Prezident matbuot kotibi Toshkent invest forumi bo’yicha eng oxirgi yangiliklarni ham bayon qildi.

Futbol qardosh xalqlarni yanada jipslashtirmoqda. Olg’a O’zbekiston🇺🇿

New Lines Institute: “To‘rt dengiz tashabbusi” 2024 yil oxirida Bashar Asad hokimiyatining qulashidan so‘ng Suriyada yuzaga kelgan yangi siyosiy vaziyat Yaqin Sharqning energetik xaritasini o‘zgartirish uchun noyob imkoniyat yaratmoqda. Shu sabab New Lines Institute tahlilchilari, AQSh va Yevropa Ittifoqiga “Four Seas Initiative” (To‘rt dengiz tashabbusi) deb nomlangan yirik infratuzilma loyihasini ilgari surishni taklif qilmoqda. Ushbu loyiha Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi, O‘rta yer dengizi va Qora dengizni Suriya va Turkiya orqali bog‘laydigan yagona energetik va transport tizimini yaratishni nazarda tutadi. Hisobotga ko‘ra, Suriya urushdan oldin 6 300 kilometrdan ortiq neft va gaz quvurlariga ega bo‘lgan. Bu infratuzilmaning katta qismi saqlanib qolgan va uni qayta tiklash yangi quvurlar qurishdan ancha arzon tushadi. Tashabbus to‘rtta asosiy energetik koridordan iborat: 1)Fors ko‘rfazi davlatlaridan (Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt) Suriya orqali O‘rta yer dengiziga chiqadigan quvur. Uning quvvati kuniga 1,5–2 million barrel neft tashishga mo‘ljallangan 2) Iroqning Kirkuk hududidan Suriyaning Baniyas portigacha bo‘lgan quvur. Yangi loyiha bo‘yicha quvvat 1,4 million barrel/kun bo‘lishi mumkin. 3)Kaspiy havzasidan (Ozarbayjon va Turkmaniston) Turkiya orqali Yevropaga gaz yetkazib beruvchi tizim. 4) Misr, Iordaniya, Suriya va Turkiyani bog‘laydigan Arab gaz quvurini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘lib, uning qiymati taxminan 1,2 milliard dollar deb baholanmoqda. Loyiha Markaziy Osiyo uchun ham loyiha katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Turkmaniston va Qozog‘iston gaz hamda neftini Kaspiy orqali Turkiya va Yevropa bozorlariga chiqarish imkoniyatlari kengayadi. Bu esa Rossiya va Eron yo‘nalishlariga qaramlikni kamaytirishi mumkin. Mualliflarning asosiy xulosasi shuki, “To‘rt dengiz tashabbusi” oddiy energetik loyiha emas. U Yevropaning energiya xavfsizligini mustahkamlash, Yaqin Sharqni iqtisodiy jihatdan integratsiya qilish, Suriyani urushdan keyingi tiklanishiga yordam berish hamda Rossiya va Xitoyning mintaqadagi ta’sirini cheklashga qaratilgan geosiyosiy loyiha sifatida ko‘rilmoqda. Agar tashabbus amalga oshsa, yaqin kelajakda eng yirik energetik va transport loyihalaridan biriga aylanishi mumkin.

Central Asia-Caucasus Analyst: Markaziy Osiyoning ta’lim xaritasi tubdan o‘zgarib bormoqda Tahlilga ko‘ra, Markaziy Osiyo talabalari uchun Rossiya uzoq yillar asosiy ta’lim yo‘nalishi bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, bu ustunlik asta-sekin susaymoqda. Bunga Rossiyaning migrantlar va ularning farzandlariga nisbatan qat’iylashgan siyosati ham ta’sir qilmoqda. Masalan, yangi qoidalarga ko‘ra, migrant bolalari rus maktablariga kirish uchun til imtihonidan o‘tishi va ota-onalarining huquqiy maqomi tasdiqlanishi talab qilinmoqda. Dastlabki natijalarga ko‘ra, murojaat qilgan bolalarning atigi 19 foizigina til imtihonini topshirishga ruxsat olgan. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo yoshlari uchun Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va Yevropa kabi yangi ta’lim yo‘nalishlari tobora jozibador bo‘lib bormoqda. Xitoy universitetlar, kasb-hunar markazlari va texnologik loyihalar orqali mintaqadagi ta’lim ishtirokini kengaytirmoqda. Yevropa Ittifoqi esa 2026 yilda Samarqandda birinchi Markaziy Osiyo–YI universitetlar kongressini o‘tkazdi. O‘zbekiston tomoni kongress davomida Yevropa universitetlari bilan 50 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolanganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo endi nafaqat talabalarni yuboruvchi, balki qabul qiluvchi markazga ham aylanmoqda. Misol uchun, O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy talabalar soni 2025 yilda 54 foizga oshgan. Asosiy oqim Hindiston, Turkmaniston va Tojikistondan kelmoqda. Pokiston va Xitoydan kelayotgan talabalar soni ham ortmoqda. Bundan tashqari, 2025 yil oxiriga kelib O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy universitetlar soni 30 taga yetgan. Bu Markaziy Osiyoning ta'lim uchun jozibador yo'nalishlardan biriga aylanayotganidan darakdir. https://t.me/policylaab

Geopolitical Futures: Yaqin Sharqda yangi geosiyosiy raqobat boshlanmoqda Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Kamron Buhari fikricha, AQSh va Eron o‘rtasida tinchlik bitimi imzolanishi urushning tugaganini anglatadi, biroq mintaqadagi geosiyosiy kurashlarning yakunlanganini bildirmaydi. Aksincha, urush natijasida Yaqin Sharqda yangi kuchlar muvozanati shakllanib, raqobat boshqa yo‘nalishlarda davom etishi mumkin. Uzoq muddatda Vashington mintaqada shunday xavfsizlik tizimini yaratishga intilmoqdaki, unda Isroil, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa hamkor davlatlar xavfsizlik masalalarida ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, AQSh esa harbiy ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytiradi. Biroq bu rejani amalga oshirish oson emas, chunki AQSh ittifoqchilarining manfaatlari hamisha ham bir-biriga mos kelmaydi. Urushdan keyin Eron uzoq vaqt davomida iqtisodiy tiklanish va ichki muammolar bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga, mintaqada yangi ta’sir markazi sifatida Turkiya tobora faolroq rol o‘ynamoqda. 2024 yil dekabrida Bashar Asad rejimi qulagach, Anqaraning Suriyadagi ta’siri sezilarli darajada kuchaydi. Eron va Hizbullohning Livan hamda Suriyadagi pozitsiyalarining zaiflashuvi esa Turkiya uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. Shu sababli Isroil xavfsizlik doiralarida ayrim ekspertlar kelajakda Eron o‘rnini Turkiya mintaqadagi asosiy strategik raqib sifatida egallashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Bunga Anqaraning Yaqin Sharqdagi ta’sirini kengaytirayotgani, Falastin masalasida faol pozitsiyani saqlab qolayotgani, HAMAS bilan aloqalarni uzmagani hamda Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr, Iordaniya, Pokiston va Ozarbayjon bilan hamkorligini mustahkamlayotgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

The Washington Post. Yevropa davlatlari AQShga kamroq bog‘liq bo‘lgan yangi siyosiy va xavfsizlik tizimini qurishga tayyorlana boshladi. Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammiti aynan shu kayfiyat fonida o‘tmoqda. So'ngi yillarda Tramp Yevropa ittifoqchilariga nisbatan tariflar joriy qilish bilan tahdid qildi, NATOni tanqid qildi va ko‘plab ittifoqchilar bilan ochiq ziddiyatlarga bordi. Natijada Yevropa davlatlari AQSh har doim ham ishonchli va oldindan bashorat qilinadigan hamkor bo‘lmasligi mumkin degan xulosaga kelmoqda. AQSh hali ham G‘arbning asosiy harbiy kuchi bo‘lib qolmoqda. NATOning yadroviy himoyasi, razvedka imkoniyatlari va logistika tizimining katta qismi Amerika hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq Yevropada tobora ko‘proq siyosatchilar "AQSh har doim barcha muammolarni hal qilib bermaydi" degan fikrga kelmoqda. Shu sababli ular o‘z harbiy salohiyatini oshirish va strategik mustaqillikni kuchaytirishga intilmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronbir necha yildan beri Yevropaning strategik avtonomiyasi g‘oyasini ilgari surib kelmoqda. Uning fikricha, Yevropa AQSh yordamiga to‘liq tayanmasdan o‘z manfaatlarini mustaqil himoya qila olishi kerak. 2026 yil aprelida Makron hatto: "Bugun AQSh prezidenti, Rossiya prezidenti va Xitoy rahbari ko‘plab masalalarda Yevropa manfaatlariga qarshi turibdi. Bu biz uchun uyg‘onish vaqti", degan edi. Shunday qilib, G7 sammitining haqiqiy mavzusi Eron yoki tariflar emas, balki AQSh boshchiligidagi eski transatlantik tartibning asta-sekin o‘zgarib borayotganidir

Carnegie Politika: O'zlikni anglash xatosi: huquqiy vorislikdan g'oyaviy vorislikka Aleksey Uvarov fikricha, Rossiyaning bugungi siyosatini tushunish uchun SSSR parchalangandan keyingi davrga nazar tashlash lozim. Uning fikricha, Rossiya Sovet Ittifoqining huquqiy davomchisi bo‘lgani bilan, sovet mafkurasini va tarixga bo‘lgan munosabatni aynan bugungi shaklda qabul qilishga majbur emas edi. Boshqacha yo‘l ham mavjud bo‘lgan.
1991 yilda Sovet Ittifoqi parchalangach, Rossiya uning asosiy merosxo‘riga aylandi. BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy o‘rin, dunyodagi eng yirik yadro arsenali, xorijdagi ko‘plab diplomatik vakolatxonalar va aktivlar Rossiya tasarrufiga o‘tdi. Shu tariqa Rossiya xalqaro maydonda SSSRning davomchisi sifatida tan olindi. Ammo bu holat Rossiyaning sovet davridagi barcha siyosiy va mafkuraviy merosni ham qabul qilishi kerak degani emas edi.
1990-yillarda Rossiya aslida boshqa yo‘ldan ketishga harakat qildi. 1991 yilda siyosiy repressiyalar qurbonlarini oqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Stalin davridagi repressiyalar tan olindi, 1992 yilda Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Kommunistik partiyani mamlakatda zo‘ravonlikka asoslangan siyosiy tizim yaratganlikda aybladi. Ya'ni yangi Rossiya o‘zini Sovet Ittifoqidan alohida davlat sifatida ko‘rsatishga harakat qilgan edi.
Ammo keyinchalik muammo paydo bo‘ldi. Rossiya yangi milliy g‘oya topa olmadi. Mustaqil Rossiya bilan bog‘liq bayramlar (2 iyun - Rossiya kuni yoki 22 avgust - Davlat bayrog‘i kuni) va ramzlar xalq orasida ommalashmadi. Shuning uchun hokimiyat eng kuchli tarixiy ramzga - 1945 yilgi G‘alaba (9 may) ga tayandi va vaqt o‘tishi bilan 9 may davlat mafkurasining markaziga aylandi. Urushdagi g‘alaba Sovet Ittifoqi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun, vaqt o‘tishi bilan SSSRning salbiy jihatlari emas, balki uning qudrati va buyukligi ko‘proq targ‘ib qilina boshladi.
2000 yilda Putinning qarori bilan sovet madhiyasining musiqasi qayta tiklandi. Keyinchalik armiyada qizil yulduz va boshqa sovet ramzlari yana faol qo‘llanila boshlandi. 2005 yilda Putin SSSR parchalanishini “XX asrning eng yirik geosiyosiy falokati” deb atadi. Bu bayonot ham davlatning tarixga bo‘lgan yangi yondashuvini ko‘rsatdi. Shu tariqa Rossiyada tarixiy xotira asta-sekin o‘zgardi. Avvallari Stalin repressiyalari, GULAG lagerlari va millionlab qurbonlar haqida ko‘proq gapirilgan bo‘lsa, keyinchalik e’tibor urushdagi g‘alaba va Sovet Ittifoqining qudratiga qaratildi. Natijada jamiyatda “SSSR yomon tizim edi, lekin urushda g‘alaba qozondi” degan qarash o‘rniga “SSSR buyuk davlat edi” degan tasavvur kuchaya boshladi.
Shunday qilib, Rossiya bugungi siyosatiga SSSRning huquqiy merosxo‘ri bo‘lgani uchun emas, balki o‘z milliy mafkurasini asosan Sovet Ittifoqining g‘alabasi va qudrati atrofida qurgani uchun kelib qoldi. Agar 1990-yillarda boshqa tarixiy va fuqarolik qadriyatlari asos qilib olinganida, Rossiya bugun boshqacha davlat bo‘lishi mumkin edi. https://t.me/policylaab

FT: “G‘olibsiz urush” Financial Times sharhlovchisi Gideon Rahman fikricha, AQSh va Eron o‘rtasida erishilgan yangi kelishuv hech bir tomonning to‘liq g‘alabasini anglatmaydi. Aksincha, u urush orqali maqsadlarga erishish imkoni cheklanganini va tomonlar oxir-oqibat murosaga qaytishga majbur bo‘lganini ko‘rsatadi. Jenevada imzolanishi rejalashtirilayotgan bitim aslida yakuniy tinchlik emas, balki mavjud sulhni yana 60 kunga uzaytirishdir. Shu davr ichida Hormuz bo‘g‘ozi bosqichma-bosqich ochiladi, AQShning Eronga nisbatan dengiz blokadasi bekor qilinadi va yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar davom ettiriladi. Eron esa buning evaziga sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish umidida. Biroq kelishuv juda mo‘rt. Eng katta xavf Livan yo‘nalishida saqlanib qolmoqda. Kelishuvga ko‘ra, Isroilning Hizbullohga qarshi harbiy amaliyotlari ham to‘xtatilishi kerak. Ammo Isroil hukumati bundan norozi. Saylovlar yaqinlashayotgan bir paytda Binyamin Netanyaxu Hizbulloh raketa hujumlarini bahona qilib Livandagi operatsiyalarni qayta boshlashi mumkin. Bunday vaziyatda Eron ham javob qaytarishi ehtimoldan xoli emas. Rahman urushda hech kim o‘z maqsadiga to‘liq erisha olmaganini ta’kidlaydi. AQShdagi "qirg‘iylar" Eron rejimini ag‘darish yoki hech bo‘lmaganda uning yadroviy dasturini butunlay yo‘q qilishni xohlagan edi. Ammo bugun na rejim almashdi, na yadroviy masala hal bo‘ldi. Aksincha, Vashington Eron bilan muzokara stoliga qaytishga majbur bo‘ldi. Isroilda ham norozilik kuchli. Tel-Avivda ko‘pchilik Eron urushdan zaiflashib emas, balki kuchayib chiqdi deb hisoblamoqda. Chunki Tehron Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi masalasini Livandagi sulh bilan bog‘lashga muvaffaq bo‘ldi va shu orqali Isroilning harakat erkinligini chekladi. Shu bilan birga, Erondagi radikal kuchlar ham kelishuvdan norozi. Ularning fikricha, Tehron Hormuz bo‘g‘ozi ustidagi bosim vositasidan voz kechib, evaziga AQSh bajarishi noma’lum bo‘lgan sanksiyalarni yumshatish va’dasini olmoqda. Fors ko‘rfazi davlatlari uchun ham vaziyat murakkab. Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA energiya eksportining tiklanishidan manfaatdor. Ammo ular AQSh va Isroilning Eron bilan urush boshlaganidan ham, Eronning javoban ko‘rfaz davlatlari obyektlariga zarba berganidan ham norozi.

AQSH va Eron o‘rtasidagi kelishuvni qator jahon yetakchilari olqishladi Yaqin Sharqdagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuv xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi. Bir qator davlatlar Tehron yadro dasturini cheklash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargan taqdirda, sanksiyalarni yumshatish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdi. 🇬🇧🇫🇷🇩🇪🇮🇹 Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya qo‘shma bayonot bilan chiqib, kelishuvni qo‘llab-quvvatlashlarini hamda Eron tomonidan “aniq va tekshirilishi mumkin bo‘lgan qadamlar” qo‘yilgan taqdirda sanksiyalarni bekor qilishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi. Shuningdek, ular Ormuz bo‘g‘ozi faoliyatini imkon qadar tezroq tiklashga chaqirdi. 🇫🇷🇬🇧 Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bo‘g‘ozdagi qatnovni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlar bilan ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Zarurat tug‘ilganda, buning uchun mustaqil ko‘p tomonlama mudofaa missiyasini tashkil etish imkoniyati ham ko‘rib chiqilishi qayd etildi. Makron, shuningdek, Livan hukumatining davlat suverenitetini tiklash borasidagi sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 🇩🇪🇳🇿 Germaniya kansleri Fridrix Mers va Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Piters AQSH va Eronni diplomatik yutuq bilan tabriklab, imzolangan kelishuvni qat’iy amalga oshirishga chaqirdi. 🇹🇷🇯🇵🇶🇦🇺🇳 Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi, Qatar Tashqi ishlar vazirligi hamda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish vositachilik sa’y-harakatlarini yuqori baholab, kelishuv mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashiga umid bildirdi.

🇺🇸🇮🇷 AQSH va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. AQSH Prezidenti Donald Tramp bitim yakunlanganini va harbiy harakatlar to‘xtatilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dengiz blokadasi bekor qilinadi hamda Ormuz bo‘g‘ozi orqali erkin kemalar qatnovi qayta tiklanadi. Kelishuvga erishilganini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham tasdiqlab, tinchlik bitimini rasmiy imzolash marosimi 19-iyun kuni Shveytsariyada o‘tkazilishini bildirdi. Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibiyati o‘zaro anglashuv memorandumi ustidagi ishlar yakunlanganini tasdiqlab, Livan yo‘nalishini ham o‘z ichiga olgan barcha frontlarda harbiy amaliyotlar to‘xtatilganini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi va AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens imzolashi kutilmoqda.

Jahon chempionatida "eng yomon ko'riladigan" davlat qaysi The Economist nashri jahon chempionatida qatnashayotgan 48 mamlakat madhiyalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, qaysi davlat boshqa mamlakatlar madhiyalarida eng ko‘p "dushman" sifatida tilga olinishini aniqlagan. Tahlilga ko‘ra, Ispaniya eng ko‘p tilga olingan "raqib davlat" bo‘lib chiqdi. U uchta davlat madhiyasida bevosita yoki bilvosita dushman sifatida eslatiladi. Buning asosiy sababi Ispaniyaning Lotin Amerikasi va boshqa hududlardagi mustamlakachilik tarixi bilan bog‘liq. Masalan, Ekvador madhiyasida ispan mustamlakachilariga qarshi kurash tasvirlanadi. Niderlandiya madhiyasida esa ispanlarga qarshi juda keskin iboralar uchraydi. Tarixiy kontekst ham hisobga olinganda, Ispaniya jami 9 ta madhiyada turli shakllarda tilga olinadi. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa sobiq imperiyalar turadi. Shundingdek, mundialda qatnashayotgan mamlakatlarning 40 tasidan ko‘prog‘i madhiyasida urush, jang, qurol, askarlar yoki qurbonlik mavzulari mavjud. Faqat 8 ta davlat madhiyasida bunday elementlar umuman yo‘q. Eng jangovar madhiya sifatida Portugaliya madhiyasi ajralib turadi. Unda har 100 so‘zga 11 ta urush yoki zo‘ravonlikka oid ibora to‘g‘ri keladi. "Qurolga!" degan chaqiriq 12 marta takrorlanadi. Turnir bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa har 100 so‘zga taxminan 2 ta urushga oid iborani tashkil qiladi. Fransiya madhiyasi ham juda jangovar bo‘lib, unda dushman askarlari "farzandlaringiz va ayollaringizning tomog‘ini kesish uchun kelmoqda" degan mashhur satr mavjud. Urugvay va Tunis madhiyalarida esa shahidlik va vatan uchun qurbon bo‘lish ulug‘lanadi. Boshqa tomondan, tarixda katta imperiyalar bo‘lgan ayrim davlatlarning madhiyalari ancha tinch ruhda. Masalan, Buyuk Britaniya madhiyasi asosan qirolga Xudo madad berishini so‘raydi, Germaniya madhiyasida erkinlik, birlik va baxt haqida so‘z boradi, Yaponiya madhiyasi imperatorning uzoq umr ko‘rishini tilaydi. 2026 yilgi mundial mezbonlari orasida ham farq katta. AQSh va Meksika madhiyalarida ozodlik, urush va din mavzulari uchraydi. Ammo Meksika madhiyasida zo‘ravonlikka oid iboralar AQShnikidan ikki baravar ko‘p. Kanada madhiyasi esa eng tinch madhiyalardan biri bo‘lib, unda urushga oid deyarli hech qanday murojaat yo‘q. Shunday qilib, bugungi kunda stadionlarda yangraydigan milliy madhiyalar aslida davlatlarning mustaqillik uchun kurashi, urushlari, qurbonliklari va tarixiy raqobatlarining siyosiy-hissiy xotirasidir. Futbol maydonida davlatlar sport bilan bellashayotgan bo‘lsa-da, ularning madhiyalarida ko‘pincha qurol, jang va ozodlik uchun kurash ruhi yashab qolgan. O'zimizning madhiyamizda esa vatanparvarlik, milliy g‘urur, taraqqiyot, kelajakka ishonch va bunyodkorlik ruhida yozilgan. Unda boshqa davlatlarga qarshi kurash, urush, dushman yoki qasos kabi mavzular uchramaydi. Aksincha, madhiyada "oltin vodiylar", "xalqning iymoni", "yosh avlod", "buyuk ajdodlar merosi" kabi tinch va yaratuvchan obrazlar ustun. https://t.me/policylaab

Prognozlar tasdiqlandi: Pokiston Afg‘oniston ichkarisiga kirib bormoqda Bir necha kun avval Pekindagi muzokaralar ortida muhim bir signal yashiringanini yozgan edik. O‘shanda Pokiston endi terrorchilik tahdidlariga faqat chegarada javob bermasligi, balki zarurat tug‘ilganda Afg‘onistonning istalgan hududidagi nishonlarga ham zarba berishga tayyorlanayotgani haqida xulosa qilgan edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi. Pokiston aviatsiyasi 9-10 iyun kunlari Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi nishonlarga zarba berdi. Rasmiy bayonotlarda gap TTP va IShID-Xuroson jangarilari haqida ketmoqda. Ammo bu voqealarning haqiqiy ahamiyati terrorchilarning yo‘q qilingan sonida emas. Muhim jihat boshqa yerda. Islomobod amalda yangi qoidani joriy qilmoqda: agar tahdid Afg‘oniston hududidan chiqayotgan bo‘lsa, chegara endi to‘siq emas. Bu esa Pokiston xavfsizlik doktrinasida tub burilish hisoblanadi. Endi asosiy maqsad chegarani himoya qilish emas, balki tahdid manbaini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar yo‘q qilishdir. Voqealarning yana bir qiziq tomoni bor. Zarbalar Afg‘oniston mudofaa vaziri Mulla Yoqubning Moskvadan qaytganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirildi. Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan keyin Kobulda ayrim doiralar Pokiston yanada ehtiyotkor harakat qiladi degan tasavvur paydo bo‘lgan edi. Ammo Islomobod boshqacha javob berdi. Diplomatik bayonotlar bilan emas. Harbiy samolyotlar bilan. Natijada 9 - 10 iyun voqealari nafaqat TTPga qarshi operatsiya, balki butun mintaqaga yuborilgan siyosiy signalga aylandi. Bu signalning mazmuni oddiy: Pokiston o‘z xavfsizligi masalasida hech kimning kafolatiga tayanmaydi va tahdidni qayerda ko‘rsa, o‘sha yerda bartaraf etishga tayyor. Eng e’tiborlisi esa, bu voqealar aynan Shahboz Sharifning Pekinga tashrifidan keyin sodir bo‘lmoqda. Pokiston aviatsiyasining ushbu amaliyoti Pekindagi uchrashuvlar faqat iqtisodiyot haqida bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Afg‘oniston hududidan kelayotgan xavfsizlik tahdidlari va ularga qarshi qat’iy choralar masalasi ham ikki tomon kun tartibining markaziy mavzularidan biri bo‘lgan. Shunday qilib, bir necha kun oldin ehtimol sifatida ko‘rilgan ssenariy bugun amaliyotga aylanmoqda. Savol endi Pokiston yana zarba beradimi yoki yo‘qmi, degan masalada emas. Savol shundaki, Afg‘oniston hududida bunday operatsiyalar qanchalik tez-tez va qanchalik chuqur davom etadi? Strategic Focus: Central Asia

Rossiya o‘zining “yaqin xorij”ini yo‘qotdi — The Wall Street Journal Keysi Mishelning ta’kidlashicha, Ukraina qarshilik ko‘rsatayotgan bir paytda, Belarusdan tashqari deyarli barcha sobiq sovet respublikalari Moskvadan uzoqlashmoqda. Rossiya o‘nlab yillar davomida sobiq sovet respublikalarining aksariyatini o‘zi “yaqin xorij” deb ataydigan hudud sifatida talqin qilib keldi. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ushbu davlatlar rasman mustaqil bo‘lsa-da, Moskva ularga nisbatan ma’lum darajada ta’sir o‘tkazish va ularning ichki ishlariga aralashish huquqini saqlab qolgan deb hisoblab kelgan. Bu qarash Vladimir Putin hokimiyatga kelishidan ancha oldin, Sovet Ittifoqi parchalangan dastlabki yillardan boshlab shakllangan edi. Mintaqaviy gegemonlik Putinning Rossiyani yana buyuk davlat maqomiga qaytarish haqidagi strategiyasining muhim qismi bo‘lib kelgan. Muallif fikricha, AQSHning qator prezidentlari ham amalda Rossiyaning mintaqadagi yetakchi roliga ko‘z yumgan. Jumladan, Bill Klinton Qozog‘iston va Ukrainani yadro qurollaridan voz kechib, ularni Rossiyaga topshirishga undagan bo‘lsa, Barak Obama Rossiyaning Gruziyaga qarshi harbiy harakatlari hamda 2014 yilda Ukrainaga qarshi dastlabki harakatlariga nisbatan cheklangan munosabat bildirgan. Biroq Ukrainadagi urush boshlanganidan bir necha yil o‘tib, Putinning Rossiyani buyuk davlat sifatida tiklash haqidagi orzulari amalga oshmay qoldi. Muallifning ta’kidlashicha, Rossiya endi ilgari o‘z ta’sir doirasida deb hisoblangan hududlarda ham yetakchi mintaqaviy kuch maqomini saqlab qola olmayapti. Buning eng yorqin misoli Ukraina hisoblanadi. Putinning hatto Donbassning qolgan qismini ham to‘liq egallashi mumkinligi haqidagi tasavvurlari tobora reallikdan uzoqlashmoqda va Rossiyaning mintaqaviy gegemonlik da’volari qanchalik zaiflashganini ko‘rsatmoqda. Sobiq sovet hududidagi boshqa davlatlar ham o‘z yo‘lini tanlamoqda. Moldovada Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan Dnestrbo‘yi mintaqasi iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda va mamlakat bilan qayta integratsiyalashuv tarafdorlari soni ortmoqda. Armaniston esa tobora G‘arbga yaqinlashmoqda. Mamlakat yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan ilk ikki tomonlama sammitini o‘tkazdi. Hatto Putin Yerevanga “Ukraina ssenariysi” bilan tahdid qilganidan keyin ham Armaniston rahbariyati o‘z siyosatidan chekinmadi. Markaziy Osiyo ham Rossiya ta’sir doirasidan asta-sekin uzoqlashmoqda. Bu nafaqat iqtisodiy aloqalarda, balki mintaqaning Xitoy bilan tobora chuqurlashayotgan hamkorligida ham namoyon bo‘lmoqda. Qozog‘iston yaqinda o‘z tarixiy ildizlarini Rossiya yoki SSSR bilan emas, balki Oltin O‘rda davlati bilan bog‘lashini ta’kidladi. Bu yondashuvda Moskvaning ta’siri imperiyaviy hukmronlik sifatida talqin qilinmoqda. May oyida rossiyalik tarixchilar Qirg‘iziston hech qachon Moskvaning “mustamlakasi” bo‘lmaganini ta’kidlaganida, qirg‘iz olimlari bu fikrga qat’iy qarshi chiqdi. Qirg‘iz-amerikalik tadqiqotchi Erika Maratning yozishicha, Ukrainadagi urushdan keyin Qirg‘izistonda Rossiyaga bo‘lgan munosabat sezilarli darajada o‘zgargan. Ayniqsa, yosh avlod vakillari sovetlashuv jarayonini Afrika va Osiyodagi Yevropa mustamlakachiligi bilan qiyoslanadigan kolonial tajriba sifatida baholamoqda. Muallifning fikricha, sobiq mustamlakalarning avvalgi imperiyalardan uzoqlashishi tarixda ko‘p kuzatilgan hodisa. Ukrainadagi urush Rossiya uchun strategik muvaffaqiyatsizlikka aylanib borayotgan bir paytda, sobiq ittifoqdosh va qaram hududlarning Moskvadan uzoqlashishi tabiiy jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Rossiya hanuz Belarusda ma’lum darajada ta’sirini saqlab qolmoqda. Belarus Moskvaning “yaqin xorij”dagi yagona yaqqol ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda. Muallif buni umumiy tendensiyadan istisno holat sifatida baholaydi. Maqola yakunida Rossiyaning mintaqaviy ta’siri Ukrainadagi harbiy muvaffaqiyatlari susaygani sari kamayib borayotgani ta’kidlanadi. Shu sababli AQSH Ukrainani, shuningdek Armaniston, Moldova va boshqa davlatlarni qo‘llab-quvvatlash orqali bu jarayonni tezlashtirishi kerakligi ilgari suriladi.

Muallif xulosasiga ko‘ra, Rossiya bugungi kunda nafaqat global, balki mintaqaviy yetakchi davlat maqomini ham tobora yo‘qotib bormoqda. https://www.wsj.com/opinion/russia-has-lost-its-near-abroad-c524d7b5?st=c2qJDB&reflink=article_copyURL_share

Yadro tiyib turish (nuclear deterrence) nega zaiflashmoqda? Foreign Affairs nashrida e'lon qilingan maqolada, so‘nggi urushlar yadro quroliga ega bo‘lish davlatni avvalgidek himoya qila olmayotganini ta'kidlanadi. An’anaviy qarashga ko‘ra, yadro quroli raqibni hujum qilishdan tiyib turishi kerak edi. Ammo Ukraina, Eron, Isroil va Hindiston-Pokiston tajribasi buning har doim ham ishlamayotganini namoyish qildi.
Masalan, 2025 yilda Ukraina Rossiya hududi ichkarisida "Spider's Web" operatsiyasini amalga oshirib, oddiy va arzon dronlar yordamida Rossiyaning strategik bombardimonchi samolyotlariga zarba berdi. Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 10 ta strategik bombardimonchi yo‘q qilingan, jami 41 ta samolyot shikastlangan. Rossiya esa bunga yadro zarbasi bilan emas, oddiy raketa va dron hujumlari bilan javob qaytardi. Bu esa Moskvaning yadro tahdidi amalda ishlamaganini ko‘rsatdi. Shu o'rinda, Isroil yadro quroliga ega deb hisoblanadi, ammo bu Eron, Hizbulloh yoki husiylarni hujumlardan to‘xtatmadi. Aksincha, Eron raketa va dronlar bilan Isroil shaharlariga zarbalar berdi, hatto Dimonadagi yadro obyektini ham nishonga oldi. Bu holat yadro quroli har doim ham dushmanni qo‘rqitmasligini ko‘rsatmoqda. Hindiston va Pokiston ham yadro davlatlari hisoblanadi. Shunga qaramay, 2025 yilda ular o‘rtasida so‘nggi o‘n yilliklardagi eng jiddiy harbiy to‘qnashuv yuz berdi. Demak, ikki tomonning yadro quroliga ega bo‘lishi ham oddiy urushning oldini ololmadi.
Bugungi kunda 500 dollarlik dron millionlab dollarlik harbiy texnikani yo‘q qila olmoqda. Arzon dronlar, raketalar va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar rivojlanayotgani sababli yadro qurolining "qo‘rqitish kuchi" kamaymoqda. Shuning uchun davlatlar faqat yadro arsenalini kengaytirishga emas, balki havo mudofaasi, raketaga qarshi tizimlar va muhim obyektlarni himoya qilishga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Maqolaga ko‘ra, kelajak xavfsizligi ko‘proq himoyalanish va chidamlilikka (resilience) tayanadi, yadro qurollarini ko‘paytirishga emas. https://t.me/policylaab

Ebola nega yana qaytdi va bu dunyo uchun qanday ogohlantirish? Financial Times tahliliga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining yangi avj olishi dunyoning keyingi pandemiyaga tayyorgarligi zaiflashib borayotganini ko‘rsatadigan jiddiy signal hisoblanadi.
Ebola ilk bor 1976 yilda Kongoda aniqlangan bo‘lib, o‘shanda kasallikka chalinganlarning qariyb 90 foizi vafot etgan edi. Hozirgi epidemiya esa Bundibugyo deb ataladigan kam uchraydigan Ebola turidan kelib chiqqan bo‘lib, unga qarshi mavjud vaksina va dori vositalari samarali ishlamaydi. Shu sabab kasallikni aniqlash va nazorat qilish ancha qiyinlashgan.
Bugungi kunga kelib rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 695 kishi Ebola bilan kasallangan, 138 kishi vafot etgan, faqat 37 nafar bemor sog‘aygan. Mutaxassislar esa haqiqiy qurbonlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Virus allaqachon Kongoning 26 ta sog‘liqni saqlash hududiga tarqalgan va qo‘shni Uganda hududiga ham o‘tgan. Bir bemor hatto BAAga, yana biri Germaniyaga borgani qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, muammo faqat virusning o‘zida emas. So‘nggi yillarda global sog‘liqni saqlash tizimi zaiflashib bormoqda. AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqdi, natijada JSST budjetida 553 million dollarlik bo‘shliq yuzaga keldi. Tashkilot xodimlarining qariyb chorak qismi qisqartirilmoqda. Kongo esa sog‘liqni saqlashga aholi jon boshiga yiliga 25 dollardan ham kam mablag‘ sarflaydi. Ekspertlar fikricha, Ebola keyingi global pandemiyaga aylanishi ehtimoli past, chunki virus juda tez o‘ldiradi va uzoq masofaga keng tarqalishga ulgurmaydi. Biroq bu epidemiya dunyo "Kasallik X" deb ataladigan, hali noma’lum bo‘lgan kelajakdagi pandemiyaga qanchalik tayyor yoki tayyor emasligini ko‘rsatmoqda. COVID-19 dan keyin vaksinalarga ishonch pasaygani, sog‘liqni saqlash xarajatlari qisqargani va xalqaro hamkorlik zaiflashgani kelajakdagi xavflarni yanada oshirmoqda. https://t.me/policylaab

Repost from Uzbekonomics
Shu borada Toshkent Nyu Yorkdan ham, San Fransiskodan ham ilg'orroq shahar deb o'ylayman. Nyu Yorkni "a city that never sleeps" deyishadi. Bu haqiqatga yaqin gap emas. Nyu York shahri yaxshigina uxlaydigan, erta uxlaydigan shahar. Shartli kechki soat 1da bardan boshqa hech qanday yemakxona/kafe ishlamaydi (deyarli). Bay Areada menimcha soat 8-9da hamma joy yopiladi. Bostonda jamoat transporti 12da yopiladi. Uxlamaydigan shahar deyish Toshkentga ko'proq yarashadi, Nyu Yorkdan ko'ra. Yarim kechasi, odamlar, mashinalar ko'pligi, hayot qaynashi, 24 soat ishlaydigan kafelar borligi bu dunyoning katta shaharlarida ham kam uchraydigan narsa. To'g'ri - talab kam deyish mumkin, ishchi kuchi shunchalik qimmatki, kechasi ofitsiant uchun to'laydigan xarajat 1-2ta kiradigan mijozdan qimmatroqqa tushadi deyish mumkindir. Lekin, induced demand degan narsa bor baribir. Xullas, 24 soat ishlaydigan qahvaxona Toshkentda bor, Nyu Yorkda yo'q. Bo'lsa ham kishiga boshiga chaqilganda nolga yaqin. https://t.me/paiziev24/2261 @uzbekonomics