cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Jizzax shahar 2-son IMI

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
325
Suscriptores
Sin datos24 horas
+17 días
+1230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 ❓PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI? ❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 214-son qaroriga koʻra: ➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida; ➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida; ➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGINING RASMIY SAHIFALARIDA E’LON QILINADI. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👏 2👍 1
#OAV_biz_haqimizda ⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi: Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlariOʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школыO‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqdaUzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildiQaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp óttiSamarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi Toshkent | Первый этап экзаменов пройден ⏺ Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari ⏺ Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati ⏺ Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1
Mostrar todo...
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Veb-sayt:

https://www.uzedu.uz/

Telegram:

https://t.me/uzedu/

Facebook:

https://www.facebook.com/uzedu1/

Instagram:

https://www.instagram.com/mmtv_uz/

📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ [email protected] Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

#imtihon_2024 ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI 📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari hududlarga masʼul etib belgilangan Agentlik xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ 📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari. ✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi. EKSPERTLAR: ➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; ➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 2
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak, – Prezident maktablariga 62 062 nafar; – Ijod maktablariga 5 512 nafar; – Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;. – Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi. Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman! Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 5
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SMENASI BO‘LIB O‘TDI Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘z hududlarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. Ma'lumot uchun: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 4
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.