cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
2 959
Suscriptores
-824 horas
+227 días
-23130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
📌 Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro G.X. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi. 📃 Murojaatida G.X. ning 2008-yilda tug‘ilgan qizi A.T. Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 49-sonli maktabda o‘qishini, A.T. ning sinfdoshlari unga ruhiy zo‘ravonlik qilishganligini, zo‘ravonlikni bartaraf etish yuzasidan maktab ma’muriyatiga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilganligini bildirib, maktab direktori va sinf rahbariga chora ko‘rilishini so‘ragan. ❕Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborgan so‘rovi asosida mazkur holat o‘rganilib, Toshkent shahar MMTB tomonidan 49-sonli umumta’lim maktabi mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. ☑️ Hozirda tekshiruv natijasiga muvofiq sinf rahbari E.U. (ayol kishi) ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, maktab direktori R.N. esa maktabda yuz bergan bunday vaziyatni boshqara olish malakasi yetarli emasligi sababli malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirildi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 3 1🔥 1
⚡️OAVlarda Navoiyda voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan xabar tarqaldi. 🔸Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda. 📌Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda. Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan N.J. ga nisbatan joriy yilning 14-may kuni “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan☑️. ❕Mazkur ish jinsiy jinoyatga oid ekanligi hamda voyaga yetmaganning shaxsiy hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi munosabati bilan jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor etilishi, shu jumladan, OAVda keng yoritilishi bola manfaatlariga muvofiq emas. 🖇 Ish yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida kuzatuv olib bormoqda va bola manfaatlari nuqtai nazaridan ishning sudda ko‘rilishida ham o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Kun.uz | Расмий канал

Навоийда вояга етмаган қизнинг зўрланиши ҳолати бўйича жиноят иши очилди – Бош прокуратура Қизни ўнга яқин йигит зўрлаган. Kun.uz манбасига кўра улар орасида шу ишни тергов қилган ИИБ терговчиси ҳам бўлган. Терговчи қамоққа олинган, ҳозирда тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда. 👉

https://kun.uz/kr/76061338

Kun.uz расмий канали

👍 3 2👏 1😱 1
Hurmatli obunachilar❕ 📌Agarda siz bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlikdan xabar topsangiz, yuqorida keltirilgan qisqa raqamli ishonch telefonlariga o‘z vaqtida murojaat qiling. Buning asosida sizga kerakli huquqiy maslahat berilib, tegishli xizmatlar ko‘rsatiladi. Unutmang, bola davlat va qonun himoyasida! Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (

https://mssg.me/3aawe)

tanishishingiz mumkin.

🙏 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari mumkin? Qabul qilingan reglamentga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar - "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari; - ijtimoiy xodim; -“112” yagona dispetcherlik xizmati; -"1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”; - Ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqami; -profilaktika inspektorlariga murojaat qilishlari mumkin. 👮‍♂️ “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda "1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushganda, mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. ❗️ Barcha murojaat qilganlarning shaxslari sir saqlanadi. 🔮Patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida kuzatilgan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari zudlik bilan majburiy ravishda ichki ishlar organlariga xabar qilinadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. 🟡 Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. 📌 Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi☑️. 🖇 Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi. 📍Tergovga qadar tekshiruv Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 7
📃 Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilarning jamoaviy arizasi kelib tushdi. 🏫 Murojaatda o‘quvchilar maktabda ta’lim uchun barcha shart-sharoit mavjudligi, lekin dars jarayonida ularning tinch va osuda o‘qishlariga maktab yaqinida joylashgan charxchi-tunukachi do‘konlarning shovqini halaqit berayotganligi, ayrim paytda esa payvandlash chog‘ida zaxarli tutunlar oynadan sinf xonalariga kirib, ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini bildirishgan. 📍Mazkur vaziyatni joyida o‘rganish maqsadida bugun, 5-iyul kuni Bolalar ombudsmani Toshkent shahar prokuraturasi, tuman hokimiyati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Qurilish vazirligi vakillari bilan birgalikda ushbu ta’lim muassasaga tashrif buyurdi. 🖇️ Maktab mutasaddilari bilan suhbat qilinganida ular ham mazkur vaziyat haqiqatan ham bolalarni ta’limiga qiyinchilik tug‘dirayotganligini tasdiqladilar. Maktab o‘qish xonalari va tashqi obyektlar o‘rganildi hamda monitoring natijasiga ko‘ra, holatni chuqur tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi☑️. 🟢 Ishlab chiqarish obyektlari va maktabning sinf xonalari o‘rtasidagi masofa belgilangan standartlarga muvofiqligi, tarqalayotgan shovqinning darajasi va vaziyatga bog‘liq boshqa holatlarga ekspertlik baho berilib, bolalarning ta’limiga ta’sir qiluvchi salbiy omillarni bartaraf etishga oid tegishli choralar ko‘rilishi (o‘quv yili boshlanishiga qadar) ta’minlanadi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
🤗 4👍 3 3🙏 1🤝 1
01:45
Video unavailableShow in Telegram
Bolalar ombudsmanı haqida 5 ta fakt 1️⃣ Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ariza va da’volar bilan sudga murojaat qilishi mumkin. 2️⃣ Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bolalar huquqlarining ta’minlanishi va himoya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 3️⃣ Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan o‘z vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlar hamda materiallarni so‘rab oladi. 4️⃣ Bolalar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin. Bolalar huquqlari bo'yicha vakil ularning shikoyatlarini ko'rib chiqishi shart. 5️⃣ Bolalar ombudsmanı bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda uni himoya qilish holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi. Bolalar huquqlari bo'yicha vakilning boshqa tafsilotlari bilan 👉 videoda tanishishingiz mumkin. ➡️ Rus tilida Telegram📱 Facebook📱 Instagram📱
Mostrar todo...
IMG_0813.MP420.56 MB
👍 3🙏 2 1👏 1🤝 1
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani 🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Jumladan, 🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan; 🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan; 🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan; 🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid; 🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan; 🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. 💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 3🔥 2👏 1😘 1
⚡️Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. ❕Bugun voyaga yetmagan A.A. ning otasi N.S. hamda voyaga yetmagan N.R. ning onasi Q.N. lar nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish (uylantirganlik) uchun MJtK ning 47-3 moddasi 2-qismi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgar bo‘lib, tegishli jarimaga tortildilar. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (

https://mssg.me/3aawe)

tanishishingiz mumkin.

👍 2🤔 2
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi❕ 📌 O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ning o‘rtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida joriy yilning 29-iyun kuni Buxoro shahrida nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan. 🔴 Mazkur holat yuzasidan Qorakul tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. 🔘 Bugun, 2-iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalarini MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborildi. 🖇 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va ma’naviy uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Бухорода 16 ёшли йигит ва 17 ёшли қизнинг тўйи бўлгани айтиляпти

29 июн куни Бухорода 2008 йилда туғилган йигит ва 2007 йилда туғилган қизнинг тўйи бўлиб ўтгани айтиляпти. Kun.uz'даги маълумотга кўра, йигит Шофиркон, қиз эса Қоракўл туманидан. Тўй Бухоро шаҳридаги ресторанлардан бирида ўтказилган.

👍 5🔥 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.