cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
4 596
Suscriptores
+324 horas
+1077 días
-6 06230 días
Distribuciones de tiempo de publicación

Carga de datos en curso...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Análisis de publicación
MensajesVistas
Acciones
Ver dinámicas
01
⚡️OAVlarda "Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi❕ 🖇️ Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani Maktab va Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17-may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010-yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishib, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan, algebra o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan. N.M. maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan. 📌 Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
31715Loading...
02
📌 Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda. ⚡️Aniqlanishicha, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan. 🖇️ Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan 150-170 metr balandlikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan. Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan❕ Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
67627Loading...
03
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi samosud qilindi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. ❕Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. 📌Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB ga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan. 🖇Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni B.S. ni o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan. Mazkur voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan❗️ 🔗 Shuningdek, tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
79112Loading...
04
📌 Bugun Senatning 52-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. ❕Mazkur qonun bilan mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanmoqda. 🖇 Bundan tashqari, tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi, muassasada qutining o‘rnatilishi, ochilishi hamda murojaatlarni yuborish mexanizmi qonunan yo‘lga qo‘yilmoqda. 🔹Bolalar ombudsmani qutilari orqali murojaatlarni qonunan o‘rnatilishi tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan va samarali instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Muhokamalar yakunida senatorlar tomonidan mazkur qonun ma’qullandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram|X
9834Loading...
05
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda noma’lum erkak yosh bolani mashinasining yukxonasiga solib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Holatni Bolalar ombudsmani kuzatuvga olindi❕ 📌 Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14-may kuni Qo‘qon shahrida yashovchi M.A. (erkak kishi) o‘ynab yurgan, 2018-yilda tug‘ilgan J.M. (o‘g‘il bola) ni yashash xonadoni devori va oynasiga tosh otgan deb shubha qilib, go‘yoki bolani shu tarzda jazolash maqsadida qasddan, zo‘rlik ishlatib, bolani qarshiligiga qaramasdan o‘ziga tegishli “Nexia 2” rusumli avtomashinasining yukxonasida (hayot va sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda) g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilib, harakatlangan. Shu vaqtda voyaga yetmagan J.M. ni onasi V.T. tomonidan avtomashina to‘xtatilib, uning yukxonasidan bola chiqarib olingan. 🖇️ Bugun, ya’ni 17-may kuni mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 138-moddasi 2-qismi “b” bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bugunning o‘zida M.A. JPKning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda, tergov borishi prokuratura organlari nazoratida. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 1396Loading...
06
#hal_etilgan_murojaatlar 📌 Bolalar ombudsmaniga 2022-yilda tug‘ilgan Z.N. (qiz bola) ning buvisi V.D. nevarasini Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytarilishi masalasi yuzasidan murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. 🖇 Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan ko‘rilgan tizimli va o‘zaro tezkor choralar natijasida joriy yilning 14-may kuni qizaloq RFdan O‘zbekistonga qaytarildi. Hozirda bola buvisi V.D. qaramog‘iga rasmiy ravishda topshirilgan bo‘lib, u tomonidan parvarish qilib kelinmoqda❕ O‘z o‘rnida, V.D. nevarasi bilan bog‘liq xalqaro darajadagi mazkur murakkab vaziyatni ijobiy hal qilinishida ishtirok etgan barcha mutasaddilarga o‘z chuqur minnatdorligini bildirdi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 02415Loading...
07
📌 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldik va bu maskandagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. 🖇 Aytish kerakki, muassasada ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va ijtimoiy-huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar muayyan muddat saqlanib keladilar. 📍Markazda kasb-hunar o‘rganish, psixologik terapiya, kutubxona, dam olish, musiqa va sport xonalari mavjud bo‘lib, bolajonlar o‘qishdan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazish sharoitlari yaratilgan. 🗣 Muassasa hayoti bilan yaqindan tanishish jarayonida bu yerda turgan har bir bola bilan suhbatlashdik, ularning kelgusi rejalari bilan qiziqdik. Muhimi, tarbiyalanuvchilar turli murakkab hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lsalarda, kuchli iroda va aniq maqsadlarga ega bo‘lib, o‘z kelajagining egasi aynan o‘zlari ekanligini yaxshi anglayaptilar✅. Aytish kerakki, bu maskandagi bolalar ahvolidan muntazam xabardor bo’lar ekanmiz, ularning markazdan keyingi hayoti, ta’limi borasida kuzatuvimizni davom ettirmoqdamiz. Shu bilan birga, markaz mutaxassislari, xususan, psixologlar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari o‘z vazifalarini bajarishi bilan tanishdik. 📝 Markaz faoliyati monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 0449Loading...
08
[ Album ] 📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi. ❕Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir. 🖇 Jumladan, 1️⃣ Oilaviy ajrim jarayonida otaning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilinayotganligiga oid; 2️⃣ 2-sinf o‘quvchisi muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab mas’ullari va tegishli organlarning bunga befarqligi yuzasidan; 3️⃣ Shayxontohur tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida mental nogironligi bo‘lgan qizaloqqa boshqa tarbiyalanuvchi bola tomonidan muntazam turli jarohatlar yetkazilayotganligi va bu holatga bog‘cha ma’muriyatining e’tiborsizligi yuzasidan; 4️⃣ Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 1696Loading...
09
⚡️OAVlarda "Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda" mazmunidagi xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi❕ 📌 Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957-yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan. 🖇 O‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012-yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990-yilda tug‘ilgan) tegajonlik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan. 🖇 Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 📍Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga o‘z munosabatini bildirgan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 20320Loading...
10
🏛Respublikamiz ta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yili tamomlanishiga ham oz fursat qoldi. 🧠 Farzandlarimiz yozgi ta’tilga chiqishdan avval, tabiiyki muayyan fanlardan imtihon topshiradilar. Imtihonlarga tayyorgarlik bo'yicha Bolalar ombudsmani tavsiyalari bilan yuqoridagi slaydlarda tanishing✔️. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 98912Loading...
11
📌 Qashqadaryo viloyatida yashovchi opa-singil M.Sh. va N.Sh. larga nisbatan sodir etilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Mazkur guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganildi☑️. Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan M.Sh. va N.Sh. lar vafot etgan onasining opasi bo‘lgan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tayinlandi. ❕Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.Sh. (2008-yilda tug‘ilgan) va N.Sh. (2010-yilda tug‘ilgan) larni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi. Telegram|Facebook|Instagram|X
1 22011Loading...
12
📌 Avvalroq, Yangi Namangan tumanida yashovchi 68-yoshli erkak 7 yoshlik qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgani, ayblanuvchiga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi bilan joriy yilning 5-aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar bergan edik. 📍Dastlabki tergov davomida o‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida joriy yilning 1-may kuni B.I. qilmishi JKning 119-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalandi va u protsessual tartibda ushlanib, sudga kiritilgan iltimosnoma asosida sud tomonidan B.I. ga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bugungi kunda jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda❕ 🖇️ Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvni davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
2 09617Loading...
⚡️OAVlarda "Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi❕ 🖇️ Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani Maktab va Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17-may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010-yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishib, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan, algebra o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan. N.M. maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan. 📌 Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Kun.uz | Расмий канал

Фарғонада мактаб директори ўқувчи қизни дарс вақтида калтаклади Ҳолат Бувайда туманидаги хорижий тилларга ихтисослашган мактабда содир бўлган. Kun.uz'га келиб тушган видеога кўра, директор 7-синф ўқувчисидан бошидаги “вандамка”ни ечишни талаб қилган. Ўқувчи бунга бўйсунмагач, мактаб раҳбари уни дўппослаган. 👉

https://kun.uz/kr/06914743

Kun.uz расмий канали

🤬 2
📌 Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda. ⚡️Aniqlanishicha, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan. 🖇️ Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikdan 150-170 metr balandlikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan. Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan❕ Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (

https://mssg.me/3aawe)

tanishishingiz mumkin.

👍 1
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi samosud qilindi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. ❕Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi. 📌Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB ga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan. 🖇Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni B.S. ni o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan. Mazkur voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan❗️ 🔗 Shuningdek, tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...

👍 4
📌 Bugun Senatning 52-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. ❕Mazkur qonun bilan mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanmoqda. 🖇 Bundan tashqari, tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi, muassasada qutining o‘rnatilishi, ochilishi hamda murojaatlarni yuborish mexanizmi qonunan yo‘lga qo‘yilmoqda. 🔹Bolalar ombudsmani qutilari orqali murojaatlarni qonunan o‘rnatilishi tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan va samarali instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Muhokamalar yakunida senatorlar tomonidan mazkur qonun ma’qullandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 6 2😍 1
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda noma’lum erkak yosh bolani mashinasining yukxonasiga solib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Holatni Bolalar ombudsmani kuzatuvga olindi❕ 📌 Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14-may kuni Qo‘qon shahrida yashovchi M.A. (erkak kishi) o‘ynab yurgan, 2018-yilda tug‘ilgan J.M. (o‘g‘il bola) ni yashash xonadoni devori va oynasiga tosh otgan deb shubha qilib, go‘yoki bolani shu tarzda jazolash maqsadida qasddan, zo‘rlik ishlatib, bolani qarshiligiga qaramasdan o‘ziga tegishli “Nexia 2” rusumli avtomashinasining yukxonasida (hayot va sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda) g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilib, harakatlangan. Shu vaqtda voyaga yetmagan J.M. ni onasi V.T. tomonidan avtomashina to‘xtatilib, uning yukxonasidan bola chiqarib olingan. 🖇️ Bugun, ya’ni 17-may kuni mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 138-moddasi 2-qismi “b” bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bugunning o‘zida M.A. JPKning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda, tergov borishi prokuratura organlari nazoratida. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
Хаёт Шамсутдинов

Қўқонда содир бўлган ҳолат прокуратура органлари томонидан назоратга олинди. Вояга етмаган болани онасининг мурожаатига асосан Жиноят кодексининг 138-моддаси (Зўрлик ишлатиб, ғайриқонуний равишда озодликдан маҳрум қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиши таъминланди. Гумонланувчи шахс процессуал тартибда ушланди. Қўқон шаҳар ИИБ ҳузуридаги Тергов бўлими томонидан тергов ҳарактлари олиб борилмоқда. Telegram I X

👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#hal_etilgan_murojaatlar 📌 Bolalar ombudsmaniga 2022-yilda tug‘ilgan Z.N. (qiz bola) ning buvisi V.D. nevarasini Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytarilishi masalasi yuzasidan murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. 🖇 Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari tomonidan ko‘rilgan tizimli va o‘zaro tezkor choralar natijasida joriy yilning 14-may kuni qizaloq RFdan O‘zbekistonga qaytarildi. Hozirda bola buvisi V.D. qaramog‘iga rasmiy ravishda topshirilgan bo‘lib, u tomonidan parvarish qilib kelinmoqda❕ O‘z o‘rnida, V.D. nevarasi bilan bog‘liq xalqaro darajadagi mazkur murakkab vaziyatni ijobiy hal qilinishida ishtirok etgan barcha mutasaddilarga o‘z chuqur minnatdorligini bildirdi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👏 6👍 3 2🔥 2🙏 2
📌 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldik va bu maskandagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. 🖇 Aytish kerakki, muassasada ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va ijtimoiy-huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar muayyan muddat saqlanib keladilar. 📍Markazda kasb-hunar o‘rganish, psixologik terapiya, kutubxona, dam olish, musiqa va sport xonalari mavjud bo‘lib, bolajonlar o‘qishdan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazish sharoitlari yaratilgan. 🗣 Muassasa hayoti bilan yaqindan tanishish jarayonida bu yerda turgan har bir bola bilan suhbatlashdik, ularning kelgusi rejalari bilan qiziqdik. Muhimi, tarbiyalanuvchilar turli murakkab hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lsalarda, kuchli iroda va aniq maqsadlarga ega bo‘lib, o‘z kelajagining egasi aynan o‘zlari ekanligini yaxshi anglayaptilar✅. Aytish kerakki, bu maskandagi bolalar ahvolidan muntazam xabardor bo’lar ekanmiz, ularning markazdan keyingi hayoti, ta’limi borasida kuzatuvimizni davom ettirmoqdamiz. Shu bilan birga, markaz mutaxassislari, xususan, psixologlar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari o‘z vazifalarini bajarishi bilan tanishdik. 📝 Markaz faoliyati monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 3 2🥰 1😍 1
[ Album ] 📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi. ❕Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir. 🖇 Jumladan, 1️⃣ Oilaviy ajrim jarayonida otaning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilinayotganligiga oid; 2️⃣ 2-sinf o‘quvchisi muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab mas’ullari va tegishli organlarning bunga befarqligi yuzasidan; 3️⃣ Shayxontohur tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida mental nogironligi bo‘lgan qizaloqqa boshqa tarbiyalanuvchi bola tomonidan muntazam turli jarohatlar yetkazilayotganligi va bu holatga bog‘cha ma’muriyatining e’tiborsizligi yuzasidan; 4️⃣ Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi. Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 7👏 2 1🙏 1😍 1🌚 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️OAVlarda "Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda" mazmunidagi xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi❕ 📌 Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957-yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan. 🖇 O‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012-yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990-yilda tug‘ilgan) tegajonlik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan. 🖇 Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 📍Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga o‘z munosabatini bildirgan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Mostrar todo...
👍 4 1🤔 1

👍 5👏 1💋 1