cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sahifasi 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz https://ijtimoiyhimoyaagentligi.taplink.ws @insonmarkazlari @ziyotaratamiz 🤖 @IHMA_1140

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
17 336
Suscriptores
+3024 horas
+4157 días
+63730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

03:04
Video unavailableShow in Telegram
#haftalik_dayjest Ijtimoiy himoya milliy agentligining hafta davomidagi faoliyati jamlangan qisqa dayjest 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 8 1🔥 1
01:43
Video unavailableShow in Telegram
🦿Protez va ortopedik moslamalar hamda reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini qanday olishni bilmayabsizmi? 🖋 Ushbu xizmat Vazirlar mahkamasining 2024-yil 30-aprel kunida qabul qilingan 253-sonli qaroriga muvofiq Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan amalga oshiriladi. 🦻 Ushbu xizmatdan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali ro’yxatdan o’tib ariza yuborish orqali foydalanish mumkin. 🎬 POM va RTV mahsulotlarini olish haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin. 📝 Telegram 💻 Instagram 📝 Facebook 🎖 Sayt
Mostrar todo...
👍 19 5🔥 4🙏 3
Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) ijtimoiy himoya siyosatiga masʼul Vazirlarning birinchi yigʻilishi muvaffaqiyatli yakunlandi Tadbir doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator dolzarb mavzularni muhokama etgan holda ijtimoiy himoya muhtoj aholi qatlamlarining farovonligi taʼminlashga qaratilgan masalalarda soʻz yuritdilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov TDT ning hamkorlik sohalariga “Ijtimoiy siyosat” masalasini qoʻshish borasidagi tashabbuslarini eʼtirof etgan holda yigʻilish ishtirokchilariga bugungi kunda mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar samarasi yuzasidan maʼlumot berib, davlatimiz rahbarining “Oila bu kichik vatan, oila baxtli, tinch va farovon bo‘lsa, vatan tinch va farovon bo‘ladi” hamda “Ta’lim-tarbiyasiz yaxshi oila bo‘lmaydi, oilalarni qutqara olmasak, yo‘limizni yo‘qotamiz”degan doimiy iboralari bugun o‘z isbotini topib kelayotganligini ta’kidlab o’tdi.
“Oila va oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar global muammolarga chidamli boʻlishga, shu tariqa turli “kasalliklar”ga “immunitet”ni shakllantirishga yordam beradi, bu esa sogʻlom xalq va kuchli davlatni vujudga keltirishiga ishonamiz”,- dedi Mansurbek Olloyorov.
Mazkur yigʻilish yakunlari doirasida, shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻan delegatsiyalari rahbarlari va Bosh kotib – elchi Kubanichbek Oʻmuraliyevni qabul qildi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 22
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarga zo‘ravonlik holatlarini kamatirish va uni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 14 yoshli fuqaro A.Q. onasi tufayli ta’lim va jamiyatdan ajralib qolganligi aniqlandi. Aniqlanishicha, A.Q. 2023-yil 17-oktyabr sanasidan boshlab maktabdagi darslarga onasining asossiz qarshiligi sabab bormay qo’ygan hamda onasi S.G. tomonidan A.Q. uyda jamiyatdan to‘laqonli uzib qo‘yilgan. Shuningdek onasi tomonidan turli xil do‘konlarda mayda o‘g‘irliklar qilishga majburlab kelingan. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimlari hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida ushbu holatga chek qo‘yildi. Bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 16-may kuni Toshkent shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayni vaqtda Agentlik tomonidan fuqaro A.Q. ga huquqiy maslahatlar vа zarur yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 29 4🙏 4👏 1
Istanbulda bo'lib o'tayotgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) ijtimoiy himoya siyosatiga mas'ul Vazirlarning birinchi yig'ilishi doirasida delegatsiyalar vakillari ishtirokida TDT ning oila va ijtimoiy siyosat masalalari bo'yicha birinchi Vazirlar yig'ilishining deklaratsiyasi ishlab chiqildi.
Deklaratsiyada oila “jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” sifatida e’tirof etilgan holda, oilaning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti, barcha oila a’zolarining baxt-saodati, farovonligi va har tomonlama rivojlanishida muhim rol o‘ynashi alohida belgilanmoqda.
Deklaratsiyani imzolash oilaviy qadriyatlarni himoya qilish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan qo'shma dasturlar va loyihalarni yaratishda muhim qadam bo'ladi. 🤝 Delegatsiya vakillari TDT ning a'zo davlatlar o'rtasidagi birodarlik munosabatlarini mustahkamlash va kengaytirishda muhim rolini ta'kidladilar. __________ В рамках Первого заседания министров, ответственных за политику социальной защиты Организации Тюркских Государств (ОТГ), проходящего в Стамбуле, разработана Декларация первого совещания министров по вопросам семьи и социальной политики ОТГ с участием представителей делегаций.
Декларация, признавая семью "главным звеном общества", особо подчеркивает, что она играет важную роль в устойчивом социально-экономическом развитии, благополучии всех членов семьи.
Подписание Декларации будет важным шагом в создании совместных программ и проектов, направленных на защиту семейных ценностей и улучшение качества жизни населения. 🤝 Представители делегации подчеркнули важную роль ОТГ в укреплении и расширении братских отношений между государствами-членами. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 31👏 3🤝 2 1
Подписан Меморандум о взаимопонимании с Министерством по делам семьи и социальных услуг Турции Делегация Национального агентства социальной защиты Республики Узбекистан во главе с Мансурбеком Оллоёровым директором агентства принимает участие в первом заседании министров, ответственных за политику социальной защиты стран-членов организации тюркских государств, которое проходит 16-17 мая т.г. в Стамбуле.
Мероприятие на тему "Против глобализированных мировых угроз: наша семья - наше будущее" проводится в целях обсуждения и выработки совместных действий, которые лягут в основу декларации в ответ на глобальные и региональные социальные вызовы.
В рамках визита Руководитель Агентства провел встречу с Махинур Оздемир Гукташ, Министром по делам семьи и социальных услуг Турции, в ходе которой затронуты вопросы улучшения качества жизни граждан, защиты прав детей, женщин и пожилых людей, а также расширения доступа населения к социальным услугам и помощи. По итогам был подписан Меморандум о взаимопонимании между органами социальной защиты двух стран.
Документ закрепляет намерения сторон сотрудничать в области социальной защиты, обмена опытом и реализации совместных проектов. Особое внимание уделено использованию информационных технологий для оптимизации процессов социальной помощи.
Динамичная совместная работа в области социальной защиты и обмен опытом подчеркивают важность международного сотрудничества, открывая новые горизонты для совместных инициатив между Узбекистаном и другими странами региона. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 23👏 6 3🔥 2🤝 1
Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov boshchiligidagi delegatsiyasi 16-17 may kunlari Istanbulda boʻlib oʻtayotgan Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlarning ijtimoiy himoya siyosati uchun masʼul vazirlarining birinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda.
“Globallashgan dunyo xavflariga qarshi: bizning oilamiz bizning kelajagimiz” mavzusidagi tadbir global va mintaqaviy ijtimoiy muammolar yechimiga bagʻishlangan deklaratsiyaning asosini tashkil etadigan qoʻshma harakatlarni muhokama qilish va rivojlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Tashrif davomida Agentlik rahbari Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O'zdemir Go'ktash bilan uchrashuv oʻtkazib fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, bolalar, ayollar va qariyalarning huquqlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy xizmatlar va yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ikki mamlakat ijtimoiy himoya idoralari oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat tomonlarning ijtimoiy himoya sohasida tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish istiqbollarini mustahkamlaydi. Bunda ijtimoiy yordam jarayonlarini optimallashtirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy himoya sohasidagi oʻzaro hamkorlikdagi loyihalar va tajriba almashish xalqaro hamkorlikning muhimligini koʻrsatib, Oʻzbekiston va mintaqadagi boshqa mamlakatlar oʻrtasidagi qoʻshma tashabbuslar uchun yangi zamin yaratmoqda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 33👏 4🔥 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Voyaga yetmagan bolalarning ijtimoiy himoyasi yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda 🧠 Yurtimizda har bir bola eʼtibor va gʻamxoʻrlik ostida. Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul xodimlari tomonidan ota-ona qarovisiz qolgan voyaga yetmagan B.I ga zaruriy ijtimoiy yordam xizmati koʻrsatildi. Dastlabki oʻrganish maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi B.I. ota-onasi 2012-yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan soʻng otasining qaramogʻida boʻlgan. Biroz muddat oʻtganidan soʻng uning onasi boshqa turmush qurib Turkiya davlatiga joʻnab ketgan. Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. Oʻgay ona tomonidan voyaga yetmagan B.I. ga nisbatan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolani oʻz uyidan chiqib ketishiga sabab boʻlgan.
B.Ining qarovsiz qolishi natijasida uning taʼlim olishi, tarbiyasi izdan chiqib ketganligi aniqlandi. Bu holat yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmagan B.I. tahsil olayotgan maktab maʼmuriyati xabar topib, bola “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi”ga joylashtirildi.
Hozirda uning ruhiy holatini yaxshilash borasida tegishli masʼullar tomonidan belgilangan tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda. Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organ sifatida jamiyatda bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining har qanday koʻrinishiga qarshi kurashish yuzasidan amaliy tadbirlarni davom ettiradi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 21
00:56
Video unavailableShow in Telegram
Avvalroq xabar berganimizdek, Agentlik tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda Tibbiy-ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlarni ko‘rsatish uchun xususiy klinikalarini hamkorlikka taklif etilgan edi. Ushbu loyiha doirasida ishtirok etish istagida bo‘lganlar tomonidan qator savollar berilmoqda. Bugun eng ko‘p beriladigan savollarga batafsil ma'lumot beramiz. 🧮Aloqa uchun: 📞: +998 71 239-59-35 📝: https://t.me/azamerkinov 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 26👏 7 5🔥 3🤝 2🙏 1
«Расширение защиты и обеспечения социальных прав с особым акцентом на молодёжь» 🧠 14-15 мая текущего года Национальным Агентством социальной защиты и Генеральной прокуратурой Республики Узбекистан совместно с Германским фондом международного правового сотрудничества (IRZ) организован семинар на тему: «Расширение защиты и обеспечения социальных прав с особым акцентом на молодёжь». На мероприятии приняли участие представители Национального агентства по социальной защите при Президенте Республики Узбекистан, органов прокуратуры, Министерства внутренних дел, Министерства дошкольного и школьного образования, Национальной гвардии, а также немецкие специалисты. 💻 В ходе семинара участники обсудили вопросы профилактики правонарушений среди несовершеннолетних и меры по предотвращению насилия в отношении их. 🤝 Зарубежные эксперты поделились опытом Германии в данном направлении, в частности о роли и деятельности социальной службы и правоохранительных органов в деле установления ювенального правосудия. В свою очередь, представители Национального агентства социальной защиты и Генеральной прокуратуры ознакомили коллег со своей деятельностью и осуществляемыми работами в вышеуказанной сфере. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Mostrar todo...
👍 16