es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 52 871 suscriptores, ocupando la posición 2 504 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 382 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 52 871 suscriptores.

Según los últimos datos del 27 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -4 302, y en las últimas 24 horas de -267, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.69%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.58% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 632 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 858 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 121.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 28 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

52 871
Suscriptores
-26724 horas
-2 6567 días
-4 30230 días
Archivo de publicaciones
🧠 Tadqiqot: O‘smirlik davri 32 yoshda tugaydi. Olimlar miyaning 5 ta rivojlanish bosqichi mavjudligini aniqlashdi. Mutaxassi
🧠 Tadqiqot: O‘smirlik davri 32 yoshda tugaydi. Olimlar miyaning 5 ta rivojlanish bosqichi mavjudligini aniqlashdi. Mutaxassislar miyaning 4000 dan ortiq MRT tahlillarini o’rganib chiqishdi va inson miyasi umrning yarmidan ko’p qismida rivojlanishda davom etishini aniqlashdi:
0-9 yosh — bolalar 9-32 yosh — o’smirlar, miya sozlanadi va maksimal darajada ishlay boshlaydi. 32-66 yosh — miya barqaror, yetuklik davri. 66 yoshdan — miya qariy boshlaydi, neyron aloqalari esa alohida «hududlar»ga ajralib ketadi.
📟 DigiTech

⚡️Amazon eng tezkor Leo sun'iy yo’ldosh internetini ishga tushirdi — uning tezligi Starlink'nikidan ikki baravar yuqori. Agar
⚡️Amazon eng tezkor Leo sun'iy yo’ldosh internetini ishga tushirdi — uning tezligi Starlink'nikidan ikki baravar yuqori. Agar Ilon Maskning antennalari 400 Mbit/s gacha tezlikni ta'minlasa, Amazon 1 Gbit/s (sifatli optik tolali internet kabi) tezlikni taklif qilmoqda. Hozircha xizmat faqat ayrim biznes-mijozlar uchun sinov rejimida ishlamoqda, tijorat versiyasini esa 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan. Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganidan so‘ng, Starlink ham shunday yuqori tezlikni ta'minlashni va'da qilmoqda: ular orbitaga kelasi yili chiqarilishi kerak. 📟 DigiTech

📱Birinchi buklanadigan iPhone narxi 2400 dollardan boshlanishi mumkin. Bu uni Apple tarixidagi eng qimmat smartfonga aylanti
📱Birinchi buklanadigan iPhone narxi 2400 dollardan boshlanishi mumkin. Bu uni Apple tarixidagi eng qimmat smartfonga aylantiradi. Ushbu mablag' evaziga to‘rtta kamerali kitob shaklidagi smartfonni olasiz. Touch ID qaytadi va faqat ikkita rang — qora va oq ranglarda mavjud bo’ladi. Buklanadigan iPhone 2026-yil sentyabr oyida namoyish etilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

📲 Fokuschi erkak o‘z qo‘lining parolini unutib qo‘ydi. Uzoq vaqtdan beri fokuschi bo’lib ishlab kelayotgan Szi Ten Van qo‘li
📲 Fokuschi erkak o‘z qo‘lining parolini unutib qo‘ydi. Uzoq vaqtdan beri fokuschi bo’lib ishlab kelayotgan Szi Ten Van qo‘liga boshqalarning smartfonlarini ochish imkonini beruvchi RFID chipini o’rnatishga qaror qilgan edi. Ammo biroz vaqtdan so’ng chip faqatgina ayrim smartfonlarning parollarini topa olishi ma'lum bo’ldi. Shunda u bitkoin manzilini saqlash uchun chipni qayta dasturladi, keyin yana nimalardir o‘ylab topishga urindi, lekin... shunchaki chip parolini unutib qo’ydi. 📟 DigiTech

📲 X (Twitter) ijtimoiy tarmog’ining so’nggi yangilanishida, rasmiy Xiaomi akkaunti iPhone orqali AQSh'dan turib ochilgani ma
📲 X (Twitter) ijtimoiy tarmog’ining so’nggi yangilanishida, rasmiy Xiaomi akkaunti iPhone orqali AQSh'dan turib ochilgani ma'lum bo’ldi :) Kompaniyadagi kimlardir aniq ishdan haydaladigan bo’ldi. 📟 DigiTech

🏎️ F1 muxlislari chiptalarni sotib olmay, yaqinda Las-Vegasda o’tkazilgan gran-pri'ni ko’cha kameralari orqali tomosha qilishdi. Trassaning deyarli har qanday qismini real vaqt rejimida kuzatish imkoni bor edi. Shu bilan birga, oddiy tomoshabinlar tribunalarga kirish uchun kamida 300 dollardan to’lashgan. Layfxakni eslab qoling: hozirgi kunda ko’pchilik yirik shaharlardagi ko’cha kameralariga, masalan, mana bu sayt orqali ulanish mumkin. 📟 DigiTech

+1
🚒 Xitoy yo’llarida ikki tomonli o’t o‘chirish mashinalarini uchratish mumkin, ular orqaga burilmasdan turli yo’nalishlarda harakatlana olishadi. Bunday mashinalar burilish qiyin bo’lgan tunnellar va tor ko’chalarda ishlash uchun maxsus yaratilgan: ularda ikkita kabina mavjud, shu sabab haydovchi faqat o’rnini o’zgartirishi kifoya va mashinani orqasi bilan oldinga yoki old tomoni bilan orqaga haydash mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Arzon MacBook'ning texnik xususiyatlari ma’lum bo’ldi. Bu talabalar va maktab o’quvchilari uchun ideal qurilma bo’ladi.
👨‍💻 Arzon MacBook'ning texnik xususiyatlari ma’lum bo’ldi. Bu talabalar va maktab o’quvchilari uchun ideal qurilma bo’ladi. Noutbuk 13 dyuymli LCD ekran, iPhone 16 Pro‘dagi kabi A18 Pro chipi bilan jihozlanishi va to’rt xil rangda — kumush, ko’k, sariq va pushti ranglarda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Taxminiy narxi — 599 dollardan boshlanadi va 2026-yilning boshlarida sotuvga chiqadi. 📟 DigiTech

⚡️Olimlar 1-toifa qandli diabetni yengishdi — bu so’nggi 100 yil ichidagi ilk ulkan yutuq hisoblanadi. Vertex Pharmaceuticals
⚡️Olimlar 1-toifa qandli diabetni yengishdi — bu so’nggi 100 yil ichidagi ilk ulkan yutuq hisoblanadi. Vertex Pharmaceuticals tadqiqotchilari VX-880 nomli hujayraviy davolash usulini ishlab chiqishdi. Bu terapiya tananing insulin ishlab chiqarish qobiliyatini to’liq tiklaydi. Yillar davomida har kuni kasallik bilan kurashib yashagan bemorlar endi o‘zlarini erkin his qilishlari mumkin bo’ladi. Ushbu terapiyani olgan dastlabki bemorlar ikki yildan ortiq vaqtdan beri insulin olishga muhtoj bo’lmay kelmoqda. Bu usul 14 holatdan 10 tasida samarali natija bergan. 📟 DigiTech

🧠 Olimlar neyronlarga ultratovush yordamida ta'sir ko‘rsatish orqali har qanday hidni «yoqishni» o‘rganishdi — o’sha hid manbasisiz. Buning uchun miyaning turli qismlariga ta'sir ko’rsatuvchi maxsus qurilma ishlab chiqildi. Bu qurilma yordamida odamlar toza havo, gulxan va hatto axlat hidini ham seza olishdi. Umid qilamizki, texnologiya VR ko’zoynaklargacha yetib boradi. Odamlar sevimli filmlaridagi hidlarni his qila olishadi. 📟 DigiTech

📦 GeoSpy AI xizmati yigitga yo’qolgan buyurtmasini topishga yordam berdi. Uni noto‘g‘ri manzilga yetkazishgan edi, ammo neyron tarmoq uni darhol topib berdi. Kuryer birovning kirish eshigini tushirgan birgina surati yetarli bo’ldi. Eng qizig’i, suratda hatto geolokatsiya metama'lumotlari ham yo’q edi. Ham hayratlanarli, ham qo’rqinchli. 📟 DigiTech

💾 Tayvanning TeamGroup kompaniyasi o‘z-o‘zini yo‘q qilish mexanizmiga ega «dunyodagi birinchi» tashqi SSD'ni chiqardi — bir
+2
💾 Tayvanning TeamGroup kompaniyasi o‘z-o‘zini yo‘q qilish mexanizmiga ega «dunyodagi birinchi» tashqi SSD'ni chiqardi — bir tugmani bosish orqali u barcha fayllarni qayta tiklab bo’lmaydigan qilib o’chirib tashlaydi. Tasodifiy ishga tushishlarning oldini olish uchun tugma juda qattiq qilib qo’yilgan, ishlashi uchun uni birdaniga ikki pog'ona yuqoriga surish kerak. Sig’imi bo’yicha 256 GB dan 2 TB gacha variantlar bo’ladi. Narxi hozircha aytilmayapti. 📟 DigiTech

⚡️Xitoylik muhandislar energetik ichimliklarni eCoffee Energyband aqlli bilaguzugi bilan almashtirishdi: u foydalanuvchi teti
⚡️Xitoylik muhandislar energetik ichimliklarni eCoffee Energyband aqlli bilaguzugi bilan almashtirishdi: u foydalanuvchi tetikligini oshirish uchun elektr bilan zarba beradi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, elektr impulslari qon aylanishini tezlashtiradi va miyani tetik saqlashga yordam beradi. Charchaganingizda, qurilma tanaga elektr impulsini yuboradi. Bu qurilma narxi 130 dollar turadi. 📟 DigiTech

+1
🎶 Shazam odatiy ilovalar va smartfonlardan ancha oldin paydo bo’lganini bilarmidingiz? O‘shanda hammaning qo‘lida tugmachali telefonlar bo‘lgan, qo’shiqni bilish uchun maxsus raqamga qo’ng'iroq qilish kerak bo’lardi. Musiqani tanib olish algoritmini endigina o‘qishni tugatgan AQSh'lik to’rt nafar yosh yigitlar yaratgan va dastlabki paytlarda xizmat faqat Buyuk Britaniyada ishlagan. Uni 2002-yilda — birinchi iPhone'dan besh yil va App Store'dan olti yil oldin ishga tushirishgan. Foydalanuvchi 2580 qisqa raqamini terib, telefonni tovush manbaiga yaqinlashtirgan va 30 soniyadan so’ng qo’shiq nomi yozilgan SMS kelgan. Har bir shunday qo’ng'iroq narxi £0.50 bo’lgan. 📟 DigiTech

📲 Google o’z smartfoniga AirDrop orqali iPhone'ga fotosuratlar va fayllarni uzatish funksiyasini qo’shdi. Texnologiya ikki tomonlama ishlaydi va hatto internetga ulanishni ham talab qilmaydi. Hozircha Quick Share funksiyasi faqat Pixel 10 flagmanlari uchun mavjud, ammo Google kelajakda boshqa Android qurilmalarini ham qo’shishga va'da berdi. 📟 DigiTech

📑 Baholar inflyatsiyasi yuz berdi: Garvard'da talabalar juda yaxshi o’qishayotganidan shikoyat qilishmoqda. So‘nggi 30 yil i
📑 Baholar inflyatsiyasi yuz berdi: Garvard'da talabalar juda yaxshi o’qishayotganidan shikoyat qilishmoqda. So‘nggi 30 yil ichida talabalarning o’rtacha bali sezilarli darajada oshgan, o‘tgan yili barcha baholarning 60 foizini esa «beshlar» tashkil etgan, solishtirish uchun: 2005 - 2006-yillarda bu ko’rsatkich 25 foiz edi. Endi o’qituvchilar o‘quv dasturi juda oson deb hisoblashmoqda, talabalar esa «aqlli yoshlarni yig’ib olib, endi nolishmoqda» deb g'azablanishyapti. 📟 DigiTech

🍜 Biznes kechki ovqat Toshkentda | 3-dekabr soat 19:00 da Mavzu: AI/ML uchun IT-infratuzilmani optimallashtirish Servercore
🍜 Biznes kechki ovqat Toshkentda | 3-dekabr soat 19:00 da Mavzu: AI/ML uchun IT-infratuzilmani optimallashtirish Servercore kompaniyasi IT mutaxassislari, dasturchilar va biznes rahbarlarini o‘zining an’anaviy “IT-Plov” — yopiq biznes kechki ovqatiga taklif qiladi. Tadbirda provayder mutaxassislari hamda O‘zbekistonning yetakchi IT mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, AI/ML infratuzilmasi bilan ishlash bo‘yicha muhim savollarga javob berishadi. ➕ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali murojaat qiling. Ishtirokchilar o'rtasida quyidagilar mavzularda muhokama olib boriladi: ✅ O‘zbekiston kompaniyalarining amaliy tajribasi ✅ AI/ML infratuzilmasini qurishdagi nozik tomonlar ✅ Axborot xavfsizligi masalalari ✅ Bulutli GPU-serverlarning imkoniyat va afzalliklari Dastur haiqda qisqacha:
1️⃣ Bulutdagi GPU: AI/ML loyihalaringiz uchun hisoblash quvvati va xarajatni qanday muvozanatlashtirish mumkin? Spiker: Ismoiljon Iminoxunov, Servercore kompaniyasining Senior Project Manager’i 2️⃣ Panel muhokamasi: AI uchun infratuzilma — o‘z ma’lumot markazingiz (ЦОД)mi yoki bulutli GPU’larmi? O‘zbekiston misolidagi real holatlar muhokamasi. Ishtirokchilar: Sunnat Shamuratov (Servercore, biznesni rivojlantirish direktori) Ismoiljon Iminoxunov (Servercore) Sardor Xashimov (Cybernet AI bosh direktori) Davron Adilxo‘jayev (TBC Bank O‘zbekiston bosh axborot direktori) Otabek Nasirov (Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi) 3️⃣ IT-Plov Networking: Kechki ovqat davomida mutaxassislar bilan norasmiy muloqot va tajriba almashish.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Reklama

🔐 Zumerlar o’z akkauntlarini barchadan yomonroq himoya qiladi — «123456» hali ham hatto eng yosh foydalanuvchilar orasida ha
🔐 Zumerlar o’z akkauntlarini barchadan yomonroq himoya qiladi — «123456» hali ham hatto eng yosh foydalanuvchilar orasida ham eng mashhur parol bo’lib qolmoqda. Zamonaviy auditoriya ko’pincha raqamlarning asosiy kombinatsiyasidan yoki oddiygina «password» so’zidan foydalanadi. Milleniallar va kattaroq yoshdagilar orasida ham vaziyat yaxshi emas — ular shunchaki ko’pincha ismlarini parol sifatida qo’yishadi. 📟 DigiTech

🚘 Porsche birinchi to’liq elektr Cayenne'ni birdaniga ikkita modifikatsiyada namoyish etdi: bazaviy va Turbo versiyada. Caye
+3
🚘 Porsche birinchi to’liq elektr Cayenne'ni birdaniga ikkita modifikatsiyada namoyish etdi: bazaviy va Turbo versiyada. Cayenne 2026 Turbo modeli 1156 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. U 0-100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Bir zaryadda 623 kilometr masofani bosib o’tadi. Turboning boshlang'ich narxi — 165 000 dollardan, yetkazib berish esa 2026-yilning yozida boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Xiaomi narxi atigi 228 dollar bo’lgan aqlli kir yuvish mashinasini chiqardi — Mijia 12kg Front-Load Washing Machine. Qurilm
+2
⚡️Xiaomi narxi atigi 228 dollar bo’lgan aqlli kir yuvish mashinasini chiqardi — Mijia 12kg Front-Load Washing Machine. Qurilma 12 kg kiyimlar sig’imiga ega bo’lib, HyperOS tizimida ishlaydi. U yuqori haroratli bug‘li sterilizatsiyani, barabanni 95 darajali haroratda tozalashni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek, mog'or hosil bo’lishini oldini oladigan antibakterial qoplama bilan jihozlangan. Mavjud rejimlar orasida jun, ipak, sport va bolalar kiyimlari, puxli kurtkalarga mo’ljallangan dasturlar, shuningdek, «Yangilash» funksiyasi hamda bug‘li ishlov berish bor. 📟 DigiTech