AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 871 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 504,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 382 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 871 名订阅者。
根据 27 六月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -4 302,过去 24 小时变化为 -267,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.69%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.58% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 632 次浏览,首日通常累积 9 858 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 121。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 28 六月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
52 871
订阅者
-26724 小时
-2 6567 天
-4 30230 天
帖子存档
52 814
🧠 Tadqiqot: O‘smirlik davri 32 yoshda tugaydi. Olimlar miyaning 5 ta rivojlanish bosqichi mavjudligini aniqlashdi.
Mutaxassislar miyaning 4000 dan ortiq MRT tahlillarini o’rganib chiqishdi va inson miyasi umrning yarmidan ko’p qismida rivojlanishda davom etishini aniqlashdi:
0-9 yosh — bolalar 9-32 yosh — o’smirlar, miya sozlanadi va maksimal darajada ishlay boshlaydi. 32-66 yosh — miya barqaror, yetuklik davri. 66 yoshdan — miya qariy boshlaydi, neyron aloqalari esa alohida «hududlar»ga ajralib ketadi.📟 DigiTech
52 814
⚡️Amazon eng tezkor Leo sun'iy yo’ldosh internetini ishga tushirdi — uning tezligi Starlink'nikidan ikki baravar yuqori.
Agar Ilon Maskning antennalari 400 Mbit/s gacha tezlikni ta'minlasa, Amazon 1 Gbit/s (sifatli optik tolali internet kabi) tezlikni taklif qilmoqda. Hozircha xizmat faqat ayrim biznes-mijozlar uchun sinov rejimida ishlamoqda, tijorat versiyasini esa 2026-yilda chiqarish rejalashtirilgan.
Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari uchirilganidan so‘ng, Starlink ham shunday yuqori tezlikni ta'minlashni va'da qilmoqda: ular orbitaga kelasi yili chiqarilishi kerak.
📟 DigiTech
52 814
📱Birinchi buklanadigan iPhone narxi 2400 dollardan boshlanishi mumkin. Bu uni Apple tarixidagi eng qimmat smartfonga aylantiradi.
Ushbu mablag' evaziga to‘rtta kamerali kitob shaklidagi smartfonni olasiz. Touch ID qaytadi va faqat ikkita rang — qora va oq ranglarda mavjud bo’ladi.
Buklanadigan iPhone 2026-yil sentyabr oyida namoyish etilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
52 814
📲 Fokuschi erkak o‘z qo‘lining parolini unutib qo‘ydi. Uzoq vaqtdan beri fokuschi bo’lib ishlab kelayotgan Szi Ten Van qo‘liga boshqalarning smartfonlarini ochish imkonini beruvchi RFID chipini o’rnatishga qaror qilgan edi.
Ammo biroz vaqtdan so’ng chip faqatgina ayrim smartfonlarning parollarini topa olishi ma'lum bo’ldi. Shunda u bitkoin manzilini saqlash uchun chipni qayta dasturladi, keyin yana nimalardir o‘ylab topishga urindi, lekin... shunchaki chip parolini unutib qo’ydi.
📟 DigiTech
52 814
📲 X (Twitter) ijtimoiy tarmog’ining so’nggi yangilanishida, rasmiy Xiaomi akkaunti iPhone orqali AQSh'dan turib ochilgani ma'lum bo’ldi :)
Kompaniyadagi kimlardir aniq ishdan haydaladigan bo’ldi.
📟 DigiTech
52 814
🏎️ F1 muxlislari chiptalarni sotib olmay, yaqinda Las-Vegasda o’tkazilgan gran-pri'ni ko’cha kameralari orqali tomosha qilishdi.
Trassaning deyarli har qanday qismini real vaqt rejimida kuzatish imkoni bor edi. Shu bilan birga, oddiy tomoshabinlar tribunalarga kirish uchun kamida 300 dollardan to’lashgan.
Layfxakni eslab qoling: hozirgi kunda ko’pchilik yirik shaharlardagi ko’cha kameralariga, masalan, mana bu sayt orqali ulanish mumkin.
📟 DigiTech
52 814
🚒 Xitoy yo’llarida ikki tomonli o’t o‘chirish mashinalarini uchratish mumkin, ular orqaga burilmasdan turli yo’nalishlarda harakatlana olishadi.
Bunday mashinalar burilish qiyin bo’lgan tunnellar va tor ko’chalarda ishlash uchun maxsus yaratilgan: ularda ikkita kabina mavjud, shu sabab haydovchi faqat o’rnini o’zgartirishi kifoya va mashinani orqasi bilan oldinga yoki old tomoni bilan orqaga haydash mumkin bo’ladi.
📟 DigiTech
52 814
👨💻 Arzon MacBook'ning texnik xususiyatlari ma’lum bo’ldi. Bu talabalar va maktab o’quvchilari uchun ideal qurilma bo’ladi.
Noutbuk 13 dyuymli LCD ekran, iPhone 16 Pro‘dagi kabi A18 Pro chipi bilan jihozlanishi va to’rt xil rangda — kumush, ko’k, sariq va pushti ranglarda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Taxminiy narxi — 599 dollardan boshlanadi va 2026-yilning boshlarida sotuvga chiqadi.
📟 DigiTech
52 814
⚡️Olimlar 1-toifa qandli diabetni yengishdi — bu so’nggi 100 yil ichidagi ilk ulkan yutuq hisoblanadi.
Vertex Pharmaceuticals tadqiqotchilari VX-880 nomli hujayraviy davolash usulini ishlab chiqishdi. Bu terapiya tananing insulin ishlab chiqarish qobiliyatini to’liq tiklaydi. Yillar davomida har kuni kasallik bilan kurashib yashagan bemorlar endi o‘zlarini erkin his qilishlari mumkin bo’ladi.
Ushbu terapiyani olgan dastlabki bemorlar ikki yildan ortiq vaqtdan beri insulin olishga muhtoj bo’lmay kelmoqda. Bu usul 14 holatdan 10 tasida samarali natija bergan.
📟 DigiTech
52 814
🧠 Olimlar neyronlarga ultratovush yordamida ta'sir ko‘rsatish orqali har qanday hidni «yoqishni» o‘rganishdi — o’sha hid manbasisiz.
Buning uchun miyaning turli qismlariga ta'sir ko’rsatuvchi maxsus qurilma ishlab chiqildi. Bu qurilma yordamida odamlar toza havo, gulxan va hatto axlat hidini ham seza olishdi.
Umid qilamizki, texnologiya VR ko’zoynaklargacha yetib boradi. Odamlar sevimli filmlaridagi hidlarni his qila olishadi.
📟 DigiTech
52 814
📦 GeoSpy AI xizmati yigitga yo’qolgan buyurtmasini topishga yordam berdi. Uni noto‘g‘ri manzilga yetkazishgan edi, ammo neyron tarmoq uni darhol topib berdi.
Kuryer birovning kirish eshigini tushirgan birgina surati yetarli bo’ldi. Eng qizig’i, suratda hatto geolokatsiya metama'lumotlari ham yo’q edi.
Ham hayratlanarli, ham qo’rqinchli.
📟 DigiTech
52 814
+2
💾 Tayvanning TeamGroup kompaniyasi o‘z-o‘zini yo‘q qilish mexanizmiga ega «dunyodagi birinchi» tashqi SSD'ni chiqardi — bir tugmani bosish orqali u barcha fayllarni qayta tiklab bo’lmaydigan qilib o’chirib tashlaydi.
Tasodifiy ishga tushishlarning oldini olish uchun tugma juda qattiq qilib qo’yilgan, ishlashi uchun uni birdaniga ikki pog'ona yuqoriga surish kerak.
Sig’imi bo’yicha 256 GB dan 2 TB gacha variantlar bo’ladi. Narxi hozircha aytilmayapti.
📟 DigiTech
52 814
⚡️Xitoylik muhandislar energetik ichimliklarni eCoffee Energyband aqlli bilaguzugi bilan almashtirishdi: u foydalanuvchi tetikligini oshirish uchun elektr bilan zarba beradi.
Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, elektr impulslari qon aylanishini tezlashtiradi va miyani tetik saqlashga yordam beradi. Charchaganingizda, qurilma tanaga elektr impulsini yuboradi.
Bu qurilma narxi 130 dollar turadi.
📟 DigiTech
52 814
🎶 Shazam odatiy ilovalar va smartfonlardan ancha oldin paydo bo’lganini bilarmidingiz? O‘shanda hammaning qo‘lida tugmachali telefonlar bo‘lgan, qo’shiqni bilish uchun maxsus raqamga qo’ng'iroq qilish kerak bo’lardi.
Musiqani tanib olish algoritmini endigina o‘qishni tugatgan AQSh'lik to’rt nafar yosh yigitlar yaratgan va dastlabki paytlarda xizmat faqat Buyuk Britaniyada ishlagan. Uni 2002-yilda — birinchi iPhone'dan besh yil va App Store'dan olti yil oldin ishga tushirishgan.
Foydalanuvchi 2580 qisqa raqamini terib, telefonni tovush manbaiga yaqinlashtirgan va 30 soniyadan so’ng qo’shiq nomi yozilgan SMS kelgan. Har bir shunday qo’ng'iroq narxi £0.50 bo’lgan.
📟 DigiTech
52 814
📲 Google o’z smartfoniga AirDrop orqali iPhone'ga fotosuratlar va fayllarni uzatish funksiyasini qo’shdi. Texnologiya ikki tomonlama ishlaydi va hatto internetga ulanishni ham talab qilmaydi.
Hozircha Quick Share funksiyasi faqat Pixel 10 flagmanlari uchun mavjud, ammo Google kelajakda boshqa Android qurilmalarini ham qo’shishga va'da berdi.
📟 DigiTech
52 814
📑 Baholar inflyatsiyasi yuz berdi: Garvard'da talabalar juda yaxshi o’qishayotganidan shikoyat qilishmoqda.
So‘nggi 30 yil ichida talabalarning o’rtacha bali sezilarli darajada oshgan, o‘tgan yili barcha baholarning 60 foizini esa «beshlar» tashkil etgan, solishtirish uchun: 2005 - 2006-yillarda bu ko’rsatkich 25 foiz edi.
Endi o’qituvchilar o‘quv dasturi juda oson deb hisoblashmoqda, talabalar esa «aqlli yoshlarni yig’ib olib, endi nolishmoqda» deb g'azablanishyapti.
📟 DigiTech
52 814
🍜 Biznes kechki ovqat Toshkentda | 3-dekabr soat 19:00 da
Mavzu: AI/ML uchun IT-infratuzilmani optimallashtirish
Servercore kompaniyasi IT mutaxassislari, dasturchilar va biznes rahbarlarini o‘zining an’anaviy “IT-Plov” — yopiq biznes kechki ovqatiga taklif qiladi. Tadbirda provayder mutaxassislari hamda O‘zbekistonning yetakchi IT mutaxassislari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, AI/ML infratuzilmasi bilan ishlash bo‘yicha muhim savollarga javob berishadi.
➕ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali murojaat qiling.
Ishtirokchilar o'rtasida quyidagilar mavzularda muhokama olib boriladi:
✅ O‘zbekiston kompaniyalarining amaliy tajribasi
✅ AI/ML infratuzilmasini qurishdagi nozik tomonlar
✅ Axborot xavfsizligi masalalari
✅ Bulutli GPU-serverlarning imkoniyat va afzalliklari
Dastur haiqda qisqacha:
1️⃣ Bulutdagi GPU: AI/ML loyihalaringiz uchun hisoblash quvvati va xarajatni qanday muvozanatlashtirish mumkin? Spiker: Ismoiljon Iminoxunov, Servercore kompaniyasining Senior Project Manager’i 2️⃣ Panel muhokamasi: AI uchun infratuzilma — o‘z ma’lumot markazingiz (ЦОД)mi yoki bulutli GPU’larmi? O‘zbekiston misolidagi real holatlar muhokamasi. Ishtirokchilar: Sunnat Shamuratov (Servercore, biznesni rivojlantirish direktori) Ismoiljon Iminoxunov (Servercore) Sardor Xashimov (Cybernet AI bosh direktori) Davron Adilxo‘jayev (TBC Bank O‘zbekiston bosh axborot direktori) Otabek Nasirov (Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi) 3️⃣ IT-Plov Networking: Kechki ovqat davomida mutaxassislar bilan norasmiy muloqot va tajriba almashish.➕ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Reklama
52 814
🔐 Zumerlar o’z akkauntlarini barchadan yomonroq himoya qiladi — «123456» hali ham hatto eng yosh foydalanuvchilar orasida ham eng mashhur parol bo’lib qolmoqda.
Zamonaviy auditoriya ko’pincha raqamlarning asosiy kombinatsiyasidan yoki oddiygina «password» so’zidan foydalanadi.
Milleniallar va kattaroq yoshdagilar orasida ham vaziyat yaxshi emas — ular shunchaki ko’pincha ismlarini parol sifatida qo’yishadi.
📟 DigiTech
52 814
+3
🚘 Porsche birinchi to’liq elektr Cayenne'ni birdaniga ikkita modifikatsiyada namoyish etdi: bazaviy va Turbo versiyada.
Cayenne 2026 Turbo modeli 1156 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan. U 0-100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi. Bir zaryadda 623 kilometr masofani bosib o’tadi.
Turboning boshlang'ich narxi — 165 000 dollardan, yetkazib berish esa 2026-yilning yozida boshlanadi.
📟 DigiTech
52 814
+2
⚡️Xiaomi narxi atigi 228 dollar bo’lgan aqlli kir yuvish mashinasini chiqardi — Mijia 12kg Front-Load Washing Machine.
Qurilma 12 kg kiyimlar sig’imiga ega bo’lib, HyperOS tizimida ishlaydi. U yuqori haroratli bug‘li sterilizatsiyani, barabanni 95 darajali haroratda tozalashni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek, mog'or hosil bo’lishini oldini oladigan antibakterial qoplama bilan jihozlangan.
Mavjud rejimlar orasida jun, ipak, sport va bolalar kiyimlari, puxli kurtkalarga mo’ljallangan dasturlar, shuningdek, «Yangilash» funksiyasi hamda bug‘li ishlov berish bor.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
