es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 52 781 suscriptores, ocupando la posición 2 522 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 383 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 52 781 suscriptores.

Según los últimos datos del 28 junio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -3 647, y en las últimas 24 horas de -232, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 25.65%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.41% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 549 visualizaciones. En el primer día suele acumular 9 727 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 130.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 29 junio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

52 781
Suscriptores
-23224 horas
-2 2777 días
-3 64730 días
Archivo de publicaciones
⚡️Xiaomi narxi atigi 228 dollar bo’lgan aqlli kir yuvish mashinasini chiqardi — Mijia 12kg Front-Load Washing Machine. Qurilm
+2
⚡️Xiaomi narxi atigi 228 dollar bo’lgan aqlli kir yuvish mashinasini chiqardi — Mijia 12kg Front-Load Washing Machine. Qurilma 12 kg kiyimlar sig’imiga ega bo’lib, HyperOS tizimida ishlaydi. U yuqori haroratli bug‘li sterilizatsiyani, barabanni 95 darajali haroratda tozalashni qo’llab-quvvatlaydi, shuningdek, mog'or hosil bo’lishini oldini oladigan antibakterial qoplama bilan jihozlangan. Mavjud rejimlar orasida jun, ipak, sport va bolalar kiyimlari, puxli kurtkalarga mo’ljallangan dasturlar, shuningdek, «Yangilash» funksiyasi hamda bug‘li ishlov berish bor. 📟 DigiTech

📚 Sevimli kitoblaringiz asosida aqlli xaritani tuzadigan va shularga o’xshash yana qaysi kitoblarni o’qish mumkinligini takl
📚 Sevimli kitoblaringiz asosida aqlli xaritani tuzadigan va shularga o’xshash yana qaysi kitoblarni o’qish mumkinligini taklif qiluvchi BookGraph saytini topdik. Shunchaki sevimli kitoblaringizni kiriting va ular o’rtasidagi janrlar, mavzular va mualliflar bo‘yicha o’zaro bog'liqlikni ko’rishingiz mumkin. Interfeys interaktiv: kutubxona xaritasini qidirish, filtrlash, vizual «varaqlash» mumkin. Undan foydalanish mutlaqo bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📱Londondagi o’g’rilar o’g’irlangan smartfonlar iPhone emasligini bilishganidan so’ng, ularni qaytarib berishmoqda. London Ce
📱Londondagi o’g’rilar o’g’irlangan smartfonlar iPhone emasligini bilishganidan so’ng, ularni qaytarib berishmoqda. London Centric nashri London aholisining shunday hikoyalari bilan bo’lishdi. Nashr maqolasida telefonlari ko‘chada o’g’irlangan, biroq keyin qaytarib berilgan Android smartfon foydalanuvchilarining uchta hikoyasi keltirilgan. O’g’rilardan biri smartonni qaytarib berayotganda to’g’ridan-to’g’ri: «Menga hechqanday Samsung kerak emas» deb aytgan. 📟 DigiTech

👨‍💻 Gemini 3 Pro Preview chiqdi — AI Studio'da Google'ning yangi flagman modeli paydo bo’ldi. Benchmarklarga ko’ra, u matem
👨‍💻 Gemini 3 Pro Preview chiqdi — AI Studio'da Google'ning yangi flagman modeli paydo bo’ldi. Benchmarklarga ko’ra, u matematika va dasturlashda boshqa top chatbotlardan oldinda, matnlarni yaxshiroq tahlil qiladi va to’laqonli o‘yinlarni yarata oladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Grafik kartalar narxi ham «kosmosga» uchadi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AMD allaqachon hamkorlarini joriy avlod chiplarining
⚡️Grafik kartalar narxi ham «kosmosga» uchadi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AMD allaqachon hamkorlarini joriy avlod chiplarining barcha turlari narxi oshishi haqida xabardor qilgan, insayderlar esa NVIDIA ham 2026-yil boshida xuddi shunday qilishini aytishmoqda. Narxlar kamida 20 foizga ko’tarilishi mumkin, bu barcha zamonaviy grafik protsessorlarda ishlatiladigan DRAM-xotira narxining oshishi bilan bog'liq. 📟 DigiTech

✈️ Emirates aviakompaniyasining barcha samolyotlari Ilon Mask'ning Starlink sun'iy yo‘ldosh internetiga ulanadi, undan barcha yo’lovchilar bepul foydalanishlari mumkin bo’ladi. Tezlik hamma narsa uchun yetarli bo’lishiga va'da berishmoqda, Starlink o’rnatilgan birinchi reys esa shu yakshanba kuni ishga tushiriladi, shundan so’ng har oyda 14 ta samolyotni modernizatsiya qilish rejalashtirilgan: Boeing 777'ga ikkitadan, Airbus A380'ga esa birdaniga uchtadan antenna qo’yiladi. Barcha 232 ta samolyotga o’rnatish ishlarini 2027-yil o’rtalariga qadar yakunlash rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

📰 Pokiston'ning eng nufuzli «Dawn» gazetasi maqola bilan birga ChatGPT xabarini ham qo’shib chop etib qo’ydi. Ingliz tilidan
📰 Pokiston'ning eng nufuzli «Dawn» gazetasi maqola bilan birga ChatGPT xabarini ham qo’shib chop etib qo’ydi.
Ingliz tilidan tarjimasi: «Agar xohlasangiz, men birinchi sahifaning yanada ta'sirchan versiyasini tayyorlay olaman — e'tiborni tortadigan faktlar va infografika uslubidagi dadil maket bilan. O’quvchiga ta’sir qilish uchun juda mos. Bajaraymi?»
Gazetaning veb-saytidagi maqola o’zgartirilib, jurnalist uzr so’radi :) 📟 DigiTech

🧊 Antarktidada Yer yuzidagi eng qadimgi — yoshi taxminan 6 million yil bo’lgan muz qazib olindi. Xalqaro olimlar guruhi Alla
+1
🧊 Antarktidada Yer yuzidagi eng qadimgi — yoshi taxminan 6 million yil bo’lgan muz qazib olindi. Xalqaro olimlar guruhi Allan Hills hududida burg’ulash orqali namuna olishdi. U avvalgi rekorddan ikki baravar ko’proq yoshga ega va o’zida mayda havo pufakchalarini saqlaydi, bu aslida uzoq o’tmish atmosferasining «izlari»dir. Muz bo’lagi tahlili natijasida, o’sha paytda mintaqadagi harorat taxminan 10-14°C ga yuqori bo’lgani aniqlandi. Bundan tashqari, hali yoshi aniqlanmagan ikkinchi namuna ham bor — unda deyarli gaz yo’q, yoshi esa yanada qadimiyroq bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

🖼️ Sifati yomon rasmlarni tiniqlashtirib beradigan bepul neyrotarmoq. Shunchaki xira suratni yuklaysiz va birnecha soniyada
🖼️ Sifati yomon rasmlarni tiniqlashtirib beradigan bepul neyrotarmoq. Shunchaki xira suratni yuklaysiz va birnecha soniyada tiniq versiyasini olasiz. Undan bepul va ro’yxatdan o’tmasdan foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

👨‍💻 Videoqo’ng’iroqlarni konspektlashtirish uchun mo’ljallangan Fireflies sun'iy intellekt startapi feyk loyiha sifatida bo
👨‍💻 Videoqo’ng’iroqlarni konspektlashtirish uchun mo’ljallangan Fireflies sun'iy intellekt startapi feyk loyiha sifatida boshlangan. Kompaniya ta'sischilari barcha videoqo’ng’iroqlarda qaydlarni qo’lda yozib borishgan. Yigitlar loyihani bironta ham kod yozmay ishga tushirishgan. Ular o’zlari bot niqobida zum-qo‘ng‘iroqlarga qatnashib, barcha ma'lumotlarni yozib olishar va 10 daqiqa ichida qisqacha mazmunini yuborishar edi. Faqat 100 dan ortiq videoqo’ng’iroqlardan so’ng, asoschilarda to‘laqonli dasturni ishlab chiqish uchun mablag' paydo bo’lgan va birinchi botni yaratishgan. Hozirda Fireflies kompaniyasi 1 mlrd dollarga baholanib, unda haqiqiy sun’iy intellekt ishlaydi. 📟 DigiTech

⚡️Tez orada butun dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin. Bunga neyron tarm
+1
⚡️Tez orada butun dunyoda kompyuterlar uchun operativ xotira va qattiq disklar inqirozi boshlanishi mumkin. Bunga neyron tarmoqlar sababchi: operativ xotira ma'lumotlar markazlari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ommaviy ravishda sotib olinmoqda. Bu so’nggi bir yil ichida tezkor xotira narxining aql bovar qilmaydigan darajada 171% ga oshishiga olib keldi.
Vaziyatni ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari ham yomonlashtirishyapti: Samsung, Micron va SK Hynix DDR4’ni ishlab chiqarishdan shunchaki voz kechib, bor e'tiborini DDR5 va HBM’ga qaratishdi — ular ko’proq foyda keltiradi va neyron tarmoqlar hamda serverlar uchun aktiv sotib olinadi.
Tanqislik allaqachon boshlangan: Yaponiyadagi do’konlar SSD va RAM sotuvini cheklab qo’yishdi — bir odam atigi bir juft SSD sotib olishi mumkin. Samsung esa atigi ikki oy ichida SSD narxini 60 foizga oshirdi. Agar kompyuter yig’ishni o’ylab yurgan bo’lsangiz, hozir ayni vaqti. 📟 DigiTech

⚡️Reddit foydalanuvchisi kechasi oshxonaga kirib, Samsung muzlatgichida Apple TV reklamasini ko’rib qoldi. Reklamani o’chiris
⚡️Reddit foydalanuvchisi kechasi oshxonaga kirib, Samsung muzlatgichida Apple TV reklamasini ko’rib qoldi. Reklamani o’chirish uchun 16 dollarlik obunani to’lash kerak. Eng qizig’i, muzlatgichning o’zi 3 000 dollar turadi. 📟 DigiTech

+1
🎾 Xitoyda sport translyatsiyalarining yangi xususiyatiga baho bering: endi o’yinni 360° aylantirib, istalgan nuqtadan kuzatish mumkin. Bu texnologiya kort bo‘ylab o‘rnatilgan ko’p kameralar tizimi yordamida ishlaydi. Barcha kameralar tasvirni bir vaqtning o‘zida uzatadi, ilovada esa oddiy svayp bilan hech qanday tasvir kechikishisiz rakursni o’zgartirish mumkin. Aylanma 360° translyatsiyalar hozircha faqat badminton va basketbol uchun yo’lga qo‘yilgan, ammo kelajakda boshqa sport turlari uchun ham mavjud bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Telegram'da endi strimlarni o’tkazish mumkin, messenjer jamoasi yangilanishni chiqardi: — Storisda endi jonli efirlarni ish
+1
⚡️Telegram'da endi strimlarni o’tkazish mumkin, messenjer jamoasi yangilanishni chiqardi: — Storisda endi jonli efirlarni ishga tushirish va donatlar olish mumkin; — Taymer bo‘yicha takroriy xabarlarni yuborish funksiyasi paydo bo’ldi, bu misol uchun har kuni bir vaqtda nimanidir eslatib turish uchun qulay; — iOS'da yangi kontaktlarni telefonga qo’shmasdan faqat Telegramda saqlash imkoniyati qo’shildi; — Maxfiylik sozlamalarida endi «Musiqa» bo’limi mavjud bo’lib, unda profilingizdagi treklarni kimlar ko’rishi mumkinligini tanlashingiz mumkin. Shuningdek, ilova dizayni ham yaxshilandi. 📟 DigiTech

⚡️Startap bittada 5 000 nafar IT mutaxassislarni ishdan bo’shatdi va bir necha kundan so’ng ularga «yangi» loyihada «yangi» i
⚡️Startap bittada 5 000 nafar IT mutaxassislarni ishdan bo’shatdi va bir necha kundan so’ng ularga «yangi» loyihada «yangi» ish taklif qildi, ammo soatiga 5 dollar arzonroq to’lov evaziga. Kompaniya hatto o’z nomini «Musen»dan «Nova»ga o’zgartirdi, hammasi o‘sha xodimlarga bir xil ish uchun kamroq haq to’lash uchun. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Ubtech kompaniyasi zavodlarda ishlash uchun odamsimon robotlarning butun bir armiyasini yig’di. Ularni hatto zaryadlash ham shart emas — gumanoidlar akkumulyatorlarni o’zlari almashtirishadi. Aytishlaricha, bu bunday robotlarning dunyoda birinchi ommaviy yetkazib berilishi — bir vaqtning o’zida yuzdan ortiq robotlar BYD, Geely, FAW-Volkswagen, Dongfeng va Foxconn (Apple uchun iPhone'lar yig’adigan kompaniya) zavodlariga yuborildi, ular avtomobillar va gadjetlar ishlab chiqarishda yordam berishadi. 📟 DigiTech

🚀 Amerikaning Blue Origin kompaniyasi dunyoda SpaceX'dan keyin ikkinchi bo’lib haqiqiy missiya davomida raketaning birinchi blokini muvaffaqiyatli qaytarib qo’ndirishga erishdi. Kechasi kompaniya NASA'ning ikkita tadqiqot sun’iy yo‘ldoshini Marsga jo’natdi, so‘ngra Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga 17 qavatli uy kattaligidagi tezlashtiruvchi blokni qo‘ndirdi. Endilikda kompaniya SpaceX kabi muntazam ravishda ko’p martalik raketalarni uchirishni yo’lga qo’ymoqchi. 📟 DigiTech

🪴 Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo’lib o‘simliklardan noyob tuproq metallarini ajratib olishga muvaffaq bo’lishdi. Ma’lu
🪴 Xitoylik olimlar dunyoda birinchi bo’lib o‘simliklardan noyob tuproq metallarini ajratib olishga muvaffaq bo’lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, qirqquloqlar «changyutgich» kabi atrof-muhitdan elementlarni o‘zlashtiradi, natijada ularning to’qimalarida minerallar kristallanadi. Masalan, ulardan odatda radioaktiv elementlari bo’lgan monatsit ajratib olindi, ammo o‘simlikda u «toza va xavfsiz» holatda edi. Nazariy jihatdan, qirqquloqlarni chiqindi omborlari va ishlatilgan konlarga ekish mumkin, u yerda ular qimmatbaho og'ir metallar qoldiqlarini ajratib olib, ifloslangan tuproqni tozalaydi. 📟 DigiTech

🗺️ Olimlar 100 mingdan ortiq tadqiqotlardan iborat ilmiy bilimlarning ulkan 3D xaritasini tuzishdi. Har bir nuqtaga bosish va maqolani o’rganish mumkin, masalan, ishning ruhiy salomatlikka zarari haqida. Barcha materiallar mavzularning mos kelishiga qarab joylashtirilgan - jami 100 ta klaster to’plangan. 👉 3D ilmiy xaritaga havola. 📟 DigiTech

InfinBANK bank xizmatlarini innovatsion yechimlar bilan o'zgartirishda davom etadi Bugun bo'lib o'tgan KEY TECH: AI in Retail
+3
InfinBANK bank xizmatlarini innovatsion yechimlar bilan o'zgartirishda davom etadi Bugun bo'lib o'tgan KEY TECH: AI in Retail & E-commerce xalqaro anjumanida InfinBANK o‘zining ilg‘or texnologik yechimlari bilan ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mamlakatning eng texnologik banklaridan biri sifatida, InfinBANK mijozlarga qulay, tez va shaxsiy bank xizmatlarini taqdim etishga qaratilgan innovatsion yechimlarini namoyish etdi. Sun'iy intellektni rivojlantirish departamenti direktori Aziz Siyaev o‘z sessiyasida "Sun'iy intellekt zamonaviy bankni qanday o‘zgartirmoqda?" mavzusida ma'ruza qildi. Unda AI yechimlarining InfinBANK ekotizimiga integratsiyasi, intellektual avtomatlashtirishning real natijalari hamda AI ning bank sektori va mijozlar uchun yaratayotgan yangi imkoniyatlari keng yoritildi. Ta'kidlanganidek, InfinBANK uchun AI shunchaki texnologiya emas, balki mijozlarni yanada chuqurroq tushunish, ularning bank bilan muloqotini yanada qulay va samarali qilish vositasidir. Bank inson uchun ishlaydigan raqamli yechimlarni yaratish va ular orqali xizmatlarni yanada qulay va samarali qilishga intiladi. Reklama