Yaponiyada Homeschooling/日本でのホームスクーリング
Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot
Mostrar más- Suscriptores
- Cobertura postal
- ER - ratio de compromiso
Carga de datos en curso...
Carga de datos en curso...
Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot
Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz:
https://youtu.be/H6hvFNLLWZoHomeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot
Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot
ONA MADRASADIR kursiga xush kelibsiz! Ushbu kursda biz homeschooling/uyda o’qitish asoslarini o’rganamiz. Ushbu kursda men sizga uyda ta’limni yo’lga qo’ya olish uchun zarur bo’lgan mahorat va ko’nikmalarni aniqlashga va egallashga yordam beraman. Homeschooling/Uyda ta’lim haqida ingliz tilida juda ko’p ma’lumotlar mavjud, lekin ularning barchasi ham bizning o’zbek madaniyati va Islom e’tiqodiga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun biz uyda ta’limni O’zbek opa-singillarimiz boshlashdan oldin ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan muhim savollarni tahlil qilamiz. Homeschooling/Uyda ta’limni boshlashdan oldin uyda o’qitish asoslarini o’rganing: Uyda o’qitishning asosiy sabablari hamda ijobiy va salbiy tomonlarini baholang Farzandlar va ota-onalarning tayyorgarligini tahlil qilish Aynan sizning oilangizga mos keladigan uyda ta’lim yondashuvi va o’qitish uslubini aniqlang Uyda ta’limni yo’lga qo’yishdan oldin nimani bilishingiz kerak? O’rganish uslublari, o’qitish metodikalari va qanday qilib interaktiv darsliklar va resurslar yaratishni o’rganing Farzandlaringiz uchun uyda o’qitish variantini ko’rib chiqayotganda, siz shunday deyishingiz mumkin: “Men uyda o’qitishni xohlardim, lekin ….” Biz sizning fikringizdagi umumiy e’tirozlarga javob qidiramiz. Keyin, “Men bunga tayyormanmi?” degan savolga javob berish orqali uyda o’qitish sizning oilangiz uchun mos keladimi yoki yo’qligini bilib olasiz. Siz hech o’ylab ko’rganmisiz: “Uyda o’qitish uchun faqat bitta to’g’ri yondashuv yoki metodika bormi?” Biz uyda ta’limni yo’lga qo’yishning eng mashxur usullarini o’rganamiz va siz uchun eng yaxshi uslubni topishga yordam beramiz. Ona Madrasadir – bu farzandlariga yangicha ta’lim berishga qiziqqan ota-onalar uchun ta’lim dasturi tuzish, resurslar yaratish kursi. Kurs kimlar uchun: Uyda ta’lim/homeschooling ga qiziqqan muslima onalar va ayol-qizlar Muslima murabbiyalar va o‘qituvchilar (xususan maktab va bog’chada ishlovchi ayollar) Bolalar bilan ta’lim sohasida ishlovchi barcha opa-singillar Ustoz bilan tanishuv: Iroda Ahmed, halqaro darajadagi tajribali o‘qituvchi-pedagog, murabbiya va ayni paytda faol blogger hamdir. U 2011-yildan beri “Raising Young Scholars (Yosh Olimlarni Yetishtirish)” platformasida farzand tarbiyasi, Islomiy oila va farzandlarga uyda ta’lim berish (homeschooling) mavzularida yuzdan ortiq maqolalar chop etib kelmoqda. Uning ingliz tilida yozgan elektron kitoblari va jurnallari dunyoning turli millatlarga mansub minglab muslima onalar tarafidan iliq qarshilangan va kun sayin ilmga chanqoq onalar tarafidan yuklab olish soni ortmoqda. Irodaning asl kasbi o‘qituvchilik bo‘lib, Angliyadagi bir muddat o’qituvchilik faoliyatidan so’ng oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tgan. Hozirda Jidda universitetida talabalarga Ingliz tilidan dars berish bilan birga, 6 nafar farzandini tarbiyalash va uyda ta’lim berish bilan band. Iroda Angliyada ham Saudiyada ham homeschooling – uyda ta’limni yo’lga qo’ygan yuzlab musulmon oilalar bilan yaqindan ishlab, ularning farzandlari uchun ta’lim dasturi ishlab chiqishga yoki tayyor dasturni tanlashga va o’qitishga yordam berib kelgan. Iroda Ahmed 2021-yilda dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan MUSLIMA BLOGGERLAR tanlovida “ta’lim va eng yaxshi youtuber” yo‘nalishlarida mukofot sovrindori bo‘lgan. Uning blogi orqali chop etilgan 180 dan ortiq maqolalari Angliya, Amerika, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kanada, Hindiston, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya va Bangladesh kabi turli davlatlarda istiqomat qiluvchi onalar tarafidan har oyda 20000-30000 marta o‘qiladi va shuning uchun, Iroda 2021-yilgi tanlovdagi TA’LIM yo‘nalishida “Eng yaxshi muslima blogger” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.