cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Baliqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
716
Suscriptores
-324 horas
-137 días
+1930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi. Yoz mavsumida “Yangi Oʻzbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi. Shuningdek, jamoaviy sport oʻyinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish boʻyicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi oʻtkaziladi. Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, sheʼrxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi. Har bir istirohat bogʻi, sayilgoh va xiyobonlarga bepul “vay-fay” oʻrnatish vazifasi qoʻyildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi. Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi. Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti. Endi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Turon” teatri tanlovida 12 mingdan ziyod teatr jamoasi qatnashdi. Tanlov natijasida har bir tumanda o‘ziga xos kichik teatr jamoasi shakllandi. “Turon” teatri tanlovi har yili maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Gʻolib bo‘lgan o‘quvchilar Ijod maktablariga qabul qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 3👏 1
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi, rejalarimiz qamrovi esa kundan-kun oʻsib bormoqda. Mazkur jarayonlarni xalqimizga yetkazish, OAV va keng jamoatchilik vakillarining sohaga doir soʻrovlariga doimo “labbay” deb javob berib kelayotgan vazirlik va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari xodimlarining fidokorona mehnati biz uchun doimo qadrli. Bayramingiz muborak boʻlsin, vazirligimiz Axborot xizmati jamoasi! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Mostrar todo...
👍 2🥰 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni oʻzida bilimlarni oʻzlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshganligi aytib oʻtildi. Shuningdek, bu yil maktablarni 14 mingdan ziyod oʻquvchi oltin va kumush medallar bilan bitirganligi, “katta beshlik” fan olimpiadalarida qoʻlga kiritilgan medallar oxirgi toʻrt yilda 2 karra koʻpayganligi qayd etildi. Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, oʻqitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi boʻlgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
😁 2👍 1👏 1
XUSHXABAR Baliqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchisi Tursunahmatova Dilrabo Turkiyaning Istanbul shaxrida òtkazilayotgan Xalqaro HIPPO OLIMPIADASIDA ishtirok etmoqda. Òquvchimizga omad hamda yuqori natijalarni qòlga kiritishini tilab qolamiz! 🌐 BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING! https://t.me/ima_baliqchi
Mostrar todo...
👍 24👏 5 4🤩 4🔥 2🥰 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ijod_maktablari 📣DIQQAT, E’LON 📣 📆 Ijod maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi ertaga, 27-iyun kuni boshlanadi! 😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi. ⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak. 📝Talabgor uchun eslatma: 🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi. ⏳Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart. ❌ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa; ➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa. 📶 Eslatib o'tamiz: ✏️Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi. 1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa; 2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha; 3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi. 📍IMTIHON BOʻLIB OʻTADIGAN MANZILLAR. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
🔔Hurmatli abituriyentlar! ⚡️ Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o'qishga hujjatlar qabulining so‘nggi kuni! 💫 Barcha abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar o'qishga ariza topshirishlari yoki topshirilgan arizalar bo'yicha kamchiliklarni to'ldirishlari mumkin. ✅ Eslatib o‘tamiz, saralash imtihoni 6-iyul kuni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi. 📩 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻi Karimov Rasuljon Rafikovich boshqa ishga oʻtayotganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi mehnat jamoasi Karimov Rasuljon Rafikovichga ta'lim tizimi samaradorligini oshirish yoʻlida koʻrsatgan xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirgan holda kelgusida faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qoladi. Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati Telegram | Facebook | Web sayt
Mostrar todo...
🔥 4👍 3 1👏 1🎉 1👌 1
“Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Vazir kubogi” tashkil etildi ✅ Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi 96-son qaroriga asosan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, xususan davlat xizmatchilari oʻrtasida keng ommalashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Vazir kubogi” tashkil etildi. 🌐 Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan musobaqada vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda maktabgacha va maktab taʼlim muassasalari pedagoglaridan iborat jami 72 ta jamoa (420 nafar ishtirorkchi) gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi. Qizgʻin va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra: 🥇Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatining “Blockchain” jamoasi — 1-oʻrin; 🥈Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Usturlob” jamoasi — 2-oʻrin; 🥉Vazirlik tizimidagi “Oʻzbekiston” NMIUning “Strike” jamoasi — 3-oʻrinni egallashdi. 🏆 Musobaqaning peshqadam jamoasi — “Blockchain” vakillari Vazir kubogi qo‘lga kiritdi. 👉 Shuningdek, gʻolib jamoalar tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari, maxsus Diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 4🔥 1😁 1👌 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.