es
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Ir al canal en Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Mostrar más
1 062
Suscriptores
-124 horas
+47 días
+730 días
Archivo de publicaciones
Oradan 1 hafta o’tdi

Mirzobekning Facebook dagi profiliga link 🔗 @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan
Mirzobekning Facebook dagi profiliga link 🔗 @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan

Repost from Kremniy Olami
IT hodimlari ham sekin-asta futbolchilar kabi transfer qilinishni boshladi. Masalan, Aleks Wang Metaga $14 milliardga, Jony Ayw esa OpenAIga $6,5 milliardga o'tdi. Endi esa Meta OpenAIning muhim xodimlaridan birini $100 millionga imzolashga tayyor va yillik oyligi ham $100M+. Bunaqa holatlar ko‘paymoqda. Bu hammasi superintelligence uchun qilinyapti. Transferlar oynasi qiziq ketyapti. @kremniyolam

Tavsiya - YouTube da O’zbekiston haqida Koreyalik blogger video chiqaribdi. E’tiborimni tortgan jihati, u O’zbekistonga kelis
+7
Tavsiya - YouTube da O’zbekiston haqida Koreyalik blogger video chiqaribdi. E’tiborimni tortgan jihati, u O’zbekistonga kelishdan avval tariximiz va madaniyatimiz haqida ko’p o’rgangan. Tushuntirishda ham obyektiv yondasha olgan. Faqat maqtov emas, achchiqroq haqiqatlar ham ko’rinib turibdi. Bu video izohlar bo’limida, juda ko’p Koreyaliklar albatta borishimiz kerak ekan degan izoh ko’p yozishibdi. Aslida bu juda zo’r propaganda hisoblanadi Turizm uchun. Biznikilar “hojatxona” masalasini chiroyli hal qilib bersa bo’lgani. Videoda O’zbek qizning fikrlari ham e’tiborimni tortdi. Sizlar ham ko’rib xulosa qilsangiz bo’ladi. Videoga link: https://youtu.be/3R5da7fBIWw?si=1aIjcJ9yKNnOKuZ9r @Elyorbilan

Saramin - Koreyada Tarjimon izlashayabdi. Masofadan ishlash imkoniyati ham mavjud. (Freelancer) 👨‍💻 Koreys tilidan O’zbek tiliga tarjima qiladigan inson kerak. Kamida 2 yil tajribasi bo’lishi kerak ekan. Link orqali to’liq ma’lumotga ega bo’ling. Tip 📌 Tarjima ishlarida olgan barcha tajribangizni tushunarli qilib, portfolio ko’rinishida jamlang. Mashhur va ma’lum tarjima ishlarini boshiga yozing. Yuqoridan pastga qarab daraja tushishi kerak. Shunda o’quvchi odamni e’tiborini tortsa bo’ladi. Shuni ham unutmangki, siz tarjima qilgan joylarga telefon borishi mumkin siz haqingizda (albatta hujjatlaringiz qabul qilinsa) @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan

Ko’pchilikni fikrini inobatga olib, har oyda kamida 3 ta ish e’lonlarini qo’yib boraman. 1. Tip bo’limida - topshirishdan avval e’tibor berish kerak bo’lgan jihatni yozib qoldiraman. 2. Guruhda qidirish oson bo’lishi uchun #ishtopish@Elyorbilan #offer@Elyorbilan Hashtag larini yozib qidirishingiz mumkin. Boshlagan kuningiz hayrli bo’lsin!

Agar guruhdagilar ma’qul deb topsa, har oyda 2-3 ta O’zbekistonliklarga taaluqli ish “offer” larni tashlab turaman. Zora, e’lon sabab o’z ishligini topa olishsa.
Anonymous voting

Saramin tarmog’ida - O’zbekiston (Navoiy) dagi kosmetika zavodiga qaray oladigan xodim izlashayabdi. 👨‍💻 Koreyada bo’lsangiz chipta, uy va mashina xarajatlarini ham qoblab, yillik daromadni 50 mln dan oshiq qilib berishar ekan. Talab va takliflarni link orqali ko’rishingiz mumkin! Topshiruvchilarga omad:) @Elyorbilan #ishtopish@Elyorbilan

Bir necha oy avval eshitgan edimkuya ammo menimcha adashishayabdi deb o’ylagan edim. Ana endi boshqa guruhlarda ham ko’rayabm
Bir necha oy avval eshitgan edimkuya ammo menimcha adashishayabdi deb o’ylagan edim. Ana endi boshqa guruhlarda ham ko’rayabman. Qisqa qilib aytganda, haromlikning oliy darajasiga yetganlar ekan. Ishga muhtoj odamdan maksimal pul undirish yo’liga o’tishibdi. Summa ham katta bo’lmagani uchun Police bundan ishlarni astoydil ko’rib chiqmaydi. Demak, haromxo’rlar davomiy o’z ishini qilib keladi. Qolganlarga ham ulashib qo’ying. Ishga olib chiqish, yoki hujjatlarni so’raganda nima uchun bunday deyabdi deb bir o’ylab ko’rishsin. @Elyorbilan #aktual@Elyorbilan #muammo@Elyorbilan

Eron va “isroil” urushini kuzatayotgandursiz.. Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketalarning 🚀taxminan 15% temir gumbazni yorib o’tayabdi. Tel aviv haqiqiy portlash nima ekanligini endi sezib bormoqda. Bu ketish bo’lsa, urush kattalashib yon atrofdagi Davlatlar ham jalb qilinmasdan qolmaydi. Arab Davlatlar Eronni hushlamagan shu vaqtgacha. Yadro quroliga egalik qilishini ham yoqlamagan. Hozirda Musulmon Davlatlardan faqat Pokistonda yadro quroli mavjud. E’rondagi hukumat ag’darilishidan avval tezroq bu urushga yakun yasalishi kerak. “isroil” ning gumbazi ilma teshik bo’lishini va qilgan qilmishlariga javob berishini tilagan holda postni yakunlayman. @Elyorbilan #urush@Elyorbilan

Intrigaga boy suhbat bo’layabdi. Bilasiz Koreyada Xristian diniga asoslangan Univerlar ham bor. Shunday vaziyatlar bo’lganki, chet elliklarni ibodat darslari ga majburlab eshitirishgan. Hozirda Abdulatif o’sha universitet ustidan qilgan arizalari sabab, ichki qonun qoidani o’zgartirishga erishishgan. Shu kabi chet ellik talaba o’laroq, o’z haq huquqlarini talab qilish yo’llarini o’rganishingiz mumkin suhbat orqali! Yashang Abdulatif!

🎙 PODKAST 4-soni Bu safargi mehmonimiz — Koreya adliya vazirligi tasdiqlangan tarjimoni ABDULLATIF bo'ladilar. Mavzu:"Koreya
🎙 PODKAST 4-soni Bu safargi mehmonimiz — Koreya adliya vazirligi tasdiqlangan tarjimoni ABDULLATIF bo'ladilar. Mavzu:"Koreyada talaba vizasida o‘qish, ishlash va o‘qishni ko‘chirish masalalari" 1️⃣ D-2 va D-4 vizalari haqida qisqacha ●Har birining asosiy huquq va cheklovlari 2️⃣ O‘qishni ko‘chirish (universitet almashtirish) ●Koreyadan turib boshqa o‘quv muassasaga o‘tish mumkinmi? ●O'zbekistondan turib o'qishni ko'chirish talablari ●Kerakli hujjatlar va immigrationga xabar berish tartibi ●O'qishni o'zgartirishda bilib qo'yish kerak bo'lgan asosiy talablar 3️⃣ Qonuniy ishlash tartibi ●Student bo'lib Koreyada qonuniy ishlash uchun ruxsat qanday olinadi ●Ruxsatsiz ishlash oqibatlari 4️⃣ Talabalar duch keladigan muammolar ●O‘qishni tashlab qo‘yish / davomat pastligi ●Vizani uzaytira olmaslik ●Ishlagan joydan aldanganlar ●Yashash manzili va shartnomadagi muammolar 🕰 Vaqti: 📅 2025-yil 15-iyun ⏰ Koreya vaqti bilan soat 20:00 da 📍 Suhbat joyi: @ganiev_tarjimon Telegram kanali @ganiev_tarjimon

Ajoyib suhbat ketayabdi. Kelajak haqida taxminlar va o’zgarishlar haqida hamma fikr almashmoqda. Link: https://www.youtube.co
Ajoyib suhbat ketayabdi. Kelajak haqida taxminlar va o’zgarishlar haqida hamma fikr almashmoqda. Link: https://www.youtube.com/live/5YVmeJ3X7dQ?si=rXnx4sBVQ36F-MTy Mansur aka kanallari: Link

+2
O’t olib borayotgan yangilik haqida. 🆘 Habaringiz bordur, Jahongir G’aniyev kanallarida kun ora haydovchilik guvohnomasiz qo’lga tushayotgan yurtdoshlar haqida post joylab turibdilar. Bu sondigi postim esa, 2 barobar sharmandali va uyatli bo’ladi. Haydovchilik guvohnomasi va qonuniy yashash ID kartasi ham bo’lmagan yurtdoshimiz, 18-aprel kuni qo’lga olingan. U o’nga qayrilish payti to’xtamay qoida buzganini chorrahadagi politsiyachi payqab to’xtatgan. Yurtdoshimiz “Prava” o’rniga ID bergan. Ammo ID o’ziniki bo’lmagan. (Bu vaziyatni yanada og’irlashtiradi, sababi qonuniy yurgan do’stini ham javobgarlikka tortishadi). Politsiyachi ID boshqaniki ekanligidan shubhalangan payt, nelegal ukamiz biroz shoshmay turing deb, juftakni rostlashga kirishadi. Yugurishiga 150 metr bo’lmasdan Politsiyachi osonlik bilan qo’lga oladi. Ana endi, eng kulminatsion nuqta: Yuqoridagi holatlar uchrab turadi ammo, bu safar Politsiyachi sobiq boksyor bo’lgani va bir zumda nelegalni adabini bergani ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokama qilinayabdi. Ayniqsa yaqinda chiqgan “Good boy” seriali bilan voqea o’xshash bo’lib, olimpiada chempioni politsiyachi bo’lib yetishadi va jinoyatchilarga qarshi kurashadi. Haligi yurtdoshimizni tutgan Politsiyachini ham “Good boy” ga taqqoslash bir zumda avj oldi. O’sha “Good boy” serialidagi Park olimpiada finalida O’zbekistonlikni mag’lub qilib chempionlikka erishadi. (Aktyor Nuriddin aka) Mana shu voqeagacha qiyosiy mos tushganini hisobga olsak, Davlat imidjini 2 barobar salbiylashtirishga erishildi. Nima ham derdim, afsus. @Elyorbilan

Kechga yaqin biroz achchiq bo’lgan haqiqat haqida post joylayman. Taxmin qila olasizmi?

Biznesni qo’llab-quvvatlash borasida 📌 Agar O’zbeklarimiz qandaydur biznes, tadbirkorlik boshlashsa iloji boricha qo’llab quvatlashga harakat qilaman. U hoh, oshxona, Consulting, Magazin, IT kurslar va hokazoo bo’lsin. (Foydali bo’lsa) E’tibor qaratadigan jihatlarim: - Qonuniymi? (Ro’yxatdan o’tganmi?) - Ishonchlimi? - Bu biznesni kim yurgizayabdi? (Tanish notanish) 1. Qonuniylik Koreyada ro’yxatdan o’tib, biznes qilinayotgan bo’lsa - 사업자번호 so’rab, tekshirib ko’raman. Agar buni taqdim qilishdan bosh tortishsa postlar yoki reklamalarni o’tkazmayman. Sababi buni taqdim qilish hech qanday yashiradigan ma’lumotlar emas. Agar qonuniy ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa, biroz kuzataman. Sababi hamma ham “사업자” ochish imkoniga ega bo’lmasligi mumkin. Buni to’g’ri tushunaman. (Ammo iste’molchilar huquqlari so’rov ostida qolgan bo’ladi) 2. Ishonchlimi? Bu masala juda nozik. Sababi reklama yoki postlarni o’tkazsamda, ishonchni suiste’mol qilsa, menga ham yetarlicha tanqidlar bo’ladi. Nimaga tekshirmaysiz kabi? Shu sabab, biznes boshlaganda omad tilab, biroz kuzataman. U haqidagi fikrlarni ko’zdan kechirib keyin bir qarorga kelaman. 3. Tanish yoki notanish Agar biznes men yaqindan tanigan kishilar tomonidan olib borilayotgan bo’lsa, iloji boricha qo’llab quvvatlayman. Sababi ishonch bu juda muhim. Qandaydur muammo bo’lsa ham uni yechishda yordamga tayyor bo’laman. (Qo’limdan kelsa albatta) Agar notanish bo’lsa, boshida kuzatishdan boshqa ilojim yo’q. Muammodan holi ekanligiga ishonch hosil qilib keyin qo’llayman. Xo’sh bularni nimaga yozdim? Men nazorat qiladigan guruh va kanallarga biznes egalari juda ko’p post joylashga harakat qilishadi. Ba’zi birlari shaxsiydan pul taklif qilib, davomiy post qo’yishga ruxsat so’rashadi. Ammo ko’p hollarda bepulga qo’yamiz. Reklama posti ham iloji boricha kreativ bo’lishi kerak. Mijozni jalb qila olish uchun kreativ yoki informatsion post bo’lsa biz ham behijolat o’tkazishga harakat qilamiz. Bunga yaqqol na’muna qilib, Feruza Buranovaning “Talking Korea bilan TOPIKni o'rganamiz” biznesini ayta olaman. Har hafta medaga tegadigan qilib reklama qilmaydilar, TOPIK boshlanishidan avval reklamani ham foydali informatsion qilib joylaydilar. 1-2 oyda bir marotaba. Bu juda effektiv hisoblanadi. Qolganlarga ham shunday qilishni tavsiya qilaman. Bir necha masalalarga oydinlik kirita oldim degan umiddaman. Barcha tadbirkorlarga omad! @Elyorbilan #biznes@Elyorbilan

Soat millarini sozlashni unutmang:) Ayniqsa hozirgi zamonga taaluqli mavzu bo’lsa 😁

Repost from Mentoriy
🎙 Diqqat, diqqat! 🎉 14-iyun(shanba), 22:00 (Koreya vaqti)da, bizning podkastimiz boshlanadi! 🔜 Ushbu tarixiy lahzada biz b
🎙 Diqqat, diqqat! 🎉 14-iyun(shanba), 22:00 (Koreya vaqti)da, bizning podkastimiz boshlanadi! 🔜 Ushbu tarixiy lahzada biz bilan hozirda AI Researcher bo'lib ishlab kelayotgan Mansurbek Abdullayev (Mansurbek Insights) bo‘ladilar va qiziqarli mavzularni muhokama qilamiz! 🌟 Ajoyib suhbatlar, yangi g‘oyalar 💡 va ilhom baxsh etuvchi daqiqalarni ⏳o‘tkazib yubormang! Sizning fikringiz 💬 biz uchun muhim! Ushbu post ostida yoki jonli efir paytida 📱 YouTube da izoh qoldirishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan har bir savollarga podcast davomida javob beramiz. 📱 YouTubeda kuzating! 📱 Instagramda kuzating! 📍 Jonli efir YouTube va Instagram platformalarida bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzatib boring va podcastimizga qo‘shiling! Eslatma: 🗓 SANA: 14-iyun (SHANBA) 🇺🇿 UZB vaqti⏱: 18:00 🇰🇷 KR vaqti⏱: 22:00 📱 @MashaqqaTV

Uyqu kamayganda Dori ko’payadi degan ekan mashshoyiqlarimiz. Sizlar ham kam uhlaysizlarmi yoki faqat menda shundaymikan🥲 시차
Uyqu kamayganda Dori ko’payadi degan ekan mashshoyiqlarimiz. Sizlar ham kam uhlaysizlarmi yoki faqat menda shundaymikan🥲 시차 적응이 어렵네