en
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Open in Telegram

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Show more
1 070
Subscribers
+124 hours
+107 days
+11530 days
Posts Archive
Kechga yaqin biroz achchiq bo’lgan haqiqat haqida post joylayman. Taxmin qila olasizmi?

Biznesni qo’llab-quvvatlash borasida 📌 Agar O’zbeklarimiz qandaydur biznes, tadbirkorlik boshlashsa iloji boricha qo’llab quvatlashga harakat qilaman. U hoh, oshxona, Consulting, Magazin, IT kurslar va hokazoo bo’lsin. (Foydali bo’lsa) E’tibor qaratadigan jihatlarim: - Qonuniymi? (Ro’yxatdan o’tganmi?) - Ishonchlimi? - Bu biznesni kim yurgizayabdi? (Tanish notanish) 1. Qonuniylik Koreyada ro’yxatdan o’tib, biznes qilinayotgan bo’lsa - 사업자번호 so’rab, tekshirib ko’raman. Agar buni taqdim qilishdan bosh tortishsa postlar yoki reklamalarni o’tkazmayman. Sababi buni taqdim qilish hech qanday yashiradigan ma’lumotlar emas. Agar qonuniy ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa, biroz kuzataman. Sababi hamma ham “사업자” ochish imkoniga ega bo’lmasligi mumkin. Buni to’g’ri tushunaman. (Ammo iste’molchilar huquqlari so’rov ostida qolgan bo’ladi) 2. Ishonchlimi? Bu masala juda nozik. Sababi reklama yoki postlarni o’tkazsamda, ishonchni suiste’mol qilsa, menga ham yetarlicha tanqidlar bo’ladi. Nimaga tekshirmaysiz kabi? Shu sabab, biznes boshlaganda omad tilab, biroz kuzataman. U haqidagi fikrlarni ko’zdan kechirib keyin bir qarorga kelaman. 3. Tanish yoki notanish Agar biznes men yaqindan tanigan kishilar tomonidan olib borilayotgan bo’lsa, iloji boricha qo’llab quvvatlayman. Sababi ishonch bu juda muhim. Qandaydur muammo bo’lsa ham uni yechishda yordamga tayyor bo’laman. (Qo’limdan kelsa albatta) Agar notanish bo’lsa, boshida kuzatishdan boshqa ilojim yo’q. Muammodan holi ekanligiga ishonch hosil qilib keyin qo’llayman. Xo’sh bularni nimaga yozdim? Men nazorat qiladigan guruh va kanallarga biznes egalari juda ko’p post joylashga harakat qilishadi. Ba’zi birlari shaxsiydan pul taklif qilib, davomiy post qo’yishga ruxsat so’rashadi. Ammo ko’p hollarda bepulga qo’yamiz. Reklama posti ham iloji boricha kreativ bo’lishi kerak. Mijozni jalb qila olish uchun kreativ yoki informatsion post bo’lsa biz ham behijolat o’tkazishga harakat qilamiz. Bunga yaqqol na’muna qilib, Feruza Buranovaning “Talking Korea bilan TOPIKni o'rganamiz” biznesini ayta olaman. Har hafta medaga tegadigan qilib reklama qilmaydilar, TOPIK boshlanishidan avval reklamani ham foydali informatsion qilib joylaydilar. 1-2 oyda bir marotaba. Bu juda effektiv hisoblanadi. Qolganlarga ham shunday qilishni tavsiya qilaman. Bir necha masalalarga oydinlik kirita oldim degan umiddaman. Barcha tadbirkorlarga omad! @Elyorbilan #biznes@Elyorbilan

Soat millarini sozlashni unutmang:) Ayniqsa hozirgi zamonga taaluqli mavzu bo’lsa 😁

Repost from Mentoriy
🎙 Diqqat, diqqat! 🎉 14-iyun(shanba), 22:00 (Koreya vaqti)da, bizning podkastimiz boshlanadi! 🔜 Ushbu tarixiy lahzada biz b
🎙 Diqqat, diqqat! 🎉 14-iyun(shanba), 22:00 (Koreya vaqti)da, bizning podkastimiz boshlanadi! 🔜 Ushbu tarixiy lahzada biz bilan hozirda AI Researcher bo'lib ishlab kelayotgan Mansurbek Abdullayev (Mansurbek Insights) bo‘ladilar va qiziqarli mavzularni muhokama qilamiz! 🌟 Ajoyib suhbatlar, yangi g‘oyalar 💡 va ilhom baxsh etuvchi daqiqalarni ⏳o‘tkazib yubormang! Sizning fikringiz 💬 biz uchun muhim! Ushbu post ostida yoki jonli efir paytida 📱 YouTube da izoh qoldirishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan har bir savollarga podcast davomida javob beramiz. 📱 YouTubeda kuzating! 📱 Instagramda kuzating! 📍 Jonli efir YouTube va Instagram platformalarida bo‘lib o‘tadi. Bizni kuzatib boring va podcastimizga qo‘shiling! Eslatma: 🗓 SANA: 14-iyun (SHANBA) 🇺🇿 UZB vaqti⏱: 18:00 🇰🇷 KR vaqti⏱: 22:00 📱 @MashaqqaTV

Uyqu kamayganda Dori ko’payadi degan ekan mashshoyiqlarimiz. Sizlar ham kam uhlaysizlarmi yoki faqat menda shundaymikan🥲 시차
Uyqu kamayganda Dori ko’payadi degan ekan mashshoyiqlarimiz. Sizlar ham kam uhlaysizlarmi yoki faqat menda shundaymikan🥲 시차 적응이 어렵네

Malayziya hukumat darajasida Falastinni qo’llab quvatlar ekan. 🇲🇾🇵🇸 Juda ko’p mahhaliy aholi bilan ham bu borada suhbatla
+1
Malayziya hukumat darajasida Falastinni qo’llab quvatlar ekan. 🇲🇾🇵🇸 Juda ko’p mahhaliy aholi bilan ham bu borada suhbatlashdim. Rasmlardan ham ko’rib turgandursiz. Har namozdan so’ng ham haqqiga duolar qilindi.

Ushbu sohaga qiziquvchilar diqqatiga! Shanba kuni dan boshlab darslar boshlanar ekan. Kelajagingizni shu sohada ko’rsangiz imkoniyatni boy bermang:)

Repost from Azik 🧑🏻‍💻
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va boshqarishga qiziqasizmi? Unda sizni “Mastering PostgreSQL” onlayn kursiga taklif qilaman
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va boshqarishga qiziqasizmi? Unda sizni “Mastering PostgreSQL” onlayn kursiga taklif qilaman. 🧑🏻‍💻Kimlar uchun: - Dasturchilar - CS, SQL va Linux asoslarini biladiganlar - DB sohasida kariera qilishni istaganlar 📅 Kurs haqida: - Davomiyligi: 4 oy - Format: Haftada 2 kun - Narxi: 180,000 won / oylik 📚 Kurs davomida PPT va boshqa resurslar ulashiladi. 🤝 Har oy Seulda offline ko‘rishib sohaga doir ish e'lonlari va yangiliklar haqida fikr almashamiz 📝 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 👨‍🏫 Mentor haqida: https://azikdb.netlify.app/ ⭐️ Bu kurs sizga nima bera oladi?
Bugungi kunda ma’lumotlar kompaniya uchun eng qimmatli resurs hisoblanadi . Ma’lumotlar bilan ishlaydigan hodim doim qadrlanadi. Ma’lumotlar koʻpaygani sari uni toʻgʻri boshqarishga talab ortadi. Boshlanishida maosh kam bo‘lishi mumkin, lekin tajribangiz oshgani sari juda tez ko‘tariladi.
🔰 Eslatma:
- Joylar soni cheklangan - Birinchi dars bepul. (to‘lovni ikkinchi darsdan qilasiz)
Azik 🇺🇿🧑🏻‍💻

Endi online emas, Offline da ko’rishamiz!

Repost from HaksengUz
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat! Assalamu alaykum! Hurmatli hamyu
📣📣 Koreyada Soha Bo'yicha Ishlash Netvorking Uchrashuvimizning Navbatdagi Soniga Marhamat! Assalamu alaykum! Hurmatli hamyurtlar, Sizni, "Yuksalishga Yoʻl: Ish Topish, Intervyu va Ishdagi Muvaffaqiyat" deb nomlangan netvorking uchrashuvimizning navbatdagi soniga taklif etishdan mamnunmiz! 🎤 So'zlovchi: Elyor Nurdinov – Senior specialist, CAVAC (vaccine company) 📌 Mavzu: Kompaniya muhitiga moslashish kerakmi? Bu safar, Koreyada uzoq yillardan beri istiqomat qilib kelayotgan, boy tajriba va koʻnikmalari bilan, Koreyadagi hamyurtlarimizga beminnat yordamlari va foydali maslahatlarini berib kelayotgan hamyurtimizni taklif qilganmiz! Ular ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'lib Telegramdagi Elyor Bilan kanalining asoschisi bo'ladilar. Bu safar joylarimiz oldingidan koʻproq, bemalol doʻstlaringizni ham olib kelavering! Biz bu safargi uchrashuvimizni WAYU Koreya hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkillashtirmoqdamiz! Shu sababdan ham uchrashuv joyini kattaroq boʻlgan joyda, oʻtkazishni reja qildik! 📅 Sana: 2025-yil, 28-Iyun (Shanba) ⏰Vaqt: 14:00 ~ 17:00 📍Joy: Oʻzbekiston Elchixonasi | 주한우즈베키스탄대사관 🌟 Uchrashuvda nimani kutishingiz mumkin: 📝 Professional rezyume yozishning asosiy tamoyillari 📄 Ishga kirish jarayonida CV to‘ldirishning samarali usullari 👨‍💻 Intervyuda o‘z kuchli tomonlaringizni qanday taqdim etish va muvaffaqiyatli javob berish bo‘yicha maslahatlar 🤝 Hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish 🙋‍♂️ Savol-javoblar va real keyslar ✅ O‘z sohangizdagi boshqa ishtirokchilar bilan tanishish, bevosita savollar berish va amaliy maslahatlar olish imkoniyati Ro'yhatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/wiYVg1sWxjXNm3bp9 Joyni topishda yordam kerak bo‘lsa, HaksengUz guruhiga @haksenguz_guruh xabar yozib bizga murojaat qilishingiz mumkin, sizga yordam beramiz! ⚠️ Uchrashuvga faqat ro'yhatdan o'tkanlargina qatnasha oladi 🔹Manzilga qanday boriladi? Manzilni Naver xaritada koʻrish: https://naver.me/54kIDAS5 Manzilni Kakao xaritada koʻrish: https://kko.kakao.com/xySdhAl58U Manzil: 서울 종로구 운니동 1 HaksengUz Rasmiy Kanal: https://t.me/haksenguz Sizni uchrashuvda kutib qolamiz! Do'stlaringizga ham ulashing. Hurmat bilan, HaksengUz Jamoasi

Qayerdadur o’qib qoldim. Toshkentda bedana ham “pitpildu” deb sayraydi 😁

Jahon Chempionatiga chiqganimiz va oxirgi o’yinni ham munosib yakunlaganimiz sabab, Yozishni mutlaqo bepul qilib qoydim. Faqat 1 hafta:) (hech qanday yulduzchalarsiz) Bayram bayramdek bo’lsinda📌

O’zbekiston vs Qatar Futboldan so’ng haqiqiy bayram bo’ladimi deyman? O’yin shunchaki ajoyib kechayabdi. Bu ketishda aniq 🇺🇸🇨🇦🇲🇽 ga boraman shekil 😁

Kofe ishqibozlari diqqatiga! Koreyada 백다방 kofelariga chegirma ketayabdi. Koreys tilidagi matni o’qib ko’rib, foydalansangiz b
Kofe ishqibozlari diqqatiga! Koreyada 백다방 kofelariga chegirma ketayabdi. Koreys tilidagi matni o’qib ko’rib, foydalansangiz bo’ladi. Bugun biz ham hamkasblar bilan (odatda 4 kishilik krug) chiqib AA dan ichdik. Odatda 15-20 minglik bo’ladigan kofelar aynan shu do’konda 2000 wonga tushdi xolos. O’zimga ravo ko’rganimni sizlarga ham ilinayabman. Bugunda to Payshanbaga qadar Amerikano (hot/ice) uchun 500 won to’laysiz xolos. Nima sababdan chegirma qilayotganini bilsangiz kerak-a? 😁 @Elyorbilan

Hanpass Usim ning men adminlik va egalik qiladigan guruhlarda uzoqqa cho’zilmagan faoliyati haqida Hanpass Usim kecha guruhga
+3
Hanpass Usim ning men adminlik va egalik qiladigan guruhlarda uzoqqa cho’zilmagan faoliyati haqida Hanpass Usim kecha guruhga qo’shilish so’rovini yubordi. Javoblar va qo’shiluvchi profil nomini tekshirdim. Ko’p ehtimol bilan simkarta sotuvchisi. Keyin guruhga qo’shilishga “dostup” berdim. (Ba’zi guruhga) Qo’shilishi bilanoq turnaqator simkarta postlarini joylashga urindi, men esa davomiy bekor qilaverdim. Bo’yin tepasida nima bor ekan deb o’ylab qolaman ba’zida. Axir simkarta postlari o’tkazilmaydi, deb otning qashqasidek yozib e’lon qilganman. Biz joriy qilgan ichki qonun qoidalarni pisand qilmaydiganlarni, biz shunchaki bloklab qo’yamiz:) To’g’risiyamda, bo’lmasam guruh simkarta e’lonlariga to’lib toshar edi. F2-F5 guruhimda esa savollarga javob bermay, javob berdim tugmasini bosib qo’yibdi. O’tkazib yuboraman deb o’ylagan shekil, bola-paqir.

Ana endi email orqali, yoki tog’ridan to’gri telegramdan xabar qoldirsangiz bo’ladi. 1,500 won evaziga 😁 Yulduzcha qilganimni sababi, o’zingizni ham meni ham vaqtimni tejagan bo’lasiz. (Zerikkandan savol beradiganlarni oldi olinadi degan umiddaman)

Men ancha o’zgaribman. Koreyslar bilan ishlashdan avval ishga 100% ma’suliyat bilan qanday yondashishni hali tushunmas edim.
Men ancha o’zgaribman. Koreyslar bilan ishlashdan avval ishga 100% ma’suliyat bilan qanday yondashishni hali tushunmas edim. Hali “novichok” edimda. Dam olish kunim bo’lsa ham Lankawining 🇲🇾 Jalan Ladang qishlog’ida bir ammalab wifi topib, ish noutbukni ulagan edim. VPN orqali sistemaga kirib, kerakli file ni to’ldirib, deadline vaqtida ishni topshirdim. To’g’risi dam olib kelib, “nima uchun qilmadingiz?” degan gapni eshitgim kelmadi. Xatto ba’zi xodimlar, Elyor chet eldasan, keyingi oy topshiraqol deb aytgan ham edi. Bugun ishda bilsam 7 nafar xodimdan 2 nafari hali to’liq qilmagan ekan. Men o’zimdan o’pkalab yurishimni qarang:) Meni topshirganim (ulgurganim) ni ko’rib, ba’zilar hayron qolishdi. Har ehtimolga qarshi ish noutbukni ham o’zim bilan olib ketgan edim. Bu ketishda o’zimga qo’yilgan “planka” ancha ko’tarib borayabman. Qolganlardan ham shuni talab qiladigan bo’lsam kerak. Shu sabab bo’lsa kerak, bugub katta proektni men olishimni so’rashdi. Bu orqali mensiz bitirish qiyin bo’lgan proektlar soni yana bittaga oshadigan bo’ldi. @Elyorbilan