Elga yor (Elyor)
Ir al canal en Telegram
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Mostrar más1 069
Suscriptores
+124 horas
+107 días
+11530 días
Archivo de publicaciones
1 069
중소기업 lar senga offer yuboraveradi ammo,
90% sen hohlagan yillik daromadni bera olmasligini o’zi bu daromadni katta kompaniyalar ham berishi qiyinligini tushuntirishga urinadi:)
Ha bermasang berma, ishga kirish taklifini men emas sen berding-ku axir😅
Oxirgi hafta 6 ta joydan offer oldim. Seulga 60 mln won deydiya uyalmay:)
@Elyorbilan
1 069
Repost from Azik 🧑🏻💻
Oʻzbekistondagi turli bank ilovalaridan pullar yechilganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Pullaringizni hoziroq naqd qilib sandiqqa joylang :)
Qolaversa Rasul Kusherbayev ham ertalab o'z kanalida shu haqda post ulashdi.
Markaziy bank hozircha jim…
1 069
Repost from Koreya_info
Корея сизни нафақат пули билан, балки қулайлиги билан ҳам ўзига боғлаб қўяди.
Кўп чет элликлар Корея сериаллари, K-Поп қўшиқлари орқали Кореяга шайдо бўлиб бу давлатга келишади.
Аммо бу ердан кета олмайдиган қилиб қўядиган нарса — Coupang Rocket Fresh каби ҳаётни енгил қиладиган онлайн бозор хизматларидир.
Кечки 23:00 ўйга кеч келдинг. Эрталаб нонушта қилиб ишга эрта кетишинг керак. Лекин нонуштанг учун сут ёки тухум йўқлигини биласан. Кеч магазинлар ёпиқ.
Coupang иловасини очасан буюртма берасан. Эрталаб соат 6:00 да эшигинг олдида буюртманг келган бўлади.
Шу одатга кўникиб қолсангиз, бу хизматсиз ҳаётни тасаввур қилиш қийин бўлиб қолар экан.
Қизиғи шундаки, мен кўп одамлардан:
“Нега Кореяда узоқ йиллар яшаб қолдингиз?” деб сўрайман.
Дастлаб оддий жавоб беришади — “бу ерда пул топиш яхши"
Лекин кейинроқ асосий сабаб қулайлик, тезкорлик ва хизмат сифати Кореяга қаттиқ боғлаб қўйганлигини тушуниб қоласиз экан.
https://t.me/koreyadagihayot
1 069
Repost from SALOM KOREYA kanali
+3
⭐️ K-STAR VISA TRACK haqida yangilik
Janubiy Koreyada fan va texnologiya yo’nalishidagi chet ellik talabalar uchun ajoyib yangilik!
K-STAR VISA TRACK* dasturining qamrovi endi Koreyadagi 5 ta universitetdan 32 ta universitetgacha kengaytirildi (dasturning avvalgi nomi “Fast-Track Program” edi).
*Korea-Science & Technology Advanced Human-Resources Visa Track.
Bu nimani anglatadi? Agar siz ushbu 32 ta universitetdan birida zamonaviy fan-texnika yo’nalishlarida magistratura yoki doktorantura darajasini olsangiz, endi uzoq muddatli maxsus viza (F-2-7S)ni va doimiy yashash huquqini beruvchi viza (F-5)ni boshqalarga qaraganda osonroq va yengillashtirilgan talablar bilan olishingiz mumkin.
Yiliga avvalgi 100 ta bitiruvchidan endi taxminan 500-600 ta bitiruvchigacha shunday imkoniyat beriladi.
Siz o’qiyotgan soha va universitet postdagi keltirilgan 32 ta ishtirokchi universitetlar ro’yxatida borligini tekshirib ko’ring. Agar bor bo’lsa, universitetingizning xalqaro bo’limidan qolgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
*Ushbu dastur haqidagi ma’lumot postga ilova qilingan rasmlar kengroq keltirilgan.
#kstar #kstarvisa
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya
1 069
Men qayerdadur shu ma’lumot bilan post joylagan edim. Bu postni Daejeondagi ma’sul Koreys ko’rib, sababi va yechimi haqida qiziqib yozib qoldi.
Men esa bir dunyo xabar qoldirdim:)
Sizga shu savolni berishsa qanday javob bergan bo’lar edingiz? (Albatta sizni javobingizni ham keraklicha o’rganib topshiraman)
@Elyorbilan
1 069
Repost from Bir kuni men...
Tog‘ay Murodning bir asarida ocharchilikdan qiynalgan odamlarni qutqarish va ocharchilikni bartaraf qilish uchun Moskovdan maxsus komissiya keladi. Ular ochlikdan shishib ketgan odamlarni bir joyga to‘plashni buyuradi. Ularga non berilsa kerak deb o‘ylab turishganda, "Bu och-nahorlar, shishib ketganlar sotsializm ko‘rkini buzmoqda. Ular sovet tuzumiga dog‘ tushiryapti" deb chuqur qazdirib ochlarni ko‘mdirib yuborishadi. Shu bilan ocharchilikni bartaraf qilishgandek bo‘ladi, go‘yo.
Bir necha kundan beri Farg‘ona shahridagi havo sifati ekstrimal darajada yomon holatda turibdi, ayniqsa kechqurun. Shahar ichi xuddi quyuq tuman qoplab olgandek. Kuni kecha bu haqida kun.uz yozib chiqdi. Bugun Prezident administratsiyasi rahbari havo sifatini barqarorlashtirish borasida yig‘ilish o‘tkazdi va mutasaddilarga ILMIY asoslangan chora-tadbirlar ko‘rishni topshirdi.
Ifloslik darajasi 1000 dan oshayotgan Farg‘ona havosi negadir bugun tushdan so‘ng 289 da (hamon iflos, nafas olish uchun xavfli) qotib qoldi. Nahotki amaliy ishlar ko‘rila boshlandi desam, shahardagi ikkita (biri Kirgilida, ikkinchisi shaharda Terakmozor ko‘chasida) havo sifatini tekshiradigan uskunalar o‘chirib qo‘yilibdi.
To‘g‘risi nima deyishni bilmay qoldim. Uskunalar o‘chirildi, havo sifati haqida aniq maʼlumot ko‘rsatilmayapti, lekin...
IQAir ilovasidan havo sifatini kuzatar ekanman Tog‘ay Murodning yozganlari yodimga tushdi.
@birkunimen
1 069
Do’stim qiziqib so’rayabdi:
Koreyada odam o’ldirib qo’ysa necha yilga qamaladi? Bilmasdan behostan..
Javoblaringiz qiziq.
1 069
Facebook da Qobiljon aka yozayabdilar:
Бугун ўғлим “Why?” китобини ўқиб ўтириб мендан:
“Дада, қоғоз қаерда ихтиро қилинганини биласизми?” - деб сўради.
Мен ишонч билан: “Хитойда,” деб жавоб бердим.
Шунда у яна давом этди: “Яхши… унда Хитойдан ташқарида дунёда биринчи бўлиб қоғоз ишлаб чиқариш устахонаси қайси давлатда қурилганлигини биласизми?” - деб сўради.
Мен ростини айтсам, “Билмайман,” дедим.
У эса жилмайиб қаради, куляпти. Шу пайт ўйламай туриб:
“Ўзбекистон эмасми?” - дедим.
У дарров:
“Ҳа! Тўғри топдиз!” - деди.
Кейин китобдаги саҳифани кўрсатди.
Хитойдан ташқарисидаги биринчи қоғоз ишлаб чиқариш маркази ҳақиқатдан ҳам Самарқандда бўлган экан. Хитой кўп йиллар қоғоз ишлаб чиқариш сирини сақлаб келган келган экан.
Энди тушундим нега Самарқандлик ҳамюртларимиз бугун бутун дунёда бизнес қилишади. Чунки улар "қоғоз"ни биздан анча олдин ушлаган экан💸😄
@Elyorbilan
P.s: Menga ham shunday suxbat qurish nasb qilgan bo’lsin.
1 069
Bizni yo’qlaganlarni Allohni o’zi siylasin!
Yoshligimdan qo’shnim Lola opani qovoq somsalarini yoqtirib iste’mol qilib kelaman. Kuni kecha O’zbekistonga 1 kunga borib keldim, uyimga somsa ko’tarib chiqibdilar. Bir tishlamda butun bolalikni his qiladi odam. Umirlari uzoq bo’lsin.
2025 yil 26-Noyabr
1 069
Ilk bor O’zbekiston pasportiga egalik qilayotganimdan biroz asabim buzildi.
Biz tug’ilish yerni tanlamaymiz, bu lotoreya demakdir. Ammo bu safar omadimiz chopganmi yoki yo’q, hozircha bila olmadim.
Post yozilish sababi bor, keyinroq to’liq yozib qoldiraman. Sizda ham o’xshash holat bo’lganmi?
1 069
Ishga ketish va qaytishda 4km ni 5 daqiqada bosib o’tish zavqini faqat his qilib ko’rganlar tushunsa kerak:)
Ishxonadagilar, uying ishxonaga biroz uzoqroq ekan, charchab qolmaysanmi degani degan. Men esa, qisqa yo’lni bilishimni aytmayman. Qiynalib ishga kelayabdi deb o’ylayverishsin🤓😂
@Elyorbilan
#출퇴근
1 069
Repost from HaksengUz
📣📣 Global Business Assistant ishga qabul qilinadi!
Bizning kompaniyamizga ishga qabul qilishyapti. Kompaniya xodimlari tavsiya qilsa ustunlik bo'lgani uchun, sizlarga ham ulashyapman. Ish haqida batafsil:
회사명: Thundersoft
근무지: 판교 오피스
Global Business Assistant
담당업무:
- 대표이사 국내외 출장 동행 및 현장지원
- 영어 비즈니스 커뮤니케이션
- 고객사 미팅 등 각종 대외 미팅 참석, 회의록 작성
- 발표 자료, 보고서 등 각종 문서 작성 및 관리
자격요건:
- 수준급의 영어 커뮤니케이션이 가능하신 분
- 국내외 출장 및 미팅 동행이 가능하신 분
- PPT, Excel 등 문서 작성 및 편집 능력이 우수하신 분
- 업무에 대한 책임감과 비즈니스 매너를 보유하신 분
우대사항:
- SW에 대한 이해가 있으신 분
- 유관 업무 경험이 있으신 분
Rezyume va yuqoridagi excel so'rovnomani to'ldirib quyidagi manzilga email yuboring: hasan.juraev@thundersoft.com
Do'stlaringizga ham ulashing.
@HaksengUz
1 069
+1
Beradigan sovg’angiz foydali bo’lsin.
Biz odatda xizmat safari bilan chet elga chiqganimizda har xil sovg’alar olamiz. (Avval berib, so’ngra olamiz)
Pokistonlik do’stlarimiz bu borada juda usta. Har bir sovg’aga alohida e’tibor bilan yondashadi. Bu safar charmdan qilingan to’plam berishgan edi, ichida shu ham bor ekan. Albatta har safar ishlatganimda yodimga tushadi.
HAZZYS ni esa katta kursdagi bir Koreys aka sovg’a qilgan edi. Yo’nalishim bo’yicha ishga kirganimni eshitib, Elyor chet elda ko’pchilik “business card” ni shu kabi katmonlarga solib yuradi. Senga ham biror bir ishlatadigan sovg’a bergim keldi degandi. Oradan ancha yillar o’tdi, hali ham yodimda.
Yana xizmat safariga otlanishdan avval narsalarimni ko’zdan kechirib, post yozib qoldirayabman.
@Elyorbilan
1 069
Repost from Azik 🧑🏻💻
Quyidagi videoda bolakay egasiz, 24 soat ishlaydigan kafega kirib, ichimlik buyurtma qiladi.
Bunday kafelarda ichimlik buyurtma qilish tartibi quyidagicha: avval to‘lovni amalga oshirasiz → idishni olib, uskuna oldiga qo‘yib muz solasiz → so‘ng ichimlik quyiladi.
Videodagi bolakay idishga muz solish jarayonida muzni yerga to‘kib yuboradi va suv to‘kilgan joyni artishni boshlaydi. Kafedan chiqib ketgach, oradan ozgina vaqt o‘tib, qo‘lida 1000 von pul va xat bilan qaytib kiradi. Eshikdan kirayotganda bolakayning video kameraga qarab salom berganini ham ko‘rish mumkin.
Videoda kafe egasi keyinchalik ko‘zida yosh bilan bola qoldirib ketgan o'sha xatni o‘qib beradi:
"Kechirasiz, men egasiz kafedan birinchi marta foydalandim. Shu sababli bilmasdan muzni to‘kib yubordim. Sizga uzoq faoliyat va baxt tilayman. Yana bir bor uzr so‘rayman."
1 069
+1
Daejeon shahrida yashovchi chet elliklar uchun o’quv qo’llanma kitobi nashr etildi.
Bu nashr uchun bir necha nafar chet elliklar bilan intervyular o’tkazildi. Daejeonda uzoq yashayotgan, har xil kriteriyaga mos tushadigan chet elliklar tanlab olindi.
Men bir necha yil avval Chungnam milliy universiteti uchun O’zbeklarga o’quv qo’llanma kitobchasini yozib bergan edim. Bu safargisi esa kattalashtirilgan va ma’lumotlarga boy.
Bu kitob, shu shaharda yashovchilar va kelishni reja qilganlar uchun ayni muddao bo’ladi.
Mendan intervyuga kelishni so’rashganda, Mirjalol akani tavsiya qilib, ular ilm-fan bilan anchadan beri shug’ullanadilar deb yo’naltirgan edim.
Sababi Mirjalol aka:
PhD ni yoqlagan, sohalari bo’yicha Daejeonda anchadan beri ishlab yashab kelayotgan kam sonli yurtdoshlarimizdan biri. Koreys tilida ham ravon gapira oladilar. (Intervyu shartlaridan biri, Koreys tilini bilish edi)
Ammo keyinchalik Daejeon universiteti professori mendan ham intervyu olish shartini qo’yibdi, shu sabab yo’q deya olmadim. Tog’risida, sendan tajribali odamlar turganda intervyu berishga xijolat chekasan kishi..
Emailga yozilgan xatni ochib, kitobni ko’rib chiqdim. Kaminani ham eslab o’tishibdi. (45-bet)
Shahrimizga qiziquvchilar kitobni varaqlab ko’ring. O’z shahringizda ham shunday kitob bo’lishini taklif qilishingiz mumkin, kerakli idoralarga.
@Elyorbilan
#Guidebook #aktual
1 069
Koreyaga qaytdim 🇰🇷
(bu safar bir o’zim emas😄)
Ishxonada 1 oy deyarli bo’lmadim, shaxsiy sabab va xizmat safari tufayli.
Qo’ng’iroqlar va email 200 dan oshib ketibdi. Emailni avtomatlashtirish maqsadida, kim ishxonam emailiga xat yozsa avtomatik javob beruvchini ulab qo’ygandim. Oxirida agar so’rovingiz shoshilinch bo’lsa Katok yoki Telegramdan aloqaga chiqing deb yozib qoldirgandim. Bu ikkala tarafni ham vaqtini tejadi. (Shoshilinch bo’lmasa bezovta qilmang) degan maqsad ham bor edida:)
Oktabr oyining ilk 2 haftasi Toshkentda qolgan 2 haftasi esa Lahore va Daka da o’tdi.
O’tgan oyni sarhisob qilayotib, bir necha yangiliklar va taasurotlarni keyingi postimda yozib qoldirmoqchiman.
1. Koreyaga oid
2. Pokiston
3. Bangladesh
ga oid postlarni yozib qoldiraman.
@Elyorbilan
1 069
Repost from WAYU Korea
Bu safar WAYU Korea va Allimtv siz uchun foydali uchrashuvni tashkil qilmoqda!
📣 Spiker: Allimtv kanali asoschisi — Ibragimov Sadulla
Uchrashuv davomida quyidagi mavzular haqida batafsil ma’lumot olasiz:
✅ Koreyada o‘qish vaqtida malaka oshirish (internship) imkoniyatlari
✅ Qo‘shimcha dasturlar va stipendiyalar haqida
✅ O‘qishni tugatgandan so‘ng ishga joylashish yo‘llari
✅ Yoki O‘zbekistonga qaytib ish topish bo‘yicha maslahatlar
Bundan tashqari:
— Tanlovlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritish sirlari
— Prezident uchun tarjima qilish tajribasi haqida ham eshitasiz!
📅 Sana: 30-oktabr (chorshanba)
🕒 Vaqt: 15:00 (Koreya vaqti)
📍 Manzil: O‘zbekiston Elchixonasi, Seul
Ishtirok etish — BEPUL!
P.S. Koreyada o‘qish va ishlashni rejalashtirayotganlar uchun bu uchrashuv — haqiqiy imkoniyat!
Barchangizni samimiyat bilan kutib qolamiz!
Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/yu3RqksrKaLRUkiw9
Ilmda ham birinchilardan bo’laylik!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
