Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov
Ir al canal en Telegram
Nagoya Universiteti Oliy huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Murojat uchun: aumirdinov7@gmail.com Telegram kanal - @aumirdinov
Mostrar más2 930
Suscriptores
+624 horas
-107 días
+7730 días
Carga de datos en curso...
Canales Similares
Nube de Etiquetas
Sin datos
¿Algún problema? Por favor, actualice la página o contacte a nuestro gerente de soporte.
Menciones Entrantes y Salientes
---
---
---
---
---
---
Atraer Suscriptores
julio '26
julio '26
+103
en 7 canales
junio '26
+127
en 4 canales
Get PRO
mayo '26
+116
en 3 canales
Get PRO
abril '26
+179
en 10 canales
Get PRO
marzo '26
+515
en 16 canales
Get PRO
febrero '26
+283
en 19 canales
Get PRO
enero '26
+132
en 7 canales
Get PRO
diciembre '25
+112
en 9 canales
Get PRO
noviembre '25
+70
en 4 canales
Get PRO
octubre '25
+118
en 14 canales
Get PRO
septiembre '25
+122
en 9 canales
Get PRO
agosto '25
+52
en 6 canales
Get PRO
julio '25
+43
en 3 canales
Get PRO
junio '25
+82
en 1 canales
Get PRO
mayo '25
+57
en 3 canales
Get PRO
abril '25
+71
en 8 canales
Get PRO
marzo '25
+103
en 1 canales
Get PRO
febrero '25
+232
en 9 canales
Get PRO
enero '25
+107
en 6 canales
Get PRO
diciembre '24
+104
en 2 canales
Get PRO
noviembre '24
+232
en 6 canales
Get PRO
octubre '24
+169
en 8 canales
Get PRO
septiembre '24
+86
en 2 canales
Get PRO
agosto '24
+183
en 3 canales
Get PRO
julio '24
+43
en 0 canales
Get PRO
junio '24
+85
en 1 canales
Get PRO
mayo '24
+167
en 2 canales
Get PRO
abril '24
+118
en 3 canales
Get PRO
marzo '24
+87
en 4 canales
Get PRO
febrero '24
+125
en 7 canales
Get PRO
enero '24
+191
en 8 canales
Get PRO
diciembre '23
+151
en 2 canales
Get PRO
noviembre '23
+136
en 1 canales
Get PRO
octubre '23
+94
en 0 canales
Get PRO
septiembre '23
+274
en 0 canales
Get PRO
agosto '23
+125
en 0 canales
Get PRO
julio '23
+50
en 0 canales
Get PRO
junio '23
+1 230
en 0 canales
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 23 julio | 0 | |||
| 22 julio | +6 | |||
| 21 julio | +4 | |||
| 20 julio | +3 | |||
| 19 julio | 0 | |||
| 18 julio | +1 | |||
| 17 julio | +2 | |||
| 16 julio | +2 | |||
| 15 julio | +6 | |||
| 14 julio | +5 | |||
| 13 julio | +2 | |||
| 12 julio | +6 | |||
| 11 julio | +4 | |||
| 10 julio | +2 | |||
| 09 julio | +6 | |||
| 08 julio | +12 | |||
| 07 julio | +3 | |||
| 06 julio | +17 | |||
| 05 julio | +4 | |||
| 04 julio | +3 | |||
| 03 julio | +8 | |||
| 02 julio | +6 | |||
| 01 julio | +1 |
Publicaciones del Canal
+1
Oliy sud raisi bo'lsam, shunday hurmat va obro' bilan ishdan ketishni orzu qilardim.
| 2 | 14 асрнинг 90-йиллари ўрталарига келиб темурийлар салтанатида ижтимоий-сиёсий танглик кучая бошлайди. Темурийлар хонадонида ҳукмдор ўғиллари ўртасида юзага келган зиддиятлар эса бу тангликни янада кучайтиради. Ҳар бир шаҳзоданинг ўз тарафдорлари бўлиб, уларни муросага келтириш кўп вақт Алишер Навоий зиммасига тушар эди. Бош вазир Низомулмулк эса 1496—97 йилларда бу оилавий можароларда бир томонлама ҳаракат қилиб, Музаффар Мирзонинг онаси — Хадича бегимга ён босади. Шу асосда Ҳусайн Бойқаро билан Астрободда ҳокимлик қилаётган Бадиуззамон ўртасида ҳарбий тўқнашув юз берди. Саройдаги фитна, жумладан, Низомулмулкнинг қабиҳлиги натижасида Бадиуззамоннинг ўғли, Ҳусайн Бойқаронинг энг севимли набираси, Навоийнинг эса ихлос қўйган шогирди Мўмин Мирзо фожиали ўлдирилади.
Бу қонли воқеалар рўй берган маъшум кунларда Навоий давлат ишлари билан Машҳадда эди. Шоир даҳшатли хабардан қаттиқ ларзага тушди. “Шайх Маждиддин Бағдодийнинг Хоразмшоҳ Муҳаммад томонидан қатл этилиши Чингизхон томонидан қирғинни бошлаб берган бўлса, Мўмин Мирзонинг ўлдирилиши ҳам худди шундай бўлажак”, деб бир неча бор такрорлаганини тарихчи Хондамир эслатиб ўтган.
Bu borada milliy shoirimiz, marhum Abdulla Oripov janoblari ajoyib marsiya ham yozgan ekanlar.
https://kh-davron.uz/yangiliklar/abdulla-oripov-momin-mirzoga-bagishlangan-ikki-sher-urfon-otajonning-momin-mirzo-qissasi-asosida-radiospektakl.html | 639 |
| 3 | Turkiyaning "Muhtasham 100 yil" seriali bizning diyorlarda ham xit bo'lgani va Usmonli shaxzodasi Mustafoga ko'pchilik ko'z yoshi to'kkani sir emas. Xatto, undan keyin farzandlariga Boyazid yoki Mustafo ismlarini bergan yurtdoshlarimiz ham kam emas.
O'ta salohiyatli shaxzoda Mustafo haqida bir tarxisevar inson sifatida o'ylar ekanman, undan salkam yarim asr avval bizning diyorda ham o'xshash fojea sodir bo'lganini aslo unutmaslik kerak. Temuriy Mo'min Mirzo hodisasi xalqimizga kengroq va zamonaviy ijro asosida yoritilib tanishtirilsa, yomon bo'lmasdi. | 602 |
| 4 | Xavotirdaman....
Nimadan? Yurtimiz boyib, yashash oson va qiziqarli bolib borgani sayin, xizmatlar soni va sifati ko’tarilgani sayin, vatan tobora o’ziga torta boshlaydi chet yurgan o’z avlodlarini. Agar topish-tutish yaxshi bo’lsa, obro joyida bo’lsa, ota-ona yonida vatanda yashashga nima yetsin?!
Yaqinda Yaponiyada yashab ketgan bir tanishim menga: “Alisher aka, Ozbeksitonda yashash (Toshkent) menga yoqyapti. Juda qulay, hamma narsa bor!” deb qoldi.
Yana bir Yaponiyani ko’rgan yigit esa: “Men Yaponiyaga borib nima qilaman, iqtisodiy jihatdan Yaponiya o’z jozibasini yo’qotgan”, deya intervyu ham berdi.
Ammo bu xavotirlanarli vaziyat mening nazdimda:
・Chet eldagi o’zbeklar diasporasi kamayishi,
・Iqtisodiy diplomatiyamiz zayiflashishi,
・Aqlli vatan farzandlari chet el universitetlarida qolib akademik sohada qolishining kamayishi,
Xullas, yumshoq kuchimiz ozayib, 448 ming km kv ichiga yana qaytib kirib ketishimiz degani bu.
Hujumkor vaziyatdan himoyachi holatiga o’tib qolishimiz degani bu.
Biz butun dunyoga tarqashimiz, vatanimizni dunyoning, kerak bo’lsa qo’shni sayyorlarning turli joylari bilan bog’lagan holda, tashqairga chiqishdan, u yerlarda eng yaxshi ishlarda mehnat qilib, bizneslar yuritadigan millat bo’lishdan chekinmasligimiz lozim.
O’zbekistondagi iqtisodiy ko’tarilish mana shu maqsadga bolta urmasa kifoya. Bo’lmasa, kim ham vatanining kambag’al bo’lishini istaydiki?! Hech kim! | 1 214 |
| 5 | O'zbekchilikni tushunishni istaysizmi?
Unda Kangwon National University (South Korea) PhD tadqiqotchisi bo'lgan yurtdoshimiz G'aniyev Axrorjonga yordam beraylik.
U kishi "O'zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" nomli tadqiqotni yuritayotgan ekanlar. Tesha-tegmagan ajoyib savollarni tuzibdilar. Men ham biroz avval javob berdim, 20 minutda bemalol tamomladim.
Agar o'zbekchilik nimaligini tushunmoqchi bo'lsak, yosh olim ukamiz Axrorjonga yordam beraylik. Shunda u kishi ilmiy natijalarini kelajakda e'lon qilib, biz xalqimizning asl qiyofasini ilmiy yo'l bilan ko'rishimiz mumkin.
Javob berganlar, imkoni bo'lsa, izohlar qismida + belgisini qo'ysangiz, kanalim a'zolarining faolligini bilib olardim.
Yosh olimga yordam berganliklaring uchun OLDINDAN RAHMAT!
****************************************************
G'aniyev Axrorjon
PhD Student, Kangwon National University (South Korea)
DSc Researcher, Social Psychology and Ethnopsychology
📎 So'rovnoma havolasi: https://forms.gle/3zAHKCgpXjvdZeR88
**************************************************** | 1 896 |
| 6 | U shunday dedi:
"Ko‘pchilik universitetni tadqiqot maskani deb biladi. Yana ko‘pchilik ilmiy izlanish magistraturadan boshlanadi, deb o‘ylaydi. Men bunga qo‘shilmayman.
Men bir vaqtlar Mitsubishi Motors kompaniyasida besh yil avtomobil sotuvchisi bo‘lib ishlaganman. Mijoz ba'zan sizdan mamnun bo‘lib turgandek ko‘rinadi. Ammo u aslida nimadan norozi ekanini bilish uchun uni gapirtira olishingiz, to‘g‘ri savollar bera olishingiz va muammoning ildiziga yetishingiz kerak. Bu ham tadqiqot. Bu ham qiziquvchanlik.
Agar talaba bakalavr bosqichidayoq atrofidagi voqea-hodisalar va narsalarning asl mohiyatiga qiziqmasa, izlanmasa, keyinchalik hayotdagi muammolarni qanday aniqlaydi? Ular uchun qanday yechim taklif qila oladi?"
Keyin u bolaligidan bir voqeani ham eslab berdi. Uyidagi bambuk daraxtining ildizi qanchalik chuqur ketganini bilish uchun yer kovlab, ildizning oxirigacha yetishga harakat qilgan ekan. Ota-onasi esa uni koyish o‘rniga qiziquvchanligini maqtab, qo‘llab-quvvatlagan ekan.
Bu hikoyadan oladigan xulosa juda oddiy.
Agar biz maktab, hatto undan ham oldingi davrlardan boshlab biror narsaning asl mohiyatini bilishga qiziqmasak, savol bermasak, izlanmasak yoki yosh avlodni shunday ruhda tarbiyalamasak, katta kashfiyotlar ham bo‘lmaydi. Nafaqat ilm-fanda, balki kundalik hayotda ham odamlarning muammolarini chuqur anglay olmaymiz. Natijada na yaxshi xizmat ko‘rsata olamiz, na haqiqatan foydali mahsulot yarata olamiz.
Xulosa shuki, tadqiqot magistraturada emas, ancha oldin — qiziquvchanlik paydo bo‘lgan kundan boshlanadi. | 1 399 |
| 7 | Yaxshi sotuvchi bo‘lish uchun ham tadqiqotni bilish lozim
Kuni kecha Murata Manufacturing kompaniyasi jamg‘armasi grantlarini topshirish marosimida ishtirok etish uchun Kiotoga bordim. Bu yil qariyb 1200 nafar nomzod orasidan 136 nafari Murata Science and Education Foundation grantiga sazovor bo‘ldi. Grantlarning umumiy qiymati qariyb 5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Asosan elektrotexnika va keramika yo‘nalishidagi tadqiqotchilar qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, kamina kabi gumanitar soha vakillariga ham grant ajratildi. Allohning inoyati bilan hozir amalga oshirayotgan ilmiy loyiham uchun bir yillik grantni qo‘lga kiritdim. Endi bemalol tadqiqotga e'tibor qaratish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Lekin bugun aytmoqchi bo‘lganim grant haqida emas. Marosim yakunida jamg‘arma vasiylik kengashi a'zolaridan biri so‘zga chiqib juda qiziqarli fikrlarni aytdi. Bu gaplar menga qattiq ta'sir qilgani va ularga to‘liq qo‘shilganim uchun esda qolganicha sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. | 1 262 |
| 8 | Shuhratni sevuvchilar ushbu rasmga yaxshiroq qarasinlar. Insonlar ichida ularning biri bo'lish, ko'chadagilarning birortasi ham sizni tanimasligi shu darajada katta ne'matki, tasavvur qilish qiyin.
Afsuski, ko'pgina mashhurlar uni faqatgina bunday erkinlari tugagachgina his etishadi.
Bizu sizni hech kim tanimasligi, oddiy bir odam farzandi bo'lish~ erkin yashash qanday ajoyib! | 1 882 |
| 9 | 4.5 trillion dollarlik iqtisodi, dunyodagi muhtasham ishlab chiqarish kuchi, o’ta sifatli ish kuchi va g’oyalarga boy kadrlari va mega banklari to’plagan trillionlab dollarlik kapital bilan Yaponiyaning buni aytishga haqqi bor, deb men ham o’yladim.
Ammo, bizchi? O’zbekistonchi? Tarixda butun YevroOsiyoni titratgan bu millat hozirgi kunda millatlar stolining qay tomonida? O’zi bizni joy bormi?
To’g’risi, biz stolda o’tirmaymiz. Global qoidalar ishlab chiqiladigan G7, G20, OECD, BRICS kabi ko’plab forumlarda umuman yo’qmiz. Biz qoida ishlab chiquvchi emas, uni qabul boshqalardan qabul qiluvchi, ‘iste’molchi’ millat va davlatga aylanib qolganmiz.
Yetar shikoyat! deysizmi? Haqlisiz. 400 yillik inqirozimiz sabablarini qaytadan ko’zdn kechirishimiz, unga to’g’ri tashhis qo’yishimiz va millatlar bozorida biz nimamiz bilan ustun bo’la olishimiz bo’yicha millat va davlat o’laroq qat’iy strategiyalarga ega bo’lishimiz lozim. Agar buni bitta davlat va millat o’laroq amalga oshira olmasak ham, Markaziy Osiyo integratsiyasi orqali eplash mumkin. Bu integratsiya esa, kechikib bo’lsada, allaqachon boshlangan. Umidni uzmaymiz. | 4 508 |
| 10 | Biz stolning qayeridamiz?
Kuni kecha bir ko’rsatuvda Tokioning Kasumigaseki rayonida ishlovchi elit bir davlat xizmatchisidan nega bu ishda ishlashi so’raldi? Kasumigaseki bu – Yaponiyaning katta davlat idoralari to’plangan Tokio shaxri hududidagi rayon nomi.
Javob shunday: global qoidalar tuzilayotgan paytda yurtim eng oldingi, birinchi sinf davlatlar qatorida turishini va muzokara stolida Yaponiya doimo o’z o’rnini ushlab qolishiga yordam berish uchun men shu yerda ishlayman va bu menga katta motivatsiya beradi. | 1 841 |
| 11 | Mana buni kun yangiligi desa bo'ladi: Xitoyning Tsinhua universiteti AI va ximiya sohasini birlashtiradigan yangi ilmiy markaz uchun asli falastinlik Umar Yagini AQShdan 'sug'urib oldi'.
Bizning yurtimizga ham mana shunday ilm ustalari kelishini ko'rish nasib etsin. | 5 515 |
| 12 | Va nihoyat...nashriyotga yuborildi.
* Muqova o'zgarishi mumkin. | 3 277 |
| 13 | Bugun yapon gazetalariga qarasam, sportchilariga tanqiddan ham ko'ra hamdardlik va 4 yildan keyin albatta ushbu alam qasosini olish kabi undovlarni o'qidim. Samurai Blue larni yapon xalqi haqiqatan ham yaxshi ko'radi.
Bizda esa milliy jamoamiz ilk bor chiqishiga qaramay tanqidlar tsunamisi ostida qolib ketdi. Bu yaxshi emas. Chunki, Yaponiya kabi davlatlar ham 1998-yildagi Fransiyadagi Jahon chempionatida barcha o'yinda yengilib, uylariga quruq qo'l bilan qaytishgandi.
Biz eng kamida 2 ta gol urdik, o'ynash olishimizni isbotladik va potensialimizni namoyish qila oldik. Orttirilgan qimmatli tajribanikuya, aytmasa ham bo'ladi.
To'g'ri, chetni va mashhur futbolchilar bilan ko'p o'ynab o'rganmagan yigitlarimiz "dovdirab" intervyu berishlari bor. Buni ham kengbag'irlik bilan qabul qilish haqiqiy fanatlarni ishi bo'lsa kerak.
* Oq bo'rilar, sizlarni hamma sifatingiz bilan yaxhsi ko'ramiz. 4 yildan keyin yana ko'rishguncha. | 2 079 |
| 14 | Koreyada yashab turgan vatandosh talabalar diqqatiga!
[Announcement] Internships at UNCITRAL RCAP now open for application (October 2026 - March 2027) (English/中文/한국어)
Dear Friends of UNCITRAL RCAP,
The internships at UNCITRAL RCAP are open for application at the United Nations Careers Portal (Job Opening Number: 279550 Link / Duty Station: Incheon City, Republic of Korea). The internship positions are for a minimum duration of two months and a maximum duration of six months.
Please visit our Careers Portal (link below) for a full job description, requirements, and other details.
Please do note that United Nations interns are unpaid and full-time. Applicants may be requested to undertake the internship remotely in view of constraints regarding visa issuance, international travel, and access to UN premises. Applicants must be willing and prepared to undertake the internship remotely for part or the entirety of the internship.
Interested applicants must apply through Inspira, the United Nations’ online employment application system. The online application system for this job opportunity is available 24 hours a day until 19 July 2026, 11:59 p.m. (New York time). Please be advised that due to the high volume of applications, we are able to contact only shortlisted candidates via email.
Applications are very much welcomed, and we would be grateful if you could kindly circulate this information among your contact network.
https://careers.un.org/jobSearchDescription/279550?language=en | 2 192 |
| 15 | * Savolga qanday javob berish kerak?
12-iyun kuni savol berish madaniyati va uning ahamiyati haqida fikr yuritgandim. Bugun esa savolga qanday javob berish madaniyati haqida bir necha mulohazalarimni bo‘lishmoqchiman.
Afsuski, bu borada ham o‘ylashimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.
Birinchidan, savol bergan insonni yomon ko‘rmaylik. Uni o‘zimizga dushman deb qabul qilmaylik. Ilm savol va javob orqali rivojlanadi, inson tafakkuri esa savolga javob izlash jarayonida o‘sadi. Faqat fikrlashdan to‘xtagan odamgina savol-javobga ehtiyoj sezmasligi mumkin. Shuning uchun har qanday savolni xotirjamlik bilan qabul qilib, uni rivojlanish uchun imkoniyat sifatida ko‘raylik.
Universitet hayotida bunga ko‘p guvoh bo‘laman. Talabalarning murakkab yoki kutilmagan savollari biz professorlarni yangi manbalarni o‘qishga, tadqiqot qilishga va ustimizda ko‘proq ishlashga majbur qiladi. Bir ma'noda, talabalar ustozlarini ham o‘stirib boradilar.
Ikkinchidan, savol uchun minnatdor bo‘laylik. Savol bergan insonga qarab, ismini aytib, tashakkur bildirib javob berish odobning bir qismidir. Aksincha, savol beruvchiga qaramay yoki uni butunlay e'tiborsiz qoldirib javob berish madaniyatsizlikdan boshqa narsa emas. Bu insonning hali yetarlicha ma'naviy va muomala jihatdan pishmaganini ko‘rsatadi.
Uchinchidan, savolni tushunmasak, qayta so‘rashdan uyalmaylik. Savolni tushunmaslik ayb emas. Uni tushunmasdan turib boshqa mavzuda gapira boshlash esa aybdir.
To‘rtinchidan, savol doirasidan chiqib ketmaylik. Mavzudan chetga chiqish yoki javobni boshqa tomonga burib yuborish tinglovchilarning vaqtini behuda sarflashdir. Ba'zan bizda "bilmayman" deb tan olish o‘rniga, nima bo‘lsa ham javob berishga urinish odati uchraydi. Holbuki, "Bu masalani aniq bilmayman" deyish zaiflik emas, aksincha, ilmiy halollikdir.
Yaponlarda esa boshqacha yondashuvni ko‘p kuzatganman. Agar javobni bilishmasa, ochiq aytadilar: "Bilmay ekanman, o‘rganib ko‘raman. Agar sizga malol kelmasa, bu boradagi bilganlaringizni ham ulashsangiz, xursand bo‘laman." Bunday kamtarlik va ilmga ochiqlikdan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p.
Beshinchidan, javobni me'yorida beraylik. Ortiqcha cho‘zmasdan, asosiy fikrni aniq va lo‘nda ifodalashga harakat qilaylik. Aks holda, davra suhbati izdan chiqadi va boshqalarning vaqtiga ham xiyonat qilgan bo‘lamiz.
Oltinchidan, javob oxirida fikrimiz qanchalik foydali bo‘lganini so‘rab qo‘yish foydadan xoli emas. Masalan: *"Men masalaga shunday qarayman. Sizningcha-chi?"* yoki *"Savolingizga javob bera oldimmi?"* Bunday yondashuv sog‘lom va hurmatga asoslangan munozarani davom ettirishga xizmat qiladi.
Yettinchidan, yaxshi savollarni yozib boraylik. Chunki ular keyingi tadqiqotlar yoki yangi g‘oyalar uchun manba bo‘lishi mumkin. Agar savolni mavzuni hali to‘liq tushunmagan yoki tajribasi kamroq inson bergan bo‘lsa ham, uni uyaltirmaslik, o‘sal qilmaslik kerak. Aksincha, uning qiziqishini qadrlab, muloyimlik bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish lozim. Buning uchun esa nafaqat bilim, balki tajriba, farosat va keng ko‘ngillilik ham zarur.
Xulosa qilib aytganda, savolga javob berish ham alohida bir san'at. U faqat bilimni emas, balki insonning odobi, kamtarligi, ilmiy halolligi va boshqalarga bo‘lgan hurmatini ham namoyon etadi. Ilmiy muhit aynan mana shunday savol-javob madaniyati orqali yuksaladi. | 1 878 |
| 16 | Xorijda magistratura kitobingiz qayta nashr qilinadimi, degan savol kelibdi.
Qiziqish uchun katta rahmat. Bu kitobni yangilash ustida ishlayapman, faqat o'ylaganimdan ko'proq vaqtni olgani va boshqa loyihalar bilan band bo'lganim uchun kitob chiqishi kechikmoqda.
Shu muborak kunlarda niyat qilaylik, kitobni tahrirlashni tez orada tugatib, siz azizlarga yetkazish nasib etsin. Kitob chiqishi hamon sizlarga xabar beramiz. | 2 084 |
| 17 | Abduhalil, qandaysiz uka? Men yaxshi. Ozbekistonga albatta boraman, toyda sizlarni ham kutamiz ukajon | 2 |
| 18 | Ertalabdan beri menda ham kayfiyat yaxshi emas. Xatto, ba'zi o'zbekistonlik talabalar bugun kayfiyat yomonligi uchun darslarga ham kelishmaganini eshitdim. Na iloj. Yigitlarimiz yaxshi harakat qilishdi lekin.
Kun.uz da ham maqola chiqqanidek, yurtimizdan mutlaqo farqli iqlim hududlariga borilganida sportchilarimizning kondishoni - sog'lig'i va tayyorgarligining holati va uning tibbiy kuzatuvi juda muhim. Yaponiyaning NHK telekanalidagi dasturda aytilishicha, yapon sportchilar va ularning trenerlari bunday iqlimga 4 yil avvaldan tayyorgarlik ko'rishgan. Kemplarini ham shunday iqlimli hududlarda uyushtirishgan. Sportchilarga yoqadigan va sog'lom oziq-ovqatlarni Yaponiyadan, oshpazlari va doktorlari bilan birgalikda olib ketishgan.
Bularning hammasi ularning tayyorgarligi, ruhiyati va g'alabani keltirishiga sababchi deya ko'rilyapti.
Bunga ham yaponlar osonlik bilan erishishmagan. 2014-yildagi Braziliyadagi Jahon chempionligida iqlimga o'rgana olmay, guruhdan ham chiqa olishmasdan qattiq alam chekishgan. | 2 789 |
| 19 | Fikri tarqoq o‘zbegim
Biz bu xastalikdan qutulishimiz kerak.
Ko‘pincha gaplarimiz pala-partish, fikrlarimiz esa tizimsiz bo‘ladi. Bir mavzu tugamasidan ikkinchisiga sakraymiz, natijada asosiy masala e’tibordan chetda qoladi.
Biror majlisga kirib ko‘ring. Muayyan masalani boshlab, uni izchil muhokama qilib, aniq xulosaga olib kelguncha odamning sabri tugaydi. Ayniqsa, yoshi kattaroq kishilar ko‘pincha o‘rtaga tashlangan masalani emas, o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan gapni gapirishadi. U ham qisqa emas — uzoq, mavzudan chetga chiqadigan va ko‘pincha ajratilgan vaqtdan oshib ketadigan nutqlar bo‘ladi.
Yozuvimiz ham ko‘pincha shunday. Bir tog‘dan, bir bog‘dan misollar keltiramiz, mavzular aralashib ketadi, asosiy g‘oya yo‘qoladi. Natijada o‘quvchini qiynaymiz.
Achchiq bo‘lsa-da, tan olish kerak: biz ham yomon yozamiz, ham tartibsiz gapiramiz.
Yaponiya ta’limi menga tizimli fikrlash, munozara qilish va yozish madaniyatini o‘rgatdi. Bu yerda masalalar bandma-band tahlil qilinadi. Mavzuga aloqasi bo‘lmagan fikrlar keyinga qoldiriladi yoki muhokama doirasidan chiqariladi. Asosiy e’tibor ratsional fikrlash va aniq ifodaga qaratiladi.
Men bu ko‘nikmalarni qay darajada egallaganim boshqa masala. Biroq ular mening shaxsiy va akademik hayotimga katta ta’sir ko‘rsatganini aniq ayta olaman.
Yaqinda bir suhbatda yosh olimlardan biri qiziq fikr bildirdi:
— Alisher aka, bizdagi bu tarqoq fikrlash va yozish odati, ehtimol, adabiyot kitoblaridan o‘tib qolgandir. Chunki ko‘plab badiiy asarlar aynan shunday uslubda yoziladi, xalqimiz esa yoshligidan ularni o‘qib ulg‘ayadi.
Bu fikrda jon bor. Ammo menimcha, muammo faqat adabiyotda emas. Boshqa turdagi kitoblar, ilmiy matnlar, hatto rasmiy hujjatlarda ham tizimli fikrlash va izchil bayon qilish masalasida kamchiliklar uchraydi.
Tartibli fikrlash — bu shunchaki chiroyli yozish emas. Bu muammoni to‘g‘ri qo‘yish, uni tahlil qilish va yechim topish qobiliyatidir.
Shuning uchun bu masalaga oddiy uslub muammosi sifatida emas, tafakkur madaniyati masalasi sifatida qarashimiz kerak. Va uni davolash vaqti allaqachon kelgan. | 3 699 |
| 20 | Fikr tarqoqligi: bundan qutulishimiz kerak
Yurtsosh yoshu kattalar bilan eng qiynaladigan masalalarimdan biri bu - fikr tarqoqligidir.
✔️︎Yurtoshlar bilan biror masalani maslahat yoki munozara qilsangiz, boshqa yon masalalarga og'ishish ko'p uchraydi, asosiy masala qolib ketaveradi.
Yaponiya ta'limi menga juda ham tizimli ravishda fikrlash, munozara qilish va yozish ko'nikmalaridan saboq bergan. Uni qay darajada o'zlashtirganim boshqa masala, biroq u mening shaxsiy va akademik hayotimda katta ta'sirlarini ko'rsatgan. | 1 |
