cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

Nagoya Iqtisodiyot Universiteti Biznes-huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Telegram kanal - @aumirdinov Rasmiy sayt - https://umirdinov.com

Більше
Рекламні дописи
1 562
Підписники
-324 години
-137 днів
+330 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

O'zbekistonda avariyalar ko'paymoqda. Ularda ayqnisa bolajonlar vafot etayotganligi qalblarni og'ritadi. Mana shu yerda nafaqat haydovchilar balki, yo'ldan o'tuvchilar uchun ham xavfsizlik choralarini qo'llashni o'rgatish kerak. Shulardan biri bu - Yaponiyadagi juda ko'p kompaniyalarda qo'llanuvchi BARMOQ bilan holatni tasdiqlash va UNI OVOZ CHIQARIB aytish hisoblanadi. Mana shu videoda Hiroshima universitetida bajarilgan ilmiy ish orqali ham bu usulning jiddiy xatolarni qay darajada kamaytirishi o'z isbotini topgan. Yaponlardan amerikaliklar ham o'rganib, Nyu York shaxrida metro stansiyalarida joriy qilishgan. Men ham yo'ldan o'tayotganimda barmog'im bilan ikki tomonni ko'rsatib mashinalar holatini aniqlab olib keyin o'taman. Bu usulni maktablarda o'rgataylik, o'zimiz ham qo'llaylik. YPXlar ancha kamayadi. https://www.youtube.com/watch?v=zDURMM0DYCM
Показати все...

👍 18🔥 2👏 2
Bugun ish bilan Tokiodaman. Havo nihoyatda issiq va dim. Qattiq terlashdan sira qochishni iloji yo’q. Shunday bo’lsa ham Tokioga safar qilishni doimo yoqtirganman. Yo’lda eski kitoblar do’koniga ham kirishga ulgurdim. Qarasam “ No Travel, No Life” nomdagi kitob bor ekan. Qo’shilaman, sayohat-safarsiz bu hayiti g’oyat zerikarli bo’lardi. Katta olimlarning aksari safar qilganlar, hozir esa so’ramasa ham bo’ladi. Takabalarchi? Xorijga chiqa olmayman deya xunob bo’lmang. O’zingiz yashayotgan tuman, shahar va viloyatlarni yaxshilab kezish ham sizga katta tajriba va bilimlarni beradi.
Показати все...
👍 25🔥 9 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Uzbek Academic Club in Kanto sizni navbatdagi ilm uchrashuviga taklif qiladi. Tadbirga bu safar Tsukuba universiteti mezbonlik qiladi. Siz ushbu tadbirda 4 nafar tadqiqotchi mavzulari bilan tanishish bilan birgalikda: 🔹Magistr, Doktorlik darajasida yoziladigan tadqiqotlarni qo’llab quvvatlash 🔹Akademik sohada maslahat olish 🔹Tarjibali insonlar bilan (talaba, ishchi, professor) fikrlar almashish imkoniyatlariga ega bo'lasiz. O'tkazilishi sanasi va vaqti: 27-iyul (shanba), 11:00-15:00 O'tkazilish joy: Tsukuba universiteti, "Global village" yotoqxonasining jamoat markazi ikkinchi qavati, Commumity station, Global village, universtiy of Tsukuba. ⬇️Agarda tadbirda o'z tadqiqot ishingizni namoyish qilmoqchi bo'lsangiz @bestkanzen ga aloqaga chiqing. ✍Ro'yhatdan o'tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeaNrvTPdLty8oWxEHSp9bP1O9m8aKmaKzG638MXiTdMbs7jw/viewform?usp=sf_link Biz sizni ILM UCHRASHUVIDA kutamiz!
Показати все...
🔥 5👍 2 2🆒 2🤩 1
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon tarixiy poytaxti Shushadagi nutqidan.
Показати все...
👍 16🤩 3
Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon tarixiy poytaxti Shusha dagi nutqidan.
Показати все...
Repost from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Европани Ислом дунёсига боғлаган омил Ислом ренессансини ўрта асрлар Европаси билан боғлаган омил бу “таржимачилик ҳаракати”дир (“Translation movement”). Ислом ренессанси натижаси ўлароқ дунё юзини кўрган ва турли илм-фан йўналишларига оид асарлар араб тилидан лотин тилига таржима қилинди. 8-14 асрлар Исломнинг олтин даври (Islamic Golden Age) дея тарихга кирди. Ана шу даврда кўп фанлар пайдо бўлди, тараққий этди, фундаментал шоҳ асарлар битилди. Таржимачилик ҳаракати Европани Исломнинг олтин даври қўлга киритган илмий ютуқлар билан таништирди. Европада янги даврни бошлаб берди. Энг қизиғи, Европа антик даврда ўзи яратган бебаҳо дурдоналар билан айнан араб тилидан таржима қилди. Сабаби, бир неча асрлик маҳдудлик натижасида Европа ўз маънавий ўтмишидан узилиб қолган эди. Хусусан, Птолемей ва Аристотелнинг асарлари ҳам араб тилидан лотин тилига таржима қилинди – “тирилди”. Таржимачилик ҳаракатининг йирик намоёндалари сифатида қуйидаги таржимонлар машҳурдир: 1. Герард Кремонский (Gerard of Cremona, 1114–1187 йиллар). Ушбу мутаржим араб тилида битилган 70 дан ортиқ илмий асарни лотин тилига таржима қилгани айтилади. Айнан Жерар Кремона Птолемей ва Аристотелни Европага “қайтариб” беради. Ҳар икки юнон файласуфларининг асарларини арабчадан лотин тилига таржима қилади. 2. Майкл Скот (Michael Scot, 1175–1232 йиллар). Мазкур таржимон буюк ватандошимиз Абу Али ибн Синонинг “Тиб қонунлари”ни арабчадан лотин тилига таржима қилган. 3. Аделард Батский (Adelard of Bath, 1080–1152 йиллар. Аделард Батский ал-Хоразмийнинг асарларини лотин тилига таржима қилган. 4. Роберт Честерский (Robert of Chester, 12-асрда яшаган). Роберт Честерский Ал-Хоразмийнинг “Ал-жабр вал-муқобала” асари ва кимёга оид кўплаб арабий матнларни лотинчага таржима қилади. Умуман олганда, “Таржимачилик ҳаракати” мусулмон олимларининг ҳар бир янги асарини лотин тилига таржима қилишга уринган. Мусулмон юртларга қатнайдиган европалик савдогарларга айнан янги асарларни сотиб олишга буюртмалар берилар эди. Шарқдан Ғарбга нафақат анвойи моллар, балки сандиқ-сандиқ китоблар ташилган. Насиб этса, бу мавзуда яна давом этамиз.
Показати все...
👍 20🔥 4👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Yaponlar soniyasiga 402 terrabit (Tb/s) internet tezligiga erishib, yangi jahon rekordini oʻrnatishdi Bu qanchalik yuqori tezlik ekanini tasavvur qilishingiz uchun: 12,5 mlnta filmni 1 soniyada koʻchirib olish mumkin. Eng hayratlanarlisi — ular bu tezlikka oddiy standart shisha tolali kabel vositasida erishgan - @kunonline ... Bu orqali yana ham ulkan revolutsiyalarga erishsa bo'ladi!
Показати все...
🔥 13👍 8👏 2🤩 1
Aytgancha, savol berish san’ati haqida qidirib ko’rsam yaponchada shunday kitoblar va tarjimalar borligiga guvoh bo’ldim. Yoshlar, talaba do’stlar, iltimos sizlardan: YAXSHI SAVOL BERAYLIK!!!
Показати все...
👍 13🔥 5 2👏 1🫡 1
Savol berish ham bir san’at. Bu gal, keling, ushbu asqotuvchi masala haqida suhbat qilsak. Chunki uzoq vaqtdan beri shu mavzuga ishlov berishni niyat qilib yurgandim. Nasib etsa bu haqida kichik bir risola qoralash niyatim ham yo’q emas (uning mundarijasi tayyor!). Ammo ohirgi tomchi bu – Najot Ta’lim o’quv markazida yaqinda Alisher Isaev bilan bo’lgan suhbat bo’ldi. Men ham biznesmenlardan ba’zi narsalarni o’rganib turaman. Sohalararo o’rganish juda ham yaxshi va Alisher Isaev bu borada millatimiz orasida noyob insonlardan. Muammo shundaki, 90% savollar meni ensamni qotirib tashladi. Axir Alisher Isaevdek odam keladiyu, shunday savollar beriladimi, deya hali ham xazm qila olganim yo’q. - Savollar juda sayoz; - Yaxshilab o’ylab pishirilmagan; - Oldindan tayyorlanish deyarli yo’q; - O’ta umumiy va ma’nosiz. Menimcha, Najot Ta’limdagilar bundek muhim mehmon kelishini oldindan hammaga aytishgan bo’lsa kerak. - Agar shunday bo’lsa, nega yoshlarimiz bunga yaxshi tayyorgarlik ko’rishmagan? - Nega A.Isaevning oldingi intervyulari to’liq ko’rilib, u kishi va uning bizneslari haqida ‘research’ qilinib, uning e’tiborini tortadigan savollar deyarli yo’q? Agar men ko’zi yongan talaba bo’lganimda va Alisher Isaev nazariga tushishni istaganimda, - U kishining barcha videolarini ko’rib chiqib, BOMBA savol berardim. - Biznes loyihamni tayyorlab, hammani oldida u kishidan BEPULga konsultatsiya olardim. - Balki, savolim va taklifim shu darajada zo’rligidan Alisher Isaevdan taklif ham olardim. Ammo-Biroq-Lekin, zalda birorta ham yoshlar Alisher Isaev nazariga tusha olmadi. Xatto ko’p paytlari Alisher aka yoshlarimiz savollarini to’g’riladi, to’ldirdi va kengko’ngillilik qilib, o’zidan qo’shib koooo’p gaplarni aytib ketdi. Juda tolerant inson ekan, menda bunday hislat yo’q degan bo’lardim. Yoshlar, nega bunday muhim uchrashuvga tayyorgarliksiz kelamiz-a? https://www.youtube.com/watch?v=tz8vhKieydw&t=4842s
Показати все...

👍 11🔥 6 2👏 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Soddalik, oddiylik ham bir ne'mat. Ayniqsa, talabalar uchun. Yaponiyaning katta qismida hozir tsuyu - yomg'irli fasl boshlangan. Ba'zan kun davomida ham yomg'ir yog'ishi mumkin. Kuni kecha ishga ketishda poezd bekatidan tushayotsam bir guruh maktab o'quvchilari poezddan chiqiboq yuklarini yerga qo'yib, ustlariga yomg'irdan saqlanish kiyimlarini kiyayotganliklarini ko'rdim. Bekatda 10 lab odamlar chiqib-kirib turishiga qaramay, ular hech kimga parvo qilmas, uyalmas, bemalol o'z ishlari bilan mashg'ul edilar. Ta'sirlandim. Oddiylik ham bir ne'mat. Hadeb uyalaverishimiz, bizning tanlovlar doiramizni toraytirib, hayotimizni qiyinlashtirib yuboradi. Toshkentda talabalik davrimda ba'zan pulim bo'lmasa uydan yegani u bu narsa olib kelar, ammo uni yeyish uchun joy topa olmasdan qiynalardim. Tushlik uchun siz albatta do'stlar bilan tashqariga ovqatlanishga chiqishingiz kerak edi. Yaponiyada esa tushlik paytida har bir sinfxona talabalar makoniga aylanadi va bundan hech kim ularni to'smaydi.
Показати все...
👍 54🔥 11 4🤩 4🐳 2🏆 1
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.