cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov

Nagoya Iqtisodiyot Universiteti Biznes-huquq fakulteti Professori - Umirdinov Alisher Isoqjonovich "Talaba do'stimga tavsiyalar" kanali; Telegram kanal - @aumirdinov Rasmiy sayt - https://umirdinov.com

Show more
Uzbekistan25 949The language is not specifiedEducation58 709
Advertising posts
1 561
Subscribers
-324 hours
-157 days
+7030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Koreyada yashovchi Diyorbek Pardayev ismli vatandoshimiz bir necha yil oldin Koreyaga keluvchi talabalarga mana shunday tavsiyalarni yozib qoldirgan ekan, bo'lashgim keldi. Koreya(Umuman chet el)ga endi ingliz tili(IELTS bilan)da o'qimoqchi bo'lganlarga maslahatlarim: Agar siz bakalavr yoki magistrga chet elda o'qimoqchi bo'lsangiz oldinroqdan harakat qiling. Oldin qaysi davlatga borish haqida va shart sharoitlari haqida o'rganib chiqing. O'qishga topshirish vaqtlari va kerakli til serfikatlari haqida aniq malumot to'plang. Sizga o'qishga topshirish tartibi haqida aytmoqchi emasman, buni o’zingiz bilishingiz kerak! Bormoqchi bo'lgan davlatingiz ingliz tilida gaplashuvchi davlatlar (English speaking countries) bo'lsa muammo emas, lekin mahalliy(Local) tili ingliz tilidan boshqa til bo'lgan davlatlar haqida chuqur o'ylashingiz kerak. Chunki, u yerda ingliz tili bilan o’qib-ishlab-yashab bo’lmasligi mumkin. "Til bilganga ming tanga" Bormoqchi bo'lgan davlatingiz tilini kamida pre-intermediate darajada o'rganing. Ko'p vaqt ketmaydi 6,7 oy shug'ullansangiz yetadi. Siz u yerda faqat o'qimaysiz, yashaysiz, ishlaysiz, tibbiy yordam, politsiya va shunga o'xshash xizmatlardan foydalanasiz! Shunday ekan ular sizni tilingizda yoki ingliz tilida GAPIRISHGA MAJBUR EMAS. Kelib "American Style"da gapirganingizni foydasi yo'q. Sizga zararga ishlaydi. "Borsam o'rganamanda" deb homhayolga berilmang, bu yerda sizni yetarlicha muammolar kutib turibdi, ulardan ortib o'rganish uchun terminator bo'lishingiz kerak. "Pul bu obi-hayot" Va ish masalasini ko'rib chiqing. Uydan ota-onangiz jo'natib turishi balki mumkindir lekin rivojlangan gegemon davlatlarga pul jo'natish ancha-muncha odamni belini sindirib qo'yadi. Shunday ekan, ishlashga sharoit bor-yo'q, qonuniy ruxsatlari haqida va albatta o'sha davlatda bo'lib turgan talabalardan maslahat oling (Ishchilardan emas!). "Qayerga borsang ham nega borganingni unutma!" "Iye ana hudo berdi, Yana qachon kelaman, pulni qil surrr" degan g'oyalarga aldanib (nelegal) noqonuniy immigrantlikka rozi bo’lmang, viza ololmaysiz qaytib. Sog' bo'lsangiz ish topiladi. Koreyada "Arbayt sindromi" deyishadi . Bu sindromdan chiqish, o'z harajatlaringizdan tortib to uydagi Gentrani pulini to'lab uylangunizcha 5-10 yil o'tib ketadi. Va "Uyga borsam nima qildim, nimayam ish qilardim, undan ko'ra ushlab deport qilgancha ishlab yuraman " degan g'oyalar qurshovida 15-20 yillab qolib ketasiz. Na qayta olasiz, na qolasiz. Shunday ekan, o'qishgami keldingizmi, unda o'qishizni gazini bosing! "Eshkinlasang eshkinla, cho'ljanglama" (Ustozdan eshitganman,eski maqollardan) Lekin imkoniyat bor, bemalol o'qib tatil paytlari ishlab kontrakt, yashash va bir ikki uydagilaringizga ham yordam qila olasiz! Tekin kutubhonayu eng so'nggi tehnikalardan bahramand bo'lib o'qisangiz bo'ladi. Ammo chet el bu O'zbekiston emas, bilganingizni qilishga, qizlar va yana shunga o'xshash narsalardan uzoqroq yuring. Hattoki bitta rasm olishingiz ham hayotizni izdan chiqarishi mumkin. "ko'cha sistema", "vor zakon"lik qilish ketmaydi, kreditga olib guvohnomasiz haydab yurgan moshinchangizni ham drift qilib o'zingizni ko'rsataman demang. Bu ahmoqlikdan boshqa narsa emas! --Maslahatlar shu yerda tugaydi. O'qish va ishlaringizga, kelajakda qilmoqchi bo'lgan rejalaringizga omad! Albatta o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga Google va Youtube hizmatingizdaligini bir bor eslatib qo'yaman! Ps: Post foydali bo'lgan bolsa ulashing. Tegishli odamlarga esa holis maslahatlarim: Koreyaga kelib olib, ・ Hamma koreys odamlar ingliz tilini bilishi kerak. ・ Inglizcha gapiradigan kareys topib bering. ・Nega do'konlardagilar inglizcha bilmaydi? deganga o'xshab hamma tomonni o'zgartirishga harakat qilmasin!
Show all...
👍 12🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_nashr JAHON SAVDO TASHKILOTI Mazkur darslik «Renessans kitoblari» loyihasi doirasida Jahon savdo tashkilotining Ma’lumotlar va Tashqi aloqalar bo‘limi tomonidan chop etilgan «Understanding the WTO» nashri asosida tayyorlangan. Loyiha rahbari: ALISHER UMIRDINOV, Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya) professori Тili: O‘zbek (lotin alifbosida) Hajmi: 144 bet Formati: 60х84 1/8 ISBN: 978-9943-8522-0-4 Мuqova: Qattiq Narxi: 70 000 so‘m (QQS bilan) 🚚 Uyingizga yetkazib beramiz!! 📍 Do‘konlarimiz manzili: Muqimiy ko‘chasi: Geolokatsiya Sayilgoh ko'chasi: Geolokatsiya ✍️ Murojaat qilish Biz bilan bog‘lanish: ☎️ +998 99 554-70-70 ☎️ +998 93 554-63-70 Telegram | Facebook | web-sayt | Instagram
Show all...
👍 6🔥 3 1👏 1
ウズベキスタンは、2年以内にWTO加盟を目指す! Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun muzokaralar tezlashgan ko'rinadi. O'zbekiston uchun global savdo to'riga kirish yo'lida muhim qadam deb hisoblayman. Mana shu paytda quyidagi kitobni albatta o'qib qo'yishni tavsiya qilaman.
Show all...
2
Repost from davletovuz
00:51
Video unavailableShow in Telegram
Хорижда таълим олаётган ўзбекистонлик талабалар ҳақида ҳикоя қилувчи O‘zbekistonlik.STUDENTS лойиҳасининг АҚШ мавсумига старт берилибди. Янги мавсумнинг бешинчи эпизоди премьерасида қаҳрамон сифатида George Washington University ва California State University талабалари бўлишган. Улар Вашингтон ва Лос-Анжелесдаги ҳаёт, орзулар мамлакати Америкадаги таълимнинг ўзига хос хусусиятлари ҳақида сўзлаб беришган. Лойиҳа Ёшлар ишлари агентлиги кўмагида суратга олинган. Унинг ҳамкорлари - Ucell мобил оператори ва Chevrolet Uzbekistan бренди. Лойиҳа қаноти эса Uzbekistan Airways миллий авиакомпанияси. Фильмни Uzbekistan's Club YouTube саҳифасида томоша қилишингиз мумкин.
Show all...
teaser mobile 720p.mp429.80 MB
6🔥 2
Chet elga chiqmoqchi talabalar uchun zor imkoniyat. Bizni paytimizda bunday kurslar bolmasdi. Sohasini yaxshi bilgan yosh olimlar yigilibdi. Ideyaga gap yo’q.
Show all...
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Agar quyidagi kalit so'zlarni tushuna olsangiz, tabriklaymiz, siz birinchi sinovdan o'tdingiz: #birinchi_sinov Eng kuchli chet el graduate school'larida o'qimoqchimisiz? O'zingizga shu yo'lni allaqachon bosib o'tgan mentor izlayapsizmi? Unday bo'lsa imkoniyatni qo'ldan boy bermang! #ikkinchi_sinov What you'll learn in this course? 1. Understanding Graduate school, College/Program selection, & Documentation 2. Writing an SoP & Motivation 3. Academic research: Topic Selection, Research Proposal and Questions, Literature Review & Research Methods 4. Doing a Research in Economics and Business, Law and Politics 5. Doing a Research in Asia, Europe and US 6. Preparing for the Interview 7. Scholarships, Skills needed at Graduate School, etc. Course Duration: 2 months (twice a week) Start Date: June 17th Language of Instruction: English Location: Profi University Beruniy Campus, Tashkent *5min from Beruniy Metro Fee: 500,000 sum a month #tabriklaymiz Endi registration'dan o'tsangiz ham bo'ladi: here Join us here @globaleduexchange *Program led by Dr. Bekzod Zakirov
Show all...
👍 2 1
Shaxsiy rivojlanish va amaliyot Shuni tushunib yetdimki, shaxsiy rivojlanishga oid kitoblarni ko'p o'qish emas, o'qilganlarni qanday qilib bittalab amalga oshira olish muhim ekan. 100lab shaxsiy rivojlanishga oid kitoblarni o'qish emas, ulardagi muhim tavsiyalarning qanchasiga amal qila olish yanada muhimroq ekan. Xatto, bittasiga bo'lsa ham.
Show all...
🔥 33👍 11💯 9 2
⑤ Kelajagi uchun networking qiladi. OTM talabalari bu davrda turli viloyat va shaharlardan kelgan, ba’zan chet ellik talabalar bilan tanishib, muloqot qilishadi. Muloqot madaniyatini o’rganishadi, o’z fikrini tushuntira olish, tolerantlik, tortishish qobiliyatini shakllantiradilar. Kursdoshlar bilan birga yurib, turli shirin va achchiq tajribalarni boshlaridan o’tkazishadi. Bani Odam bo’lmish inson zotini tanishni o’rganishadi. Yaxshi bilan yomonni ajratishni boshlashadi. Buni esa talabalik markazida turgan universitet muhiti bizga taqdim etadi. Yuqoridagilardan tashqari,universitetda o’qigan inson odatda, - Ma’lum sohalarni chuqurlashtirilgan tarzda, tizimli o’rgana oladi; - Universitetni bitirib, boshqalardan ko’ra maoshi baland ishlarga kirish ehtimoli yuqori bo’ladi. (Buni masalan Yaponiyadagi statistikalar aytib turibdi. Bizda ham shunday bo’lsa kerak); - Ishga kirish imkoniyati oshadi; - Fikrlash doirasi kengayadi va hokazo. *Eng kamida, OTMni bitirgan yigit-qiz Rossiyaga borganida quruvchi bo’lmaydi, boshqaruvchi bo’ladi.
Show all...
🔥 10👍 4 2💯 2
No.67 Savol: OTMda o’qish kerakmi o’zi? Savol: O’zbekistondagi yoki chetdagi oliygohlari baribir menga hech nima bermaydi, bekor vaqt o’tkazaman degan argument ko’p uchraydi. O’qishga kirgandan so’ng kutilmalar va reallik boshqa-boshqa bo’ladi, natijada talaba o’qishdan ham ko’ngli sovib ketadi. Hozirgi davrda, masalan Yaponiyada yoki dunyoda oliy ta’lim olish “diplom”dan boshqa aslida talabalarga nima beradi deb o’ylaysiz? O’zi hozirgi davrda baribir oliy ta’lim aktualmi yoki biror soha tanlab hozirdan shu bo’yicha ishlab o’rganaverish yaxshimi? Javobim: Men oldingi pozitsiyamda qolaman. Ya’ni, oliy ta’limni istamaganlar OTMga kirmasin. Ota-onalar ham majburlab farzandini yubormasin. Agar insonda bu borada qiziqish yo’q bo’lsa va tezroq ish jamiyatiga chiqib ishlash yoki oila qurish niyatida bo’lsa, uni ham qiynamaslik kerak. Oliy ta’lim talabaga zor emas. Xulosa yasasak, bu har bir maktab o’qituvchisining qiziqishiga va salohiyatiga bog’liq masaladir. Endi esa savolning keyingi tomoniga, ya’ni, OTMga o’qishga kirilsa diplomdan boshqa nima olinadi, qismiga javob bersam. ① Talaba bu davrda haqiqiy ‘menligini’ topadi. Talabalik bizga oilamizdan ajralib chiqib, bemalol 4 yil o’qib rivojlanish uchun muhim erkinlik davrini beradi. Psixologiya fani tadqiqotlariga ko’ra, bu davr talabalar uchun ‘Men kimman?’, ‘Qanday ishga qiziqishim bor?’, ‘Kelajakda nima qilmoqchiman o’zi?’ degan savollarni shoshmasdan, obdon o’ylab olish uchun muhim imkoniyatni taqdim etadi. Yangi tanishgan kursdoshlar, turli to’garaklarda orttirilgan do’stlar, ma’ruzalardagi ustozlar va boshqalar bilan muomala qilish orqali talaba-yoshlar o’zining aydentitetini anglab boradi. Maktabni bitiriboq ishga chiqib ketuvchilar yoki intensiv dars o’tiladigan hunar maktablariga boradiganlar esa ish davomida o’zlarining menligini topishga majbur bo’lishadi. OTMdagi talabada esa bu jarayon uchun bemalol 4 yillik davr beriladi. OTMga shuning uchun o’qishga borish va jamiyat ko’z o’nggida o’zini tanish lozim. Kelajakda ishlamoqchi bo’lgan sohani yanada qat’iylashtirib olish lozim. Va mana shuni aniqlash uchun universitet davri eng qulayidir. ② Mustaqil yashab, mas’uliyat olishni va bajarishni o’rganadi. Talabalik – erkinlikdir demakdir. Erkinlikdan bahra oling. Nega tezda ishga sho’ng’ish kerak?! Biroq, erkinlik o’z o’rnida mas’uliyatni ham birga olib keladi. Darslarni tanlashga oid mas’uliyat, vazifalarga oid mas’uliyat, kursdoshlar davrasida o’zini tutishga oid mas’uliyat, oilasidan yordam sifatida olgan puli va stipendiyasini qanday sarflashga oid mas’uliyat, eng muhimi, erkin vaqtidan qanday foydalanisjhga oid mas’uliyat. Bu sikl qaytalana-qaytalana insonni tarbiyalaydi, shaxsiy intizomini kuchaytiradi va buning uchun universitet eng yaxshi atmosferani taqdim etadi. (U garchi bizga sezilmasa ham!) ③ O’rgatiladigan insondan o’zi o’rganuvchiga aylanamiz. Oliy ta’lim davrida talaba mustaqil shaxsga aylanib, maktabdagi o’rgatiladigan insondan o’zi talab qilib o’rganuvchi insonga aylanadi. Darslar 80-90 minutda tugaydi (ba’zi davlatlardagi universitetlarda bu xatto 110 minut ham davom etadi). Professorlar esa hamma narsani ham dars davomida tushuntirib ulgurmaydi, tushuntirmaydi ham. Uni qo’shimcha darslik va o’quv qo’llanmalari va boshqa materiallar bilan siz talabalar aniqlab olishingiz kerak. Bunday holat maktablarda deyarli kuzatilmaydi. Demak, bu davrda talaba OUTPUT (hosil) ko’rsata oladigan mustaqil izlanuvchi maqomiga chiqib qoladi. Universitet esa uni shunga tayyorlovchi makon hisoblanadi. ④ Tanqidiy fikrlash malakasini qo’lga kiritadi. Universitetdagi professorlar maktabdagi kabi faqat bitta ‘to’g’ri javob’ni aytishmaydi. Ular ma’lum masalalarga oid fikrlar qarama-qarshiligini ham aytib, turli olimlar fikrlarini tanishtiradilar. Qaysinisini tanlash esa talaba ixtiyoridagi ish. Ammo, professorlar ham yo’l ko’rsatishadi, biroq ular ham mutlaq haqiqatni aytmaydilar.
Show all...
👍 7🔥 1💯 1