es
Feedback
SamDVMChBU akademik litseyi

SamDVMChBU akademik litseyi

Ir al canal en Telegram
727
Suscriptores
+124 horas
+77 días
+330 días
Archivo de publicaciones
Akademik litseyga hujjat topshirish uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar: 1. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmi (Paspor
Akademik litseyga hujjat topshirish uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar: 1. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmi (Pasport (ID-karta) oldi va orqa tomoni rasmi) 2. 3,5 ga 4,5 shakldagi rasm (Orqa foni oq, pasportga tushadigan rasmga oʻxshash rasm) 3. Oʻzingizning telefon raqamingiz 4. Ota-onangiz telefon raqami 5. Viloyatingiz, tumaningiz, mahallangiz 6. Tanlagan yoʻnalishingiz 7. Imtihon boʻladigan manzil: (Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo ...) Shu maʼlumotlarni toʻliq qilib tashlab bersangiz, oʻzim roʻyxatdan oʻtib beraman... @akram_ruziyev1991

photo content
+5

#sheriy_lahza K - KO'PAYTIRING SAVOBINGIZ SALOMLAR BOR KITOBLARDA, I - ISLOM UCHUN ALLOH AYTGAN KALOMLAR BOR KITOBLARDA. T - TENTAK AYTUR:"KITOBLARNI FAQATGINA OLIM O'QUR", O - OLIM BO'LIB TUG'ILMAGAN ODAMLAR BOR KITOBLARDA. B - BILOL YIG'LAR AZON AYTIB, FIR'AVNLAR ZOLOLATDA, L - LAINLARGA DO'ST TUTINGAN ZOLIMLAR BOR KITOBLARDA. A - ALISHERNING NAVOLARIN, UMAR HAYYOM G'AVG'OLARIN, R - ROBBIM O'ZI ATO QILGAN QALAMLAR BOR KITOBLARDA...!!!

photo content

Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim”
Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi Akademik litseylarga 2026/2027-o‘q
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika Akademik litseyga qabul boʻyicha arizalar statistikasi Akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra jami 34 932 ta ariza kelib tushdi. 📌Arizalar onlayn tarzda my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. @abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

#yil_sarhisobi_ ✨ 2026-yil,29-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universi
+9
#yil_sarhisobi_ ✨ 2026-yil,29-iyun kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida 2025/2026-o‘quv yilini munosib yakunlash hamda ta'lim-tarbiya jarayonida samarali mehnat qilgan xodimlarni e'tirof etish maqsadida  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ✨Tadbirda o‘quv yili davomida ta'lim sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ma'naviy-ma'rifiy,  jamoatchilik va tozalik ishlarida faol ishtirok etgan bir guruh pedagoglar hamda texnik xodimlar munosib rag‘batlantirildi. ✨Marosim davomida akademik litsey rahbariyati tomonidan fidokorona mehnat qilgan, o‘z kasbiga sadoqat va mas'uliyat bilan yondashgan xodimlarga samimiy minnatdorlik bildirildi. ✨Ularning ta'lim tizimi rivoji, o‘quvchilarning bilim va salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlari alohida e'tirof etildi. ✨Faol pedagoglar va texnik xodimlarga tashakkurnomalar, pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. ✨Tadbir yakunida jamoa a'zolari yangi o‘quv yilida yanada yuqori marralarni zabt etish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida birgalikda samarali faoliyat olib borishga kelishib oldilar. ✨Ushbu e'tirof va rag‘bat xodimlarni kelgusidagi faoliyatida yanada katta mas'uliyat va yangi yutuqlarga ilhomlantirishi ta'kidlandi. 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣ TELEGRAM 3️⃣ FACEBOOK |   📍 MANZIL

Kelajagingiz uchun toʻgʻri tanlov qiling...!!!
Kelajagingiz uchun toʻgʻri tanlov qiling...!!!

Агар кулай худудингдан чиксанг, дунё мужизаларига шунгийсан. Кани олга...

Бу 1000 грамм оғирликдаги темир қуймаси. Унинг хомашё қиймати тахминан $100 долларни ташкил қилади. Агар сиз ундан отлар учун
Бу 1000 грамм оғирликдаги темир қуймаси. Унинг хомашё қиймати тахминан $100 долларни ташкил қилади. Агар сиз ундан отлар учун тақа ясасангиз, нарх $250 долларгача ошади. Агар сиз уни тикув игналарига айлантирсангиз, унинг қиймати тахминан $70.000 долларгача кўтарилади. Агар сиз ундан соат пружиналари ва шестерёнкаларини ясасангиз, ушбу бир парча темир тахминан $6 миллион доллар қийматга эга бўлади. Аммо агар сиз ундан ўта юқори аниқликка эга бўлган (прецизион) лазер қисмларини ясасангиз (масалан, литография учун), унинг нархи $15 миллион долларгача ортади. Сизнинг қадр-қимматингиз нафақат нимадан яратилганлигингизга, балки, энг аввало, ўз қобилиятларингизни қандай қилиб энг яхши фойда олиш учун ишлата билганлигингизга боғлиқ. Ўз билим, кўникма ва маҳоратингизни оширинг ва қўшимча қийматга эга бўлинг! Бозоргир бўлинг! Нодир Рамазонов

Repost from Eldor Ilxomovich
🚀 Barcha abituriyentlarga OMAD tilayman!!! 🌱 Bu video nafaqat mening jonajon litseyim (SamVMI AL) balki barcha abituriyentlar uchun olindi!! 🥇 Doim intervyularimda ham, yurgan yo’limda ham meni “Mustafoyev” bo’lishimga poydevor bo’lgan maskanlarni doim va doim maqtayman, doim e’zozlayman va doim shu maskanlarga ta’zimdaman. 🎙 Men uchun menga ta’lim-tarbiya bergan, yo’l-yo’riq ko’rsatib meni to’g’ri yo’lga boshlagan va tayyorlagan USTOZLARIMGA doimo cheksiz minnatdorchiligimni yetkazaman. 🇪🇸 2018-yil Litseyga endi qadam bosgan o’sha jajji bolakay, hozir Dunyo kezib yuribdi. Dunyoning yangi texnologiyalarini va rivojlanishini o’rganib, uni o’zida rivojlanish uchun qo’llamoqda !!! 😀 Men uchun maktabim ham, Litseyim ham, sevimli Transport universitetim ham o’z kategoriyasida Dunyodagi 1-raqamli ta’lim beradigan maskandir!!! 🏆Men doim bilim olgan maskanlarimdan faxrr-rrr lanaman!!
P/s: Video Ispaniyaning 600 yillik tarixiga ega Barcelona universitetida olindi!!
️ Eldor Mustafoyev

photo content

photo content

#bizni_tanla_ ✨Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi akademik l
+6
#bizni_tanla_ ✨Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti qoshidagi akademik litseyda 2026/2027-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish jarayonlari davom etmoqda. ✨Ayni paytda akademik litseyda ta’lim olish istagini bildirgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga litseyning mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining afzalliklari, kirish tartibi va hujjat topshirish jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib kelinmoqda. ✨Shuningdek, qabul jarayonida o‘quvchilarga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilib, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari yuzasidan maslahatlar tashkil etilmoqda. ✨Akademik litsey ma’muriyati barcha 9-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalarini qabul jarayonida faol ishtirok etishga chorlaydi. 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣ TELEGRAM 3️⃣ FACEBOOK |   📍 MANZIL

Akademik litseyga hujjat topshirish uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar: 1. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmi (Paspor
Akademik litseyga hujjat topshirish uchun kerak boʻladigan maʼlumotlar: 1. Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmi (Pasport (ID-karta) oldi va orqa tomoni rasmi) 2. 3,5 ga 4,5 shakldagi rasm (Orqa foni oq, pasportga tushadigan rasmga oʻxshash rasm) 3. Oʻzingizning telefon raqamingiz 4. Ota-onangiz telefon raqami 5. Viloyatingiz, tumaningiz, mahallangiz 6. Tanlagan yoʻnalishingiz Shu maʼlumotlarni toʻliq qilib tashlab bersangiz, oʻzim roʻyxatdan oʻtib beraman... @akram_ruziyev1991

Repost from Xushnudbek.uz
❗️ SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun muhim yangilik: kvota belgilandi #abituriyent Unga ko’ra, SAT sertifikatiga (1200 balldan yuqori) ega abituriyentlarni qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha fanlar majmuasi (taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan) “matematika” va “chet tili” fanlari boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari qabul parametrining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishiga o’tgan yili jami 200 ta kvota berilgan, shundan 150 tasi o’zbek, 50 tasi rus guruhi uchun. Agar joriy yilda ham shuncha kvota berilsa, unda ushbu yo’nalishga SAT sertifikatiga ega jami 100 nafar abituriyent davlat grantiga qabul qilinadi (75 tasi o’zbek, 25 tasi rus guruhiga). Bunda SAT sertifikat baliga qaraladi, ya’ni 1600 dan pastga tushib keladi. • SAT sertifikati imtiyoziga ega abituriyentlarga 5 tagacha yo’nalish tanlash huquqi beriladi; • agar beshalasiga ham kira olmasa, unda mandatdan keyin bir hafta davomida vakant (boʻsh) qolgan qoʻshimcha grant joylarini tanlash huquqi beriladi; • agar kimdir SAT bali pastligi sababli baribir o’zim xohlagan yo’nalishga kira olmayman deb o’ylasa, unda imtiyozdan foydalanishni rad qilishi va o’z xohishi bilan testga kirib, omadini sinab ko’rishi mumkin; • lekin bir narsani unutmangki, SAT imtiyozi bilan davlat grantiga kirganlar uchun 4 yillik grant kafolatlanadi, ular grant taqsimotida qatnashmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

#zamon_bilan_hamnafas_ ✨Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik li
+5
#zamon_bilan_hamnafas_ ✨Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar o‘rtasida tartib-intizom va jamoaviylik muhitini mustahkamlash maqsadida “Yagona o‘quvchi formasi” joriy etildi. ✨Mazkur tashabbus akademik litseyning ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, o‘quvchilarda ta’lim muassasasiga mansublik va faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. ✨ Yagona forma o‘quvchilar o‘rtasida tenglik muhitini yaratib, ularning asosiy e’tiborini bilim olish va o‘z ustida ishlashga qaratishga yordam beradi. Shuningdek, yagona o‘quvchi formasi akademik litseyning tashqi qiyofasi va nufuzini yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi. O‘quvchilarning ozoda va tartibli ko‘rinishi ta’lim muassasasining ijobiy imijini shakllantirib, ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. ✨Bugungi kunda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuksak ma’naviyatli hamda raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. “Yagona o‘quvchi formasi”ning joriy etilishi esa ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri sanaladi. 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣ TELEGRAM 3️⃣ FACEBOOK |   📍 MANZIL

photo content
+3