en
Feedback
SamDVMChBU akademik litseyi

SamDVMChBU akademik litseyi

Open in Telegram
918
Subscribers
-224 hours
-67 days
-330 days
Posts Archive
#olimpiada_iqtidorlilar_maydoni ✨2026-yil, 10-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotex
+6
#olimpiada_iqtidorlilar_maydoni ✨2026-yil, 10-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida o‘quvchilarning ingliz tili faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida ingliz tili fanidan akademik litsey ichki olimpiadasi o‘tkazildi. ✨Olimpiada davomida o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha nazariy bilimlari, grammatik qoidalarni qo‘llash, lug‘at boyligi, matnni tushunish va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari turli topshiriqlar asosida sinovdan o‘tkazildi. ✨Musobaqa ishtirokchilari berilgan topshiriqlarni mustaqil va belgilangan vaqt davomida bajarib, o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Olimpiada jarayoni belgilangan tartibda, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. ✨Olimpiadada faol ishtirok etgan va g'olib bo'lgan o‘quvchilarga keyingi olimpiadalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣TELEGRAM 3️⃣FACEBOOK |   📍 MANZIL

Video message00:18

#olimpiada 📣 DIQQAT, E’LON! Hurmatli o‘quvchilar! 2026-yil, 9–10-sentabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
+1
#olimpiada 📣 DIQQAT, E’LON! Hurmatli o‘quvchilar! 2026-yil, 9–10-sentabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyimizda o‘quvchilarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda fanlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha ichki olimpiada o‘tkaziladi. 🏆 Olimpiada yuqorida ko‘rsatilgan umumta’lim fanlari bo‘yicha tashkil etiladi. 📆 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil, 9, 10–11-sentabr 📍 O‘tkazilish joyi: akademik litsey binosi 👥 Ishtirokchilar: akademik litsey barcha birinchi va ikkinchi kurs o‘quvchilari ✏️Barcha ishtirokchilardan olimpiadada faol qatnashish, belgilangan vaqt va tartibga qat’iy rioya qilish so‘raladi. 💥Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz! 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣TELEGRAM 3️⃣FACEBOOK |   📍 MANZIL

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi 📆2026-yil, 5-7-
+3
🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi 📆2026-yil, 5-7-sentyabr 👩‍💻Psixolog Xolikova Gulzebo Baxranovna @Gulzebo_Baxranovna 👥 Birinchi kurs o'quvchilari 🗓 Tanishuv treninglari

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi 📆2026-yil, 5-7-
🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi 📆2026-yil, 5-7-sentyabr 👩‍💻Psixolog Xolikova Gulzebo Baxranovna @Gulzebo_Baxranovna 👥 Birinchi kurs o'quvchilari 🗓 Tanishuv treninglari

Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar uchun akademik litseyda har hafta yakshanba kuni 9:00 da 328-xonada Mock test bo’lib o’tadi. Natijalar RASH modelida tekshiriladi. Agar mock testlarimizda qatnashmoqchi bo’lsangiz @izzat_juraev telegramga murojaat qilishingiz mumkin.

Video message00:12

Video message00:37

✔️2026-yil, 3-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Akademi
+7
✔️2026-yil, 3-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Akademik litseyi direktori D.O. Sadikov tomonidan akademik litsey o‘qituvchilari safiga yangi qabul qilingan o‘quvchilar bilan guruhlar kesimida uchrashuvlar o‘tkazildi. ✔️Uchrashuvlar davomida yangi qabul qilingan o‘quvchilarning akademik litseydagi ta’lim muhitiga moslashish jarayoni, dars mashg‘ulotlariga munosabati, ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlardan foydalanishi hamda o‘quv jarayonida duch kelayotgan muammolari o‘rganildi. ✔️Shuningdek, o‘quvchi yoshlarning O‘quvchilar uyida yashash sharoitlariga moslashayotganligi, yotoqxonalardagi sharoitlar, sanitariya-gigiyena holati, maishiy ehtiyojlari hamda kun tartibiga moslashish jarayoni yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. ✔️O‘quvchilarning ovqatlanish sharoitlari ham alohida o‘rganilib, oshxonada tayyorlanayotgan taomlarning sifati, taomnomalar, ovqatlanish tartibi va mavjud sharoitlardan qanoatlanish-qanoatlanmasliklari bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazildi. O‘quvchilarning bildirgan taklif va mulohazalari tegishli tartibda nazoratga olindi. ✔️Uchrashuv davomida o‘quvchilarga akademik litseyda ularning murojaatlari va muammolarini tezkor o‘rganish hamda hal etish maqsadida tashkil etilgan “Telegram murojaat bot” faoliyati haqida ham tushuntirish berildi. O‘quvchilarga mazkur bot orqali istalgan vaqtda ta’lim jarayoni, yashash sharoitlari, ovqatlanish, maishiy masalalar hamda boshqa muammolar yuzasidan o‘z murojaatlarini yuborishlari mumkinligi tushuntirildi. ✔️Shuningdek, o‘quvchilarga o‘zlarini qiynayotgan masalalarni yashirmasdan, o‘z vaqtida mas’ul xodimlarga yetkazishlari, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun ta’lim muassasasi rahbariyati bilan doimiy muloqotda bo‘lishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. ✔️Mazkur uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — akademik litseyga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning yangi ta’lim va yashash muhitiga tez va samarali moslashishini ta’minlash, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etishdan iborat. ➡️@direktorgamurojaat_1bot 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣TELEGRAM 3️⃣FACEBOOK |   📍 MANZIL

Video message00:28

Video message00:24

Video message00:26

Video message00:37

#Mustaqillik_darslari_ ✨2026-yil, 2-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyala
+7
#Mustaqillik_darslari_ ✨2026-yil, 2-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Mustaqillik — taraqqiyot, mas’uliyat va kelajak poydevori” mavzusida Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. ✨Mazkur darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlarning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazishdan iborat. ✨Darslar davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tarixiy ahamiyati, yurtimizning bugungi taraqqiyoti, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shuningdek, Vatan ravnaqi va kelajagi uchun har bir yoshning mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar yuritilmoqda. ✨“Mustaqillik — taraqqiyot, mas’uliyat va kelajak poydevori” mavzusidagi ushbu darslar yoshlarni ona Vatanga sadoqatli, bilimli, tashabbuskor va mas’uliyatli insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣TELEGRAM 3️⃣FACEBOOK |   📍 MANZIL

#kelajak_bizniki_ ✨2026-yil, 2-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar uni
+9
#kelajak_bizniki_ ✨2026-yil, 2-sentyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. ✨Tadbirda akademik litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar. ✨Tantanali tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Shundan so‘ng yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ta’lim sohasidagi yangilanishlar haqida so‘z yuritildi. ✨Tadbirning badiiy qismida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan Vatanga, istiqlolga, ona yurtga va yoshlik tarovatiga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. ✨Shuningdek, yangi 2026–2027-o‘quv yilida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish, fan olimpiadalari, turli tanlov va tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. ✨Tantanali tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, bayramona ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilarga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. 👉 Bizning sahifalarimiz! 2️⃣  INSTAGRAM | 1️⃣TELEGRAM 3️⃣FACEBOOK |   📍 MANZIL

📚“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” 🦅PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIMDAGI NUTQIGA SHARH.  
“Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!”
  Mustaqillik soatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar va yoshlar bilan Targ'ibot tadbirlarida foydalanish tavsiya etiladi. TAQDIMOT🌐 TARG‘IBOT MATERIALLARI😎

photo content

#kun_hikmati 🎤Yoshlik – donolikni o‘rganadigan palla, keksalik esa uni qo‘llaydigan paytdir. 🪶 Jan Jak Russo Bizni kuzating
#kun_hikmati 🎤Yoshlik – donolikni o‘rganadigan palla, keksalik esa uni qo‘llaydigan paytdir. 🪶 Jan Jak Russo Bizni kuzating: https://t.me/samdvmchbu_al_official

⏳⏳⏳⏳ Bugun 30-avgust, haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Xalqaro zo‘ravonlik qurbonlari kuni. 🇰🇬Qirg‘iziston – Arxiv xodimlari kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Konstitutsiya kuni. #muhim_voqealar 🔹1901 – ingliz ixtirochisi Xubert Sesil But elektr changyutgichni patentladi. 🔹1984 – “Discovery” fazo kemasi parvozi. 🔹1995 – “Mehnat shuhrati” ordeni ta’sis etildi. 🔹1996 – O‘zbekiston Respublikasi demokratiyalash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilgan. 🔹2000 – Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etildi. #tavalludlar 🔹1852 – Yakob Xendrik Vant Xof – golland fizigi va kimyogari, Nobel mukofoti sohibi. 🔹1871 – Ernest Rezerford – ingliz olimi, yadro fizikasining “otasi”, Nobel mukofoti laureati. 🔹1956 – Rustam Qosimov – davlat arbobi. 🔹1972 – Kameron Dias – amerikalik top-model va kinoaktrisa. Bizni kuzating: https://t.me/samdvmchbu_al_official